O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
“DEXQONCHILIK VA O`RMON MELIORATSIYASI KAFEDRASI”
Qo‘l yozma xuquqida
UDK 631.312.021
ISAQOVA OZODAXON NUMANOVNA
“ANDIJON VILOYATININING OCH TUSLI BO’Z TUPROQLARI SHAROITIDA KANADA BAGRYANNIK (CERCIS CANADESIS) O’SIMLIGINI YETISHTIRISH”
Mutaxassislik: 5A410801 - O‘rmonchilik
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: b.f.n. dotsent E.Ro‘zimatov
Andijon-2022 y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
Qo‘l yozma xuquqida
UDK 631.312.021
MAGISTRATURA BO‘LIMI
5A410801 - O‘RMONCHILIK MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA MAGISTR AKADEMIK DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN
“ANDIJON VILOYATININING OCH TUSLI BO’Z TUPROQLARI SHAROITIDA KANADA BAGRYANNIK (CERCIS CANADESIS) O’SIMLIGINI YETISHTIRISH” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining
ANNOTATSIYASI
Isaqova Ozodaxon Numanovna
“Andijon viloyatining och tusli bo’z tuproqlari sharoitida Kanada bagryannik (Cercis Canadensis) o’simligini yetishtirish”.
5A410801 - O‘rmonchilik mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan.
Magistrlik disertatsiya tarkibi kirish, to‘rtta bob, xulosa, ishlab chiqarishga tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi betni tashkil etadi.
Kalit so‘zlar. Arg’uvon,o’sish davri,o’rmonmaydonlari,barglari,manzarali
daraxt,bo’z tuproq sharoiti,mimozalar oilasi.
Tadqiqot ob’ekti: Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining Paxtaobod tumani “ANDIJON YO’L KO’KALAM” UK manzarali o’simliklar pitomnigi sharoitida o‘sayotgan Kanada bagryannigi( CERCIS CANADENSIS) o’simligini yetishtirish.
Tadqiqot natijalari: Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining Paxtaobod tumani “ANDIJON YO’L KO’KALAM” UK manzarali o’simliklar pitomnigi sharoitida o‘sayotgan Kanada bagryannigi( CERCIS CANADENSIS) o’simligini bioekologiyasi o`rganildi va ko‘chatlarni yetishtirishning samarali agrotexnologiyasi ishlab chiqilib joriy etildi.
Ilmiy yangiligi: Andijon viloyatida arg‘uvon urug‘larini ekishga tayyorlashda stratifikatsiyaning maqbul usuli tanlangan,urug‘ ekish me’yori maqbullashtirilgan, urug‘ ko‘chatlarga yangi o‘g‘it qo‘llash usuli ishlab chiqilgan va ko‘chatlarni o‘stirish agrotexnikasi takomillashtirilgan
Amaliy ahamiyati: Kanada arg‘uvoni urug‘larini ekishga tayyorlashning ilmiy asoslari ishlab chiqilganligi, urug‘ko‘chatlar va ko‘chatlarni o‘stirish bo‘yicha ilmiy asoslangan agrotexnologik tadbirlarining ishlab chiqilganligi bilan izohlanadi.Ko‘chatxona va tomorqa uchastkalarida kanada arg‘uvoni o‘stirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilganligidan iborat.
Qo‘llash soxasi: Respublikamizdagi barcha Kanada arg’uvoni yetishtiruvchi xo‘jaliklarida qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |