O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv


ΙΙ BOB. TADQIQOT O’TKAZISH JOYINING TUPROQ IQLIM SHAROITI VA TADQIQOT O’TKAZISH USLUBI


Download 1.9 Mb.
bet6/15
Sana14.12.2022
Hajmi1.9 Mb.
#1003668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Дисс.иши lotin yangisi

ΙΙ BOB. TADQIQOT O’TKAZISH JOYINING TUPROQ IQLIM SHAROITI VA TADQIQOT O’TKAZISH USLUBI


2.1 Tadqiqot o’tkazilgan joyning tuproq va iqlim sharoitlari
Ilmiy tadqiqot ishlari Andijon viloyati Andijon tumani “ANDIJON YO‘L KO‘KALAM” UK manzarali daraxtlar yetishtirish pitomnigida 2020-2021 yillarda o‘tkazildi. Tadqiqot ob’ekti Andijon shahridan 35 km uzoqlikda Janubiy-Sharq tomonda joylashgan.
Hududning iqlim ko‘rsatkichlarini tahlil etish uchun “Andijon gidrometerologiyasi” ma’lumotlaridan foydalandik.
Andijonning iqlim sharoiti o‘ziga xos bo‘lib, tekislik qismidan tog‘ mintaqalari tomon havoning harorati pasayib boradi, atmosfera yog‘in miqdorlari esa aksincha ko‘payadi.
Tekislik va adir mintaqalarida qish oylarining xarorati turg‘unsizdir, ular yillar bo‘yicha o‘zgarib turadi. Viloyatda eng sovuq oy yanvar oyi bo‘lib, bunda havoning xarorati 0oS dan -28oS gacha bo‘ladi. Eng issiq oy esa iyul hisoblanib, xarorat 27oS dan 45oS gacha yetadi. Viloyat xududida bo‘ladigan atmosfera yog‘inlarining miqdori ham turlichadir. Tekislik qismida bir yil davomida 261-316 mm va tog‘ oldi adir mintaqalarida 366-435 mm, tog‘ mintaqalarida esa 700-895 mm gacha atmosfera yog‘inlari bo‘ladi.
Atmosfera yog‘inlarining asosiy qismi tog‘ hududida qor tarzida, adir va tekislik mintaqalarida esa yomg‘ir tarzida yuz beradi. Yog‘ingarchilikning ko‘p qismi qish va bahor oylariga to‘g‘ri keladi, ozchilik qismi kuz oylarida tushadi. Yoz oylarida esa deyarli yomg‘ir bo‘lmaydi. Kuzda iliq kunlar ancha uzoq davom etadi, havo harorati sekin pasayib boradi. Oktyabrning oxirida yoki noyabrning boshida xarorat keskin pasayadi. Bu davrda yog‘ingarchilik miqdori oshadi. “Andijon” meteostansiyasi bo‘yicha ob-havo harorati va o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori ma’lumotlari quyidagi -jadvalda keltirilgan.

2.1-jadval


“Andijon” meteostansiyasi bo‘yicha havo haroratining o‘rtacha ko‘p yillik va tadqiqot vaqtidagi ko‘rsatkichlari



Oylar

O‘rtacha havo harorati, oS

o‘rtacha ko‘p yillik

2019

2020

2021

1.

Yanvar

-0,6

5,5

5,1

2,0

2.

Fevral

1,9

5,3

8,0

0,4

3.

Mart

7,9

8,6

10,2

12,6

4.

Aprel

14,7

13,4

14,9

15,9

5.

May

20,1

18,4

21,7

20,0

6.

Iyun

24,9

24,1

26,5

27,2

7.

Iyul

27,0

27,5

27,2

28,7

8.

Avgust

25,0

26,5

26,4

25,5

9.

Sentyabr

19,6

21,3

21,7

22,5

10.

Oktyabr

12,8

17,0

16,1




11.

Noyabr

6,6

10,4

8,5




12.

Dekabr

1,9

-0,9

2,9







Yillik o‘rtacha

13,5

14,8

15,8

15,3

Yuqori jadvaldan havo haroratining o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqori bo‘lganligini kuzatishimiz mumkin. bu esa so‘ngi paytlarda havo haroratining ortib borayotganilgidan dalolat beradi.





2.1-rasm. O‘rtacha havo xarorati, oS
2.2-jadval
“Andijon” meteostansiyasi bo‘yicha yog‘ingarchilik miqdorining o‘rtacha ko‘p yillik va tadqiqot vaqtidagi ko‘rsatkichlari



Oylar

Yog‘ingarchilik miqdori, mm

o‘rtacha ko‘p yillik

2020

2021

2022

1.

Yanvar

49

37,0

56,3

88,8

2.

Fevral

52

84,7

36,3

76,3

3.

Mart

73

110,9

83,4

65,0

4.

Aprel

57

91,6

36,0

39,2

5.

May

32

65,5

17,4

32,6

6.

Iyun

11

24,2

1,7

3,8

7.

Iyul

3

0

16,0

0,3

8.

Avgust

2

0

6,1

2,7

9.

Sentyabr

4

0

0,8

0

10.

Oktyabr

27

7,4

16,6




11.

Noyabr

41

111,0

65,2




12.

Dekabr

54

59,5

97,3







X

405

591,8

433,1

402,4

Tajriba o‘tkazilgan yillarda havo harorati o‘rtacha yillik ko‘rsatkichi ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Ilmiy tadqiqot ishimizning birinchi yilida, ya’ni 2020 yili havo harorati ko‘p yillik ma’lumotlarga nisbatan 1,2oS, 2021 yilda 2,4oS va 2022 yilda 1,8oS yuqori bo‘ldi.





2.2-rasm. Yog‘ingarchilik miqdorining oylar bo‘yicha taqsimlanishi, mm

Yog‘ingarchilik miqdori tajriba o‘tkazilgan yillar bo‘yicha 591,8 mm, 433,1 mm va 402,4 mm ni tashkil etdi. Ko‘p yillik ma’lumotlarga nisbatan 2019 yili 180,8 mm, 2020 yili 22,1 mm ko‘p bo‘ldi, 2021 yilda esa 8,6 mm kam bo‘lganligi kuzatildi.


2.3-jadval
“Andijon” meteostansiyasi ma’lumoti bo‘yicha havoning nisbiy namligi (%)



Oylar

Havo nisbiy namligi, %

O‘rtacha ko‘p yilligi

2020

2021

2022

1.

Yanvar

73,6

67

73

81

2.

Fevral

66

63

56

79

3.

Mart

60,6

63

62

57

4.

Aprel

59,0

63

58

56

5.

May

54,3

60

48

55

6.

Iyun

42,3

52

35

40

7.

Iyul

41,5

40

43

35

8.

Avgust

39,5

40

39

42

9.

Sentyabr

42,5

45

40

39

10.

Oktyabr

53

51

53




11.

Noyabr

68

64

71




12.

Dekabr

76,3

77

75







X

56,4

57,1

54,4

53,7

O‘rtacha ko‘p yillik ma’lumotlarga ko‘ra havoning nisbiy namligi yil bo‘yi me’yor darajasida bo‘ladi. Eng issiq oy – iyulda havoning nisbiy namligi eng past ko‘rsatkich, ya’ni 40% ni, yanvar oyida esa 72% ni tashkil etadi.


2.4-jadval


“Andijon” meteostansiyasi ma’lumoti bo‘yicha tuproq ustki qismining harorati, oS



Oylar

Tuproq ustki qismining harorati, oS

O‘rtacha ko‘p yilligi

2020

2021

2022

1.

Yanvar

1,7

2,0

3,0

0

2.

Fevral

3,0

4,0

6,0

-1

3.

Mart

10,0

8,0

10,0

12

4.

Aprel

16,7

14,0

18,0

18

5.

May

24,6

22,0

27,0

25

6.

Iyun

31,7

30,0

33,0

34

7.

Iyul

34,5

35,0

34,0

36

8.

Avgust

32,5

33,0

32,0

32

9.

Sentyabr

25,5

26,0

25,0

26

10.

Oktyabr

15,3

18,0

15,0




11.

Noyabr

8,0

8,0

7,0




12.

Dekabr

-0,6

-4,0

-0







X

16,9

16,3

17,5

17,1

Tuproq ustki qismining harorati ham urug‘ko‘chatlarning o‘sib rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Ushbu ko‘rsatkich iyul oyida 34oS dan 71oS gacha ko‘tarilishi kuzatilgan. Yanvar oyida esa -2oS dan -35oS gacha pasayib ketadi.


Shamolning tezligi o‘rtacha 1,8 m/s ni tashkil etib, asosan shimoli-sharq va shimol tomondan esadi. Shamolning tezligi bahorda eng yuqori darajada (2,1 m/s), qishda esa eng past darajada (1,6 m/s) bo‘ladi. Shamolning asosiy yo‘nalishi yil davomida deyarli o‘zgarmaydi.





2.3-rasm. Shamol yo‘nalishining kutblar bo‘yicha takrorlanishi

Andijon viloyatining iqlim sharoitini tahlil qilib shunday xulosaga kelish mumkinki, bu hudud qishloq xo‘jalik ekinlarini har qanday turini yetishtirishga qulay bo‘lib, quyosh nurining quvvati, sun’iy sug‘orish imkoniyatlari dala ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydi.


Tajriba xo‘jaligining tuprog‘i qadimdan sug‘orib kelinadigan tipik bo‘z tuproq. Bu tuproq tarkibida 0,8-1,0 % chirindi, 0,058-0,089 % atrofida azot, 0,141-0,184 % ga yaqin fosfor va 0,154-0,148 % atrofida kaliy mavjud, bu esa o‘simlik o‘suv davrida foydalanadigan oziqa elementlarining juda oz miqdorda ekanligidan dalolat beradi. Tuprog‘i sho‘rlanmagan. Bu tuproq suv o‘tkazuvchanligi, yumshatishni murakkabligi bilan farq qiladi.
Sug‘orish natijasida tuproq qatlami zichlashib boradi. Sug‘orishdan va yog‘ingarchilikdan keyin qatqaloq hosil bo‘ladi [Pankov, 1970].
Yer osti suvlar 3 m dan chuqur qatlamda joylashgan. Tajriba dalasi azot va fosfor bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Ma’dan va organik o‘g‘itlar qo‘lanilsa, dala ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish mumkin.
Cug‘orish uchun tajriba xo‘jaligi shimol qismidan oqib o‘tuvchi Bo‘z-suv kanali suvidan foydalanildi.
2.5- jadval
Tajriba dalasi tuprog‘ining dastlabki agrokimyoviy ko‘rsatkichlari.

Tuproq qatlami, sm

Ozuqa elementlarini umumiy shakllari, %

Ozuqa elementlarini harakatchan shakllari, mg/kg

Gumus

azot

fosfor

N-NO3

P2O5

K2O

1. 0-30

0,920

0,083

0,152

4,7

47,1

180,7

30-50

0,715

0,065

0,134

3,1

40,3

140,0

2. 0-30

0,804

0,078

0,148

5,1

44,3

195,0

30-50

0,787

0,069

0,127

3,7

40,6

153,0

Gorizont A 0-25 sm – jigar rang, kul rang og‘ir qumoqli donador strukturali, yumshoq, ozgina ildiz qoldiqlari bor. Keyingi gorizontga o‘tish asta-sekin. B 25-50 sm – yuqori gorizonga nisbatan qora rangli, og‘ir qumoqli, bir muncha qattiq. NSl da ko‘pirib qaynaydi. Oz miqtorda ildiz qoldiqlari ham uchrab turadi. C 50-105 sm – och tusli kul rang tuproq, karbonatining bo‘lakchalari uchraydi. O‘ta qumoqli. D 105-150 sm – och kul rang yengil qumoqli tuproq. Gips uchraydi. Strukturasi yo‘q karbonatning mayda bo‘lakchalari ko‘p uchraydi. Quyida tajriba maydoni tuprog‘ining agrokimyoviy tasnifi.


2.6-jadval
Tajriba o‘tkaziladigan tuproqlarning agrokimyoviy tasnifi

Tuproq

Chuqurligi, sm

Gumus, %

Umumiy azot, %

Umumiy fosfor, %

Xarakatdagi shakli

N-NH4

N-NO3

P2O5

Tipik bo‘z tuproq

0-25

1,7

0,12

0,13

17,1

22,0

27,5

25-50

1,2

0,10

0,11

8,0

12,0

10,5

50-105

0,7

0,09

0,10

-

3,1

5,0

105-150

0,3

0,07

0,08

-

-

-

Gumusning miqdori haydov qatlamida 1,7% ni tashkil etadi. Pastga qarab uning miqdori kamayadi. Umumiy azotning miqdori yerning haydov qatlamida 0,12 % bo‘lib, D 105-150 sm chuqurlikka tushgan sari kamayib boradi. Umumiy fosforning miqdori haydov qatlamida 0,13 % bo‘lib D 105-150 sm ga tushgan sari 0,08 % ga kamayadi.


2.7-jadval
Tajriba maydoni tuprog‘ining kimyoviy tarkibi, mg/kg

Chuqurlik, sm

Nitrat

Fosfor

Azot (NH4)

0-10

7,65

30,00

27,16

11-20

7,65

48,00

27,16

21-30

9,00

48,00

31,04

31-40

11,53

90,00

29,10

41-50

9,56

90,00

13,04

Azot va fosforning harakatchan shakliga kelganda N-NH4 xarakatchan shakli A 0-25 da 17,1% bo‘lib, C 50-105 va D 105-150 sm ga yaqinlashgan sari, bu shaklini kuzatish juda qiyin. N-NO3 formasida yerning haydov qatlamida A 0-25 sm da 22 % bulib, B 25-50, C 50-105 sm ga borib N-NO3 xarakatchan formasini kuzatish qiyin.


Fosforning R2O5 xarakatchan shakli A 0-25 sm qatlamida 27,5% bo‘lib, D 105-150 sm ga borib fosforning xarakatchan R2O5 formasini aniqlash bir muncha qiyin.



Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling