O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet39/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

N2SO4 + Sr (NO3)2 =2NaNO3 +SrSO4
6. Filtratda temir elsmenti borligi rangli reaktsiya yordamida aniklanadi. Bu reaktsiya ok shisha ustida yoki probirkada olib boriladi. Filtrutga 1% li kaliy fsrrotsianid (sariq qon tuzi) eritmasi qo’shilsa, berlin lazuri hosil bo’ladi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi:
4FeCI3 + 3K4[Fe(CN) 6] —->Fe4 [Fe(CN) 6]3 +12KCI.
Savollar:
1. Kul elementlarini aniqlash maqsadida qaysi о‘simliklar kulidan foydalaniladi?
2. Hosil bо‘lgan kristallarni qanday kuzatiladi?
3. Kul tarkibidagi tuz kristallari qanday aniqlanadi?
8 Laboratoriya ishi
Ildizlarning o’sish zonasini aniqlash.
Asbob va reaktivlar: ungan urug’lar, tush, ingiChka sim, nam kamera tayyorlash uChun idish, filtr qog’oz, termostat.
O’simliklar hujayralarining o’sishi uch fazadan iboratligi aniqlangan. Ular embrional, cho’zilish va differensiyalanish fazalaridir. Embrional fazada hujayralarning po’sti yupqa, hujayra ichi sitoplazma bilan to’lgan bo’ladi. Bu fazada meristema hujayralarining bo’linishi hisobiga o’simliklarning ichki qismi o’sadi. Ildizlarda meristema xujayralari bo’linib tursada, meristema to’qimasining xajmi 1 cm-dan ortmaydi, poyalar esa 2-18 sm oralig’ida bo’ladi.
Embrional fazani o’tagan hujayralar chozilish fazasida eniga kengayib, uzunasiga cho’ziladi. Bu faza oxirida hujayralardagi vakuolalar to’planib, markaziy o’rinni egallaydi. Differensiyallanish fazasida xar bir hujayra shakllanib, ma`lum to’qimalarning xosil bo’lishini ta`minlaydi.
Bu mashg’ulotni o’tkazish uchun oldindan undirilgan no’xat, go’za yoki boshqa biror xil o’simlik urug’ini olib, ildizi 1-1,5 cm uzunlikda bo’lganda qora tush bilan orasini 1 mm dan qilib chiziqchalar chiziladi. Tush ip yoki ingichka sim vositasida yuqtiriladi.
Belgilangan ildizlardan 4-5 tasini nam kameraga joylashtirib, 20-25° issiq joyda bir sutka davomida qoldiriladi. Ko’rsatilgan vaqtdan so’ng chiziq oralari millimetrli qog’oz bilan o’lchanada.

Maysalar soni

Chiziqlar orasining qiymati (mm)




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16




1




















































2




















































3




















































4




















































5

1

















































Jadval ma`lumotlaridan foydalanib, ildizning uchki qismi kam o’sganligi, undan uzoqlashgan sari ko’proq va urug’ palla barglariga yaqin qismi o’zgarmay qolgani


sabablarini aniqlash kerak.

Eslatma: nam kamerani tayyorlash uchun yarim litrli shisha banka olib uning ichki devori namlantirilgan filtr kogoz bilan yopiladi va qismigacha suv quyiladi. Bankaga mos keladigan polietilen kopkokning bir necha eridan teshiladi. Teshiklarga maxkamlangan simning bir uchiga urug’lar ilintirib qoyiladi.


Savollar:
1.О‘simliklar hujayralaning о‘sishi necha fazadan iborat?
2. Embirional fazada qanday hodisa yuz beradi?
3. CHо‘zilish fazasida о‘simliklarda qanday о‘zgarishlar sodir bо‘ladi ?
4. Defferensiyalanish hodisasida nima hosil bо‘ladi?
9 Laboratoriya ishi
O`simliklar to`qimasida amilaza –diastaza fermintining kraxmalga ta`sirini o`rganish
Asbob va reaktivlar : g`o`za yoki arpa maysasi, kolba, fil`tir qog`oz, probirkali shtativ, 2% kraxmal eritmasi, dika, teromomitir, pipetka , 10% li NaOH va CuSO4 eritmalari.
Kraxmal (C6H10O4)n parchalashda amilaza –diastaza ferminti ishtirok etadi . Bu ferment g`o`za yoki arpa maysasidan olinadi . Buning uchun: 1.Quritilgan va maudalangan g`o`za yoki arpa maysasidan 5-10 g olib, unga 52 ml suv qo`shiladi va aralashma 30 minut chayqatiladi. So`ngra aralashma doka va keyinchalik burmali filtr orqali filtrlanadi. Filtrat loyqalangan bo`lsa , bu ish yana takrorlanadi .
2. Shtativga 15-20 ta probirka qo`yib, har qaysi probirkaga 10 ml dan distirlangan suv qo`yib , ustiga 5 tomchi yod eritmasi qo`shiladi va yaxshilab aralashtiriladi .
3. 30% kraxmal eritmasi tayyorlanib, toza kolbaga 25 ml chamasi solinadi . Shu kolbaga yuqorida tayorlangan filtratdan 10-12 tomchi qo`shib aralashtiriladi . So`ngra kolbaga termometr tushirib, u 600-650 gradus suv hammomiga qo`yiladi . Bu temperatura amilaza fermintining aktivligini taminlaydi.
4. Shtatvdagi birinchi probirkaga ferment qo`shilmagan glitsirindan 0.5 ml chamasi quyib , undagi suyiqlik bilan aralashtiriladi . Bu probirkada yodli suv tasirida o`ziga xos reaksiyaga kirishib , suyiqlikning rangi ko`karadi .
5. Suv hammomiga qo`yilgan kraxmal kleysteri qo`ydagi ishlar olib boriladi:
Oradan 5-10 minut o`tgach, kolbadagi ferment bilan aralashtirilgan kiraxmal kleysteridan 0,5 ml chamasi olib shtativdagi 2- chi probirkaga solinadi va aralashtiriladi. Natijada probirkadagi aralashma ko`kish binafsha rangga kiradi. Bu hodisa ferment ta`sirida kraxmal molekulasi parchalana boshlaganligini ko`rsatadi. Yani 5 minut o’tgandan so`ng kolbadagi eritmadan 0.5 ml olib 3- probirkaga quyiladi va aralashtiriladi. Natijada 3- probirkadagi eritma butinlay boshqa tusga kiradi. Bu o`zgarishlar amilaza ferminti ishtirokida kiraxmal molekulasi asta sekin parchalanib borganligidan dalolat beradi. Shtativdagi probirkalarga har 5 minutda kolbadagi eritmadan qo`shib aralashtirilib turiladi . Aralashmaning rangi ham hilma xil bo`lib boradi, chunki ferment ta`sirida kraxmal parchalanishi natijasida molekulyar og`irligi har xil bo`lgan dekstrinlar hosi bo`ladi . Bu dekstrinlarning har qaysisi yod bilan reaksiyaga kirishib, o`ziga xos rang hosil qiladi. Tajriba oxirida kraxmal mal`tozagacha to`la parchalansa, yod eritmasi tomizilgan suvning rangi o`zgarmay, o`z rangini saqlab qoladi. Bu hodisa aniqlangandan keyin Trommer reaksiyasi o`tkaziladi. Bu reaksiya yordamida kraxmal to`la parchalanganligi aniqlanadi . Buning uchun kolbadagi eritmadan 2 ml olib, unga 10% li NaOH va 10% li CuSO4 qo`shib qizdiriladi. Reaksiya vaqtida hosil bo`lgan cho`kma kraxmalning butunlay parchalanganligini ko`rsatadi. Bu reksiya quyidagicha boradi:



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling