1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
Toshkent davlat agrar universitetining
90 yillik yubileyiga bag‘ishlanadi
B.Y.MENGLIKULOV, X.H.NAZAROV
BUXGALTERIYA HISOBI
VA SOLIQQA TORTISH
(AMALIY MASHG‘ULOTLAR UCHUN O‘QUV QO‘LLANMA)
Toshkent – 2019
2
B.Y.Menglikulov – i.f.n., professor
X.H.Nazarov
–
assistent
O‘quv qo‘llanma 5410800 – «O‘rmonchilik» bakalavriat yo‘nalishi
II kurs
talabalari uchun «Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish»
fanining fan dasturi va
ishchi fan dasturlari asosida tayyorlangan.
«Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish» fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun
mo‘ljallangan mazkur o‘quv qo‘llanma 18 bob, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
va ilovalarni o‘z ichiga oladi. O‘quv qo‘llanma «Buxgalteriya
hisobi va soliqqa
tortish» fani bo‘yicha ishchi fan dasturda berilgan mavzularni qamrab olgan holda
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati ma’lumotlariga
asoslanib har bir mavzu bo‘yicha topshiriqlar berilgan hamda o‘tilgan
mavzuni
takrorlash uchun nazorat savollari va nazorat testlari keltirilgan.
Talabalar o‘quv qo‘llanmadagi berilgan topshiriqlarni bajarish orqali nazariy
bilimlarni amaliyotga qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Taqrizchilar:
Sh.Ergasheva
–
Toshkent
davlat
iqtisodiyot
universiteti
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professori, i.f.d.