O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


- §.  Suyuqlikning xossalari. Sirt tarangligi


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46

54- §.  Suyuqlikning xossalari. Sirt tarangligi.

          Sirt qatlami energiyasi

M a z m u n i : moddaning suyuq holati; suyuqlikning tuzilishi;

molekular bosim; sirt tarangligi; sirt qatlami energiyasi.

Moddaning suyuq holati. Suyuqlik moddaning gaz va qattiq jism

oralig‘idagi agregat holatidir. Shuning uchun ham uning ba’zi xossalari

gaznikiga, ba’zilari esa qattiq jismlarnikiga o‘xshab ketadi. U xuddi

qattiq jismlarga o‘xshab ma’lum hajmga ega bo‘lsa, xuddi gazlardek

www.ziyouz.com kutubxonasi


190

o‘zi quyilgan idishning shaklini egallaydi. Gaz molekulalari amalda

bir-birlari bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, suyuqlik molekulalari bir-birlari

bilan juda kuchli bog‘langan va ma’lum masofada joylashgan bo‘ladi.

Suyuqliklarda va qattiq jismlarda molekulalarning betartib harakat

issiqlik energiyasi  molekulalararo  o‘zaro ta’sir potensial energiyasidan

juda kichik bo‘lib, uni yenga olmaydi. Shuning uchun ham suyuqlik va

qattiq jismlar aniq hajmga ega bo‘ladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi

o‘zaro ta’sir kuchining kattaligi natijasida suyuqlik amalda siqilmaydi.

Boshqacha aytganda, juda katta molekulalararo ta’sir kuchiga ega

bo‘lgan suyuqlikka tashqi bosimning ta’siri sezilmaydi. Shuning uchun

ham molekulalararo ta’sir kuchini suyuqlikning molekular bosimi

deb aytiladi. Hisoblash suvning molekular bosimi 1100 MPa atrofida

ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, suyuqlik molekulalari juda yaxshi

o‘rin almashinish xususiyatiga, ya’ni suyuqlik oqish va o‘zi solingan

idish shaklini egallash xususiyatiga ega bo‘ladi. Agar suyuqlik muvozanat

holatida bo‘lsa, uning molekulalari biror muvozanat holati atrofida

tebranma harakat qiladi. Bu holda tortishish va itarish kuchlari bir-biri

bilan teng bo‘ladi.

Suyuqlikning tuzilishi. Suyuqliklarni rentgen nurlari yordamida

o‘rganish ularning molekular tuzilishida qattiq jismlarning molekular

tuzilishiga o‘xshash joylari borligini ko‘rsatdi. Agar qattiq  jismlarda

molekulalarning  ancha  katta  masofada  ham  batartib  joylashuvi

kuzatilsa, suyuqliklarda juda kichik, atomlararo masofalardagina

batartib joylashuvi kuzatiladi.

O‘z izlanishlarini suyuqliklarning xossalarini o‘rganishga bag‘ishlagan

Y a . F r e n k e l  (1884 — 1952) quyidagi nazariyani yaratdi. Frenkel

nazariyasiga ko‘ra, suyuqlik molekulasi ma’lum vaqt davomida o‘z

muvozanat  holati  atrofida,  go‘yoki  kristall  panjaraning  tugunida

turgandek tebranib turadi va so‘ngra sakrab oldingisidan atomlararo

masofada bo‘lgan yangi holatga (yangi tugunga) o‘tadi. Molekulalarning

biror holatda bo‘lish vaqti juda kichik, 10

-10


 — 10

-12


 s ni tashkil etadi.

Demak,  sodda  qilib,  suyuqlik  molekulasining  bir  holatdan

ikkinchisiga o‘tishini panjaraning bir tugunidan ikkinchisiga o‘tish,

ko‘chish masofasini esa panjara doimiysi sifatida qarash mumkin. Panjara

tugunida turgan molekula panjara doimiysidan kichikroq amplitudalar

bilan tebranma harakat qiladi. Shunga asoslanib, suyuqlik  kvazikristall

(go‘yoki kristalldek) tuzilishga ega, deb hisoblash mumkin.

Molekular bosim. Suyuqlikning har bir molekulasiga uni o‘rab

turgan molekulalar tomonidan tortishish kuchlari ta’sir ko‘rsatadi

(77- rasm).  Bu kuchlar juda tez kamayib, ularni ma’lum masofadan

boshlab  hisobga olmaslik ham mumkin. Bu masofa molekular ta’sir

www.ziyouz.com kutubxonasi


191

larning A molekulaga ta’sir kuchlari turli tomonlarga yo‘nalgan va

bir-birlarini kompensatsiyalaydi.

Shunday qilib, suyuqlik ichidagi molekulaga boshqa molekulalar

tomonidan ta’sir etayotgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga

teng bo‘ladi. Agar molekula  suyuqlik sirtidan r dan kichikroq masofada

joylashgan bo‘lsa, unda kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng

bo‘lmaydi. 77- rasmda ko‘rinib turibdiki, B molekulaning yuqorisida

molekulalar bo‘lmaganligi uchun teng ta’sir etuvchi kuch 

r

F

 suyuqlik

ichiga yo‘nalgan bo‘ladi. Shunday qilib, suyuqlik sirtida joylashgan,

ya’ni sirt qatlami molekulalarning teng ta’sir etuvchi kuchlari suyuqlikka

bosim ko‘rsatadi yoki suyuqlikni siqadi. Bu  bosim molekular yoki



ichki bosim deyiladi. Molekular bosim suyuqlik molekulalari o‘zaro

ta’sir kuchlarining natijasi bo‘lganligi uchun suyuqlikka botirilgan

jismga  ta’sir etmaydi. Ichki  bosim  temperaturaga bog‘liq  bo‘lib,

temperatura ortishi bilan ichki bosim kamayadi.



Sirt tarangligi. Shunday qilib, suyuqlik sirtidagi qatlamda joylashgan

molekulalarga, ya’ni sirt qatlamiga ta’sir etadigan kuchlar suyuqlik

sirtini taranglashtiradi. Shuning uchun ham bu kuchlar sirt taranglik

kuchlari deyiladi. Sirt taranglik kuchlari suyuqlikning erkin sirtini

qisqartirishga majbur qiladi. Sirt tarangligi quyidagicha aniqlanadi:



a

=

F



l

.

                                            



(54.1)

Sirt tarangligi deb sirtni o‘rab turgan konturning birlik uzunligiga

ta’sir etuvchi sirt taranglik kuchiga aytiladi.

Sirt tarangligining SI dagi birligi

[ ] [ ]

[ ]


a =

=

F



l

1

N



m

.

Juda ko‘p suyuqliklarning sirt tarangligi 300 K da 10



–2

— 10


–1

 N/m


atrofida bo‘ladi. Sirt tarangligi temperaturaga bog‘liqdir. Suyuqlikning

77- rasm.

radiusi (r) deyiladi. U 10

–9

 m  atro-



fida  bo‘ladi. r radiusli doira esa

molekular ta’sir doirasi deyiladi.

Suyuqlik  ichidagi  biror  A

molekulani ajratib olaylik (77- rasm)

va uning atrofida r radiusli mole-

kular ta’sir doirasini chizaylik. A

molekulaga molekular ta’sir doirasi

ichidagi molekulalarnigina ta’sirini

hisobga olish yetarli. Bu molekula-

www.ziyouz.com kutubxonasi


192

temperaturasi ko‘tarilishi bilan molekulalari orasidagi o‘rtacha masofa

ortadi, o‘zaro tortishish kuchlari kamayadi va demak, sirt tarangligi

ham kamayadi.

Sirt tarangligi suyuqlik tarkibidagi aralashmalarga juda ham bog‘liq.

Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalarga sirt-aktiv



moddalar deyiladi. Suv uchun sirt-aktiv modda sovundir. U suvning

sirt tarangligini 7,5 · 10

–2 

N/m dan 4,5 · 10



–2

 N/m gacha  kamaytiradi.

Shuningdek, spirt, efir, neft ham suvning sirt tarangligini kamay-

tiruvchi moddalar  hisoblanadi. Shunday moddalar mavjudki, ularning

molekulalari suyuqlik molekulalari bilan, suyuqlik molekulalarining

o‘zaro ta’siridan ko‘ra kuchliroq ta’sirlashadi. Bunday moddalar

suyuqlikning sirt tarangligini orttiradi. Bunday moddalarga shakar,

tuz va boshqalar kiradi.  Masalan, sovunli suvga tuz solinsa, sovun

suvning sirt qatlamiga siqib chiqariladi. Sovun ishlab chiqarishda sovun

shu usul bilan eritmadan ajratib olinadi.



Sirt qatlami energiyasi. Suyuqlik molekulasining to‘la energiyasi

uning betartib harakat issiqlik energiyasi va molekulalararo o‘zaro ta’sir

potensial energiyalarining yig‘indisidan iboratdir. Molekulani suyuqlik

ichidan sirt qatlamiga ko‘chirish uchun ma’lum ish bajarish kerak. Bu

molekulalarning kinetik energiyalari hisobiga bajariladi va uning potensial

energiyasining ortishiga olib keladi. Shuning uchun ham sirt qatlamidagi

molekulalar suyuqlik ichidagi molekulalarga nisbatan ko‘proq potensial

energiyaga ega bo‘ladi. Suyuqlikning sirt qatlamidagi molekulalar

energiyasi sirt qatlami energiyasi deyiladi. Sirt qatlami energiyasi shu

qatlamni vujudga  keltirish uchun sarflanadigan ish bilan aniqlanadi.

Òabiiyki, sirt qatlamining yuzasi qancha katta bo‘lsa, uni vujudga keltirish

uchun ham shuncha ko‘p ish bajariladi:

D

D

A



S

=

×



a

.

                                     



(54.2)

Bundan


a

=

D



D

A

S

.

                                          



(54.3)

Demak, sirt  tarangligi a o‘zgarmas temperaturada suyuqlik sirtida

qatlam hosil qilish uchun bajariladigan ish DA ning shu sirt qatlami

yuzasi DS ga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikdir.

Agar sirt qatlamini vujudga keltirish uchun bajariladigan ish DA

sirt qatlami energiyasi DE ga tengligini  (D= DE) hisobga olsak,

(54.3) ni quyidagicha yozamiz:

a

=

D



D

E

S

.

                                          



(54.3)

(54.4) dan sirt tarangligi sirt energiyasining zichligi kabi aniqlanishi

ko‘rinib turibdi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



193

Sinov savollari

1.  Suyuqlik  moddaning  qanday  holati?  2.  Suyuqlikning  qanday

xususiyatlari gazlarnikiga o‘xshaydi? 3. Suyuqlikning qanday xususiyatlari

qattiq jismnikiga o‘xshaydi? 4. Suyuqlik siqiladimi? 5. Suyuqlikning

molekular bosimi deb nimaga aytiladi ? 6. Suyuqlikning oqish va idish

shaklini olish qobiliyati qanday tushuntiriladi? 7. Suyuqlik molekulalari

qanday harakat qiladi? 8. Suyuqlik qanday tuzilishga ega?  9. Suyuqlikning

xossalari haqida Frenkel nazariyasi. 10. Molekular ta’sir doirasi deb qanday

masofaga aytiladi va u nimaga teng? 11. Suyuqlik ichidagi molekulaga ta’sir

etadigan kuchlarning teng ta’sir etuvchisi qanday bo‘ladi? 12. Suyuqlik

sirtida  joylashgan  molekulaga-chi?  13.  Suyuqlik  sirtida  joylashgan

molekulalar teng ta’sir etuvchi kuchlari suyuqlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

14. Molekular yoki ichki bosim deb nimaga aytiladi? 15. Molekular

bosim suyuqlikka botirilgan jismga ta’sir ko‘rsatadimi? 16. Molekular

bosim temperaturaga bog‘liqmi? 17. Sirt taranglik kuchlari deb qanday

kuchlarga aytiladi? 18. Sirt taranglik kuchlari suyuqlik sirtini qanday

o‘zgartiradi ? 19. Sirt tarangligi deb nimaga aytiladi va uning SI dagi

birligi qanday? 20. Sirt tarangligi temperaturaga bog‘liqmi va uni qanday

tushuntirish  mumkin? 21. Sirt-aktiv moddalar deb qanday moddalarga

aytiladi? 22. Sovun ishlab chiqarishda sovun qanday qilib eritmadan

ajratib olinadi? 23. Suyuqlik molekulasining to‘la energiyasi nimaga teng?

24. Suyuqlik sirtidagi molekulalarning potensial energiyalari kattami yoki

suyuqlik  ichidagilarnikimi?  25.  Sirt  qatlami  energiyasi  deb  qanday

energiyaga aytiladi? 26. Sirt qatlami energiyasi sirt qatlami yuzasiga

bog‘liqmi? 27. Sirt tarangligi nimaga teng? 28. Sirt energiyasining zichligi

sirt tarangligiga bog‘liqmi?



 55- §. Ho‘llash. Egri sirt ostidagi bosim.

          Kapillarlik

M a z m u n i :  ho‘llash; egri sirt ostidagi bosim; kapillarlik;  kapil-

larlikning ahamiyati.

Ho‘llash.  Suyuqlik  qattiq  jismni  ho‘llashi  yoki  ho‘llamasligi

mumkin. Agar simob tomchisi toza temir sirtiga quyilsa, yoyilib 78- a

rasmdagidek ko‘rinishni oladi. Bunda, simob temirni ho‘lladi deyiladi.

78- rasm.

a)

b)

13  Fizika,  I  qism

www.ziyouz.com kutubxonasi


194

 Endi simob tomchisini shisha plastinka ustiga qo‘ysak, tomchi

shar shakliga  intilib, 78- b rasmdagidek ko‘rinishni oladi. Bunda simob

shisha plastinkani ho‘llamadi deyiladi. Suyuqlikning qattiq jismni

ho‘llash-ho‘llamasligi moddalarning bir-biriga tegib turgan qatlam-

laridagi molekulalari orasida vujudga keladigan ta’sir xarakteriga bog‘liq.

Agar qattiq jism va suyuqlik molekulalari orasidagi  tortishish kuchi,

suyuqlikning o‘zining molekulalari orasidagi tortishish kuchidan katta

bo‘lsa, unda suyuqlik qattiq jismni ho‘llaydi. Bunda suyuqlik qattiq

jism sirtida kengroq yoyilishga harakat qiladi (simob—temir). Agar

qattiq jism va suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchi, su-

yuqlikning o‘zining molekulalari orasidagi tortishish kuchidan kichik

bo‘lsa, unda suyuqlik qattiq jismni ho‘llamaydi. Bunda suyuqlik qattiq

jismga tegib turgan sirtini kamaytirishga harakat qiladi (simob — shisha).



Egri sirt ostidagi bosim. Agar suyuqlik ingichka naychaga quyilsa,

uning devori yonida suyuqlik sirtining egrilanishi ro‘y beradi. Sirtning

bu egrilanishi menisk deyiladi. Agar suyuqlik qattiq jismni ho‘llasa,

naycha  devori  yonida  suyuqlikning  ko‘tarilishi  ro‘y  beradi  va

menisk botiq bo‘ladi (79- a rasm). Agar suyuqlik qattiq jismni ho‘lla-

masa, naycha devori yonida suyuqlikning pasayishi ro‘y beradi va

menisk qavariq bo‘ladi (79- b rasm).

Qattiq jism va suyuqlik sirtidan M nuqtada o‘tkazilgan urinma

orasidagi q burchakka chegaraviy  burchak deyilib, ho‘llaydigan suyuqlik

ichun   


q

p

<

2

,  ho‘llamaydigani  uchun  esa 



q

p

>



2

  bo‘ladi.  Kapillar

deyiluvchi ingichka  naycha holida  menisk yaxshi  kuzatiladi. Agar

suyuqlik solingan idishga kapillar tushirilsa  va suyuqlik  kapillar  devorini

ho‘llasa, unda suyuqlik  kapillar  bo‘ylab h balandlikka  ko‘tariladi

(80- a rasm).



79- rasm.

Agar suyuqlik kapillar de-

vorini ho‘llamasa, unda suyuq-

lik sathi h ga pasayadi. Bunga

sabab, suyuqlik sirtining egri-

lanishi va  qo‘shimcha bosimning

vujudga kelishidir. Bu bosim

2

R



p

a

D =



            

(55.1)


ifoda yordamida aniqlanadi  (80-

b rasm). Bu yerda: a — suyuq-

likning sirt tarangligi, — sirt-

ning egrilik radiusi.

a)

b)

www.ziyouz.com kutubxonasi



195

Agar suyuqlik sirti botiq bo‘lsa, qo‘shimcha bosim manfiy bo‘ladi va

suyuqlik kapillar bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi. Chunki keng idishdagi

suyuqlik sirtiga qo‘shimcha bosim ta’sir qilmaydi (80- a rasm). Agar suyuqlik

sirti qavariq bo‘lsa, qo‘shimcha bosim musbat bo‘ladi va u suyuqlikni

kapillar bo‘ylab pasayishiga olib keladi (80- b rasm).



Kapillarlik. Kapillarda suyuqlik sathi balandligining o‘zgarish

hodisasiga kapillarlik deyiladi. Kapillardagi suyuqlik h balandlikka

ko‘tarilgan suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi p

g

= r gh qo‘shimcha



bosim Dp ga teng bo‘lguncha (80- a rasm) sathini o‘zgartiradi, ya’ni

2

R



gh

a

= r .                                                



(55.2)

Bu yerda r — suyuqlikning zichligi, — erkin tushish tezlanishi.

(55.2) dan h ni topamiz:

2

.



g R

h

a

r× ×



=

                                       

(55.3)

(55.3) ifodadan ko‘rinib turibdiki, kapillardagi suyuqlik sathi-



ning ko‘tarilishi (pasayishi) uning radiusiga teskari proporsional.

Ingichka kapillarlarda suyuqlik ancha katta balandlikka ko‘tariladi.

Misol  uchun,  to‘la  ho‘llanish  bo‘lganda  suv  (r = 1000 kg/m

3

,



a = 0,073  N/m) 10  mm  diametrli  kapillar nay  bo‘ylab  h  »  3  m

balandlikka ko‘tariladi.



Kapillarlikning ahamiyati. Kapillarlik tabiatda va texnikada muhim

ahamiyatga egadir. Masalan, namlikning tuproqdan o‘simliklarga singishi

kapillarlik asosida amalga oshadi. O‘simliklarning hujayralari kapillarlar

hosil qilib, ular orqali suyuqlik yuqoriga ko‘tariladi. Shuningdek,

kapillarlikdan quritishda  keng foydalaniladi.

80- rasm.

b)

a)

www.ziyouz.com kutubxonasi



196

Sinov savollari

1. Agar suyuqlik qattiq jismni ho‘llasa, qanday shaklni oladi? 2. Agar

suyuqlik qattiq jismni ho‘llamasa-chi? 3. Qachon suyuqlik qattiq jismni

ho‘llaydi? 4. Qachon suyuqlik qattiq jismni ho‘llamaydi? 5. Qachon menisk

botiq, qachon qavariq bo‘ladi? 6. Qachon egri sirt ostidagi bosim vujudga

keladi va u nimaga teng? 7. Agar suyuqlik sirti  botiq bo‘lsa, qo‘shimcha

bosim qanday bo‘ladi?  Suyuqlik sirti qavariq bo‘lsa-chi? 8. Suyuqlik kapillar

bo‘ylab qachon yuqoriga ko‘tariladi? Qachon pasayadi? 9. Kapillar naycha

deb qanday naychaga aytiladi? 10. Kapillarlik hodisasi deb qanday hodisaga

aytiladi? 11.Kapillardagi suyuqlik sathining ko‘tarilish balandligi nimaga

teng? 12. Suyuqlik sathining ko‘tarilish balandligi kapillar radiusiga qanday

bog‘liq? 13. Kapillarlikning o‘simliklarning o‘sishdagi ahamiyati qanday?

14. Kapillarlikka uchta misol keltiring.

56- §. Qattiq jismlar. Mono- va polikristallar.

         Kristallarning turlari. Polimerlar

M a z m u n i : kristallarning anizotropligi; monokristallar; poli-

kristallar; kristallarning turlari; defektlar; suyuq kristallar; amorf jismlar;

polimerlar; polimerlarning xossalari va  qo‘llanilishi.



Kristallarning anizotropligi. Moddalarning qattiq holati faqat

molekulalarining bir-birlari bilan juda kuchli bog‘langanligi bilangina

emas, balki doimiy hajmi va shaklini (kristallar) saqlashi bilan ham

xarakterlanadi.

Umuman olganda, qattiq jismlar turli xususiyatlariga asoslanib

ikki turga, kristall va amorf  jismlarga ajratiladi. Kristall jismlarning

asosiy xususiyati ularning izotropik emasligi (anizotropligi), ya’ni

ba’zi fizik xossalar, jumladan, yorug‘lik, issiqlik tarqalish tezligining

yo‘nalishga bog‘liqligidir.

Barcha yo‘nalishlarning teng kuchliligi izotroplik, teng kuchli

emasligi esa anizotroplik deyiladi.

Amorf  jismlar  esa  izotropdir.  Shuningdek,  gazlar  va  ko‘plab

suyuqliklar ham izotrop moddalarga kiradi.

Kristallarning anizotropligiga sabab zarralarining (atomlar, mole-

kulalar, ionlar) fazoviy panjara hosil qilib batartib joylashganligidir.

Har uchala yo‘nalish bo‘yicha ham zarralar joylashuvining davriy

ravishda takrorlanishi bilan xarakterlanuvchi tuzilish kristall panjara

deyiladi. Zarralar joylashgan nuqta, aniqrog‘i atrofida zarralar tebranma

harakat qiladigan nuqta kristall panjaraning tuguni deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


197

Panjara tugunida yakka atomlar (81- rasm),

atomlar yoki ionlar guruhi (82- rasm) ham

joylashgan bo‘lishi mumkin. Anizotroplikni

tushunish uchun grafit kristalining tuzilishini

ko‘raylik  (83-rasm).  Bu  kristallda  uglerod

atomlari bir-biridan ma’lum masofada bo‘lgan

tekisliklarda joylashgan bo‘ladi. Bir tekislikda

joylashgan  atomlar orasidagi masofa tekis-

liklar orasidagi masofadan kichik va demak,

bir tekislikda yotgan atomlar orasidagi torti-

83- rasm.

shish kuchlari turli tekisliklarda yotgan atomlar orasidagi tortishish

kuchlaridan ko‘ra katta bo‘ladi. Shuning uchun ham grafit kristalini

atom tekisliklariga parallel yo‘nalishda sindirish oson bo‘ladi.

Kristall panjara tugunlari o‘rni takrorlanishining doimiy xarakterga ega

ekanligi, ya’ni uzoq tartibning o‘rinliligi kristall jismlarga xos bo‘lgan

xususiyatdir.

Kristall jismlar ikki guruhga bo‘linadi: monokristallar va polikristallar.



Monokristallar. Zarralari bir xil kristall panjara hosil qiladigan

qattiq jismlar monokristallar deyiladi. Monokristallarning kristall

tuzilishi ularning tashqi shaklida ham namoyon bo‘ladi. Katta kristallar

tabiatda juda kam uchraydi. Lekin sanoatda, fan va texnikada  bunday

kristallarga ehtiyoj  juda katta. Ular radiotexnikada, optikada, ayniqsa

zamonaviy elektron hisoblash vositalarini ishlab chiqarishda muhim

ahamiyatga ega. Misol uchun yoqut kristali lazer nurlarni hosil qilishda,

segneta tuzi kristallari ultratovush tebranishlarini hosil qilishda foy-

dalaniladi.

Aynan shuning uchun ham kristall sun’iy ravishda, hatto kosmik

kemalarda ham hosil qilinadi. Hozir shu yo‘l bilan kvars, olmos,

uchun maxsus shart-sharoitlar zarur. Masalan, olmos kristalini hosil

qilish uchun 10

MPa bosim va 200°C temperatura zarur.



81- rasm.

82- rasm.

www.ziyouz.com kutubxonasi



198

Polikristallar. Qattiq jismlarning aksariyati polikristallardir. Ular

betartib  joylashgan  kichik  kristallchalar — kristallitlar — kichik

monokristallardan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir monokristallcha

anizotrop, lekin kristallchalar betartib joylashgan bo‘lganligi uchun

polikristall jism izotrop bo‘ladi.

Bir xil kimyoviy elementning atomlari turli xil kristall tuzilish

hosil qilishi ham mumkin. Masalan, uglerodning o‘zi xususiyatlari

bir-biridan keskin farq qiladigan qatlamli grafit tuzilishiga va fazoviy

olmos tuzilishga ega bo‘lishi mumkin. Suvning o‘zi besh xil kristall

tuzilishga ega bo‘lgan muz hosil qiladi. Òarkibi bir xil moddaning turli



fizik xossalarga ega bo‘lgan har xil  kristall tuzilishni hosil  qilishi

polimorfizm deyiladi.

Kristallarning turlari. Panjarasining tugunlarida joylashgan zar-

ralarning tabiati va ular orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlarining xarakteriga

qarab kristallar to‘rt turga bo‘linadi:

Ionli kristallar. Panjarasining tugunlariga qarama-qarshi zaryadli

ionlar navbat bilan joylashgan bo‘ladi. Ionlar orasidagi o‘zaro ta’sir

kuchi, asosan, elektrostatik xarakteriga ega. Ionli kristallarga osh tuzi

NaCl va seziy xlor CsCl yaxshi misol bo‘ladi (84- rasm).



Atomli kristallar. Panjarasining tugunlarida kvant-mexanik tabiatdagi

kuchlar tutib  turadigan  neytral atomlar  joylashgan  bo‘ladi. Ular

o‘rtasida elektr xarakteriga ega bog‘lanish ham mavjud. Bu bog‘lanish

har bir atomdan bittadan elektron juftligi orqali amalga oshiriladi.

Bunday kristallarga olmos, grafit (83- rasm), germaniy va kremniy

misol bo‘ladi.



Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling