III bob. Sanoat korxonalari barqarorligini oshirishning asosiy
yo‘nalishlari
3.1. Korxona to‘lov qobiliyati oshirish orqali iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash yo‘llari
Korxonalar ko‘p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xomashyo va
materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hisob-
kitoblarni bajaradi. Shuningdek, davlat byudjeti, moliya, bank, sug‘urta va
kreditorlar bilan munosabatda bo‘linadi. Ularga hisob berishni belgilangan
muddatda amalga oshirish, moliyaviy tartib intizomiga rioya qilish katta
ahamiyatga ega.
To‘lov qobiliyati deyilganda, xo‘jalikning muddati kelgan to‘lov
majburiyatlarni bajarish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larning etarli yoki
kamchiligini aniqlash tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishi muhim va bu uning o‘z vaqtida zarur bo‘lgan
qarzlarni qaytarish imkoniyatlarini belgilaydi. Korxona balansi ma’lumotlarga
asoslanib, to‘lov qobiliyatining qay ahvoldaligi hisoblanadi. Buning uchun,
korxonaning to‘lash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lari bilan qarz majburiyatlarini
solishtirish mumkin.
To‘lov mablag‘lariga pul mablag‘lari, jo‘natilgan tovar va mahsulotlar
qiymati (hali pul kelib tushmagan), debitor sotishdagi tuShum va boshqalar
kiradi. Shuningdek qisqa muddatga olingan ssudalar ham vaqtincha to‘lov
majburiyatlarni amalga oshirish uchun manba bo‘lishi mumkin. Qimmatli
qog‘oz, aksiya, obligatsiya sotishdan olingan mablag‘ va qo‘shimcha
korxonalarda qatnashishdan kelgan daromadlar ham to‘lov majburiyatlarini
bajarishdagi manba bo‘lishi kerak. To‘lov majburiyatlariga mol etkazib beruvchi
va pudratchilarga, byudjet va sug‘urtaga, mehnat haqi, turli xil kreditorlarga
bo‘lgan va boshqa turdagi qarzlar kiradi. Korxonaning ma’lum bir kundagi
to‘lov qobiliyatini aniqlash uchun shu muddatdagi to‘lov majburiyatlari bilan
mablag‘lar solishtiriladi.
55
Do'stlaringiz bilan baham: |