Daraxtlar novdasida suv almashinuvini aniqlash.
Asbob va reaktivlar: daraxt novdasi, tok qaychi, shisha idish, rangli suv, tarozi, menzurka, millimetrli qog`oz, chelak, paxta (momiq), parafin yoki yog`.
Buning uchun keng og`izli yarim litrli shisha idishga 20 ml rangli suv quyiladi. Tajriba oldidan daraxt novdasidan 40-60 sm uzunlikda kesib olinib, chelakdagi suvga botirib qo`yiladi. So`ngra chelakdagi uchi suv ichida kesiladi va 1-2 minut shunday qoldiriladi. Keyin novda suvdan olinib. Paxta tiqin yordamida rangli suv solingan shisha idishga joylanadi.
Novdaning shisha ichidagi uchi uning tubiga 1-2sm yetmasligi kerak. Shisha ichidagi suv bug`lanib ketmasligi uchun probirkaning ustiga eritilgan parafin yoki yog` surkaladi. Mashg`ulot o`tkazgan talabalarning familyasi va gruppasi alohida etiketkaga yozilib idishga yopishtirib qo`yiladi. Novda joylangan shisha tarozida tortilib, uning vazni daftarga va etiketkaga yoziladi. Tajriba natijasi bir necha xaftadan so`ng tekshirib ko`riladi.
Tajribani tekshirish tartibi:
novdali shishaning vazni aniqlanadi:
shishadagi novda tiqin bilan birga olinadi:
shisha ichida qolgan suvning xajmi o`lchanadi:
novda tiqin ustidan kesilib, suvni bug`latishda ishtirok etgan sath aniqlanadi.
Dastlabki vazni bilan oxirgi vazni orasidagi farq transpiratsiyada sarflangan suvi miqdorini bildiradi.
Tajriba uchun olingan suvning dastlabki hajmi bilan tajriba oxiridagi xajmi o`rtasidagi farq novda tomonidan shimilgan suv miqdorini bildiradi. Transpiratsiya natijasida yo`qotilgan suvning miqdori T va novda tomonidan shimilgan suvning miqdori A bilan ifodalanadi: T ning A ga nisbati bir-biriga teng bo`lmaydi. Bug`latilgan suvga nisbatan shimilgan suv miqdori ko`proq bo`ladi, chunki shimilgan suvning bir qismi novdada yangi hujayralar hosil bo`lishiga sarflanadi.
Novdaning sathi, ya`ni suv bug`latishda ishtirok etgan qismi quyidagicha aniqlanadi:
A) novda yo`g`on-ingichkaligiga qarab bir necha bo`lakka bo`linadi:
B) har qaysi bo`lakning sathi alohida aniqlanadi: buning uchun bo`lakning aylanasi uzunligiga ko`paytiriladi. Ayrim bo`laklarning sathi topilgandan so`ng ular jamlanib, novdaning umumiy sathi topiladi:
V)novdaning umumiy sathiga qarab transpiratsiya intensivligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |