O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv


-rasm. Kanada arg‘uvoni ko‘chatzor maydonini ekishga tayyorlash


Download 1.9 Mb.
bet12/15
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003668
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Дисс.иши lotin yangisi

4.3.1-rasm. Kanada arg‘uvoni ko‘chatzor maydonini ekishga tayyorlash

Kanada arg‘uvoni ko‘chatzorida asosan kuzda va urug‘ sepishdan oldin yerlar tayyorlanadi. Asosiy tuproqni tayyorlash uchun yerlarni kuzda, erta ko‘klamda shudgorlanadi. Yerni plug va plugoldi moslamasi bilan 27-30 sm chuqurlikda haydaladi. Shunday qilib haydalganda kuzgi-qishki yog‘ingarchilikdan yerda ko‘proq nam yig‘iladi, kasalliklar va zararkunandalar nobud bo‘lib, har xil zararli o‘tlarning ildizlari quriydi. Yerni erta ko‘klamda tayyorlashning kuzga shudgorlashdan farqi ularni birdaniga boronalashdan iboratdir. Yerlarni ko‘klamgi urug‘ sepish 15-20 sm chuqurlikda haydaladi.


Bizning sharoitda kanada arg‘uvoni urug‘larini sepishdan oldin maydon holatidan kelib chiqib, kuzgi shudgor usulida tuproqqa ishlov beriladi. Bunda maydon kuzda PLN – 4-35 pluginidan foydalangan holda haydaladi. Bahorda maydon chizillanadi, barona tortiladi, molalanadi. So‘ngra, ekish jo‘yaklari KRSSh-2,8 tirkamasi yordamida olinadi. Jo‘yaklar orasi 0,7 m ni tashkil qiladi. Shular bilan bir qatorda sug‘orish tarmoqlari ham barpo qilinadi.
Bir yillik urug‘ko‘chatlar parvarishlash bo‘limiga ko‘chirib o‘tqaziladi va barcha agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli qilib olib borilishi lozim. Ko‘chatlarni o‘sishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida har xil parvarishlash ishlari olib boriladi. Kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini parvarishlash usulari asosan sug‘orish, yovvoyi o‘tlardan tozalash, tuproqni yumshatish, o‘g‘it berishdan iborat.
Ayniqsa, yovvoyi o‘tlarni olib tashlash, tuproqni yumshatish ko‘chatlarni rivojlanishi, o‘sishi uchun yaxshi sharoit tug‘diriladi. Bu begona o‘t - o‘lanlardan tozalanganda namlik saqlanadi, oziqa moddalar faqat ko‘chatlar tomonidan o‘zlashtiriladi.
Kanada arg‘uvoni ko‘chatxonasi 600-800 kub m3/ga miqdorida sug‘oriladi. Ko‘chatlarni normal parvarishlash maqsadida 8-9 marta vegetatsiya davrida sug‘orish kerak (may oyida 1-2, iyunda – 2, iyulda – 2-3, avgustda – 2-3, marta). Yer ostida 30-40 sm toshloq bo‘lib och kulrang, kulrang yoki qo‘ng‘ir tuproqli yerlarning sug‘orish normasi bir gektariga 400-500 kub m3 ni tashkil qilishi kerak. Ammo sug‘orishni may oyidan to avgustgacha har 15-20 kunda o‘tkazish lozim. Har bir sug‘orishdan 2-3 kun o‘tgandan keyin qator oralari kultivatorlar yordamida 10-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Nihollar o‘sish davrida qatorlarni yumshatish va begona o‘t – o‘lanlardan tozalash ishlari 3-4 marotaba qaytariladi. Barcha agrotexnik parvarishlash tadbirlari o‘z vaqtida o‘tkazilsa, ko‘chatlarni kuzda madaniy o‘rmonlar barpo etishda foydalanish mumkin.
Ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limida kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini joylashtirishning maqbul sxemasini aniqlash maqsadida ularni 0,7x0,15; 0,7x0,2; 0,7x0,25; 0,7x0,3; 0,7x0,4 m sxemada joylashtirdik. 0,7x0,15m sxema nazorat varianti sifatida belgilandi. Har bir variantga 10 tadan ko‘chat uch takroriylikda joylashtirildi. Bir yillik urug‘ko‘chatlar (bo‘yi 0,3 m) kuzda ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limidan ko‘chirib o‘tkazildi. Barcha variantlarga bir xil standart agrotexnik parvarishlash tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tajribamiz orqali Kanada arg‘uvoni ko‘chatlarining ildiz bo‘yni diametri, bo‘yiga o‘sishi kuzatildi va ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limida maqbul sxemada joylashtirish sxemasi aniqlandi.
4.3.1-jadval
Kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limida o‘stirishning maqbul sxemasini aniqlash



Variantlar

Ko‘chat joylashtirish sxemasi, m

Bo‘yi, m

I

0,7x0,15

1,34

II

0,7x0,2

1,34

III

0,7x0,25

1,58

IV

0,7x0,3

1,61

V

0,7x0,4

1,62

Ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limida ko‘chatlarni o‘sish ko‘rsatkichlari tahlili bo‘yicha 0,7x0,15 va 0,7x2 m, ya’ni ko‘chat orasi eng yaqin joylashtirilganda ularning o‘sishi boshqa ko‘chatlarga nisbatan deyarli farq qilmaydi, ammo ularning tanasi juda nozik bo‘lishi kuzatildi. 0,7x0,3 va 0,7x0,4 m sxemali ko‘chatlarda tananing qalinlashib ketganini kuzatdik. 0,7x0,25 m sxemada ekilgan ko‘chatlarda bo‘y jihatidan katta sxemalarda joylashgan ko‘chatlar bilan ko‘rsatkichlar yaqin va tana ham yaxshi rivojlangan bo‘lib o‘ta yo‘g‘onlashib ketmaganligi kuzatildi. Ko‘chatlarni o‘stirishning eng maqbul uchinchi varianti deb hisoblaymiz.


Ko‘chatlar erta bahorda, vegitatsiya davri boshlanmasidan oldin kovlanadi. Ko‘chatlar maxsus «OLIVER SP 2000 TXC», «SP 96» kabi kovlagich mashina va mexanizimlar bilan qazib olinadi (17, 18a va 18b-rasmlar). OLIVER SP 2000 TXC qozish mashinasi tuproqqa qayta ishlov bergan holda diametri 0,6 m bo‘lgan ikki qatorli ko‘chatlarni 72 ta volframkarbid tishlari bilan qazib oladi. Ajoyib maxsus cho‘zilgan va tebranadigan moslama yordamida o‘simliklar tuproqdan ajratib olinadi va konveyr usulida yig‘iladi. Shuningdek SP 96 ko‘chat qazish mashinasi xam ko‘chatxonalar uchun o‘ta samarali bo‘lib, u qattiq, loy va og‘ir tuproqli ko‘chatxonalar uchun mo‘ljallangan. U 100-120 ot kuchiga ega traktorga ulangan xolda 1 kunda 20 000 dona ildiz chuqurligi 35-40 sm bo‘lgan ko‘chatlarni qazib olish imkonini beradi.


a
b

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling