O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo’limi
Download 1.1 Mb.
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar Ajra- tilgan vaqt Baho
- 3.2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv biluv motivlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba sinov ishlari tahlili, samaradorligi, natijalari.
- Natijalar (% da) Sinf soni O’quvchi lar soni 56-70
- Guruhlar Sifat Samara
- Guruhlar O‘quvchilar s oni 56-70 % 71-85
- 3-BOB BO’YICHA XULOSALAR
Ikkinchi guruh uchun dars moduli
Mavzuni umumlashtirish: O‘qituvchi o‘quvchilarga test namunalarini topshiradi va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab oladi. Test: 1. Predmetlarning hajmini bildirgan so‘zlarni toping. a) qizil, qizil, katta, baland b) katta, kichkina, semiz. d) uzun, yashil, oppoq. 2. Qaysi qo‘shimchalar yordamida hosil qilingan sifatlar belgiga egalik ma'nosini bildiradi? a) –siz, -dor b) –roq, -siz d) –li, -dor 3. Qarama-qarshi ma'noli so‘zlar juftligini ko‘rsating b) mayin-yumshoq v) nurli-yorug‘ 4. Katta so‘ziga ma'nodosh so‘zlar qatorini toping. a) kichik, keng, ulkan. b) ulkan, bahaybat, yirik.ulkan, bahaybat, yirik v) uzun, tor, yirik. 5. Sifatning, qanday, ma'no turlari bor? a) hajm, maza-ta'm, rang-tus, xil-hususiyat. b) hajm, katta, yirik. d) rang-tus, xil-hususiyat. 6. Quyidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalardan qaysilari sifat yasovchi qo‘shimchalardir? a) –chi, -kor, -dosh; b) –dosh, -li, -siz d) –li, -siz, -dor
O‘quvchilar AKT bilan ishlar ekanlar, qanday bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishlari lozimligini aniq belgilash kerak. O‘qituvchi quyidagi savollar ustida o‘ylab ko‘rishi lozim: - Bajariladigan ish qanday maqsadni ko‘zlaydi? - O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi qay holatda? - O‘rganilayotgan o‘quv materialiga mos keladigan o‘quv holati yaratildimi? - Rejalashtirilgan ishlarning hammasi amalga oshishiga ishonasizmi? Yuqorida sanab o‘tilgan metod va shakllar o‘zining qo‘llanish darajasining keng qamrovga egaligi hamda qulayligi va alohida vaqt, resurs talab qilmasligi hamda yuqori amaliy xarakterga egaligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bundan tashqari, biz o‘quvchilarning qiziqish va motivatsiyalarini aniqlash yuzasidan boshqa adabiyotlarda taklif etilgan keng ko‘lamdagi o‘ziga xos samarali shakl va metodlardan foydalanishni ham tavsiya qilamiz. 3.2. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘quvchilarda o‘quv biluv motivlarini shakllantirish bo‘yicha olib borilgan tajriba sinov ishlari tahlili, samaradorligi, natijalari. Tadqiqotimizda quyidagi mezonlarga asoslangan holda tajribalar o‘tkazildi: a) kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda paydo bo‘lgan turli-tuman motivlarni o‘qish faoliyati jarayonida anglab yetilganlik darajasini o‘rganish; b) o‘qish faoliyatida yuzaga keladigan muammolarga yechim topishlarida motivlarning o‘rni va qiymati, qanday ahamiyatga ega ekanini o‘rganish; v) maktabda va maktabdan tashqari ta'limiy faoliyatda o‘quv-biluv motivlaridan maqsadga muvofiq foydalanish. Bizning izlanishlarimizda boshlang’ich sinf o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida o‘qish motivlarning shakllantirish xususiyatlariga e'tibor qaratilgan. Masalaning yechimini topish jarayonida axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari o‘rganilib, tahlil qilindi. Ushbu jarayonining natijasi sifatida o‘quvchilarda o‘quv – biluv motivlari shakllanganligi aniqlandi. Ushbu jarayon davomida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim olishda ongli ravishda foydalanish namoyon bo‘lganligiga amin bo‘lindi. Tajriba-sinov ishlarining uchinchi bosqichi o‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini tarkib toptirishda muhim pog‘ona bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchi egallagan bilimlarini mustaqil qo‘llash, taqdim etilgan axborotlarni qabul qilish, tahlil eta olish, ulardan o‘z faoliyatlarida ijodiy foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bilan tavsiflanadi. Faoliyatning bu darajasi turli vaziyatlarda o‘zlashtirilgan bilimlarni amalda qo‘llash bilan amalga oshirildi. Masalan, ona tili, o‘qish, matematika kabi fanlarda o‘quv materiali tarkibidagi bilim va tushunchalarni tanish va notanish vaziyatlarda tadbiq etishga o‘rganadilar. Yangi axborotni egallashga erishadilar. Tajriba-sinov o‘rganilgan va endi o‘rganilayotgan bilimlarning farqini anglash, mavzuga mos o‘quv holati hosil qilish, faoliyat usulini ko‘rsatish, o‘rganiladigan mavzuga oid bilimni o‘zlashtirish zarurligini tushunish, tarixiy sayohat, o‘rganiladigan mavzuning nazariy va amaliy ahamiyatiga doir kirish suhbatining o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirishdagi ahamiyatiga ko‘ra tashkil etildi. Nazorat ishlari o‘quv-biluv faoliyatini motivlashtirish, o‘quvchilarning to‘liq o‘zlashtirishiga olib keladi, degan faraz asosida o‘tkazildi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda asosan ta'limni axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Masalan «Kompyuterli ishbilarmonlik» o‘yinlari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirildi: – o‘quv maqsadlariga, ya'ni o‘quv jarayonida mutaxassislarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash va muayyan bilimlar tizimini o‘zlashtirishga; – ilmiy-izlanuv, boshqaruv tajribasini tahlil qilishga; – joriy faoliyat natijasida vujudga keladigan muammolarni va ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo‘ljallangan real axborot materialiga tayanishga va h.k. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda AKTdan foydalanishni quyidagi yo‘nalishda olib borildi: - o‘quv-biluv jarayonida AKT dan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash; - har bir o‘quvchining va gurux xususiyatlarini o‘rganish; - ta'limiy natijalarni baholab borish. Boshlang‘ich sinflarda AKT bilan ishlash joyini tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Guruhlar__Sifat__Samara'>Guruhlardagi ish odatdagi sinf joylashishiga o‘zgartirish kiritishni talab qiladi. Quyidagilarga e'tibor qaratildi: - guruh qanday ish bilan mashg‘ul bo‘ladi; - guruh o‘quvchilari bir-birlarini ko‘rishlari va tinglashlari mumkin bo‘lsin; - guruhlarga iloji boricha rang-barang didaktik materiallar tarqatilishi kerak; - boshqa turli qo‘llanma va materiallardan foydalanish qulay bo‘lsin. Guruhlarga topshiriqlar yozma yo‘riqnoma shaklida berilganda, u quyidagi talablarga javob berishilishi e’tiborga olindi: yo‘riqnoma har bir o‘quvchiga tushunarli tilda yozilishi, o‘quvchi o‘qituvchi yordamisiz foydalana olishi uchun aniq va mufassal bo‘lishi; topshiriq bilan birga yozma ishni bajarish uchun kerakli material berilishi; kutiladigan natijalar aniq ko‘rsatilishi lozim. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan so‘rovnomalar natijalari quyudagicha: 1-2-sinf o‘quvchilari: o‘qish yaxshi(mazmunan anglanmay fikr yuritgan holda); hamma o‘qiydi-ku; “5” baho olish uchun; yangi kitob, daftarlarim bo‘ladi; 3-4-sinflar o‘quvchilari: katta bo‘lsam harbiy (doktor, o‘qituvchi va boshqalar) bo‘lmoqchiman. Ota-onam buning uchun o‘qish kerakligini aytishdi; maktabdagi o‘rtoqlarim yoqadi; yaxshi yashash uchun (tor doiradagi anglash) menga ... fani yoqadi. Har kuni shu fanning bo‘lishini xohlayman. Olingan natijalarni o‘qituvchi bolaning ijtimoiy hayotdagi boshqa sohalarga bo‘lgan qiziqish va motivlari bilan taqqoslab ko‘rishi bola kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim ahamiyatga ega. Tajriba-sinov ishining 1-variantida kommunikator ko‘magida tajriba guruhi sifatida ajratib olingan boshlang‘ich sinflarning o‘qituvchilari mashq-treninglar orqali maxsus tayyorlandi Metodlar avval o‘qituvchilarning o‘zlari tomonidan puxta o‘rganib olindi. Tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadlaridan kelib chiqib dastlab bilim olish jarayoniga nisbatan o‘quvchilarda qiziqishini uyg‘otish, axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish natijalari quyudagi ko’rinish kasb etdi: Sinf turi: nazorat, tajriba Sinf soni: 2 ta. 3.3-jadval.
Avval nazorat guruhidan quyidagicha natijalar olindi: 11 ta o’quvchi o’quv materillarini 56% dan 70% gacha, 16 ta o’quvchi 71% dan 85% gacha, 8 ta o’quvchi 86% dan 100% gacha o’zlashtirilishi qayd qilindi. Nazorat va tajriba guruhlaridao’quvchilarning o’quv materiallarini o’zlashtirishi yuzasidan aniqroq tasavvurga ega bo’lishi uchun quyudagicha gistogrammani keltirib o’tamiz. 3.1 gistogramma Tajriba guruhidan quyidagicha natijalar olindi: 6 ta o’quvchi o’quv materillarini 56% dan 70% gacha, 17 ta o’quvchi 71% dan 85% gacha, 15 ta o’quvchi 86% dan 100% gacha o’zlashtirilishi qayd qilindi. Nazorat va tajriba guruhlarini solishtirish natijasida quyudagicha natijalar olindi:
3.4-jadval.
Ushbu jadvalda ko’rinib turibdiki, tajriba sinflarida nazorat sinflariga nisbatan sifat 7% ga, samara 8% ga oshgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochishga qaratilgan tajriba sinov ishimiz natijalari mazkur jadvalda ko’rsatilgan. Multimediali dars ishlanmalari (ilova qilindi) va modul asosida tashkil etilgan dars (“Sifat” mavzusiga oid dars ishlanma. Sinf: 3-sinf. Dars: Ona tili) natijalari: 3.5-jadval.
Jadvaldan ko‘rinadiki, tajriba guruhida o‘quvchilarning 5 nafari topshiriqlarni “3” ga bajargan, nazorat guruhida esa 10 ta. Tajriba guruhida 14 ta, nazorat gurhida esa 16 ta o‘quvchi topshiriqlarni “4” ga bajargan. Topshiriqlarni “5” ga bajargan o‘quvchilar soni nazorat guruhida 9 ta, tajriba guruhida esa 19 tani tashkil etdi. Tajriba guruhida olib borilgan ishlar samaradorligi haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun quyidagi gistogrammani tuzdik. 3.2-gistogramma Nazorat va tajriba guruhlarini solishtirganda sifat va samara quyidagi miqdorda oshganligini kuzatdik: 3.6-jadval.
Tadqiqot ishi davomida darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. 3-BOB BO’YICHA XULOSALAR Bizning tadqiqot ishimiz davomoda olib borilgan tajriba-sinov ishlarimizda boshlang’ich sinf o‘quvchilarning o‘qish faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘qish motivlarni shakllantirish va ustunligini ta'minlash xususiyatlariga e'tibor qaratilgan. O‘qituvchi o‘quvchilarda mustahkam ta'lim motivlarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning o‘zini rivojlantirish motivatsiyalarining o‘sishi dinamikasini muntazam kuzatib, tahlil qilib borish hamda o‘zlashtirishda nuqsoni mavjud ayrim o‘quvchilar faoliyatiga tegishli tuzatishlarni kiritib borishi talab qilinadi. O‘quvchilar motivlarini aniqlashning individual shakllantiruvchi tajriba metodida topshiriqlar xilma-xilligi va murakkablik darajasining turliligi sharoitida amalga oshirilishi katta samara beradi. Shuningdek, individual shakllantiruvchi-tarbiyalovchi metod o‘quvchilar motivlarini aniqlashning eng samarali metodlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning motivlari va ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ularni (so‘rov o‘tkazib borish) tashxislash hamda tashxis natijalari monitoringini yuritish talab etiladi. Ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini ma’lum bosqichlar asosida joriy qilinadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda asosan ta'limni axborot texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish, «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta'lim beruvchi- AKT-ta'lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. Axborot – kommmunikatsiya texnologiyalari asosidagi ta'lim berish sharoitlariga nisbatan o‘quvchilarda ko‘nikmalar hosil qilish, ta'lim olish jarayonida axborot–kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va roli bilan tanishtirish natijalari tahlili ijobiy ko’rsatkichlarni qayd etdi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim olishda axborot texnologiyalaridan foydalanish yo‘l – yo‘riqlari bilan tanishtirish, ushbu faoliyatning har bir komponenti ahamiyatini ochishga qaratilgan tajriba sinov ishimiz natijalari asodida o’quvchilarda o’quv motivlari shakllanganligi qayd etildi. Darslarda AKTning qo‘llanilishi o‘quv motivlarining shakllanishiga, bu esa bevosita ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. UMUMIY XULOSALAR Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi: Ilmiy manbalarning tahlili sharq mutafakkirlari, xorij va o‘zbek psixologlari o‘quv motivlarini ehtiyojlar nuqtai nazaridan tahlil etishga harakat qilganliklarini ko’rsatdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta'lim jarayoni samaradorligini oshiradigan omillari ichida o‘quv-biluv motivlari birinchi o‘rinda turadi. Ta'lim motivlari jamiyat va ijtimoiy hayotdan ajralgan alohida bir shakl va ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy va me'yoriy asoslari yaratilgan. Axborot texnalogiyalari asosidagi darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma-ket kuzatishga, nazorat olib borishga, ta’lim oluvchilarda o’quv jarayoniga nisbatan qiziqishlarning paydo bo’lishida, o’quv motivlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi, kerak xollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Ta'limda AKTning qo‘llanilishi o‘quv–biluv motivlarini shakllantirishda eng muhim vosita hisoblanib, o‘quv motivlarini yuzaga keltirishda AKT (kompyuterli o‘qitish; ta'limda multimediya-tizimlarni qo‘llash; ta'limda interaktiv kompyuter vositalarini qo‘llash) lardan foydalanish yuqori samara beradi. O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishda axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosaga kelish mumkinki, ta'limda axborot texnologiyalarini o‘rinli qo‘llash pedagoglarning resurslarni o‘zlashtirilishining oshishiga va eng muhimi o‘quvchilarning o‘quv motivlarini shakllanishiga imkoniyat yaratadi. Tavsiyalar: Magistrlik dissertatsiyasida to‘plangan ma'lumotlardan boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabalari bilan mutaxassislik fanlaridan olib boriladigan mashg‘ulotlarda, pedagogik amaliyotda, maxsus seminarlarda, ilmiy-amaliy konferensiyalarda foydalanish mumkin. O‘quvchining maktabdagi faoliyati faqat o‘quv faoliyatiga qaratishi lozim, degani emas. Bunda, o‘quv faoliyatini tashkil etuvchi barcha vositalarning qo‘llanilishining albatta ijobiy ta'sir kuchini e'tiborga olish lozim. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslarning o‘ziga xos xususiyati – bu mashg‘ulotlar pedagogga dars mazmunini boshqarish, o‘quvchilarning muayyan ijobiy tuyg‘ularini dasturlashtirish imkoniyatini beradi. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida bilimga bo‘lgan motivlarining tarkib topishini asosiy sharti o‘qishga ishtiyoqi, ijobiy munosabati bilan belgilangani uchun o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish. O‘quv faoliyatidan har bir o‘quvchi ijobiy natija bilan chiqishi uchun darsning har bir bosqichida o‘quvchilar motivlarini yakunidagi ijobiy ustanovka o‘quv faoliyati rivojiga imkon qoldirsin. Aksariyat hollarda o‘quvchilarda o‘quv motivlarining yaxshi shakllanmaganligi ularning bilimsizligi yoki uquvsizligi sababli emas, balki yetarlicha shart-sharoitlarning mavjud emasligi bilan belgilash mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda ularning ta'lim beruvchi funksiyasini yetarli darajada ochib bera olish lozim. Aks holda o‘quvchilarda tashqi motivatsiya kuchayib, bilimga intilish motivlari o‘z ustuvorligini yo‘qotishi mumkin. Dars jarayonida berilayotgan nazariy bilimlarni ko‘proq amaliyot bilan bog‘lab olib borishga harakat qilish kerak. Motivlarni hosil qilishda yana bir jihat tashqi majburiy nazoratlardan o‘quvchilarni holi etish. Haddan tashqari majburiy nazorat o‘quvchilarning ichki motivini susaytiradi. Darslarda axborot texnologiyalarini qo‘llashda ana shu jihatlarning e'tiborga olinmasligi ham ularga nisbatan o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘ndiradi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling