O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.91 Mb.
Pdf просмотр
bet1/6
Sana10.01.2019
Hajmi0.91 Mb.
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

OLIY VA  O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

NIZOMIY NOMIDAGI 

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tarixiy o’lkashunoslik va turizm 

fanini o’rganish yuzasidan ta’lim texnologiyasi 

 

 



 

 

Tarix fakulьteti “Vatan tarixi” kafedrasi dotsenti 



R.Mulladjanova 

 

 

 

 

 



 

 

 



Toshkent-2015 

 

 



 “Tarixiy o’lkashunoslik va turizm ”  fanini o’rganish yuzasidan ta’lim 

texnologiyasi 

                                                            KIRISH  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  takidlaganidek:  “Bu 

ko’hna  tuproqda  milodgacha  bo’lgan  davrda  va  undan  keyin  qurilgan  murakkab 

suv  inshootlari,  hali-hanuz  o’zining  ko’rku  tarovatini  saqlab  kelayotgan  osori 

atiqalarimiz  qadim-qadimdan  o’lkamizda  dehqonchilik  va  hunarmandchilik 

madaniyati,  me’morlik  va  shaharsozlik  san’ati  yuksak  darajada  rivojlanganidan 

dalolat beradi” 

Darhaqiqat  ana  shunday  tarixga  ega  bo’lgan  o’lkamiz,  ajdodlarimiz 

merosining  o’zi  bir  katta  xazinaki,  uni  o’zlashtirishimiz,  avlodlarga  boyitib 

yetkazishimiz  lozim.  Bu  davr  talabi,  nafaqat  davr  talabi,  balki  muqaddas 

diyorimizda yashovchi har bir kishi o’zining burchi deb, qalb qo’ri, aql idrokini va 

iste’dodini namoyon etish ham qarz, ham farzdir. 

“Tarixiy  o’lkashunoslik  va  turizm”  fani  bo’lajak  mutaxassislarga  zarur 

bo’lgan  tarixiy,  jug’rofiy,  arxeologik,  antropologik,  toponimik,  etnografik, 

numizmatik,  geraldik  manbalarga  asoslanib  o’lka  tarixini,  muzeyshunosligini, 

turizmini o’rganadi va o’rgatadi.  

O’tmish  bilan  bugungi  kun  o’rtasida  vorislik  qonuni  mavjud.  O’tmishsiz 

hozirgi zamon va kelajak yo’qdir. Demak, ular bir-biri bilan ko’zga ko’rinmas iplar 

bilan  bog’langan.  SHundan  kelib  chiqqan  holda  o’lkashunoslikni  o’tmishda 

yaratilgan madaniy, ma’naviy-marifiy, narsa- hodisalarni ijobiy, ilg’or tomonlarni 

saqlab-avaylashga,  ularni  yanada  boyitib,  rivojlantirshga  xizmat  qiluvchi  fan 

sifatida e’zozlashimiz zarur.  

Nazarimizda, fanning turli yo’nalishlari xalqlarning ko’p qirrali qadriyatlarini 

muayyan kategoriyalar va qonuniyatlar asosida o’rganadi.  

Ushbu  kategoriya  va  qonunlar  yoshlarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalash 

uchun xizmat qiladigan tarixiy o’lkashunoslik fani uchun ham zarurdir. 

Muayyan  xalqlarni  rivojlanish  jarayonida  yoki  bosib  o’tgan  olis  va  yaqin 

tarixiy  yo’llarida  shunday  davrlar  bo’ladiki,  u  o’sha  davrda  ijtimoiy  hayotining 

barcha  jabhalarida  nisbatan  o’ta  yuqori  cho’qqilarga  ko’tariladi,  hududiy  va 

ma’naviy  yutuqlar  jamiyat  hayotida  kishini  mo’’jiza  kabi  hayratga  soladi, 

to’lqinlantiradi  va  o’ziga  tortadi.  Ana  shunday  pallada  yoshlarni  ijodga  chorlash, 

izlanishga,  asrab-avaylshga  o’rgatish  bu  fanning  vazifasi  bo’lib  qoladi.  U  o’zida 

tarixiy, jug’rofiy, antropologik, arxeologik, etnografik, toponimik, ilk yozuvlarnig 

paydo  bo’lishi  tarixi,  turizm,  uning  shakllanishi  va  yo’nalishlari,  turlari  haqida 

qisqa ma’lumotlarni mujassamlashtirgan.  

Demak,  fan  oldida  ma’suliyat  katta,  chunki  yosh  avlodni  insonparvar, 

ma’naviy  barkamol  etib  tarbiyalashda  “Tarixiy  o’lkashunoslik”  faniga  ehtiyoj 

tobora ortib bormoqda.  

Vatan ostonadan boshlanadi. O’z  merosini qadriga yetmagan inson, o’zgalar 

qadriyatini    hurmat  qilmaydi.  Ona  zamin  mahsulidan  bahramand  bo’lib,  uni 

ulug’lashga  o’rganish  o’lkadan  boshlanadi,  yurt  kezib  elni  e’zozlaydi,  elni  bilib 

meros qadrini anglaydi. Ajdodlar vasiyatiga sodiq va munosib bo’lib shakllanadi.  



Mamlakatimizda  sayru-sayohatni    rivojlantirish  uchun  o’lkan  imkoniyatlar 

mavjud.  Ayniqsa  Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Termiz,  Toshkent,  Quva,  Axsikat 

shaharlari butun dunyoga mashhur. Tabiat, iqlimimiz qishin-yozin sayohatchilarni 

qabul qilish imkonini beradi.  

Turizmning  hozirgi  davrdagi  rivojlanish  darajasi  uning  mavjud  salohiyatidan 

samarali  foydalanishni  taqozo  etadi. Xozirda  12-15  foizdangina  foydalanilmoqda. 

Bu  yo’nalish  bo’yicha  kadrlar  tayyorlash  tizimini    takomillashtirish,  o’quv 

markazlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.  



O’quv kursining maqsadi.  

O’lka    tarixini  chuqur  o’rganish,  uning    merosidan    faxrlanish    tuyg’usini  

uyg’otish, o’z  qadriyatlariga  sodiq qolish,  uni  chet  ellik  sayyohlarga  faxr  bilan  

ayta    olish    ruhini    singdirish    va    shu    orqali    Vatanga    va    xalqqa    muhabbatni  

kuchaytirish. 

O’quv  kursining  vazifalari.  Vatanimiz  tarixini,  uning  eng  qadimgi 

davrlardan  to  xozirgacha  bo’lgan  davrini  joylardagi    ma’naviy    va    moddiy  

yodgorliklarni  –  arxeologiya,  etnografiya,  toponimika,  arxivshunoslik,  muzey 

eksponatlari va turizm nuqtai nazari orqali tadqiq va  tahlil  etishdan iborat. 

          Tarixiy  o’lkashunoslik  va  turizm  fanining  predmeti:  O’lka  va  xalq 

o’tmishini,  uni  eng  qadimgi  davrlardan  to  xozirga  qadar  ijtimoiy  -  iqtisodiy, 

siyosiy  va  madaniy  jihatdan  rivojlanib  borishining  eng  muhim  jihatlarini,  ya’ni: 

o’lkada ilk odamlarning manzilgohlari, turmush tarzi xaqida, urug’, kabila, elat va 

millatning etnomadaniy rivojlanishi, qishloq, shahar, davlatlarning shakllanishi va 

taraqqiyoti,  tarixiy  yodgorliklar,  muqaddas  qadamjolar,  ularning  nomlari  bilan 

bog’liq  o’lka  toponimikasini,  turizmning  rivojlanish  tarixi  va    bugungi  axvolini, 

respublikamiz  mustaqillikka  erishuvidan  keyin  bu  soxadagi  ulkan  bunyodkorlik 

ishlarini tadqiq  va targ’ibot  etib  o’rganishdan iborat. 



SHaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 

jarayonining  barcha  ishtirokchilarini  to’laqonli  rivojlanishlarini  ko’zda  tutadi.  Bu 

esa  ta’limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining 

shaxsini  emas,  avvalo,  kelgusidagi  mutaxassislik  faoliyati  bilan  bog’liq  o’qish 

maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondoshishni nazarda tutadi.  

Tizimli  yondashuv.  Ta’lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o’zida 

mujassam  etmog’i  lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo’g’inlarini  o’zaro 

bog’likligi, yaxlitligi. 

Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondashuv.  Individning  jarayonli  sifatlarini 

shakllantirish,  ta’lim  oluvchining  faoliyatini  faollashtirish  va  tezlashtirish,  o’quv 

jaryonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini  ochishga 

yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. 



Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o’quv  jarayoni  ishtirokchilarining  psixologik 

birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-

o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 

Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchi 

o’rtasida  demokratik,  tenglik,  hamkorlik  kabi  o’zaro  sub’ektiv  munosabatlarga, 

faoliyat  maqsadi  va  mazmunini  birgalikda  shakllantirish  va  erishilgan  natijalarni 

baholashga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.  



Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish asosida ta’lim 

oluvchilarning o’zaro faoliyatini tashkil etish usullaridan biridir. Bu jarayon ilmiy bilimlarni 

ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini aniqlash, dialektik tafakkurni va ularni 

seminar faoliyatda ijodiy qo’llashni shakllantirishni ta’minlaydi. 



Axborotni  taqdim  qilishning  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo’llash  – 

bu yangi kompьyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashdir. 



O’qitish  uslublari  va  texnikalari.  Ma’ruza  (kirish,  mavzuiy,  ma’lumotli, 

ko’rgazmali  (vizuallashgan),  anjuman,  aniq  vaziyatlarni  yechish),  munozara, 

muammoli  uslub,    aqliy  hujum,  tezkor  –so’rov,  savol-javob,  seminar  ishlash 

usullari. 



O’qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot,  hamkorlik  va 

o’zaro o’qitishga asolangan frontal, jamoaviy va guruhlarda o’qitish. 



O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (o’quv qo’llanma, ma’ruza 

matni, tarqatma materiallar) bilan bir qatorda  – chizmali organayzerlar, kompьyuter va 

axborot texnologiyalari. 

Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan tezkor qaytar aloqaga asoslangan 

bevosita o’zaro munosabatlar. 



Qaytar  aloqalarning  (ma’lumotning)  usul  va  vositalari:  tezkor-so’rov, 

o’qitish diagnostikasi. 



Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab 

beruvchi  texnologik  karta    ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 

qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, 

nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning 

nazorati. 

Monitoring  va  baholash:  o’quv  mashg’ulotida  va  butun  kurs  davomida  

mavzu yuzasidan nazorat savollarini berib borish orqali o’qitishning natijalari rejali 

tarzda kuzatib boriladi. Fan yuzasidan ON, JN, va YaN o’tkaziladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 

 

 

1.1. Ta’lim berish texnologiyasining modeli 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 50-60 gacha 

Mashg’ulot shakli 

Kirish-axborotli ma’ruza 

 

Ma’ruza rejasi 

1.“Tarixiy  o’lkashunoslik  va  turizm”  fanga  kirish, 

maqsad  va  vazifalari,  predmeti,  o’rganish  ob’ekti. 

Uning rivojlanish bosqichlari. 

2.O’lkashunoslikning  turlari.    Mahalliy  va  rus 

tadqiqotchiligi. 



O’quv mashg’ulotining maqsadi: Tarixiy o’lkashunoslik turlari va uning predmeti, 

rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berish 



Pedagogik vazifalar

 



“Tarixiy  o’lkashunoslik”  fanga 

kirish,  maqsad  va  vazifalari, 

predmeti,  o’rganish  ob’ekti. 

Uning  rivojlanish  bosqichlari 

haqida ma’lumotlar berish; 

 



O’lkashunoslikning 

turlari.  

Mahalliy  tadqiqotchilik  haqida 

ma’lumotlar berish;  

 

O’quv faoliyati natijalari: 

 



 “Tarixiy 

o’lkashunoslik”  fanga 

kirish, 

maqsad 


va 

vazifalari, 

predmeti,  o’rganish  ob’ekti.  Uning 

rivojlanish 

bosqichlari 

haqida 


ma’lumotga ega bo’ladilar; 

 



O’lkashunoslikning 

turlari.  

Mahalliy  tadqiqotchilik    haqida 

ma’lumotga ega bo’ladilar; 

 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat, insert 

jadvali 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv qo’llanma, proektor, qo’shimcha 

adabiyotlar 

Ta’lim berish sharoiti 

O’TV bilan ishlashga moslashtirilgan 

auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

1-mavzu 

 “Tarixiy o’lkashunoslik turlari  va uning 

predmeti, rivojlanish bosqichlari” 

SEMINAR  MASHG’ULOTLARNING TA’LIM TEXNOLOGIYaSI 

 

 



 

 

 



 

1.2. “Tarixiy o’lkashunoslik turlari va uning predmeti, rivojlanish 



bosqichlari” ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi 

 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 

  

1. Mavzuga 



kirish 

(15 daqiqa) 

1.1. Mashg’ulot mavzusi, rejasi  uning maqsadi 

va o’quv faoliyati natijalari bilan tanishtiradi. 

(1ilova) 

1.2. .Foydalaniladigan o’quv adabiyotlari bilan 

tanishtiradi. (2 ilova) 

1.2. Talabalar o’quv faoliyatini  baholash 

mezonlari bilan tanishtiradi (3-ilova)

Tinglaydilar. 

 

Tinglaydilar  



 

Tinglaydilar 

 

 

2-bosqich 



Asosiy 

bosqich   

(55 daqiqa) 

2.1. Rower Point dasturi yordamida slaydlarni 

namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo’yicha 

asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi  

(4 ilova) 

2.3. O’tilgan mavzularni mustahkamlash  

maqsadida  insert jadvali ped texnologiyasi 

o’tkaziladi.  

(5 ilova) 

 

 

Tinglaydilar, 



yozadilar. 

 

Topshiriqlar 



bo’yicha 

ishlaydilar 

 

 

3. 



Yakuniy 

bosqich 

(10 daqiqa) 

3.1. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan 

savollarga javob beradi,  

3.2  Mavzu yuzasidan yakunlovchi xulosa qiladi.  

3.3.  O’tilgan  mavzuni  mustahkamlab,  berilgan 

adabiyotlar bilan tanishib kelish topshiriladi. 

Savollar beradilar. 

Tinglaydilar. 

Vazifani  yozib 

oladilar. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1-ilova 

Mavzu: Tarixiy o’lkashunoslik   turlari va uning predmeti, rivojlanish bosqichlari  

Reja: 

1.

 



“Tarixiy  o’lkashunoslik  va  turizm”  fanga  kirish,  maqsad  va  vazifalari, 

predmeti, o’rganish ob’ekti. Uning rivojlanish bosqichlari. 

2.

 

O’lkashunoslikning turlari.  Mahalliy tadqiqotchilik. 



 

O’quv  mashg’ulotining  maqsadi:  Tarixiy  o’lkashunoslik  va  turizm      va  uning 

predmeti, rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumot berish 



O’quv  faoliyatining  natijasi:  Tarixiy  o’lkashunoslik      va  uning  predmeti, 

rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar.  



2 ilova 

Adabiyotlar:    

1.

 



Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz  kelajak yo’q. T.: 1998. 

2.

 



Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -  yengilmas kuch. T.: 2008.  

3.

 



Nabiev A. Tarixiy o’lkashunoslik. T.:  1996.  

4.

 



Sagdullaev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. T.:  2004.  

3 ilova 

 

Har bir ma’ruza va amaliy mashg’ulot uchun 5 dan 2 ballgacha 

qo’yiladi. Reyting bo’yicha natijalar bahosi: 

5 ball  -  «a’lo» 

4 ball  -  «yaxshi» 

3 ball  -  «koniqarli» 

 2 ball  -  «qoniqarsiz» 

4-ilova 

1 reja 

Tarixiy o’lkashunoslik fanining maqsadi:  O’lka  tarixini chuqur o’rganish, 

uning    merosidan    faxrlanish    tuyg’usini    uyg’otish,  o’z    qadriyatlariga    sodiq 

qolish,  uni  chet  ellik  sayyohlarga  faxr  bilan  ayta  olish  ruhini  singdirish  va  

shu  orqali  Vatanga  va  xalqqa  muhabbatni  kuchaytirish. 



Tarxiy  o’lkashunoslik    fanining  vazifasi:    Vatanimiz  tarixini,  uning  eng 

qadimgi  davrlardan  to  xozirgacha  bo’lgan  davrini  joylardagi    ma’naviy    va  

moddiy    yodgorliklarni  –  arxeologiya,  etnografiya,  toponimika,  arxivshunoslik, 

muzey  eksponatlari  va  turizm  nuqtai  nazari  orqali  tadqiq  va    tahlil    etishdan 

iborat. 


          Tarixiy  o’lkashunoslik  fanining  predmeti:  O’lka  va  xalq  o’tmishini,  uni 

eng  qadimgi  davrlardan  to  xozirga  qadar  ijtimoiy  -  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy 

jihatdan  rivojlanib  borishining  eng  muhim  jihatlarini,  ya’ni:  o’lkada  ilk 

odamlarning manzilgohlari, turmush tarzi xaqida, urug’, kabila, elat va millatning 

etnomadaniy rivojlanishi, qishloq, shahar, davlatlarning shakllanishi va taraqqiyoti, 

tarixiy  yodgorliklar,  muqaddas  qadamjolar,  ularning  nomlari  bilan  bog’liq  o’lka 



toponimikasini,  turizmning  rivojlanish  tarixi  va    bugungi  axvolini,  respublikamiz 

mustaqillikka  erishuvidan  keyin  bu  soxadagi  ulkan  bunyodkorlik  ishlarini  tadqiq  

va targ’ibot  etib  o’rganishdan iborat. 

2 reja 

O’lkashunoslikning  har  4  turi  o’zaro  bir-biriga  aloqador  bo’lib,  biri 

ikkinchisini to’ldiradi. 

 

Davlat o’lkashunosligi bilan respublikada tarixiy va madaniy yodgorliklarni 

muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish qo’mitasi, muzeylar, respublika fanlar 

akademiyasi  qoshidagi  Tarix  va    Arxeologiya  ilmiy  -  tadqiqot  institutlari 

shug’ullanadi. 

 

Jamoat  o’lkashunosligi  qishloq,  ovul,  qo’rg’on,  tuman,  shahar  va  viloyat 

hududidagi  tarixiy  obidalarni  saqlash  va  asrash  ishlariga  boshchilik    qilish  bilan 

birga,  joylarda  istiqomat  qilib  turgan  xalqlarning    kelib  chiqishlari  (etnogenezi),  

urf-odatlarini  o’rganadi  hamda  ilg’or      mexnatkashlar,  Mehnat  Qaxramonlari 

xotirasini abadiylashtirish uchun haykallar, mangu olovlar, hurmat taxtalari tashkil 

qiladi. Bundan tashqari, jamoat o’lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga pullarni 

o’rganuvchi  mutaxasislar  -  numizmatlar,  muhrlarni  o’rganuvchilar  - 

safragistlar, tamg’a (gerb) larni o’rganuvchilar - geraldistlar, tosh, metal, sopol 

va  yog’ochdagi  yozuvlarni  o’rganadigan  olimlar  -  epigrafistlar,  eski  asbob-

uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabilarni to’plovchilar ham uyushadi.  

 

Maktab  o’lkashunosligi  esa  maktablarda  tarix,  shaxs  va  jamiyat  fani 

o’qituvchilarining  bevosita    rahbarligida    tashkil  qilinadi.  Maktab 

o’lkashunosligining  a’zolari  V-IX    sinflarning  o’quvchilardan  tuzilib,  ular  o’lka 

materiallarini  to’rt  guruhga  bo’lingan  holda  to’playdilar.  To’plagan  arxeologik, 

etnografik,  toponimik  va  arxiv  hujjatlari  maktab  o’lkashunoslik  va  tarix 

muzeylarida namoyish qilinadi. 

 

Maktab  o’lkashunosligi  ta’lim  -  tarbiyani  turmush,  ishlab  chiqarish,  yangi 



jamiyat  qurish  tajribasi  bilan  uzviy  bog’liq  holda  o’rganadi.  O’qitish  jarayonida 

o’lka  materiallaridan  o’rinli  foydalanish  o’quvchilarning  o’z  o’lkasi  tarixini  bilib 

olishga, chuqur bilim olishga mustaqil ijod qilishga bo’lgan qiziqishini  orttiradi va 

kelgusi hayot yo’lini tanlab olishga yordam beradi.  

 

Akademik  litsey    va    kasb  -    hunar    kollejlari    o’lkashunosligiga    o’rta  

maxsus,  kasb  xunar  ta’limi    tizimi    talabalari,  ya’ni  I  –  III    kurslarning    faol,  

iqtidorli    talabalari    jalb    etiladi.    Ularga  Tarix,  Milliy  g’oya,  Davlat    huquqi 

asoslari  fanlari    o’qituvchilari    rahbarlik  qiladi.  Bu    talabalar  nafaqat    o’qib 

o’rganadilar,  balki ilmiy  izlanishlar  ham  olib  boradilar. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O’lkashunoslik turlari:   O’lkashunoslik  to’rt turga bo’linadi:  

1) ilmiy, ya’ni davlat  o’lkashunosligi; 

 2) jamoat o’lkashunosligi; 

 3) maktab o’lkashunosligi;  

4) akademik litsey  va  kasb -  hunar  kollejlari  o’lkashunosligi. 

 


 

 

 



 

 

 



5-ilova  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Insert jadvali 

 





-  

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

(talabalar)ning bilimlari baholanadi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



O’qish 

jarayonida 

olingan 

ma’lumotlarni  individual  holda 

sistemalashtiradilar; 

Matnda  qo’yilgan  belgilar  asosida 

jadval ustunlarini to’ldiradilar: 

 V  –  o’lkashunoslik  xaqidagi 

bilimlarimga javob  beradi; 

«-»  -  o’lkashunoslik  xaqidagi 

bilimlarimga  qarama-qarshi

+  -  o’lkashunoslik    haqida  yangi 

ma’lumotlar 

?  –  mavzu  haqida  tushunarsiz 

(aniqlashtirish,  to’ldirishni  talab 

Insert  jadvalining  tuzilishi  va  uni 

to’ldirish 

qoidasi 


bilan 

tanishadilar. 



Insert jadvali: 

- ma’lumotlarni sistemalashti-

rishni 

(mustaqil 



o’qish/ 

ma’ruza  eshitish  jarayonida 

olingan), 

uni 


tasdiklash, 

aniklashtirish  yoki  rad  etish; 

qabul 

qilinayotgan 



ma’lumotning tushunarliligini 

nazorat 


qilish, 

avval 


egallangan 

ma’lumotni 

yangisi 

bilan 


bog’lash 

qobiliyatlarini shakllantirishni 

ta’minlaydi; 

-  o’kuv  ma’lumotini  mustaqil 



 

 

 



 

 

 





Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling