O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-tеxnolgiya instituti qo’lyozma huquqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida sanoat korxonalarini barqarorligini tamillash yonalishlari
12- j a d v a l
Moliyaviy koeffitsientlar tahlili Qo‘rsatkichlar 2013 yilga 2014 yilga O‘zgarishi (+,-)
1 2 3 4=3-2 1. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti 0,641 0,817
+0,176 2. To‘lov qobiliyati koeffitsienti 2,061 4,223
+2,162 3. Qarz va o‘z mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat koeffitsienti 0,560
0,223 -0,337
4. Zaxira va xarajatlarni o‘z manbalari bilan qoplanganlik koeffitsienti 0,978 1,372
+0,394 5. Mablag‘larning chaqqon harakatchanlik koeffitsienti 0,594
0,721 +0,127
Manba: Korxona ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqdanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolYut farq esa — moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. Bozor sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik 53
balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Undagi ko‘rsatkichlarni bir-biri bilan taqqoslab, mablag‘lar o‘rtasidagi nisbat va o‘zaro bog‘lanish aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligini belgilovchi eng muhim ko‘rsatkichlar quyidagilardan iboratdir. Yuqoridagi 12-jadval ma’lumotlariga ko‘ra, «Chust paxta tozalash» AJning moliyaviy ahvoliga to‘g‘ri baho berish uchun buxgalteriya balansiga asoslangan holda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanamiz. Shunga ko‘ra, korxonaning moliyaviy mustaqillik koeffitsienti 2013 yilga nisbatan 0,176 koeffitsientga yoki 17,6 % ga o‘sgan. To‘lov qobiliyati koeffitsienti 2013 yilga nisbatan 2,162 koeffitsientga o‘sgan. Mazkur koeffitsientlarning bunday tartibda o‘zgarishi korxonaning moliyaviy holatini joriy 2013 yilga nisbatan 2014 yilda birmuncha yaxshilanib borayotganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari korxonada majburiyatlarning o‘z mablag‘lariga nisbatan ulushining pasayganligini ham ijobiy baholamoq lozim, ya’ni bu korxona majburiyatlarining qisqarganligidan dalolatdir. Mablag‘lar harakatchanligi esa 2013 yilga nisbatan 2014 yilda 0,127 koeffitsientga o‘sgan. Bu esa korxonada aylanma mablag‘larga bo‘lgan talabni yanada to‘laroq qondirib borish imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning moliyaviy koeffitsientlari o‘rganilganda, ushbu koeffitsientlarning o‘zgarishi ijobiy bo‘lgan. Bozor sharoitida moliyaviy barqarorlik va to‘lovga qobiliyatlilik korxonaning muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik balansdagi ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Moliyaviy barqarorlik bu — korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik albatta, nisbiy ko‘rsatkichlar, zaxiralar va xarajatlar hamda ularni qoplovchi manbalar nisbati bilan aniqdanishi lozim. Zaxira va xarajatlar bilan ularni qoplovchi manbalar o‘rtasidagi absolyut farq esa — moliyaviy mustahkamlikni ko‘rsatmaydi. Ulardan faqat moliyaviy mustahkamlikni aniqlash uchun axborot bazasi sifatida foydalaniladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling