O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv


Download 1.9 Mb.
bet3/15
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Дисс.иши lotin yangisi

Master: O. Isakova
MUNDARIJA






KIRISH………………………………...........................................

3

I-BOB

ADABIYOTLAR SHARHI...........................................................

7

II-BOB

TADQIQOT MAQSADI, OB’YEKTI VA USLUBI…...........

16

2.1

Tadqiqot maqsadi............................................................................

16

2.2.

Tadqiqot ob’ekti............................................................................

16

2.3.

Tadqiqot dasturi va uslubi...........................................................

28

III-BOB

ARG‘UVON (CERCIS) TURKUMI VAKILLARINING DYENDROLOGIK TAVSIFI......................................................

31

IV-BOB

TADQIQOT NATIJALARI...............................

36

4.1

Kanada arg‘uvonining biologik xususiyatlari.............................

36

4.2

Kanada arg‘uvoni urug‘larini ekishga tayyorlash usullari, ekish muddatlari, unuvchanligi va saqlanib qolishi..................

55

4.3

Kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini yetishtirish agrotexnikasi..........

59

4.4

Kanada arg‘uvoni ekologik va iqtisodiy samaradorligi.............

66




XULOSA.........................................................................................

68




ISHLAB CHIQARISHGA TAVSIYALAR....................................

70




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.......................................

71

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillaridan o‘rmon maydonlarimizni kengaytirish, aholi yashash joylari, bino va inshootlar atrofi, turli darajadagi yo‘l atroflarini ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi PQ-2966 [1], PF-5041 [2] sonli «O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» gi qaror va farmoniga muvofiq o‘rmon ishlarining ko‘p yillik istiqbolli strategiyasi ishlab chiqildi.
Hukumat qarorlarini bajarishda o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib boruvchi buyurtmachilarga landshaft dizaynida foydalaniladigan turli manzarali ko‘chatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi. O‘rmon xo‘jaliklarida iqlimning turli noqulay sharoitlariga chidamli, manzarali xususiyatlari yuqori bo‘lgan daraxt va buta turlarining bir necha yuzlab turlari o‘stiriladi. Bularga, qrim qarag‘ayi, virgin archasi, sharq biotasi, soxta kashtan, yapon saforasi, zarang va shumtol turlari, go‘zal katalpa, pavlovniya, oq akatsiya, kanada arg‘uvoni, hind sireni, suriya atirgulini ko‘rsatishmiz mumkin.
O‘zining chiroyli gullashi, manzarali barglari, iqlimning salbiy omillariga chidamliligi tuproqqa talabchan emasligi hamda bino va yirik daraxtlar soyasida o‘sa olishi bilan kam sonli daraxtlar qatorida kanada arg‘uvoni alohida ahamiyat va e’tiborga ega. O‘zining erta gullashi, chiroyli pushti-binafsha rangli gullarining daraxtning butun tanasini qoplab olishi, to‘q yashil yaltiroq barglarining ko‘rinishi, qish davomida esa och jigarrang dukkaklari ushbu turga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi. Shu sababli, aholi o‘rtasida ham kanada arg‘uvoniga bo‘lgan qiziqish yuqori hisoblanadi.
Mamlakatimizda barpo etilayotgan o‘rmonlar va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda, ushbu tur ko‘chatlarini yetkazib berish muhim ahamiyatga ega.
Dunyoda asosan Xitoy, Yaponiya, Eron, Yevropa va Amerika qit’alarida, Rossiya va MDH davlatlarida aholi yashash joylarini ko‘kamlamzorlashtirishda, seleksion izlanishlar natijasida yangi navlar yaratish, daraxt turlari ko‘kalamzorlashtirishda va ozuqa fondini ko‘patirishda foydalanish imkoniyatlari o‘rganilib kelinmoqda, ularni urug‘idan, vegetativ, payvandlash, qalamchadan va invitro usulida o‘stirish usullari ishlab chiqilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, arg‘uvon bo‘yicha ilg‘or texnologiyaga asoslangan ilmiy kuzatishlar olib borish, yangi tajriba ma’lumotlarini tahlil qilish, ishlab chiqarishga ilmiy asoslangan iqtisodiy jihatdan samarali tavsiyalar berish alohida ahamiyatga ega.
Respublikamizning turli issiq va qurg‘oqchil mintaqalariga arg‘uvon daraxtlarini ko‘kalamzorlashtirish uchun keng joriy etish ularni o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini ilmiy asoslash, zararkunanda va kasalliklarga chidamliligini aniqlash va ko‘paytirish samaradorligini oshirish yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shunga ko‘ra, arg‘uvon daraxtining bioekologik xususiyatlarini asoslash, urug‘ko‘chatlar o‘stirish mahsuldorligini aniqlash hamda ko‘chat o‘stirish texnologiyalarini takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling