O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti
Download 164.3 Kb.
|
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin
- Pedagogik talab
- O’quvchilarni ijobiy xatti - harakatga undovchi metodlar quyidagilar
- Quyida jazo turlarini keltiramiz
Topshiriq – O`quvchilarning mehnat topshriqlarini jamoa bo’lib bajarishlari ularga ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir.Topshiriqlar ni bajarish orqali o`quvchilar o`z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas`uliyatni his etishga o’rganadilar. Topshiriqlar quyidagicha bo`lishi mumkin:
tashkiliy topshiriqlar(turli –tuman tashkiliy ishlar,saylovlar, sinf faollarini belgilash va ularni yo`naltirish ishlari); otaliq topshiriqlari (otaliqqa olingan kichkintoylarga yordam uyshtirish, zavod va jamoa xo`jaligi ishch-dehqonlarga ko`mak berish); ijtimoiy-ma`rifiy topshiriqlar (bolalar va o`smirlar harakatida qatnashish, devoriy gazeta chiqarishva hokazo); sport o`yin topshiriqlar; Topshiriqlar bolaning yoshi, kuchi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda berilishi lozim. Oiladagi mehnat taqsimotida, maktabdagi sinfdan tashqari ishlarda, ijtimoiy –foydali ishlarda bolaga mos topshiriqlar berish ahamiyatli. Bola shaxsining hayotda o`z o`rnini topishida bajarilgan topshiriqqa atrofdagilarning ayniqsa kattalarning mu-nosabati muhimdir. Mehnat qilish bolaning xarakterini shakllantiradi, mustahkamlaydi. Pedagogik talab –o`quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda qatnashib bajarilishi zarur bo`lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo`lishi; oqilona harakatlarga undovchi bo`lishi mumkin. Pedagogik talab qo`yganda adolatli va haqqoniylik muhimdir. O`quvchliarda qo`yilgan talablar albatta nazorat qilinishi muhimdir. Masalan: Darsga o`z vaqtida maktab formasida yetib kelish. O’quvchilarni ijobiy xatti - harakatga undovchi metodlar quyidagilar : O`quvchilar atrofdagilarning o`zlariga nisbatan munosabatlarini hamisha his qiladilar. Kattalarning unga ishonishi, hurmat qilishi, undagi qobiliyat va fazilatlarni e`tirof etishi o`quvchinig ko`nglini ko`taradi, unga quvonch keltiradi, yanada yaxshiroq bo`lishga intilishiga yordam beradi. Ijobiy hatti-harakatga undovchi metodlarga rag`batlantirish va jazolash metodlari kiradi. Rag'batlantirish-pedagogik ta`sir ko`rsatish usulidir. O`quvchilarning ,bolalar jamoasining xatti-harakatlari va ishlarini ijobiy baholash uning asosini tashkil qiladi. Rag`batlantirishning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki,u o`quvchilar xulq-atvorida ijobiy xislatlarni ko`paytirib, mustahkamlashga yordam beradi. Unda rag`batlantirilgan o`quvchilargina emas, balki butun sinf zaruriy saboq oladi. Buning natijasida o`quvchilar jamoasida ishni yanada yaxshi bajarishga, tartib-intizomli bo`lishga, ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi. Rag'batlantirish turlari: 1.Tashakkur bildirish-o`quvchiga yuzma-yuz turib namuna ko`rsatgani uchun bildiriladi 2 .Ishonch bildirish-boladagi o`ziga,o`z kuchiga bo`lgan ishonchni oshiradi, ijobiy jo`shqin kayfiyat uyg`otadi. 3.Maqtov yorlig'i berish-yaxshi xulqi va a`lo baholari uchun chorak yoki o`quv yili yakunida beriladi. 4.Hurmat taxtasiga suratini qo'yish-sinfda o`rtoqlariga o`rnak ko`rsata olgani uchun 5.Estalik sovg'a berish-faoligi va sinfda namuna ko`rsatgani uchun ,kitob suvinir,o`quvchilar qurollaridan iborat sovg`alar beriladi. 6.Safda birinchi o'ringa qo'yish- faoligi va sinfda namuna ko`rsatgani uchun birinchi safga qo`yiladi. 7. Mukofotlash- faoligi va sinfda namuna ko`rsatgani uchun maktab fondidan pul mablag`i bilan taqdirlanadi. 8. Stipendiya bilan taqdirlash- faoligi va sinfda namuna ko`rsatgani uchun beriladi. 9. Ota-onaga rahmatnoma bildirish-farzandining A`lo o`qigani va namunali xulqi uchun ota-onanga yozma tashakkur bildiriladi. Rag'batlantirish o'quvchining ko'nglini ko'taradi, unga quvoch keltiradi, o'quvchini yanada yaxshiroq bo`lishga intilishiga yordam beradi.Ammo noto`g`ri rag`batlantirishlar ayrim o`quvchilarda va jamoalarda o`z-o`zidan mag`rurlanish, o`z-o`ziga yuqori baho qo`yish,o`rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik kabi salbiy xislatlarni tarbiyalashi mumkun. Maqtov, tashakkur, mukofot jamoa a`zolarining fikr mulohazalariga asoslangan bo`lsagina ko`zda tutilgan maqsadlarga erishiladi. O’quvchilarning faolligini oshishiga salbiy ta’sir qiluvchi sabab bu– jazolashdir. J azolash –bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Quyida jazo turlarini keltiramiz:. Download 164.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling