G’o’zaning respublikamizda keng tarqalgan turlari:
G’o’zaning 37 ta turi mavjud bo’lib, shundan 4 tasi madaniy hisoblanadi. Bular G.xirzutum, G.barbadenzi, G.xerbaseum, G.arboreumlardir. Madaniy tur g’o’zalardan asosan G.xirzutum (o’rta tolali g’o’za) va qisman G.barbadenzi (ingichka tolali g’o’za) lar ekilib kelinmoqda.
G.hirsutum L – dastlabki tarqalish joyi Markaziy Amerika bo’lib-Meksika hududidir. Shuning uchun ham Meksika g’o’zasi nomi bilan yuritildi. Bu tur jahonda keng tarqalgan va asosiy maydonlarni egallaydi. Tur ko’pgina mamlakatlarning sug’oriladigan va lalmi dehqonchiligida ekiladi. Uning hisobiga dunyoda yetishtirilayotgan tolaning 70 % to’g’ri keladi. O’suv davri 100-150 kungacha, ko’sak yirikligi 3-12 g gacha, tola uzunligi 20-42 mm gacha, tola chiqishi 25-42-45 %. Gommoz va vilt bilan kasallanadi.
G.hirsutumL turi
G.barbadenseL – dastlabki tarqalish va kelib chiqish mintaqasi tropik mamlakatlar Peru, Braziliya, Boliviya va ularga yondosh mamlakatlar, xususan Barbados orolidir va uning nomiga monand barbadenze deb ataladi. Barbedenze turi Peru g’o’zasi ham deyiladi. Bu g’o’za xirtuzumga nisbatan kam tarqalgan bo’lib, Misrda ko’proq ekiladi. Sudan, Turkiya, Eron, MDX mamlakatlarining ba’zilarida ham ekiladi. Barbadenze Si Ayland nav tipiga mansub bo’lib, Misrning qimmatli navlari bazasida kelib chiqib tarqalgandir.
Bu tur g’o’za dunyo tolasining 9-10 % tashkil etadi. O’suv davri 135-140-170 kundan ko’proq. Ko’sak yirikligi 2,5-4 g, ko’proq 3-3,5 g, tola uzunligi 27-60 mm, tola chiqishi 20-39 %. Fuzarioz vilt bilan kasallanadi, gommoz bilan ham kasallanishga moyil.
G.barbadenseL turi
Ma’lumki, paxta tolasiga asosiy iste’molchi to’qimachilik sanoati bo’lib hisoblanadi va ular qayta ishlangan tolani ma’lum bir talablar asosida qabul qiladi (2-jadval).
Mustaqillik yillarida quyidagi 175-F, S-6524, S-4727, Chimboy-3010, An-O’zbekiston-3, Samarqand-3, Toshkent-6, Yulduz, An-Bayavut-2, Oktyabr-60, Qirg’iziston-3, Andijon-9, Toshkent-1, Andijon-60, Buxoro-6, S-9070, Namangan-77, Oqdaryo-5, Oqdaryo-6, Omad, Buxoro-102, S-6541, Oqdaryo-8, S-8584, Sulton, Buxoro-8, Ibrat, Barhayot, Porloq kabi g’o’za navlari ekilgan va ekilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |