O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet41/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

B iuret reaksiyasi. Bu reaktsiyani o`tkazishda probirkaga1 ml filtrat quyib, unga 10 % li ishqor va bir necha gomchi CuS04 ning 10% li eritmasidan qo`shiladi. Reaksiya prosessida hosil bo`lgan mis gidroksid cho`kmasi oqsil ta`sirida ko`kish-binafsha rangli eritmaga aylanadi. Shunday qilib oqsil tarkibidagi peptid gruppa (CO-NH) mavjudligi Biuret reaksiyasini vujudga keltiradi.
K santoprotein reaksiyasi. Bu reaksiyani o`tkazishda probirkaga 1 ml filtrat va 2-3 tomchi konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) quyib, aralashma isitiladi. Natijada sariq rangli cho`kma va eritma hosil bo`ladi. Probirkadagi eritma sovigandam keyin unga asta-sekim 1-2 tomchi ammiak qo`shilsa, cho`kma va eritma zarg’aldoq tusga kiradi. Bunda fenilalanin, triptofan yoki tirozin aminokislotalari ishtirokida ksantoprotein reaksiyasi boradi.
Millon reaksiyasi. Probirkaga 1 ml filtrat quyiladi va ustig`a bir necha tomchi Millon reaktivi tomizib qaynatiladi. Hosil bo`lgan cho`kma qizgish tusga kiradi. Bu hodisa oqsil tarkibida tirozin aminokislotasi borligini ko`rsatadi.


F ol reaksiyasi. Bu reaksiya oqsil tarkibida oltingugurt atomlari tutgan tistin va tistein aminokislotalari borligini aniqlash uchun o`tkaziladi.
Tistin va tistein aminokislotalari tarkibida mustahkam bog`lanmagan holdagi oltingugurt molekulalari uchraydi. Shu sababli bu aminokislotalarga natriy ishqoriga qo`rg`oshin atsetat eritmasi qo'shilgan aralashma ta`sir ettirilganda, aminokislota tarkibidan oltingugurt molekulalari ajralib chiqib, qo`rg`oshin molekulalari bilan qo`shiladi. Natijada. bu aralashma qo`rg`oshin sulfid tuzi (PbS) ga, tistin va tistein aminokislotalari serin aminokislotasiga aylanadi. Ayni vaqtda probirkada qora rangli cho`kma hosil bo`ladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:


Filtratdagi tistein yoki tistin aminokislotalarining miqdoriga ko`ra reaksiya vaqtida hosil bo`lgan cho`kmaning rangi har xil bo`ladi. Masalan, aminokislotalar miqdori kam bo`lsa. cho`kma qo`ng`ir, ko`p bo`lsa qora rangda bo`ladi. Bu mashg`ulot quyidagicha o`tkaziladi.


Tekshiriladigan oqsil eritmasidan probirkaga 5-10 tomchi solib, unga 5-10 tomchi Fol reaktivi qo`shib qaynatilali. 1-2 minutdan so`ng aralashmada qo`ngir yoki qora cho`kma hosil bo`ladi. Eritma tayyorlash usuli kitob oxirida berilgan.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling