Tadqiqot ob’ekti va predmeti: Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining Paxtaobod tumanida joylashgan “ANDIJON YO’L KO’KALAM’ UK manzarali o’simliklar pitomnigi tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti – bioekologik hususiyatlari.
Tadqiqotning maqsadi: Mamlakatimizda o‘rmon barpo etishda (shu jumladan o‘rmon ihotazorlarida ham foydalanish mumkin) soyaga chidamli yo‘ldosh (ikkinchi darajali) daraxtlar va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda, kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini o‘stirishni ilmiy asoslashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
Kanada bagryannigi o’simligini bioekologik hususiyatlarini o’rganish;
Kanada bagryannigi o`simligi urug’larini ekishga tayyorlash, ekish muddatlari va yetishtirishni o’rganish;
Kanada bagryannigi o`simligi ko‘chatlarni o‘stirish agrotexnikasini ilmiy asoslash;
Kanada bagryannigi o’simligini ekologik va iqtisodiy samaradorligini baholashdan iborat.
Ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
arg‘uvon urug‘larini ekishga tayyorlashda stratifikatsiyaning maqbul usuli tanlangan;
urug‘ ekish me’yori maqbullashtirilgan;
urug‘ ko‘chatlarga yangi o‘g‘it qo‘llash usuli ishlab chiqilgan;
ko‘chatlarni o‘stirish agrotexnikasi takomillashtirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Kanada arg‘uvoni o‘stirish bo‘yicha dunyoning bir necha: AQSh, Kanada, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlarda ilmiy izlanishlar olib borilgan. Plibin I.V.; Lapin P. I., Kalutskiy K. K., Kalutskaya O.N.; Shreter A.I., Panasyuk V.A. kabi olimlar ushbu tur bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar o‘tkazishgan.
O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlaridan Jeltikova T.A. kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini o‘stirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan bo‘lsa, Temirov J.T. bu turning biologiyasi va ekologiyasi bo‘yicha izlanishlar o‘tkazgan. Shunday bo‘lsada O‘zbekiston sharoitida kanada arg‘uvoni ko‘chatlarini yetishtirish agrotexnikasi to‘liq ishlab chiqilmagan va ilmiy asoslanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |