O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi samdu qoshidagi 2-son akademik litseyi
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix fanidan testlar toplami.
3-mavzu: Qadimgi Yunoniston
1) Qadimgi Yunoniston qayerda joylashgan? A) Qora dengiz sohillari va Bolqon yarim orolida B) B olqon yarim oroli va O’rta yer dengizi orollarida C) Marmar dengizi orollari va Makedoniy orolarida D) Krit oroli va Gretsiya hududlarida 2) Qaysi davrlarda Yunonistonda ilk shahar davlatlar vujudga kela boshladi? A) mil.avv. 5-mingyillikda B) mil.avv. 4-mingyillikda C) mil.avv. 2-mingyillikda D) mil.avv. 3-mingyillikda 3) Mil.avv. 2-mingyillikda Yunonistonning qayerida sivilizatsiya vujudga keladi? A) Knosda B) Peleponesda C) Trinfda D) Krit orolida 4) Mil.avv. 2-mingyillik da Yunonistonda ……..ilk shaharlar vujudga kela boshladi. A) Miken, Knos, Tirinf, Pilos B) Knos, Bobil, Pilos,Mitanni C) Tirinf, Pilos,Afina, Spartak D) Pilos, Knos,Troya, Efes 5) Mil.avv.1450- yillarda qit’adagi Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini kimlar deyishgan? A) doriylar B) yunonlar C) axeylar D) giksoslar 6) Qachon doriylar Yunonistonga bostirib kirib, Miken davlatini yakson qiladilar? A) mil.avv. 1450-yilda B) mil.avv. 1200-yilda C) mil.avv. 1324-yilda D) mil.avv. 842-yilda 7) Sparta davlatiga kimlar asos solishgan? A) yunonlar B) axeylar C) doriylar D) guteylar 8) Odamlar yashaydigan hududlarni yunonlar qanday atashgan? A) Piloslar B) Koloniya C) Satraplar D) Oykumena 9) Qaysi asrlarga kelib, dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi natijasida manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib bordi? A) mil.avv. XV-XIII asrlarda B) mil.avv. XIII-XI asrlarda C) mil.avv. IX-VII asrlarda D) mil.avv. VII-V asrlarda 10) Yunoncha “POLIS” so’zi qanday ma’noni bildiradi? A) manzilgoh B) shahar C) ark D) qal’a 11) Yunonistonda armiyaning asosini og’ir qurollangan askarlar…….tashkil etgan. A) tiranlar B) falanga C) goplitlar D) qullar 12) Attika aholisi qanday uch katta guruhga bo’lingan edi? A) fuqarolar, qullar, ajnabiylar(meteklar) B) qullar, quldorlar, ruhoniylar C) ajnabiylar(meteklar), quldorlar, dvoryanlar D) pelebeylar, patritsiylar, ajnabiylar(meteklar) 13) Qachondan boshlab Yunonistonda davlat organlarida ishlashga muayyan haq to’lana boshlandi? A) mil.avv. IXasrdan B) mil.avv.VII asrdan C) mil.avv. V asrdan D) mil.avv.III asrdan 14) Mil.avv. 2-mingyillikda yunonlar qayerni “Akropol”, ya’ni “yuqori shahar” deb atalganqala quradilar? A) Peleponnesning janubda B) Sparta shahrining shimolda C) Attikaning g’arbiy qismida D) Afina shahrining markazida 15) Afina davlatiga qaysi sohalar katta daromad keltirar edi? A) qullar savdosi B) boshqa davlatlar bilan olib borilgan savdo C) Kumush konlari va tuz qazib olish D) dehqonchilik va chorvachilik sohalari 16) Yunonlar to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir-biriga zich joylashgan qatorlar bilan jang qilishgan. Jangovar safda shu tariqa tuzilish esa ………deb atalgan. A) tirer B) falanga C) goplit D) qo’shin 17) Qaysi bandargoh Afinaning asosiy portiga aylangan va bu bandargohdan mamlakatga minglab qullar,tovarlar keltirar edi? A) Rodas B) Efes C) Pirey D) Platey 18)Yunonistonda bolalar nechi yoshdan o’qitilar edi? A)5 yoshdan B)6 yoshdan C)7 yoshdan D)8 yoshdan 19)Yunonchada “pedagog” so’zi qanday ma’noni anglatgan? A) ”bolani yo’lda kuzatib boruvchi” B) ”xivchinli kishi” C) ”bolaga rahnamolik qiluvchi” D) ”bolaga o’qish va yozishni o’rgatuvchi” 20) Yunonistonda puldor ota onalarning farzandlari qayerda o’qishni davom etkazishgan? A) gimnaziyalarda B) litseylarda C) palestrlarda D) kaloniylarda 21) Yunoniston maktablarida o’g’il bolalar necha yoshidan boshlab gimna stika bilan shug’ullanganlar? A) 9 yoshidan B) 11 yoshidan C) 14 yoshidan D) 16 yoshidan 22) Yunon palestrlarida bolalarga nimalar o’rgatiladi? A) handisa, meditsina, musiqa B) adabiyot o’qitilar, she’r yozish va musiqa C) she’r yozish, ritorika va handisa D) haykal yasash, she’r yozish va rasm chizish 16 23) Qaysi mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar palestrlarda o’rnatilgan? A) Mironning “Diskbol” va Pampeyning “Jangchi” haykallari B) Polikletning “Nayzabardor” va Mikelanjeloning “Chavandoz” haykallari C) Mironning “Diskbol” va Polikletning “Nayzabardor” D) Geraklitning “Olimpiya” va Pampeyning “Jangchi” haykallari 24) Afinada oliy ta’lim olish muddati ……..bo’lgan. A) 3-4 yil B) 4-5 yil C) 5-6 yil D) 6-7 yil 25) Oliy ta’lim muassalarida qanday fanlar o’qitilgan? A) matemateka, medisina, tarix, ritorika B) astranomiya, geometriya, geografoya, tarix C) geografiya, tarix, adabiyot, geometriya D) tarix, matematika, musiqa, mantiq 26) Qachon Janubiy Yunoniston hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi? A) mil.avv. XVIII asrda B) mil.avv. XVI asrda C) mil.avv.XIV asrda D) mil.avv. XII asrda 27) Spartada qulga aylantirilgan mahalliy aholi qanday nomlangan? A) kolonlar B) pelebeylar C) ilotlar D) patritsiylar 28) Qaysi asrlarda qullar soni uncha ko’p bo’lmagan Afinadan farqli o’laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi kopchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi? A) mil.avv. XI-X asrlarda B) mil.avv. X-IX asrlarda C) mil.avv. VIII-VII asrda D) mil.avv.VII-V asrda 29) Spartada to’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan fuqarolar qanday nomlangan? A) ilotlar B) periyeklar C)meteklar D) kolonlar 30) Periyeklar shaxsan ozod kishilar bo’lsada …… A) Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar B) Sud ishlarida ishtirok eta olmas edi C) Savdo ishllari bilan shug’ullana olmas edi D) armiyada xizmat qilolmas, o’z yer mulkiga ega bo’lolmas edi 31) Yunonlar egasiz yotgan serunum yerlarni o’zlashtirish uchun ketayotgan mahalda ular umrbod tark etgan vatanning bir parchasi sifatida nimani olib ketishgan? A) tuproqni B) olovni C) donni D) mehnat qurollarini 32) Buyuk Yunon koloniyalashtirilishi…davom etgan. A) mil.avv. VIIIasrdan VI asrgacha B) mil.avv. Xasrdan VII asrgacha C) mil.avv. VI asrdan IV asrgacha D) mil.avv. V asrdan III asrgacha 33) Yunonlar o’zlari o’zlashtirgan yerlar tevaragida yashovchi yunon bo’lmagan xalqlarni qanday nom bilan atashgan? A) ”ilotlar” B) ”kolonlar” C) ”varvarlar” D) ”oriylar” 34) Buyuk yunon koloniyalashtirilishi nomini olgan davrda Qora dengiz sohillarida qanday yirik koloniyalar vujudga kelgan? A) Ellada, Xersones, Miken, Krit, Tasis, Tanais B) Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanois, Tasis, Trapezund C) Pantikapey, Knos, Miken, Olviya, Xersones, Tasis D) Miken, Pantikapey, Xersones, Knos, Tasis, Olviya 35) Qaysi asrlarda Yunonistonda Finikiya alifbosiga asoslangan yangi 24 harfdan iborat yozuv vujudga keldi? A) mil.avv. VIII asrda B) mil.avv. VII asrda C) mil.avv. VI asrda D) mil.avv. V asrda 36) O’rta yer dengizi sohillarida ………yunon koloniyalari tashkil topgan edi. A) ellikka yaqin B) yetmishdan ziyod C) yuzdan ziyod D) oltmishdan ortiq 37) Qadimgi Yunonistonda harflarni nima bilan yozishgan? A) qalamda B) stillda C) ruchkada D) bo’rda 38) Afina aholisi qanday qismlarga bo’lingan? A) zodagonlar va demosga B) ruhoniylar va fuqarolarga C) qullar va quldorlarga D) meteklar va zodagonlarga 39) Drakont qonuni shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga …….deya ta’rif berishgan. A) ”xalqning sho’ri” B) ”xalqqa qirg’in keltiruvchi” C) ”odamlarga ofat keltiruvchi” D) ”siyoh qolib, qon bilan yozilgan” 40) Qachon Solon davlatni idora qilishning oldingi, aristrokratiya tizimini demokratiyaga almashtirdi? A) mil.avv. 641-yilda B) mil.avv.605-yilda C) mil.avv.594-yilda D) mil.avv.567-yilda 41) Solon islohotlaridan keyin Attika aholisi qanday toifalarga ajratiladigan bo’ldi? A) meteklar va fuqarolarga B) fuqarolar va qullarga C) zodagonlar va meteklarga D) pelebeylar va patritsiylarga 42) Afinada erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar necha yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar? A) 20 yoshdan B) 22 yoshdan C) 25 yoshdan D) 30 yoshdan 17 43) Har yili saylanadigan Beshyuzlar kengashi qanday masalalarni hal qilardi? A) kundalik joriy masalalarni B) jang olib borish masalasini C) savdo-sotiq masalalarini D) lavozimlarni belgilash masalasini 44) Beshyuzlar kengashiga kim boshchilik qilardi? A) qirol B) senator C)konsul D) strateg 45) Afinada muhim davlat organi bo’lgan xalq sudida necha yoshga to’lgan fuqarolar uning faoliyatida ishtirok etar edilar? A) 20 yoshga B) 25 yoshga C) 30 yoshga D) 40 yoshga 46) Afina davlatida kim 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan? A) Salon B) Perikl C) Drakont D) Poliklet 47) Perikl hukmronligi davrida Afinada katta qurilish- larga e’tibor berilib, Akropoldagi….qurilgan edi. A) Beshyuzlar kengashining binosi B) Parfenon-iloha Afina ibodatxonasi C) uning bahaybat maqbarasi D) Kolizey amfiteatri 48) Perikl Afina shahrini xavf-xatardan asrash uchun qanday buyruqni bergan edi? A) Tungi soqchilikni joriy etish to’g’risida B) yollanma qo’shinni tashkil etish to’g’risida C) Afinadan to Pirey dengiz bandargohigacha mudofaa devorlari qurish to’g’risida D) soqchilik minoralarini qurish to’g’risida 49) Yunon fors urushlari ……qadar davom etgan. A) mil.avv. 480-yildan boshlab 439-yilgacha B) mil.avv. 490-yildan boshlanib 449-yilgacha C) mil.avv. 470-yildan 423-yilgacha D) mil.avv. 485-yildan 416-yilgacha 50) Yunonistonning qaysi shahriga kelgan fors elchilarini shaharliklar ularni chuqur quduqqa tashlab yuborgan va zaxarxanda bilan “Yetarlicha yerni ham suvni ham quduq tubidan topasizda” deyishgan ekan? A) Afinaga B) Spartaga C) Salaminga D) Mikenga 51) Qaysi asrlarga kelib Fors shohlari Kichik Osiyodagi yunon shahar-davlatlarini bosib oldilar? A) mil.avv. VII asr o’rtalarida B) mil.avv VI asr boshlarida C) mil.avv. VI asr oxirida D) mil.avv. V asr o’rtalarida 52) Forslar va yunonlarning Marafon jangi ….bo’lib, yunonlar g’alabasi bilan tugagan. A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 480-yilda C) mil.avv. 473-yilda D) mil.avv. 449-yilda 53) Fermopil jangi qachon bo’lib o’tgan? A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 485-yilda C) mil.avv. 480-yilda D) mil.avv. 475-yilda 54) Fermopil yonidagi jangda yunon qo’shinlariga kim boshchilik qildi? A) Miltiad B) Diosiy C) Perikl D) Leonid 55) Femistoklning maslahati bilan yunonlar nechta harbiy kema triyera qurishdi? A)100 ta B) 160 ta C) 200 ta D) 240 ta 56) Leonid boshchiligidagi 300 nafar jangchi Fermopil darasidagi jangda qahramonlarcha halok bo’ldi. Ushbu voqea tarixda qanday nom bilan mashhur bo’lgan? A) ”Yunon jangchilarining qahramonlari” B)”Uch yuz spartaliklar jasorati” C) ”Uch yuz yunon jangchilarining jasorati” D) ”Afinaning uch yuz qahramoni” 57) Yunonlar bilan forslarning hal qiluvchi dengiz j angi……….tor Salamin bo’g’ozida bo’lib o’tdi. A) mil.avv. 490-yilda B) mil.avv. 480-yilda C) mil.avv. 470-yilda D) mil.avv. 460-yilda 58) Yunonlarning birlashgan qo’shinlari mil.avv. 479-yilda qayerda fors qoshinlarini tor-mor etdi? A) Fermopil yaqinida B)Salamin bo’g’ozida C) Gelleponst bo’g’ozida D)Plateya shahri yaqinida 59) Necha yildan ko’proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to’liq g’alabasi bilan yakunlandi? A)20 yildan B)25 yildan C)30 yildan D)40-yildan 60) Makedoniya podshosi Filipp II qayerni bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi va qo’shin yig’di? A) Xeroniyani B) Elladani C) Afinani D) Spartani 61) Qaysi mashhur notiq Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo’shildi, xolos A) Femistak B) Gerakl C) Demosfen D) Arastu 62) Qaysi shahar aholisi Filipp II qo ’shinlariga qarshi Afina shaharlari ittifoqiga qo ’shiladi? A) Fiva B) Sparta C) Plateya D) Xeroniya 63) Qachon yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroniya shahri yaqinidagi Beotiyada to’qnashadilar? A)mil.avv. 340-yil 10-mayda B) mil.avv. 339-yil 10-martda C)mil.avv. 338-yil 2-avgustda D) mil.avv. 337-yil 12-aprelda 64) Makedoniyaliklarni piyodalarining 16 qator zich joylashuvi ………deyilgan. A) saflanish B) qo’shilma C) goplit D) falanga 65) Makedoniya Yunonistonni qachon Xeroniya yaqinidagi jangda yunonlarning mag’lubiyatidan so’ng bosib oladi? A) mil.avv. 339-yilda B) mil.avv. 338-yilda C) mil.avv. 337-yilda D) mil.avv. 336-yilda 18 66) Miloddan avvalgi 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar davlatlarining vakillari qayerda yig’ildilar va Makedoniya hokimyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzdilar? A) Kornifda B) Elladada C) Afinada D) Fivada 67) Filipp II Fors davlatini bosib olish uchun re’jalashtirgan qo’shinlarning asosini yunonlarning lashkari tashkil etishi lozim edi. Yunonlarni qanoatlantirgan urush uchun bahona…… A) yunon lashkarboshlariga Fors davlati hududidan yer berishi B) yunon askarlarini oylik bilan ta’minlashi C) yunon-fors urushlari davrida yetkazilgan zarar uchun qasos olish va shoh Kserks Eronga olib ketgan yunon xudolari haykallarini aisrlikdan qutqarish D) forslarni katta kemalarga egalik qilish huquqini berilishi 68) Bolalikdan yunonlar miyasiga …. singdirilar edi. A) dushmanga shafqatsiz bo’lish B) jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash C) orqaga bir qadam ham chekinmaslik D) Vatan tuyg’usi har narsadan ustun ekanligi 69) Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni nega libossiz tasvirlagan? A) dushman bilan jangda uning kiyimi halaqit bermasligi uchun B) uning kuch qudratini ko’rsatish maqsadida C) qadimiy haykallard a libos bo’lmagan. D) haykalni chiroyli chiqishi uchun 70) Yunonlarda umumiy ta’limdan tashqari o’g’il bolalar ikki yillik harbiy xizmatni ham o’tashi shart bo’lgan. Birinchi yili ular………. A) uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, och lik va sovuqqa chidamli bo’lishni o’rganishardi. B) Attika chegara qabilalarida harbiy xizmatni o’tashardi. C) Pirey portida dengizchilik san’ati asoslarini o’rganishar edi. D) safda yurish va qurol taqib yurishni hamda Attika chegaralarida soqchilik qilishardi. 71) Yunonistonda mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelsa necha yoshdagi erkaklarning barchasi qurol-yaroqlar va harbiy kiyim kechaklari bilan ko’rikka yetib kelishi shart edi? A) 20 yoshga to’lgan B) 25 yoshga to’lmagan C) 30 yoshga to’lmagan D) 40 yoshgacha bo’lganlar 72) Ilk Olimpiya o’yinlari qachondan qachongacha o’tkazilgan? A) mil.avv. 676-yildan milodiy 230-yilgacha B) mil.avv. 776-yildan milodiy 394-yilgacha C) mil.avv. 866-yildan mil.avv. 420-yilgacha D) mil.avv. 992-yildan mil.avv. 392-yilgacha 73) Qachonga kelib olimpiya o’yinlari qayta tiklanib hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda? A) 1776-yildan B) 1784-yildan C) 1846-yildan D) 1896-yildan 74) Qachonga kelib, nima sababdan qadimgi Olimpiya o’yinlari o’tkazilmasdan qoldi? A) 394-yilda ustma- ust sodir bo’lgan zilzilalar oqibatida B) 376-yilda Geraklning vafoti sababli C) o’zaro urushlarning kuchayib ketishi D) yunon-fors urushlarinig kelib chiqishi tufayli 75) Yunonistondagi Olimpiya o’yinlari qaysi xudo sharafiga bag’ishlanib o’tkazilgan? A) Poseydon B) Zevs C) Demetra D) Femida 76) Olimpiya o ’yinlari g’oliblari nima bilan mukofotlangan? A) oltindan yasalgan medal bilan B) temirdan yasalgan kubok bilan C) muqaddas zaytun daraxti n ovdalaridan to’qilgan gulchambar bilan D) bronzadan yasalgan belbog’ bilan 77) Kimlar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatishga haqli bo’lgan? A) urushda qahramonlik ko’rsatgan jangchi B) musoboqalarda uch karra g’alaba qozongan sportchi C) Olimpi ya o’yinlarining mutloq g’olibi D) disk uloqtirish va nayza uloqtirishda g’olib bo’lganlar 78)Olimpiya o’yinlarida kimlar qatnashishga haqli edi? A) Yunonistonning har bir fuqarosi B) qul bo’lmagan ozod fuqaro C) jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog’ tushmagan ozod yunon D) sport o’yinidan xabari bor fuqaro 79) Olimpiya o’yinlarida Yunonistonning to’rt tarafidan kelgan sportchilar besh kurashda bellashar edilar. bular…….. A) uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish, yugurish, balandlikka sakrash, suzish B) uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurash C) kurash, suzish, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, balandlikka sakrash D) disk uloqtirish, kurash, suzish, balandlikka sakrash, arqon tortish 80) Qachon yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilgan? A) mil.avv. 1436-yilda B) mil.avv. 1346-yilda C) mil.avv. 1300-yilda D) mil.avv. 1200-yilda 81) Yunonlar qancha vaqt davomida Troyani behudaga qamal qilganlar? A) 2 yil B) 16 yil C) 9 yil D) 6 yil 19 82) ”Illiada” degan mashhur yunon dostonida yunonlarning Troyaga urushining nechanchi yili haqida hikoya qilinadi? A)beshinchi B)yettinchi C)sakkizinchi D)o’ninchi 83) ”Illiada” dostonining bosh qahramoni kim bo’lgan A) Paris B) Axilles C) Sohibjamol Elena D) Spartak 84) Mashhur yunon dostoni “Illiada” va “Odessiya” ning muallifi kim? A) Sofokl B) Esxil C) Gomer D) Axilles 85) Yunonlar Troyani istilo qilib qaytishlarida qaysi dengiz orqali uzoq va xatarli yo ’llardan o’tishi kerak edi? A) Qora dengiz B) Ilioniya dengizi C) O’rtayer dengizi D) Egey dengizi 86) Qaysi olim XIX asrning oxirida Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, Troya joylashgan yerni hisoblab chiqdi? A) nemis olimi Genrix Shlimann B) nemis geografi Rextgofen C) fransuz olimi Jak-Fransuaz shampolyon D) rus olimi Bartold 87) 1870-yilda olimlar tomonidan hozirgi qaysi davlat teritoriyasidan Troya shahri qoldiqlari topildi? A) Suriyaning Ioqoq mavzeyidan B) Turkiyaning Hisorlik tepaligidan C) Eronning Kirmonshoh yaqinidan D) Gretsiyaning Afina shahri yaqinidan 88) ”Teatr” so’zini yunonchadan tarjima qilganda qanday ma’noni anglatadi? A) ”echkilar qo’shig’i” B)”madaniyat o’chog’i” C)”tomoshaxona” D)”kulgi maskani” 89) Qadimgi Afina teatri qancha tomoshabinga mo’ljallangan? A) 9 ming B)12 ming C)15 ming D)17 ming 90) ”Shoh Edip” va “Antigona” singari eng mashhur tragediyalarni kim yozgan? A) Aristofan B) Sofokl C) Esxil D) Antoniy 91) Quyidagi pesalarning qaysi birlari komediyalar ustasi Aristofan ijodiga tegishli? A) ”Antigona”, “Arilar”,”Qushlar” B) ”Qushlar”, “Shoh Edip”, “Illiada” C) ”Arilar”,”Qushlar”,”Baqalar” D) ”Illiada”,”Baqalar”,”Antigona” 92) Qaysi asrlardan boshlab Yunonistonda ibodatxona va jamoat binolari toshdan barpo etila boshlandi? A) mil.avv. IXasrdan B) mil.avv. VII asrdan С) mil.avv. VIII asrdan D) mil.avv. V asrdan 93) Qadimiy davlatlarning qaysisida san’atkor haykaltaroshlar o’z zamondoshlari haykallarini yaratishgan? A)Misr B)Urartu C)Ossuriya D)Yunoniston 94) Qaysi shaharda haykallar haddan ziyod ko’pligi tufayli, tarixchilar unda tirik odamlarga qaraganda haykallar ko’proq deb yozishgan? A)Spartada B)Afinada C)Kiropolda D)Troyada 95) Yunonistonning eng buyuk haykaltaroshlaridan biri Fidiy………… boshchilik qilgan. A) ”Disk uloqtiruvchi” haykalni yasalishiga B) Spartada Olimpiyalik Zevs haykalini qurilishiga C) Afinada Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga D) Apollon haykalining Troyadagi qurilishiga 96) Arxitektor va haykaltarosh Dedal qaysi podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan? A) Shoh Edipga B) podsho Minosga C) Shoh Odisseyga D) podsho Axillesga 97) Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni ………sifatida bilishgan. A) bilimlar egasi B) insonlar tarbiyachisi C) donishmand, hayot murabbiylari D) dunyo siru asotirlarining bilimdoni 98)Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi hamma narsa nimadan kelib chiqqan deb uqtirar edi? A) suvdan B) tuproqdan C) olovdan D) havodan 99) Qa ysi yunon faylasufi “insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” degan fikrni o’z ta’limotiga asos qilib oldi? A) Geraklit B) Diogen C) Demokrit D) Fidiy 100) Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e’tiroz bildirgan holda…….degan ma’nodagi fikrni bayon etgan? A) ”Insonda hech qanday e’tirozlar bo’lmasligi shart” B) ”Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan, mayda-mayda zarralar atomlardan tashkil topgan” C) ”dunyodagi barcha narsalar olov, suv, tuproq va havodan tashkil topgan D) ”Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir”. 101) Tirikligidayoq “tarixning otasi” deb nom olgan Geradot qaysi davrlarda yashab o’tgan? A) mil.avv. V asrda B) mil.avv. VI asrda C ) mil.avv. IV asrda D) mil.avv. VII asrda 102) Makedoniyalik Aleksandr qaysi faylasufga “Senga qanday yordam berishim mumkin” deb so’raganda, u “Nariroq tursangchi, quyoshni to’sma!” deya kinoya qilgan edi? A) Diogen B) Geraklit C) Geradot D) Demokrit 20 103) Qaysi yunon faylasufi “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir”degan mashhur hikmatlarni yozib qoldirgan edi? A) Platon B) Geraklit C) Sofokl D) Fidiy 104) ”Tarixning otasi” deb nom olgan Geradot qaysi asari bilan yurtdoshlarini tanishtirgandan so’ng birdaniga mashhur odamga aylandi? A) ”Buyuk Aleksandr tarixi” B) ”Aleksandrning harbiy yurishlari” C) ”Yunon-fors urushlari to’g’risidagi tarix” D ) ”Yunonlarning harbiy yurishlari”. 105) ”Menga tayanch nuqtasini topib beringlar. Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!” degan mashhur ibora qaysi faylasufga tegishli? A) Aristotelga B) Arximedga C) Suqrotga D) Platonga 106) Quyidagi iboralarning qaysi biri Afinalik mashhur faylasuf Suqrotga tegishli? A) ”Mening donishmandligim hech nimani bilmasligimni bilishimda” B) ”Xudo bizning o’zimizdir” C) ”Menga tayanch nuqtasini topib beringlar. Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!” D) “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir” 107)Suqrotning “o’z-o’zingni anglagin va bilgin” degan sevimli hikmatlari qaysi ibodatxonadagi bitiklarda uchraydi? A)Afina ibodatxonasidagi B)Delfiya ibodatxonasidagi C)Parfenon ibodatxonasidagi D)Olimpiya ibodatxonasidagi 108) Yunon afsonalarida yarim qush , yarim ayollar bo’lgan afsonaviy mavjudotlar qanday nomlangan? A) titanlar B) sirenalar C) sikloplar D) kentavrlar 109) Qancha jasorati tufayli Gerakl Olimp to’g’idagi xudolar saltanatida faxrli o’ringa ega bo’lgan? A) o’n olti B) o’n to’rt C) o’n ikki D) o’nta 110) Yunon afsonasiga ko’ra peshonasida bitta ko’zi bo’lgan afsonaviy mavjudot qanday nomlangan? A) kentavrlar B) titanlar C)sikloplar D) sirenalar 111) Qadimgi yunonlarning qaysi xudolari olamga hukmronlik qilar edi? A)Poseydon,Gelios,Gefest B)Zevs,Poseydon,Aid C)Gelios,Zevs,Apollon D)Aid,Demetra,Zevs 112) Yunonlarda o’rmonlar, daryolar va tog’larda yashagan xudolari ham mavjud bo’lib, ular qanday atalgan? A) Aris va Gefest B) Germes va Gelios C) Satirlar va Nimfalar D) Geya va Femida 113) Yunonlarning adliya, muhabbat va go’zalik ilohalari qanday nomlangan? A) Ares va Germes B) Afrodita va Gefest C) Femida va Afrodita D) Demetra va Gelios 114 ) Quyidagi qaysi xudo Zevsning o’g’li bo’lib yorug’lik, musiqa va she’riyat xudosi hisoblangan? A) Poseydon B)Femida C)Germes D) Apollon 115) Yunonlarning e’tiqodicha , xudolar Makedoniya va Fessaliya chegarasidagi Yunoniston viloyatlari- dan biri……….. Olimp tog’ida joylashgan. A) Spartada B) Elidada C) Korinfda D) Fivada Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling