O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq va suv
Download 1.9 Mb.
|
Дисс.иши lotin yangisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV BOB. TADQIQOT NATIJALARI 4.1 Kanada arg’uvoninining biologik hususiyatlari.
III bob bo‘yicha xulosa
Ushbu ma’lumotlardan shu narsa ma’lumki Kanada bagryannigi o’simlligining och tusli bo’z tuproqlar sharoitida yakka – yakka hamda guruh shaklida chekkalarga ekish ham yaxshi natija beradi. Meliorativ maqsadlar uchun quruq toshloq qiyaliklarga ekish uchun mos keladi. Arg‘uvonni sho‘r tuproqlarda o‘stirib sinab ko‘rish zarur. Qurg‘oqchilikka juda chidamli o‘simlik. Uning to‘q – yashil barglari jazirama issiq oylarida ham o‘zining ko‘rinishini yaxshi saqlaydi. Kanada bagryannigining biologik hususiyatlarini o’rganishda uning tashqi muhit omillari: issiqlik, qurg’oqchilik, namlik,havo tarkibi , yorug’lik kabilarga munosabati tahlil etildi. IV BOB. TADQIQOT NATIJALARI 4.1 Kanada arg’uvoninining biologik hususiyatlari. Kanada arg‘uvoni daraxtining vatani Shimoliy Amerika (Kanadaning Ontariodan Gamilton va Sarni shaharlarida esa bu daraxt maxalliy daraxtlar sirasiga kiritilgan) bo‘lsada, hozirda bu daraxtning o‘sish areali juda xam kengaygandir. Masalan, uzoq shimolda Norvegiyadan janubda, Argentina, Avstraliya (Sidney shahrida), Chili, Yangi Zelandiya, Kolumbiya, Janubiy Afrika va Urugvayda xam keng tarqalgan. 4.1- rasm. Kanada arg‘uvoni (Cercis Canadensis L.) mevasininig shakllanishi Qo‘shma shtatlarda esa ushbu daraxtning eng yaxshi ko‘paytirilgan va o‘sgan joylari deb Vashington, Oregano, Kaliforniya, Oklaxoma va Texas, shtatlari tan olingan. Ayrim daraxtlar Aydaxo, Nevada, Yuta, Kolorado, Nebraska, Kanzas, Janubiy Dakota, Ayova, Minnesota, Viskonsina, Nyu-Xempshirda xam o‘sib, park xiyobonlaning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, ko‘kalamzorlashtirish uchun keng foydalanmoqda. 4.2- rasm. Kanada arg‘uvoni (Cercis Canadensis L.) bargining tuzilishi Florida shtatining Palm Bich Grafligi parkining eng katta va manzarali xususiyatga ega bo‘lgan daraxtlarning biri xisoblanib yuqorida keltirilgan barcha shtatlar, mamlakat va davlatlarda bu daraxtdan xam manzarali xam ekologik jixatdan toza bo‘lganligi uchun xam obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida ma’sul exodimlar va bog‘bonlar tomonidan foydalaniladi. 4.1 jadval Kanada arg‘uvoni Cercis Canadensis L. ning dendrologik ko‘rsatkichlari ya’ni xayotiy shakli.
Bo‘r davrida arg‘uvon turkumiga mansub bir necha shaklli daraxtlar bo‘lib ular Yevropa va Shimoliy Amerikada topilgan. Shuningdek, Tretich qoyalarida topilgan daraxt qoldiqlaridan xam ushbu daraxtning keng tarqalganini ko‘rish mumkin. Hozirda arg‘uvon daraxtining eng katta daraxti Nyu-York shahrida saqlangan uning yoshi 350-450 yoshda bo‘lib, bo‘yi 10 - 15 m (134 fut) [16]. Ushbu daraxtdan Rossiyaning janubida parklarni qurishda manzarali xususiyati bilan ajralib turadigan Shimoliy Amerikadan keltirilgan tur manzarali bog‘dorchilikda, parklar va xiyobonlarni ko‘kalamzorlashtirishda, shuningdek yakka holda va alleya qilib ekish uchun keng qo‘llaniladi. Rossiyada 1668 yildan bo‘yon madaniy xolda o‘stirilmoqda. Kanada bagryanigi daraxtining manzarali xususiyati yuqori sifatga ega bo‘lib, qisqa mudatda yirik tanaga ega bo‘ladi. Tanasining shakli sermanzara guli juda chiroyli xisoblanadi. Yosh daraxtlarining tanasi tekis kul rangda bo‘lib, yilllar o‘tishi bilan qora rangga kirib boradi, tanasida yoriqlar paydo bo‘la boshlaydi, shox-shabbalari xuddi sada qayrag‘ochni eslatuvchi shaklga ega bo‘lib, sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lsa, shox-shabbasining shakli sharsimon bo‘la boshlaydi. Qishki sovuqlarga va kasallik-zararkunandalarga chidamligi bu daraxtning qimmatini yanada oshiradi. Ko‘p olimlar shu jumladan S.V.Megalovnev kanada arg‘uvoni daraxtining madaniy o‘rmonlar ixotalar hamda yog‘och olish uchun yetishtirishni tavsiya etadilar. Bu daraxtning bir necha shakllari bo‘ladi, piramidali, to‘liq bargli o‘rta tarqalgan. Kanada arg‘uvoni daraxtining manzarali ko‘rinishi xamda xususiyatlariga ko‘kalamzor xududlarda havo tarkibidagi zaharli gazlarni o‘zida ushlab qoladi xamda fitonsidlar ajratishi bilan bir qatorda gullash jarayonida atrof muhitga go‘zallik baxsh etishini e’tiborga olish lozim. Shaharlarimizda mavjud bo‘lgan istrohat bog‘lari va saylgohlarda nafis- bejirim ko‘rinish baxsh etadi, shuningdek yoz faslining jaziramasida sersoya hosil qilib, bog‘-parklarda va xiyobonlarda salqin xayot (mikroiqlim) namoyon etadi. Kuzatish ishlari Andijon shahri va viloyatida olib borildi. Bunda Andijon davlat universiteti, Asaka tumani Niyozbotir mahallasi va Andijon shahar Toshkent ko‘chasi hududlarida o‘sib turgan kanada arg‘uvonlarining manzarali xususiyatlari o‘rganildi. Tajriba davomida dastlab uning morfologik xususiyatlari (balandligi, diametri va shoxlanishi) tahlil etildi. Morfologik xususiyatlariga mavjud kanada bagryanngi daraxtlari turlicha ko‘rsatkichni namoyon etdi. Bunga asosiy sabab ularning o‘sib turgan joyidir. 4.2- jadval O‘sib turgan kanada arg‘uvoni daraxtlarning morfologik xususiyatlari
Yuqoridagi jadvaldan kanada arg‘uvonining turlicha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi uning tashqi sharoitlarga bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Jumladan, Andijon davlat universiteti hududida joylashgan va “ANDIJON YO‘L KO‘KALAM” UK manzarali o‘simliklar pitomnigidagi daraxtlarda ham turlicha ko‘rsatkich namoyon bo‘ldi. Bunga asosiy sabab Andijon davlat universiteti atrofiga ekilgan arg‘uvon daraxtlari binoning orqa tomonida bo‘lib, quyosh nuri kam tushadi, ya’ni soya joyda joylashgan. “ANDIJON YO‘L KO‘KALAM” UK manzarali o‘simliklar pitomnigidagi arg‘uvoni daraxtlari quyosh nuri doimiy tushib turadigan joyda joylashgan va binoga yaqin joyga ekilgan. Bu esa uning morfologik ko‘rsatkichlarini turlicha bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, yuqoridagi holat uning turli sharoitlarda ham bemalol o‘sa olishini yana bir marotaba tasdiqlaydi. Kanada arg‘uvonining turli sharoitlarda (soyada va ochiq joyda) o‘sishi uning shoxlanishiga ham ta’sir etganligi kuzatildi. Soya joyda o‘sgan arg‘uvon daraxti sharsimon shaklda shoxlangan bo‘lsa, ochiq joyda o‘sayotgani yoyiq oval shaklida o‘sganligi kuzatildi.. Kanada arg‘uvonining yuqoridagi morfologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda uni turli joylarda o‘stirish mumkin. Barchamizga ayonki, xozirda eng katta ekologik muammolardan biri bu havoning ifloslarish darajasining ko‘tarilib ketganidir. Shahar va sanoat markazlarida havo ko‘rpincha gaz, chang, zararli mikroorganizmlar bilan ifloslangan joylarda meva daraxtlarining o‘rni ayniqsa katta. O‘rmonda 1 m3 havo tarkibida 490 ta bakteriya bo‘lsa, katta Shaharlar havosining 1m3 da 36000 ta bakteriya bo‘ladi. Bir gektar bog‘dagi daraxtlar yozda kuniga 8 kg karbonat angidrid gazi yutadi, buncha gazni esa 200 kishi nafas olganda chiqaradi. Bitta katta daraxt kuniga 2 kg ga yaqin kislorod ajratadi. Andijon yo‘llari yoqasidagi daraxtlar o‘tkinchi avtomashinalardar chiqadigan karbonad angidrid gazining 30% gacha qismini yutadi. Katta Shaharlar havosining 100 m2 maydonida xar oyda 1 kg ga, botanika bog‘i bor joyda esa 300 g ga yaqin ifloslangan moddalar to‘planadi. Shaharlarda 1 gektar yerdagi daraxtlar kuniga o‘rtacha 150 kg yoki yiliga 546 ga yaqin havodagi changni o‘rtacha konsentratsiyasi ochiq joydagiga qaraganda yozda 40% qishda esa 35-37% ham bo‘ladi. Kanada arg‘uvoni daraxti esa changni va zararli gazlarni o‘zida ushlab qolish xususiyatiga ega daraxt hisoblanadi. Uning xususiyatlaridan biri, uning kasallik va zararkunandalariga yuqori darajada qarshilik ko‘rsatishidir. 30 xil zararkunandalar kanada arg‘uvoni daraxtiga faqat 4 ta turi unga yetarli darajada zarar yetkazishi mumkin. Ekologik zanjirning uzulmas bir qismi hisoblangan Kanada arg‘uvoni daraxti qushlar va kichik xayvonlar uchun qishki mavsumda yaxshi ozuqa manbai xisoblanadi. Uning mevasi olmaxonlar uchun, yosh navdalari oxular, bug‘ular uchun, yemish xisoblanadi. Bitta Kanada arg‘uvoni daraxti 4 kg nektar yoki 1 kg asal berishi mumkin. Shuni ta’kidlab utish kerakki, Kanada arg‘uvoni daraxti iqlimlashtirilganda ob-havo sharoitiga oson moslashadi, begona joylarga yaxshi moslashadi. 4.3 - jadval Kanada arg‘uvoni (Cercis Canadensis L.) ning ekologik xususiyatlari
Bu daraxtning o‘sib-rivojlanishi uchun fotosintez jarayonini uchun 1,3% quyosh yorug‘ligi kanada arg‘uvoni daraxtining yosh ko‘chatlari uchun yetarlidir. Xona sharoitida quyosh nurini o‘simlikka tik tushishidan saqlab yetarli darajada yorug‘lik bilan ta’minlab turish kerak. Yoshlik yillarida daraxtlari uzoq muddatli sovuqlardan zararlanadi. Daryo bo‘ylarida, tuproq bir necha kun suv ostida qolsa shu atrofdagi bir yillik o‘simliklari tirik qolmaydi ular qurib qoladi. Kanada arg‘uvoni daraxti uchun o‘sish darajasini aniqlash muxim xarakterga ega-Shimolda bu davr 95 kun bo‘lib, aprel oyidan avgustning boshigacha, Janubda-160 kun davom etadi, apreldan-avgust oyining o‘rtalarigacha davom etadi. Xona sharoitida 1 oylik o‘sishi 4 sm balandlikkacha bo‘lib, 2 ta chinbargi o‘sib chiqadi. Ulardan xar biri 22 kun davomida rivojlanadi. Yuqoriga o‘sishi ikki bargini hosil bo‘lishidan boshlab faollashadi va 5-6 kun ichida o‘sadi. Kanada arg‘uvoni daraxtining ekologik xususiyatlari va uning ekologik omillarga bo‘lgan munosabatlari xaqida to‘xtalamiz. Iqlim omillariga kanada arg‘uvoni daraxtining munosabati: Harorat - boshqa ekologik omillar, shu jumladan, namlik rejimi bilan birgalikda iqlim mintaqalari hodisalarini murakkablashtirish mumkin, buning natijasida ushbu hududdagi o‘simlik dunyosi tabiati ham o‘zgaradi. Har bir daraxt-buta turi uchun uchta: maqbul, past va yuqori harorat chegarasini belgilash mumkin. Bizning kanada arg‘uvoni daraxti issiqsevar daraxtlar sirasiga kiradi maqbul harorat uning talabiga to‘g‘ri keladi, daraxtning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi, turli fiziologik jarayonlarning yaxshi borishi uchun qulaylik tug‘diradi. Lekin daraxt vegetatsion davri mobaynida uzoq o‘sishi natijasida yog‘ochlashib ulgurmagan novdalari qattiq sovuqda ko‘p zararlanadi va nobud bo‘ladi. Kanada arg‘uvoni daraxtining urug‘lari fiziologik tinim davri kam darajaga ega bo‘lganligi uchun, ular juda tez unib chiqish qobiliyatiga ega.. Yorug‘lik - yashil o‘simliklar hayotida eng asosiy va zarur omillardan hisoblanadi va u yer sharidagi barcha tirik mavjudotning hayotini mavjudligini ta’minlovchidir. Yorug‘liksiz fotosintez jarayoni amalga oshmaydi, o‘simliklar ham karbonat angidrid gazini o‘zlashtira olmaydi va kislorod ajralib chiqmaydi. Shunday qilib yer yuzidagi barcha o‘simliklarda kechadigan fiziologik jarayonlarning manbai quyosh nuri energiyasidir. Quyosh atrof muhitga 3.71*1026 Vt nurli energiya sochadi. Ammo yerning 1 km2 sirtiga uning 3.3*103 Vt energiyasigina yetib keladi. Quyosh radiatsiyasi yer sirtiga yetib kelguncha atmosferada qisman yutiladi, sochiladi va qisman yer sirtidan yoki bulutlardan qaytadi. O‘simliklarning hayotiy faoliyatini ta’minlovchi jarayonlar uchun to‘lqin uzunligi 4 mkm dan kichik qisqa to‘lqinli radiatsiya muhimdir. Fotosintez jarayonida quyoshdan keladigan barcha to‘lqin uzunligidagi radiatsiyadan faqat 0,38-0,71 mkm dagilari ahamiyatlidir. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki quyosh radiatsiyasi biosfera va iqlimning xilma-xilligini yuzaga keltiradi. Soya - o‘simliklarda assimilyatsiya jarayoni kunduzi yaxshi kechishini ta’minlaydi, soyada o‘sayotgan daraxtlarning barg plastinkalari yirik bo‘lib, gorizontal joylashadi. Kanada arg‘uvoni daraxtining xam soyada xam ko‘yosh nuri tik tushadigan yerlarda o‘sayotgan daraxtlarini o‘sishini taxlil qildik, quyosh nuri tik tushadigan yerda o‘sayotgan kanada arg‘uvoni daraxti barglari kuymasdan yaxshi o‘sib rivojlanmoqda. Shu bilan birga soya joyda xam o‘sib turgan daraxtlarda xam o‘zgarish uncha sezilarli emas, lekin o‘ta soya joylarda tabiiy tiklanish jarayoni yo‘q desa xam bo‘ladi. Katta daraxtlar soya yerlarda xam o‘saverishini ko‘rgan bo‘lsak, yosh nixollari aksincha soya joylarda umuman o‘sa olmasligiga amin bo‘ldik. Bu daraxt urug‘ berish ya’ni balog‘at yoshiga yetganda yorug‘likka bo‘lgan talabi oshadi. Ma’lumki, yorug‘likka bo‘lgan talab tuproq unumdorligiga qarab ham o‘zgarib turadi, unumdorligi past bo‘lgan tuproqlarda o‘sgan daraxtlar asosan yorug‘sevar bo‘ladi. Namlik (yog‘ingarchilik, havo namligi) - kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, kanada arg‘uvoni daraxtini urug‘idan ko‘paytirish uchun albatta, havo namligi yuqori bo‘lishi kerak. Chunki uning tabiiy tarqalgan joyida ya’ni vatanida havo namligi yuqori, bizning sharoitimizda esa ma’lumki, havo namligi Andijon sharoitida 45-50% ga yetadi. Urug‘idan ko‘paytirish uchun albatta 90 % dan kam bo‘lmagan havo namligi bo‘lishi kerak, bu esa qish-ko‘klam oylariga to‘g‘ri keladi. Havo tarkibi - o‘simliklar hayoti uchun zarur omillaridan biri hisoblanadi, ayniqsa havo tarkibidagi kislorod, azot va karbonat angidrid gazi o‘simliklarda sodir bo‘luvchi muhim fiziologik jarayonlar uchun zarur elementlar hisoblanadi. Fotosintez jarayonida quyosh nuri ta’sirida karbonat angidrid bilan suvdan organik moddalar hosil bo‘ladi: 6CO2+6H2O (quyosh energiyasi) → C6H12O6+6O2 Ushbu reaksiya natijasida glyukoza hosil bo‘ladi va erkin kislorod ajralib chiqadi. CO2 gazi tabiatda doimiy aylanib yuradi. Dunyodagi barcha o‘simliklar bir yilda atmosfera va gidrosferadan bu gazning 1/50 qismini o‘zlashtiradi, demak bu gazning o‘rni to‘ldirilib turilmasa o‘simliklar tez vaqtda barcha CO2 zahirasini o‘zlashtirib tugatadi. Ushbu gaz yonishdan, hayvonot olami, o‘simliklar nafas olishidan, mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari natijasida hamda mineral manbalar va vulqonlardan doimiy ravishda ajralib chiqib turadi, uning miqdori ayniqsa ko‘p millionli yirik shaharlar va sanoat markazlari atrofidagi havoda ko‘p bo‘ladi. Kanada arg‘uvoni daraxtini yo‘l yoqalariga eksa va uni ko‘kalamzorlashtirishdan tashqari bolalar boqchasi, maktablar, shifoxona a sanatoriylarga, damolish maskanlari va park-xiyobonlarga ekish kerak. Chunki, bu daraxt nafaqat chiroyliligi, gullarining o‘ta manzaraligi shuningdek, barglarining tashqi bejirim ko‘rinishi bilan balki o‘zidan inson organizmi uchun foydali bo‘lgan kerakli moddalar chiqarishi bilan xam axamiyatli xisoblanadi. Edafik (tuproq) omillari - tuproqning mexanikaviy tarkibi, fizikaviy xossalari, namligi, kimyoviy tarkibi, uning harorati barcha o‘simliklar qatori kanada arg‘uvoni daraxti uchun xam muxim axamiyatga ega bo‘lgan omillardan biri xisoblanadi. Tuproq kanada arg‘uvonidaraxtining hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki tuproq kanada arg‘uvoni daraxtlari, ko‘chatlari xamda boshqa turdagi barcha daraxtlar uchun xam oziq mineral moddalar va suv manbaidir. Tuproqlar unumdor va unumsiz bo‘lishi mumkin, bu ularning tarkibidagi gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori bilan o‘lchanadi. Kanada arg‘uvoni daraxtini yaxshi o‘sishi uchun unumdor tuproq katta rol o‘ynaydi. Bu daraxt Ph miqdori 4,5-7,5 bo‘lgan tuproqlarda juda yaxshi o‘sadi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekistonning ishqoriyligi o‘rtachadan baland bo‘lgan tuproq sharoiti uchun ekishga va ko‘paytirishga mos bo‘lgan daraxtlardan biridir. Kanada arg‘uvoni daraxtini mezofit o‘simliklar turiga mansub. Kanada arg‘uvoni daraxti o‘rtacha unumdor yerlarda xam tarqaladi, shubhasizki, unumdor yer ular uchun eng yaxshi sharoit bo‘lib, unumsiz yerda yaxshi o‘smaydilar va rivojlanmaydilar. Bu daraxtning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproq aeratsiyasi va xarorat rejimi normal bo‘lishi zarur. Ekologik omillarni turlicha taqsimlanishi o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi. Namlikka va tuproq tarkibiga talabchan, juda sernam tuproqlarda xam juda yomon o‘sadi [12]. Sovuqqa munosabati - kanada arg‘uvoni daraxtining intensiv o‘sish davri 10 yoshdan boshlab kuzatiladi. Sovuqqa chidamligi bidan ajralib turadi. 20-300S sovuqqa bardosh bera oladi. Shamolga chidamli xisoblanadi. Tog‘ sharoitida qorning ko‘p yog‘ishi salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ular ta’sirida daraxt tanasi shikastlanishi mumkin. Uch qismidan shox-shabbalar sinadi. Biroq bu daraxt singan qismini tezda tiklash qobiliyatiga ega. Ixota daraxt sifatida foydalanish mumkin va bu daraxt uzoq umr ko‘radi, yashash va o‘sish uchun qulay sharoitda xatto 500 yilgacha xam yashaydi [25]. Tadqiqot ishlari amalga oshirilgan hududlardagi kanada arg‘uvonining ekologik xususiyatlari tahlil etilganda uning yuqoridagi xususiyatlari takrorlandi. Jumladan Andijon shahri atrofida o‘saytgan daraxtlar turli sharoitlarda o‘sishi mumkinligini ko‘rsatdi. Jumladan kanada arg‘uvoni soyada ham, yorug‘ tushib turadigan joyda ham o‘sganligi kuzatildi. Shu bilan birga kanada arg‘uvoni daraxtlari soya joyda o‘sayotganlari kuzatilganda ularning pat bo‘yli va sharsimon shaklda ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Uning bu xususiyatidan ko‘kalamzorlashtirishda keng ko‘lamda foydalanish mumkin. Yuqoridagilardan tashqari kanada arg‘uvoni sovuqqa ham chidamli ekanligini namoyon etdi. Jumladan 2020 va 2021 yilgi qishki sovuqlardan zararlanmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari kanada arg‘uvoni daraxti atrofida uzoq vaqt qor to‘planib turgan holatda ham yaxshi holatda ekanligi kuzatildi. 4.4 – jadval Turli hududlarda o‘sib turgan kanada arg‘uvoni daraxtlarining ekologik xususiyatlari
4.3-rasm. Kanada arg‘uvonidan ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish Olib borilgan kuzatuvlar natijasida uning turli tuproq sharoitlarida ham o‘sa olishi kuzatildi. Jumladan, Andijon shahrining turli hududlariga ekilgan kanada arg‘uvoni daraxtlari ham bir-biridan farq qilmagan holda o‘sayotganligi kuzatildi. Tadqiqotlar mobaynida kanada arg‘uvonining zaharli gazlarga ham chidamli ekanligini aniqladik. Chunki Andijon shahrini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida ekilgan kanada arg‘uvoni daraxtlarida har xil zaharli gazlardan zararlanmaganligi kuzatildi. Ushbu daraxtlar har yili chiroyli gullab, o‘zining manzarali xususiyatlarini to‘la namoyon etmoqda. Fenologik kuzatishlar o‘rmon xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Fenologik kuzatishlar, meteorologik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi, bu esa yillik o‘zgarishlarni to‘g‘ri izohlash imkonini beradi. Daraxt-butalardagi fasliy o‘zgarishlarni kuzatish bilan bir paytda daraxtzorlarda mavjud zararli hashoratlarni qishlovdan uchib chiqishi, tuxum qo‘yishi, urchishi va zamburug‘ kasalliklarni rivojlanish bosqichlari ham qayd etib boriladi. Bu kuzatishlar ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Daraxt-butalarni gullashi, gullashining davomiyligi, barglarini kuzda sariq, qizil rangga kirishi kabi fenologik fazalarni ko‘kalamzorlashtirishda ahamiyati kattadir, ular shu manzarali xususiyatlariga ko‘ra ko‘kalamzorlashtirish uchun tanlab olinadi. Fasliy o‘zgarishlarni o‘rganish natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanib daraxt-buta turlarini fenospektrini va fenoxaritasini tuzish mumkin. Bular o‘z navbatida turni qaysi iqlim sharoitida o‘stirish va ulardan qanday foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi. Arg‘uvon aprel oyining oxirida shoxlari va tanasida och binafsha atirgulsimon gullari shakllanadi va daraxt ulkan gulchambarga o‘xshash ko‘rinishga aylanadi. Gullari hidsiz, kapalakka o‘xshash shaklga ega bo‘lib, diametri 2,5 sm, 2 – 3 sm li kichik gulbandlarda turli shakldagi to‘psimon gullari 2 – 6 tadan bo‘lib joylashadi. Uning mevalarini pishmasidan oldin iste’mol qilish ham mumkin. Gullash davri bir oygacha davom etadi. Mayda uchburchak shaklidagi bargchalari sariq – yashil rangda bo‘lib, gullashdan keyin o‘sadi. Hosil bo‘lgan barglari chuqur yuraksimon o‘yiqchali tuzilishga ega. Barglarining ustki tomoni qoramtir – yashil, ostki tomoni esa ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Silliq jigarrangli ko‘p urug‘li dukkagining uzunligi 10 sm gacha yetadi, ular sentyabr oyida pishib yetiladi. Yozgi faslda daraxt yashillikka burkanadi, kuz mavsumiga kelib ularqoramtir – sariq tusga o‘tadi. Havo harorati pasayishi bilan uning rangi och sariq rangga kiradi. U Qora dengiz sog‘illarida keng tarqalgan bo‘lib, ushbu hududlarda nafis oq gullaydigan shakllarini ham uchratish mumkin. Arg‘uvon past bo‘yli madaniy ninabarglilar yoki oddiy dukkakli o‘simliklar bilan birga go‘zal kompozitsiya hosil qiladi. 4.4-rasm. Kanada arg‘uvonining gullash fenofazasini boshlanish davridagi ko‘rinishi 4.5 -jadval Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling