O’simliklar kulida uchraydigan elementlarni aniqlash
Asbob va reaktivlar: mikroskop,kul,buyum oynalari,shisha tayoqcha, distillangan suv*. 10% li HCL, 1% li TL2 SO4, 1% li PtCL4, 1% li H2SO4,NH3, 1% li Na2HPO4, 1% li (NH4)2MoO, 1% li Sr(NO3)2, 1% li K4{Fe(CN)6}, 1% li Na2PbCu(NO2)6 eritmalari.
O’simliklar kulida uchraydigan elementlarni aniqlash uchun tamaki yoki yog’och kuli ishlatiladi. Avvalo, ikkita probirkaga 0,2 g dan kul solinadi, so’ngra ularning biriga distillangan suv, ikkinchisiga HCL ning 10% li eritmasidan quyib chayqatiladi. Ular reaktsiyaga kirishib bo’lgandan keyin aralashmalar filtrlanadi.
Tayyorlangan filtratdan pipetkada bir tomchi olib, buyum oynasiga tomiziladi. Keyin buyum oynasiga biror elementni aniqlash uchun qo’llanadigan tegishli reaktivdan bir tomchi tomiziladi. Oynadagi tomchilar bir-biridan 2 cm narida bo’lishi kerak.
Keyin bu tomchilar shisha tayoqcha yoki gugurt cho’pi bilan bir-biriga qo’shiladi. U qurigandan keyin mikroskopda ko’riladi. Xar qaysi reaksiyaning borishida o’ziga xos tuzilgan kristallar xosil bo’lganligi kuzatiladi.
Birinchi probirkadagi filtratda suvda eriydigan xlorid tuzlar bo’ladi. Xloridlarni aniq belgilashda talliy (I) - sulfat (Tl2SO4) ning 1% li eritmasi ishlatiladi. Bu reaksiya quyidagicha boradi:
2 KCl + T12SO4 = 2T1Cl + K2SO4
Talliy xlorid kristallari xar xil shakilarda ko’rinadi. Ikkinchi prbirkadagi filtratda kaliy, kaltsiy, magniy, fosfor, oltingugurt va temir elementlarini aniqlash kerak. Bu ish kuyidagi tartibda bajariladi:
1. Kaliyni aniqlashda reaktiv sifatida platina xlorid tuzining 1% li eritmasi
ishlatiladi. Reaksiya natijasida xosil bo’lgan kompleks tuz kristallari sarg’ish-yashil tusda tovlanib turadi. Bu reaktsiya quyidagicha boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |