O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O’zbekiston davlat konservatoriyasi
Download 0.52 Mb.
|
Курсавой
Kompozitsiya Vivaldi konsertlarning kompozitsiya an’analariga tayangan –uch qismli shakl bо‘lib, chekka qismlari harakatchan o’rtasi esa sekin vazmin lirik bо‘lim bilan tavsiflanadi. “Italyan konsertni” musiqiy uslubi va asosiy kayfiyatini – energik kuchga ega hayotbaxsh mavzu ekanini aniqlab beradi. U oddiy to’rt taktli ikki jumladan iborat shaklda gavdalangan. Ularni tonal solishtirilishi (F-dur va C-dur) fuga ekspozitsiyasida mavzu va javobni tonal solishtirilishini eslatadi.
Polifonik tafakkurning ta’siri mavzuning rivojida о‘z aksini topadi. Dastabki sakkiz taktli mavzu yadrosi umumiy harakat shakullarda erib ketadi. Musiqa polifonik shakllarga hos sokin davomiylik xususiyatga ega bо‘ladi. Bir iboradan ikkinchi iboraga о‘tish silliqu va ketmaket amalga oshadi va yangrab о‘tgan mato deyarli qayta takrorlanmaydi (vena klassiklar tematizmidan farqli o’laroq). Shu bilan birga birinchi qism umumiy kompozitsiyasida bо‘lajak sonata shakli chizgilari kо‘zga tashlanadi. Unda uchta bо‘lim bо‘lib biri tematik mavzusini ekspozitsion kо‘rinishi, ikkinchisi uning rivojlovi va qayta ishlovi uchinchisi esa asosiy mavzuni reprizali takrorini tashkil qiladi. Ekspozitsion bо‘lim asosiy mavzudan tashqari yana bir muncha yumshoq va sodda fakturada bayon etiladigan mavzuni qamrab oladi. U yadro va uning rivoji asosida tuzilib, uning asosida vujudga kelgan ohanglar birinchi mavzuga nihoyat yaqin turadi. Klassik sonataning yordamchi partiyasidan farqli o’laroq ikkinchi mavzu F-dur tonalligida, qayta ishlov jarayonida dominanta tonalligiga modulyatsiya qilinadi – C-dur. Konsertning birinchi qism rivojlov bо‘limi о‘zining xajmi va rivoji bilan ajralib turadi. Bu yerda kompozitor tomonidan qо‘llangan usullar gomofon-garmonik va polifonikdir. Bu motivlarni ajratib olish ularni sekvensiyalash, imitatsiya ayrim kuy ohanglarni ularni lavhalarni variantlash va x. Ikki mavzu ishlatilib va har biri bir birini ohangini о‘ziga oladi. Tez orada asosiy mavzu uning yadrosi va qayta ishlovi namoyon bо‘lib cholg‘u konsertlarga hos bо‘lgan belgilar bilan namoyon bо‘ladi. Ma’lum ma’noda rondoga yaqinlikni kо‘rish mumkin. Reprizada birinchi mavzu tо‘liq о‘tkaziladi, ikkkinchisi yо‘q (major varianti qayta ishlovni tugatgani bois). Konsertning ikkinchi qismida harakatni о‘rniga sokinlik va xayol surish keladi. Bu konsertning lirik Andantesi bо‘lib parallel minorda keladi. Uning mavzusi yuqorida “fleyta” registrida bir tekis ritmli jо‘rlik ortida kelib badihalik xususiyatga ega. Bir qator sinkopalar, kuchli xissalarni mayinlashtirgan erkin ritm musiqaga sokin va ravonlik baxshida etadi. Andante shakli ikki qismli bо‘lib kо‘plab Bax ariyalari, turkumga kirgan raqs va prelyudiyalar tuzilishiga yaqindir. Birinchisi modulyatsiya bilan parallel majorda tug‘asa, ikkinchisida d-moll tonalligi hukumronlik qiladi. Oxang mavzulari yumshoq mayin ikkinchi qismida bir muncha keskin va deklamatsiyaga aylanadi. Final xalq bayrami bilan taassurot uyg‘otadi. U individual hissiyotlar emas, balki, xalq bayrami, ommaning kayfiyatini tarannum etadi. Finalning asosiy mavzusi birinchi qism asosiy mavzusiga yaqin bо‘lib keng raqsbop ritm va major rangi bilan ajralib turadi. Biroq bu yerda temp nafaqat jonlashgan balki “uchar gammasimon passajlardan tashkil topgan. Shaklning chekka qismlarini tonal doirasi va shakl tuzilishi yaqin. Finalda ham ikkinchi “yordamchi” mavzu bо‘lib ekspozitsiyada bosh tonalligida о‘tadi. Birinchi qism kabi dastalabki birinchi mavzuni takror etilishi shaklga rondolik xususiyatni ato etadi. Gendelning barcha konsertlari, sof saroy uchun asarlar bо‘lib hech qachon cherkovda ijro etilmagan. Gendelning cholg‘u asarlari qatorida katta shuhrat qozongan asarlar qatorida uning Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling