O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv


Download 1.9 Mb.
bet14/15
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003668
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Дисс.иши lotin yangisi

IV bob bo‘yicha xulosa
Kanada arg‘uvonining turli sharoitlarda (soyada va ochiq joyda) o‘sishi uning shoxlanishiga ham ta’sir etganligi kuzatildi. Soya joyda o‘sgan arg‘uvon daraxti sharsimon shaklda shoxlangan bo‘lsa, ochiq joyda o‘sayotgani yoyiq oval shaklida o‘sganligi kuzatildi..
Kanada arg‘uvonining yuqoridagi morfologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uni turli joylarda o‘stirish mumkin.
Barchamizga ayonki, xozirda eng katta ekologik muammolardan biri bu havoning ifloslarish darajasining ko‘tarilib ketganidir. Shahar va sanoat markazlarida havo ko‘rpincha gaz, chang, zararli mikroorganizmlar bilan ifloslangan joylarda meva daraxtlarining o‘rni ayniqsa katta. O‘rmonda 1 m3 havo tarkibida 490 ta bakteriya bo‘lsa, katta Shaharlar havosining 1m3 da 36000 ta bakteriya bo‘ladi. Bir gektar bog‘dagi daraxtlar yozda kuniga 8 kg karbonat angidrid gazi yutadi, buncha gazni esa 200 kishi nafas olganda chiqaradi. Bitta katta daraxt kuniga 2 kg ga yaqin kislorod ajratadi. Andijon yo‘llari yoqasidagi daraxtlar o‘tkinchi avtomashinalardar chiqadigan karbonad angidrid gazining 30% gacha qismini yutadi. Katta Shaharlar havosining 100 m2 maydonida xar oyda 1 kg ga, botanika bog‘i bor joyda esa 300 g ga yaqin ifloslangan moddalar to‘planadi. Shaharlarda 1 gektar yerdagi daraxtlar kuniga o‘rtacha 150 kg yoki yiliga 546 ga yaqin havodagi changni o‘rtacha konsentratsiyasi ochiq joydagiga qaraganda yozda 40% qishda esa 35-37% ham bo‘ladi. Kanada arg‘uvoni daraxti esa changni va zararli gazlarni o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega daraxt hisoblanadi.
Uning xususiyatlaridan biri, uning kasallik va zararkunandalariga yuqori darajada qarshilik ko‘rsatishidir. 30 xil zararkunandalar kanada arg‘uvoni daraxtiga faqat 4 ta turi unga yetarli darajada zarar yetkazishi mumkin.


XULOSA
O‘rganilgan adabiyotlardan va olib borilgan dala tajribalaridan quyidagi xulosalarga keldik:
1. Kanada arg‘uvonining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida uni Andijon viloyati hududlarida o‘stirish mumkin ekanligini aniqladik.
2. Arg‘uvonning urug‘lari oddiy saqlash sharoitida ham unuvchanligini bir necha yil yo‘qotmaydi. Kanada arg‘uvonining 1000 dona urug‘ vazni – 18 g, 1 kg dagi urug‘lar soni – 55 000 donani tashkil qiladi.
3. Ko‘chatxonaning urug‘ko‘chat bo‘limida jo‘yaklarning eni 10-12 sm bo‘lib, urug‘lar jo‘yakning ustki qismiga 3-4 sm chuqurlikda ekiladi, 1 m ekish chizig‘iga 10 g urug‘ sepiladi. Urug‘lar asosan qo‘lda bir tekis qilib sepiladi. Ekilgan urug‘lar usti tuproq bilan yopiladi va yaxshilab sug‘oriladi.
4. Barcha agrotexnik-parvarishlash tadbirlari umumiy qoidalar tartibida amalga oshirilsa, urug‘ ko‘chatlar ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limiga birinchi vegetatsiya yili tugagandan so‘ng ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
5. Ko‘chatxonaning parvarishlash bo‘limida arg‘uvon ko‘chatlari 0,7x0,25 m sxemada ekiladi. Bunda bir ga maydondan 57142 dona ko‘chat olish mumkin.
6. Kanada arg‘uvoni daraxti Andijon shahri va viloyatida o‘zining kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, tez o‘sishi va o‘zining manzarali xususiyatlarini ko‘rsatdi.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling