O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston- finlyandiya pedagogika instituti
Download 0.52 Mb.
|
Majmua Bio 4-sem
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-MAVZU: PSIXIK HOLATLAR. HISSIYOT (tuyg’u emosiya) Reja
Nazorat uchun savollar :
1. Tafakkur fikrlashga ta’rif bering? 2. Tafakkurning asosiy jarayonlari va vositalari haqida so’zlang? 3. Hukm qilish yo’li bilan fikrlashning o’ziga xosligi nimada? 4. Yakka va umumiy tushunchalarga misollar keltiring? 5. Til va tafakkur birligini qanday izohlaysiz? 6. Mantiqiy tafakkurning ta’limdagi rolini aytib Bering? 7. Tanqidiy tafakkur haqida gapiring? 17-MAVZU: PSIXIK HOLATLAR. HISSIYOT (tuyg’u emosiya) Reja: Hissiyot haqida tushuncha. Hissiyot turlari. Hissiyot xususiyatlari. Hissiyot yoki tuyg’u - emosiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki, bunda tashqi ta’sirotning xarakteri va shaxsning unga bo’lgan munosabatlari ifodalanadi. Ba’zi predmetlar, voqyealar, xarakatlar shaxsni quvontiradi, huzur bag’ishlaydi, xursand qiladi. Ba’zi predmetlar esa shaxsni xafa qiladi, qaxr-g’azabini qo’zg’aydi, behuzur qiladi. Tashqi ta’sirotning xarakteriga (ijobiy yoki salbiyligiga) qarab shaxs unga nisbatan o’zining munosabatini bildiradi. Tashqi ta’sirotning yoqimli tomonlari shaxsda ijobiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Maza kilish, qoyil qilish, huzur-halovat, sevinch, quvonch, xursandchilik kabi holatlar ijobiy munosabatning ko’rinishlaridir. Tashqi ta’sirotning noxush, yoqimsiz tomonlari shaxsda salbiy munosabatlarni paydo qiladi g’azablanish, ranjish, xafalik, qo’rqish, behuzur bo’lish kabilar salbiy munosabatning ko’rinishidir. Shaxs o’zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy xolatlarni boshdan kechiradi. Agar u xavf ostida bo’lsa. qo’rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish va xarakatlari to’g’ri, unumli ro’yobga chiqsa, quvonadi, ruhi ko’tariladi. Demak, shaxsda turli his-tuyg’ularning vujudga kelish manbai uning ehtiyojlari, natijalari va istaklaridir. Shaxsning o’z ehtiyojlarini qondirish yo’lidagi xarakatlarning muvaffaqiyati ijobiy hislarni, uning qiyinchiliklarga duch kelishi, mag’lubiyatga uchrashi esa sabiy tuyg’ularni uyg’otadi. Turli emosiyalar shaxsning xulq-atvoriga o’ziga xos hissiy ohang beradi, barqaror kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan esa, emosiyalar to’satdan va shiddatli paydo bo’lib, tez o’tadi. Shuni xam ta’kidlash lozimki emosional xolatlar odamlarda turlicha kechadi. Ba’zi odamlarda bu xilatlar barqaror, ta’sirchan, chuqur kechsa, ayrim odamlarda yengil o’tadi. Shaxslar his-tuyg’ularining chuqurligi. kuchi, barqaror yokp beqaror emasligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Har bir shaxsdagi hissiy xolatlar uning boy ichki dunyosi, g’oyaviy yo’nalishi, e’tiqod va ideallari bilan bog’liq bo’ladi. Ijobiy his-tuyg’ular shaxsning butun vujudini qamrab oladi, uning hayotini yanada mazmunli to’liq va baxtiyor qiladi. Bunday hislar shaxsga qanot bag’ishlaydi. His-tuyg’ular shaxs to’g’risida, uning psixik xolatlari va individual xususiyatlari to’g’risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Hissiyotlarning bir maqsadni ko’zlashi, prinsipialligi shaxsni so’zi bilan ishi bir bo’lgan barkamol odamga aylantiradi. Hissiyotlarda subyektivlik va sosiallik mohiyati mavjuddir. Hissiyotlarga subyektivik moxiyati nuqtai nazaridan beriladigan baho hamma vaqt ham uning sosial mohiyatiga to’g’ri kelavermaydi. Subyektiv ravishda nohush, shaxsni ranjitadigan kechinmalar sosial etibori bilan ijobiy hissiyot hisoblanali. Masalan, uyalish shaxs uchun yoqimsiz hissiyot bo’lib, azob hissi bilan kechiriladi. Ammo sosial moxiyagi nuqtai nazaridan uyalish yuksak. ijobiy axloqiy hisdir. Agar intizomni buzgan student o’qituvchi tomonidan tartibga chaqirilganda, uyalib qizarmasa, u eng yuqori insoniy fazilatdan maxrum bo’lgan bo’ladi. G’azab yoki nafrat subyekt uchun salbiy noxush xolatdir. Lekin, g’azab, nafrat dushmanga, axloqqa xilof xarakatga, intizomsizlik, qonunbuzarlikka qaratilgan bo’lsa, yuksak axloqiy xis sifatida ijobiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hissiyotlarga sosial nuqtai nazardan yondashganda yuksak g’oyaviylik, xalqchilik, va prinsipiallikka asoslanish zarur. Bu jixatdan Bahouddin Naqshbandning quyidagi fikri alohida ahamiyat kasb etadi: "Hazrati Bahouddin, qahr bilan tolibga ta’sir etish to’g’rimi» deb so’radilar. U kishi shunday javob berdi: "Qahr, ya’ni g’azab ikki xil ma’noga ega bo’ladi. Haqiqiy qahr g’azab kamolat sifatidir. Bunda tarbiyalanuvchining loqaydligi uchun uni to’g’ri yo’lga yo’naltiriladi. Sababsiz qahr- g’azablanish zararlidir". . . Emosional xarakatlar barqaror yoki beqarorligi nuqtai nazaridan quyidagi uch guruxga ajratiladi: 1. Bir necha oy yoki yillab davom etadigan uzoq muddatli xolatlar. 2. Kunlab, xaftalab, oylab davom etadigan xolatlar. 3. Sekundlab, minutlab, soatlab davom etadiganxolatlar. Emosional xolatlarning bu tarzda uch guruxga bo’lininshi ularning ta’sir xarakteri va shaxsning individual sifatlariga bog’liqligidir. Bir ta’sirning o’zi har qaysi shaxsga turlicha kuch bilan yetadi va turli darajada xissiy xolatlarni vujudga keltiradi Turli hissiy xarakatlarni vujudga keltiruvchi sabablar stimullar yoki manbalar deyiladi. Ijobiy hissiy holatlaram shaxsning xarakatlarida ifodalanadi. Ba’zi emosional holatlar kuchli intilish, faol xarakatni yuzaga keltiradi, ba’zilari esa sekinlik bilan o’tadi. Bu xildagi passiv hissiyotlar sintementallik deb ataladi. Sintementallik harakatsiz xissiy holat bo’lib, bunda shaxs so’z bilan cheklanadi, afsus, oh-voh, ko’z yoshidan nari o’tmaydi. Shaxsda qo’zg’alishlarning yuzaga kelishiga qarab hissiyotlar stenik va estenik kabilarga bo’linadi. Stenik xolatlar g’ayrat uyg’otadi, shijoatga sabab bo’ladi. Masalan, kuchli quvonch, katta g’azab, jangovar ruh, mardlik, g’alaba v a x.k Shaxsning hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g’ayratini susaytiradigan xolatlar estenik hissiyotlardir. Qayg’u-hasrat, umidsizlik, loqaydlik, g’am, afsus, ajablanish kabilar estenik xolatlardir. Turli emosional xolatlarnyng paydo bo’lishi asosida miya pustlog’i ostida ro’y beradigan prosesslar - shartsiz reflekslar yotadi. Ruhiy kechkimalar organizmdagi fiziologak o’zgarishlar bilan doimo bog’likdir. Odam turli ruhiy holatlarni boshidan kechirayotganida qon aylanishi o’zgaradi, yurak urishi susayadi yoki" tezlashadi, nafas olish o’zgaradi, ovqat hazm qilish va ichki sekresiya bezlarining faoliyati ham o’zgaradi. Bu holatlarning tashqi ifodasi ham reflektorlik xarakteriga ega bo’ladi. Odam kuchli quvnoqdik, qattiq qo’rquv, g’azab kabi xolatlarni boshidan kechirayotganida uning tashqi qiyofasida ham jiddiy o’zgarishlar yuz beradi, chehrasi oqaradi, qizarishii, nutqi buziladi yoki vaqtincha yo’qoladi. Keyingi vaqtlarda jiddiylik vaziyati yoki stress deb ataluvchi keskin vaziyat tufayli yuzaga keladigan emosional xolatlarni o’rganishga katta e’tibor berishyapti. Jiddiylik kishining jismoniy yoki aqliy mehnat qilayotgan vaqtida birdaniga vaziyatning haddan oshib ketishi va xavfli vaziyat bo’lib qolgan vaqtda ham tez zaruriy chora topish kerak bo’lib qolganda vujudga keladigan xarakatdir. Jiddiylik holatida yurak ishida, qon tomirlari va nafas olish sistemasida ancha o’zgarishlar yuz beradi. Lekin ichki organlarning qay darajada o’zgarishiga qaramasdan, emosiyaning mazmunini anglab bo’lmaydi. Masalan. tomir urishining tezlashishi kishining biror narsadan qo’rqanidan ham, yoki shodlanishidan ham bo’lishi mumkin. Yanada kuchlirok stress xolatida kishining xatgi-xarakatlarida tartibsizlik bo’lishi, so’zlaganda yondashishi, duduqlanib qolishi, fikrlar mantiqiy bog’lanmaga bo’lishi mumkin. Odatda, stress xolatining juda kuchli bo’lishi teskari reaksiya ham berishi mumkin, ya’ni bosh miya po’stlog’ida umumiy tormozlanish prosessini vujudga keltirishi, kishini passivlashtirib, faoliyatini tamomila susaytiradi, Lekin jiddiylik (stress) xolatining normal ko’chishida kishining hayotiy tajribasi, kuchli irodasi. g’oyaviy jixatdan chiniqqanligi katta rol o’ynaydi. Odamda hissiy xolatlar yuzaga kelish tezligi, kuchi, davomiyligi jixatidan xilma-xil bo’ladi. Emosional xolatlar odamlarda turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi, sekin yoki tez almashishadi. Har bir shaxsning individual xususiyatlari bilan bog’lik xolda qo’zg’aladi va yana asliga qaytadi. Kuchi jixatidan bo’lganya singari barqarorligi jixatidan ham emosional kechinmalar bir-biridan farq kiladi. Uzoq davom etuvchi kechinmalar barqaror, qisqa muddat davom etuvchi kechinmalar esa betakror tuyg’ular deb yuritiladi. Odam intilishlarining xilma-xilligi tufayli uning dunyoqarashi, e’tiqodi va mayllari bilan bog’liq holda chuqur mazmunli tuyg’ular bo’ladi. Chuqur tuyg’ularning izi xotirada uzoq vaqt saqlanadi. Odatda, tasodifiy tuyg’ular beqaror bo’ladi va xotirada uzoq saqlanmaydi. Umuman, shaxsda yuzaga keluvchi tuyg’ularning kuchi, barqaror va beqarorligi va chuqurligi nerv sistemasi tipiga, ehtiyojlariga, ta’sirotlarning subyektiv va ijtimoiy moxiyatga hamda uning individual xususiyatlariga bog’liqdir. Hissiyotlarning tezligi, kuchi, barqaror yoki beqarorligi va chuqurligi nuqtai nazaridan emosional xolatlar quyidagi turlarga bo’linadi; 1. Kayfiyat 2. Affekt 3. Ehtiros 4. Ruhlanish Kayfiyat uzoq, muddatli, o’rtacha kuchga ega bo’lgan ruhiy holatdir, odamdagi xursandlik yoki g’amginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi, Shaxsning o’z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi, muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik, ruhiy tushkunlik g’amginlik kayfiyatini tug’diradi.Odam o’zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega. Kuchli iroda egasi bo’lgan odamlar o’z kayfiyatlarini boshqara oladilar, hamma vaqt ularning ruhi tetik, dimog’qi choq, bo’lib yuradi, ular o’z kayfiyatlarining quli bo’lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo’lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi, ular kayfiyatnning ko’rinishlarini azob bu qiynoq bilan o’tkazadilar. Tez paydo bo’ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emosional xolat a f f ye k t dir. Odam affekt xolatida o’zini xatti-xarakatlarini nazorat qila olmaydi. To’satdan yuz beradigan kuchli tarzdagi qo’rquv, g’azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt xolatidir. Bu xolat odamda to’satdan bo’lib, ba’zan hatto birnecha minut davom etadi. Odamda bu xolat baqirish, chaqirish, hayqirish tarzida nomoyon bo’ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi, nutq keskin ravishda buziladi.Ba’zi xollarda affekt xolati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yuz beradi., organizm bo’shashadi, odam o’zini tuta olmaydi. Mustaxkam irodali odamlar affekt holatida ham o’zlarin tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch xolatlarini osonlik bilan o’tkazadilar. Ular affekt xolatiga kam beriluvchan bo’ladilar. Turli affekt xolatlariga beriluvchanlik yoki berilmaslik nerv sistemasining xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. Qizg’in temperamentli odamlar ayniqsa affekt xolatiga beriluvchan bo’ladi. Ehtiyojlar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo’ladilar.Aniq narsaga yoki voqyeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilimga, san’atga, hunarga, mehnatga bo’lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichkilikbozlikka, qimrga, kartabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo’lgan ehtiroslar salbiy ehtiroslardir. Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi, shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy mohiyatga ega bo’lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emosional holat ruhlanishdir. Odam faoliyatining muvoffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho uni rag’batlantirish ham odamning oruhini ko’taradi, tetiklashtiradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling