O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.88 Mb.
bet39/41
Sana16.11.2020
Hajmi1.88 Mb.
#146675
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o

Xronologik jadval

3-3,5 mln. yil ilgari - Olduvoy odami (Sharqiy Afrika).

1 m1n.-700-600 ming yil ilgari -Yava oroli odami (pitekantrop).

700-600 ming yil ilgari - Xitoy odami (sinantrop).

500-50 ming yil ilgari - arxantroplar, Neandertal.

1 mln. yildan ziyodroq - Selung`ur (Fergantrop).

1 mln.-l5-13 ming yil - O’rtaOsiyoda paleolit davri.

1 mln.-100 ming yil-Ilk paleolit.

100-40 ming yil-O`ita paleolit (Teshiktosh odami).

40-12 ming yil-SO`nggi paleolit.

12-7 ming yilliklar-Mezolit davri (O’rtatosh davri).

6-4 ming yilliklar- Neolit davri (Yangi tosh davri).

4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshlari-Eneolit (mis-tosh)

davri.


3-2 ming yillik-Bronza asri.

6-4 rning yillik-Joytun, Kaltaminor va Hisor madaniyatlari.

4 ming yillik oxiri-3 ming yillik boshlari-Lavlakon, Sarazm. Mezolit-neolit davri-O’rta Osiyoda ibtidoiy tasviriy san'atning paydo bo’lishi.

3-2 ming yillik-Zamonbobo, Sopollitepa madaniyatlari. 3 ming yillik-dunyo tarixidagi ilk yozuv paydo bo’lishi. 4-3 ming yillik-dunyo tarixida ilk davlatlarning paydo bo’lishi. 1 ming yillikning boshlaridan-temir asri.

Mil.avv. V-IV asrlar-O’rta Osiyoda ilk yozuv paydo bo’lishi.

Mil.avv. I ming yillik birinchi yarmi-"Avesto"ning paydo bo’lishi.

Mil.avv. VII-VI asrning boshlari - Zarato'shtra faoliyati.

Mil.avv. I ming yillik o’rtalari - Eron ahamoniylarining O’rta Osiyo viloyatlarini bosib olishi. Mil.avv. I ming yillik boshlari-O’rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo’lishi.

Mil.avv.VI-IV asrlar-Ahamoniylar mixxat yozuvlari.

Mil.avv. 555-330 yy. O’rta Osiyo tarixiy-madaniy viloyatlari Ahraonylar davlati tarkibida.

Mil.avv. 530 y.-Massagetlarning Kir 11 qo`shinlarini tor-mor- etishi.

Mil.avv. 522-486 yy.-Doro I hukmronligi.

Mil.avv. 522-y.ning oxiri-Doro I ga qarshi Marg`iyona qo’zg`oloni.

Mil.avv. 519-518 yy.-"Saklar o`lkasidagi forslarga qarshi Skunha boshchiligidagi kurash.

Mil.avv. V asr o’rtalari-Bolqon varim , kuchayishidagi davlatlarning

Mil-avv. 334 y. bahori-makedon qo`shinlari forslar boshladi.

Mil-avv. 329 y. bahori-Makedoniyalik Iskandar qo`shinlari (Amudaryo) bo’ylarga yetib keladi.

Mil.avv. 328 y. bahori- yunon-makedonlarga qarshi kurash avj oldi.

Mil.avv, 327 y. oxiri-Sug`diyonadagi qo’zg`oloiming so`nggi o`choqlari ham bostirildi.

Mil.avv. 334-324 yy.-makedoniyalik Iskandarning harbiy yurishlari natijasida ulkan davlat tashkil topdi.

Mil.avv. 323-y.-makedoniyalik Iskandarning Bobilda tO`satdan vafot etishi.

Mil.avv. 312-y.-Iskandarning eng ishonchli sarkardalaridan biri Salavka hukmronligi o`rnatildt.

Mil.avv. 293-261 yy.-Antiox g’arbga qilgan yurishlari bilan shuhrat qozondi.

Mil.avv. 250 y.-Parfiya va Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o’zlarini mustaqil deb e'lon qildilar.

Mil.avv. 247-y.-Parfiyada Arshak boshchiligidagi parnlar qabilasi Mso shahriga hujum qilib uni egallaydi.

Mil.avv.171-138 yy.-Parfiyada Mitridat 1 hukmronligi.

Mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-11 asrning birinchi yarmi-Yunon-Baqtriya davlatining gullab yashnagan davri.

Mil.avv. 250-140-130 yy.-Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida.

Mil.avv. III asr boshlari-Qang` davlatining paydo bo’lishi.

Mil.avv. II asr boshlari-Qang` davlati yerlarini kengayishi.

Mil.avv. II-I asr- Qang` davlatining kuchaygan davri.

Mil.avv. Ill-mil. V asrlar-Qovunchi madaniyatining yoyilishi.

Mil.avv. II-I asrlar- Xitoy manbalarida Dovon (Da-yun) haqidagi ma'lumotlar.

Mil.avv. 125 y.-Mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syanning Dovonga kelishi.

Mil.avv. 11-asr oxiri-Xitoy va Dovon o’rtasida harbiy to`qnashuvlar.

Mil.avv. 172-161 yy.-Yuyecbji qabilalarining xunnlardan mag`lubiyatga uchrashi. Mil.avv.140-130 yy.-yuyechjilarning Baqtriyaga bostirib kirishi.

Mil.avv. 125 y.-Katta Yuyechji davlatining inqirozi.

Mil.avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib Guyshuan hokitni Kiotszyukyu, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi.

Mil.avv. II-I asr-O’rta Osiyoda yunon-makedon hukmronligi tugatilishi.

Mil.avv. IV asr-Hindistonda buddaviylik dinining paydo bo’lishi.

IV asr-Turon o`lkasiga shimoldan ko`chmanchi xon qabilalarining hujumi boshlanadi.

IV asrning 60-70 yy.-Eron shohi Shopur II ning xiyoniylar bilan kurashi.

V asrning 30-yy.-Eftalitlar biian Eron sosoniylari o’rtasidagi birinchi" to`qnashuv.

459-y. - Eron taxtiga Peroz chiqadi.

470-529-yy. - Mazdak Hamadon zardo`shtiylikning as) g`oyalarini hayotga tadbiq qilmoqchi bo`lib, o’z harakat mafkurasini yaratdi.

496-y.- Kubod shohning taxtdan ag`darilishi.

531-579-yy.-Kubodning o`g`li Xusrav I Anushervon. V-VI asr-dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o`troqlashuvi kuchayishi.

551-y.-Markaziy Osiyodagi eng kuchli bо`lgan jujanlar xonini turkiylar tomonidan mag`lub etilishi.

551-744-yy.-Bumin yangi davlat-Turkiy xoqonlikka asos solishi

554-y. - Muqan xoqonning Sharqqayurishi.

558-y. -Turkiylarning Ural va Volga bo’ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko`chmanchi ovarlar bilan to`qnashuvi.

563-y.-eftallarga qarshi, shimoldan turkiylar, janubdan sosoniyiar hujumi.

576-y.-Muqan xoqon va Istemi yabg`ularni vafotidan so`ng Turkiy xoqonlikning ta'siri ancha zayiflasha boshlashi.

600-y. - Qora Churin o’zini xoqon deb e'lon qilishi.

603-y.- Xoqonlik to’la mustaqil 2 qismga bo`linishi.

61.8-y. - Xoqon Sheguy vafoti; Xoqon Tunyabg`u davri boshlanishi.

630-y. -Xoqon Tunyabg`u vafoti.

657-659-yy. - Xitoyning Tan imperiyasi qo`shinlarini Yettisuvga bostirib kirishi.

570-632-yy. - Muhammad payg`ambar faoliyati.

650-651-yy. - Arablarning O’rta Osiyoga harbiy harakatlari boshlanishi.

651-y. - Marv shahrining arablar tomonidan egallanishi.

652-y. - Xuroson noibi Abdulloh Amir Chag`aniyonni egallashi.

654-y. - Sug`ddagi Maymurg` qal'asiga arablarningbirincbi hujumi.

657-y. - Chag`aniyonga arablarni qayta yurishi.

683-y. - Xalifa Yazidning vafotidan so`ng toju-taxt uchyn kurash.

705-y. - Qutaybanng Balx viloyatini bosib olishi.

706-y. - Qutaybaning katta qushin bilan Movarounnahrga kirib kelishi.

708-709-yy.-Qutaybaning Buxoro va uning atrofiga bir necha bor hujumi.

710-712-yy.- Xorazmshohning Qutaybabilan tinchlik sulhini tuzishi.

710-737-yy.-Tarxunning ukasi urakning taxtga o`tirishi.

712-y. kuzi-Samarqandda arab noibiga qarshi qo’zg`olon ko`tarilishi

713-y. bahori-Qutaybaning yetib kelisbi va qo’zg`olon bostirilishi.

720-y. - Arablar siyosatiga qarshi. Sug`d aholisining bosh ko`tarishi.

727-730-yy.-Islom dinini qabul qilganlardan xiroj va jizya solig`i olishni bekor qilinishi.

733-734 yy.-Zarafshon vohasidagi qurg`oqchilik, mustamlaka zulmining kuchayishi.

736-737 yy.-Asadning qo`sbini Xurosondan Xorisni siqib chiqarishga muvaffaq bo’lishi.

718-y- maxfiy tarzda Muhammad Payg`ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari o’z g`oyalarini targ`ib qila boshlashi.

744-750-yy. - Marvon II hukmronlik davrida Umraaviylar siyosatiga qarshi norozilik kuchayib ketisbi.

749-y. - Abu Muslim qo`shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilishi.

749-754-yy. - Abbosiylardan bо`lgan Abulabbos Safaroh xalifalik taxtiga o`tirishi.

751-y. - Buxoro shahrida Shorik ibn Shayhulmahr boshchiligida qo’zg`olon ko`tarilishi.

755-y. - Abu Muslimning Bag`dodda o`ldlrilishi.

813-y. - Ma'munning xalifalik markazi Bag`dodni egallashi.

821-y. - Tohir ibn Husaynning Xurosonga noib etib tayinlanishi.

822-y. - Tohir ibn Hasayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi.

822-830-yy. - Talxa ibn Tohir noib etib tayinlanadi.

839-840-yy. - Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi.

IX asrning 60-70-yillari-Tohiriylarga qarshi xalq harakatlarining kuchayishi ("G’oziylar"). 873-y. Safforiylarning tohiriylarga qattiq zarba berib Nishopurni egallashi.

819-820-yy. - Soraonxudot nabiralarining turli viloyatlarga noib etib tayinlanishi.

879-892-yy.-Ismoil Somoniyning Buxoroga hokimlik davri.

892-907-yy. - Ismoil Somoniyning Movarounnahr va Xurosonga humronligi.

992-y. - Qoraxoniylar xoni Bug`roxon Buxoroni egallashi.

997-y. - Nuh II Somoniy ham, Sabuktegin ham vafot etadi.

1017-y. - Mahmud G’aznaviy Xorazmni bosib oladi.

1 068-y. - Movarounnahrda qoraxoniy Ibrohim ibn Nasr o`g`illari o’rtasida taxt uchun kurashning boshlanishi.

1080-y. - Shamsulmulk vafotidan keyin Movarounnahrda hokimiyat uchun kurash avj oladi.

1089-y. - Maliksbohning Movarounnahrga bostirib kirishi.

1130-y. - Saljuqiy Sanjar Samarqandni egallaydi.

1030-y. - Mahmud G’aznaviy vafot etadi.

1030-1041-yy. - Ma'sud G’aznaviy taxtni egailadi.

1035-y. - Saljuqiylarning Xurosonga yangi hujumi.

1040-y. - Ma'sud G’aznaviyvafot etdi.

1038-1063-yy. - Saljuqiylar davlatining bosh sultoni etib Tog`rulbek saylandi.

1118-1147-yy. - Hokimiyat buyuk saljo`qiylar sulolasining so`nggi yirik vakili Sulton Sanjar qo’liga o`tadi.

1127-1156 yy.- Qutbiddin Muhammad otsiz hukmdor bo’ldi.

1158-y. - Elarslon katta qo`shin bilan Movarounnahrga bostirib kirdi.

1157-y. - G’uriylar sultoni G’iyosiddin Muhammad Hirotni egalladi.

1194-y. - mart oyida Takash qo`shinlari Tog`rul II ga qarshi urush ochdi.

1200-y. - Takash vafot etdi.

1203-y. - Muhammad Horazmshoh qoraxitoylarning yordamida Xurosonni butunlay bosib oldi.

783-850-yy. - Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy faoliyati.

797-865-yy.-Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg`oniy yashab ijod qilgan. 873-951-yy. - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy (O`tror) Forob yaqinida Vasij shaharchasida tavallud ko`rgan va Damashqda vafot etgan.

899-959-yy. - Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiy faoliyati.

980-1037-yy. - Abu Ali ibn Sino faoliyati.

973-1048-yy. - Abu Rayhon Beruniy faoliyati.

960-1041-yy. - Abu Abdulioh Ja'far Rudakiy faoliyati.

809-870-yy. - Imom Buxoriy faoliyati.

824-892-yy. - Imora at-Termiziy faoliyati.

1103-1179-yy, - Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy faoliyati.

1145-1221-yy. - Najmiddin Kubro faoliyati davri.

1127-y. - Qoraxoniy Arslonxon tomonidan mashhur imorat-Minorayi Kalon barpo etildi.

1204-y.- Uyg’ur alifbosi mo’g’ul yozuvi uchun asos sifatida qabul qilindi.

1215-y. -Dasbti Qipchoq yurishida Xorazmshoh mo`g`ullarnins Jo’chi boshchiligidagi harbiy qo`shiniga duch keladi.

1218-y.- Muhammad Xorazmshoh o’zining yangi poytaxti deb e'lon qilgan Samarqand shahriga kirib keldi.

1219-y. - Chingizxon o’z o`g`illari boshiiq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan puxta tayyorlangan Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi.

1220-y. - Chingizxon Termizga yurish boshladi.

1220-y. - Muhammad Xorazmshoh plevrit kasali bilan og`rib Kaspiy dengizidagi Ashuradi orolida vafot etadi.

1221-y. - Jaloliddin Manguberdi G’aznaga kirib keladi.

1221-y. - Sind daryosi bo’yida uch kun davom etgan hal qiluvchi jang bo`lib o’tdi.

1230-y. - 10 avgustida Ko`niya sultoni, Xims hokimi, Halab hokimi, Mayaflriqin hokimi va Baynas hokimlarining birlashgan ittifoqi Jaloliddinni mag`lub etadi.

1227-y. - Chingizxon o`limi arafasida o`g`illariga turli zabt etilgan yerlarni ulus etib bo`lib berdi.

1238-y. - Mahmud Torobiy qo’zg`oloni.

1256-y. - Mo`g`ullar Xulagu boshchiligidagi Eron, Kurdiston, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa yerlariga hujum qiladilar.

1241-y. - Oltin O`rda davlatining tashkil topishi.

1261-1266-yy. - Chig`atoyning nevarasi Olg`uxon Oltin O`rdaga qarshi kurashib, Chig`atoy ulusinl qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi.

1251 -1259-yy. - Oltin O`rdada Munqa hoqon hukmronligi.

1272-y. - Xulagiylar tomonidan Kesh vaNasafning talon-taroj etilishi.

1271-y. - Ma'sudbekning pul islohoti o`tkazishga kirishishi.

1318-1326-yy. - Duvaxon hukmronligi davri va uning islohotlar o`tkazishi.

3326-1334-yy. - Oloviddin Tarmashirin faoliyati.

1343-1346-yy. - Qozonxon hukmronligi.

1333-y. - Arab sayyohi Ibn Battuta Buxoroda bo’ldi.

1247-1326-yy. - Pahlavon Mahmud faoliyati davri.

1318-13 89-yy. - Bahovuddin Naqshband faoliyati davri.

1336-1405-yy. - Amir Temur faoliyati davri.

1360-1370 yy.-Amir Husayn va Temurning Movarounnahr siyosiy hayotida faollashuvi.

1361-1365-yy.- Amir Husayn va Temur o`rtasidagi iliq munosabatlar davri.

1365-1370-yy. - Amir Husayn va Temur munosabatlarining yomonlashuvi.

1362-y.-Seyistondagi jangdaTemurning jarohatlanishi.

1363-y. - Mo`g`ul xoni Ilyosxo`janing Movarounnahrga yangi hujumi.

1365-y. - "Loy jangi". XIV asrning 30-yillari-Eronda sarbadorlar harakatining paydo bo’lishi va 50-60-yillarda Movarounnahrda yoyilishi.

1366-y. - Amir Husaynning Samarqand taxtiga o`tirishi.

1370-y. - Amir Husaynning vafoti va Temurning taxtga o`tirishi.

1372-1388-yy, - Amir Temurning Xorazmga besh marta yurish qilishi.

1386-1388-yy. - "Uch yillik" yurish.

1392-1396-yy. - "Besh yillik" urush.

1399-1404-yy. - "Yetti yillik" urush.

1395-y. - To`xtamishxonning batamom tor-mor etilishi.

1387-1392-yy. - Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning Temurga bo’ysundirilishi.

1398-y. - Hindiston yurishining tugashi.

1400-1402-yy. - Misr va Turkiyaning bo’ysundirilishi,

1366-1408-yy. - Temurning o`g`li Mironshoh faoliyati.

1377-14470-yy. - Shohruh Mirzo faoliyati.

1394-1449-yy. - Ulug`bek Mirzo faoiiyati.

1405-1409-yy. - Samarqandda Xalil Sulton hukmronligi.

1405-1406-yy. - Xalil Sultonning Shohruh va Pirmuhammad qo`shinlari

bilan Movarounnahr taxti uchun kurashi.

1407-y. - Pirmuhammadning Pir Ali Toztomonidan o`ldirilishi.

1409-y. - Shohruhning Samarqandni egallashi.

1411-y. - Ulug`bekning Samarqand taxtini mustaqil boshqara boshlashi.

1413-y. - Shohruh tomonidan Eronning egallanishi.

1414-1415-yy.-Ulug`bekning Farg`onani egallanishi.

1416-y. - Qoshg`arni Ulug`bekka topshirilishi.

1425-y. - Ulug`bekning Mo`g`uliston qo`shinlarini tor-mor etishi.

1427-y. - Ulug`bekning Dashti Qipchoq qo`shinlaridan mag`lubiyatga uchrashi.

1428-y. - Ulug`bekning Movarounnahrda pul islohoti o`tkazishi.

1446-y. - Shohruh Mirzoning so`nggi harbiy yurishi,

1448-y. - Ulug`bek va Abdulatif qo`shinlari Tarnob yaqinida Alouddavla qo`shinlarini tor-mor etishi.

1449-y. - Abdulatif va Ulug`bek o’rtasida jang

1450-y. - Padarkush Abdulatifning o`ldirilishi.

1451-1469-yy. - Samarqandda Sulton Abusayid Mirzo hukmronligi XV asrnmg ikkmchi yarmi-Movarounnahr va Xurosonda Temuriy shahzodalarning toj-taxt uchun kurashlari.

1417-y. - Buxoroda madrasa bunyod etildi.

1420-y. - Samarqandda madrasa qurildi.

1433-y. – G’ijduvonda madrasa qurildi.

1424-1429-yy. - Samarqandda Ulug`bek madrasasi qurilishi.

1469-1506-yy. - Husayn Boyqaro hukmronligi.

1480-y. - Dashti qipchoqda Shaybonixon hokimiyat tepasiga keldi.

1494-y. - Farg`onada Bobur Mirzo hokimiyat tepasiga keldi.

1497-y. - Bobur Mirzoning Samarqand taxtini egailashi.

1500-y. - Shayboniyxon Samarqandni egalladi.

1500-y. - Bobur Mirzo Samarqandni ikkinchi marta egalladi.

1501-y. - Shayboniyxon Samarqandni yana egalladi.

1505-y.- Shayboniyxon Xorazmni zabt etdi.

1507-y. - Shayboniyxon Xurosonni egalladi.

1510-y. - Shayboniyxonning Eron shohi Ismoil bilan toqnashuvi va halok bo’lishi.

1511-y. - Shoh Ismoilning Movaroimnahrga hujumi.

1512-y. - Xorazm xonligining tashkil topishi.

1526-1858-yy.-Hindistonda Boburiylar sulolasining hukmronligi.

1538-y. - Ubaydullaxonning Xorazmni egallashi.

1557-1598-yy. - Abdullaxon II hukmronligi. Uning Balxni (1573), Shahrisabz, Qarshi, Hisorni (1574), Samarqandni (1578), Toshkentni (1580), Urganchni (1595) zabt etishi. 1548-1549-yy. - Abdulazizxon xonaqohi, Mag`oki Attori masjidi qurildi.

1558-1559-yy. - Antoniy Jenkinsonning Buxoroda bo’lishi.

1581-y. - Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi qurildi.

1587-y. - Shoir Mushfiqiy vafoti.

1601-y. - Ashtarxoniylar hukmronligining boshlanishi.

1612-1613-yy. - Toshkentda Imomqulixonga qarshi qozg`olon.

1616-y. - Arab Muhammad madrasasining qurilishi.

1619-1622-yy. - Elchi Ivan Xoxiovning Xiva xonligida bo’lishi.

1619-y. - Sherdor madrasasinmg qurilishi.

1657-1662-yy. - Buxoroda Abdulazizxon madrasasi qurildi.

1669-1671-yy. - Elchilar aka-uka Pazuxinlarning Buxoro xonligida bo’lishi.

1681-y. - Qoraqaipoqlarning Subhonqulixonga qarshi qozg`oloni.

1645-1724-yy. - Shoir So`fi Olloyor hayoti va faoliyati.

1685-y. - Xiva xonining Samarqandni egallashi.

1688-y. - Xiva xonligining Buxoro xonligiga bo’ysundirilishi.

1700-y. - Shohniyoz jo`natgan elchining Rossiyaga borishi.

1708-y. - Ubaydullaxonning pul islohoti o`tkazishi.

1710-y. - Qo`qon xonligi tashkil topishi.

1714-1717-yy. - Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga qarshi yurishi.

1716-y. - Xonquli to`pchiboshi boshchiligida Buxoro xoni elchilarining Rossiyaga borishi.

1718-1724-yy. - Florio Beneveni eichiligi.

1722-1723-yy. - Jung`orlarning o’rta Osiyoga hujumi.

1740-y. - Nodirshohning O’rta Osiyoga yurishi.

1741-y. - Xivaliklarning eronliklarga qarshi ozodlik kurashi.

1742-y. - Qoraqalpoq zodagonlarining Rossiya vassalligiga o`tishi.

1753-y. - Buxoroda hokimiyat tepasiga raang`itlar keldi.

1765-y. - Xivada Muhammad Amin inoq madrasasi qurildi.

1776-y. - Xiva xonligida hokimiyatni qo`ng`irotlar egalladi.

1774-1776-yy. Ernazar Maqsud o`g`li elchiligining ikkinchi bor Rossiyada bo’lishi.

1825-1-899-yy. - Komil Xorazmiy Niyozmuhammad o`g:li yashagan yillar.

1827-1828-yy. - Qoraqalpoqlarning Oydo`stbiy boshchiligidagi qo’zg`oloni.

1827-1900-yy. - Berdiraurod Qarg`aboy o`g`li Berdaq hayoti va ijodiy faoliyati yillari.

1839-y. - General Perovskiy boshchiligidagi rus qo`shinlarining Xivaga yurishi.

1841-1842-yy. - Ingliz josuslari Stoddart va Konoliining xonlikiarda bo’lishi.

1842-y. - Arair Nasrulloning Qo`qon xonligini bosib olishi.

1847-y. - General Obruchev Xivaning Rayim qaPasini egalladi.

1850-1903-yy. - Muhammad Aminxo`ja o`g`li Muqimiy yashagan yillar.

1851-1914-yy. - Jadidlar yetakchisi Ismoil Gaspirali yashagan yillar.

1853-y. - Perovskiy qo`mondonligidagi rus qo`shinlari Oqmachit harbiy istehkom qal’asini egaliadi.

1854-y. - Verniy istehkomi ruslar tomonidan egallandi.

1858-1909-yy, - Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat yashagan yillar.

1864-y. - Polkovnik Chernyayev qo`shini Avliyoota qal'asni bosib oldi.

1864-y. 12-iyun - Polkovnik Veryovkin qo`shini Turkiston shahrini zabt etdi.

1864-y. 22-sentabr-Chimkentga rus qo`shinlari ikkinchi marta hujum boshladi va bosib oldi.

1865-y. 29-aprel - General Chernyayev Niyozbek qal'asini bosib oldi.

1865-y. 17-iyun - Toshkent shahri qattiq jangdan keyin bosib olindi

1866-y. - General Romanovskiyning qo`shini Yerjar yonida amirlik qo`shinlarini tor-mor keltirdi.

1866-y. 24-may - Amlrlikning Xo`jand qal'asi egallandi.

1866-y. 2-oktabr - O`ratepa bosib olindi.

1866-y. 18-oktabr - Ruslar Jizzaxni bosib oldi.

1867-y. 14-iyul - Podsho Aleksandr II farmoni bilan Turkiston general gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi.

1867-y. - Toshkentda meteorologik stansiya ochildi.

1868-y. 1-may - Fori Kaufman qo`mondonligidagi qo`shin Cho`ponota Tepaligini bosib oldi.

1868-y. 2-tnay - Ruslar Saraarqand shahrini egalladi.

1869-y. 23-iyun - Zirabuloq shartnomasi tuzildi. Amir Muzaffarxon podshoga vassal "hukmdorga" aylandi.

1870-y. - Toshkentda kutubxona ochildi.

1871-y. - Muhammad Rahimxon madrasasi qurildi.

1873-y. - Chor Rossiyasi qo`shinlarining Xiva xonlgiga hujumi.

1873-y. 23-may- Xazorasp qal'asi bosib olindi.

1873-y. 29-may - Xiva jang bilan egallandi.

1873-y. 12-avgust - Gandamiyon sharnomasi tuzildi va Xiva Rossiya vassaliga aylandi.

1873-y. - Turkiston general-gubernatorligiga bo’ysundirilgan Amudaryo bo`limi tashkil qilindi.

11809-1874-yy. - Muhammad Rizo Ogahiy yashagan yillar.

1873-1876-yy. - Po`latxon boshchiligidagi qo’zg`olon.

1876-y. 3-mart-Qo`qon xonligi tugatildi.

1875-y. - Avliyootada birinchi rus qishlog`i tashkil etildi.

1878-1919-yy. - Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik vakil Mahmudxo`ja Behbudiy yashagan yillar.

1878-1931-yy. - Jadidchilik harakatining tashkilotchilaridan biri Munavvar Qori Abdurashidxon o`g`li yashagan yillar.

1879-y. - Toshkentda birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.

1881-y. - Go`ktepa qalasi bosib olindi va mudofaachilar butunlay qirib tashlandi.

1882-1883-yy. podsho hukumati Turkiston general-gubernatorlij ma'muryati faoliyatini tekshirisb uchun F.K.Girs boshchiligjda komissiya jo`natdi.

1882-1885-yy. - Farg`ona vodiysida dehqonlar harakati.

1884-y. - Toshkentda birinchi rus- tuzem maktabi ochildi,

1885-y. - Buxoroda Rossiya siyosiy agentligi tashkiloti ochildi.

1886-y. 12-iyun - Turkiston o’lkasini boshqarish "Nizom-i" kuchga kirdi.

1886-y. - Mullaqordan boshlangan temir yo'1 Marvgacha yetkazildi.

1886-y. - Farg`onada birinchi paxta tozalash zavodi ishga tushdi.

1886-1939-yy. - Jadidchilik harakatining yirik namoyondasi Fitrat yashagan davr.

1889-y. - Turkistonda Rossiya Markaziy banki bo`limi ochildi.

1892-y. - Toshkent qo’zg`oloni.

1894-1940-yy. - O’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy yashagan yillar.

1896-1938-yy. - Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo`jayev yashagan davr.

1897-y. - Andijonda birinchi yangi usul maktabi ochildi.

1898-y. 17-may - Andijonda Dukchi Eshon qo’zg`oloni.

1900-y. - "Ustodi avval" alifbo kitobi nashr etildi.

1900-1906-yy. - Toshkent-Orenburg temiryo`li qurib ishgatushirildi.

1909-y. - Toshkentda Munavvar Qori boshchiligida Jamiyati xayriya tuzildi.

1910-y. -Yosh buxoroliklar partiyasi vujudgakeldi.

1912-y. - Toshkentda Sapyorlar qo’zg`oloni.

1913y.-Toshkentda jadidlarning "Taraqqiyparvarlar" tashkiloti tuzildi.

1914-y. 26-iyul - Turkistonda favqulodda holat e'lon qilindi.

1914-y. - Xivada Yosh xivaliklar partiyasi shakllandi.

1916-y. 4-iyul - Xo`jand qo’zg`oloni.

1916-y. iyul – Toshkent qo’zg`oloni.

1916-y. iyul - Jizzax qo’zg`oloni.

1917-y. 28-fevrai - Rossiyada fevral inqilobi g`alabaqozondi.

1917-y. 13-mart - Toshkentda "Sho`roi Islomiya" tashkiloti tuzildi.

1917-y. 16-23 aprel - Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo`lib, unda Turkiston musulmonlari kengashi tashkil etildi.

1917-y. 26-aprel – Xivaxonligida Majlis (mahkamayi adliya) tuziidi.

1917-y. iyun - "Sho`roi Ulamo" tashkiloti tuzildi.

1917-y.17-20-sentyabr - Toshkentda Turkiston va. Qozog`iston musulmonlarining qurultoyi bo`lib, unda "Ittifoqi muslimin" tuzildi.


1917-y. 1-noyabr Bolsheviklar zo`ravonlik bilan hokimiyatni egalladi.

1917-y.26-28-noyabr Qo`qonda Butunturkiston favqulodda IV qurultoyi bo’ldi va Turkiston Muxtoriyati tuzildi.

1918-y.22-fevral - Turkiston Muxtoriyati hukumati qizil askarlar dashnoqlar tomonidan tor-mor etildi.

1918-y.fevralning oxiri - Turkistonda sovet tuzumiga qarshi istiqlolchilik harakati boshlandi. 1918-y.mart - "Kolesov yurishi" bo’ldi va Buxoro amirligi bilan Turkiston respublikasi o’rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi.

1918-y.30- aprel - Turkiston avtonom sovet respublikasi tuzildi.

1919-y.mart - Turor Risqulov rayisligida Turkiston o`lkasi musulmonlar byurosi tuzildi.

1919-y.9-aprel - Junayidxon bilan sovet Rossiyasi o’rtasida Taxta bitimi imzolandi.

1919-y.22-oktyabr - Madaminbek boshchiligida Farg`ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi.

1920-y.2-fevral - Sovet hukumati qo`shinlari Xiva shahrini bosib oldi va Xiva xonligi tugatildi.

1920-y.26-aprel - Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e'lon qilindi.

1920-y.3-may - Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati tuzildi.

1920-y.2-sentyabr - Turkfront qo`mondoni M.Frunze boshchiligidagi qizil askarlar Buxoro shahrini ishg`ol qildi va Buxoro amirligi tugatildi.

1920-y.6-8-oktyabr - Buxoro Xalq Soveti Respublikasi tuzildi.

1921-y. avgust - Buxoroda Turkiston Milliy Birligi tashkiloti tuzildi.

1923-y.mart - O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi.

1925-y.l3-fevra1 - O’zbekiston SSR tuzildi.

1925-y.fevral - Qoraqalpog`iston avtonom viloyati (Qozog’iston ASSR tarkibida) tuzildi.

1925-1929-yy. - O’zbekistonda yer-suv islohoti o`tkazildi.

1927-y. - O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1927-y. - "Hujura" kompaniyasi boshlandi.

1929-y.oxiri - Munavvar Qori boshchiligidagi "Milliy istiqlol" tashkiloti a'zolari qatag`on qilindi.

1930-1932-yy. - O’zbekistonda o’ziga to`q xo`jaliklar "quloq" sifatida tugatilib, qishloq xo`jaligini kollektivlashtirish amalga oshirildi.

1932-y.mart - O’zbekiston SSR MIK huzurida Fanlar komiteti tashkil qilindi.

1934-y.mart - O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tuzildi.

1935-y. - Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakati mag'lubiyatga uchradi.

1937-y.23-mart - Qoraqalpog`iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilinib QQASSR O’zbekiston tarkibiga kirdi.

1937-1938-yy. - Mustabid sovet rejimi O’zbekistonda ommaviy ravishda qatag`onlar o`tkazdi.

1939-y.l-avgust-15- sentyabr - Katta Farg`ona kanali qazildi.

1941-y.22-iyun-1945-y.9-may - O’zbekiston xalqlari Germaniya fashizmiga qarshi urushda ishtirok etdilar.

1943-y.4-noyabr - O’zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil etildi.

1943-1944-yy.- O’zbekistonga qrim. tatarlari, chechenlar, ingushiar, bolqarlar, pontiya greklari va mesxeti turklar ko`chirildi.

1944-y.yanvar - Respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyi.

1949-1952-yy. - Ko’pgina mashhur o’zbek ijodiy ziyolilari asossiz qatag`on qilindilar.

1950-60-yy. -O’zbekistonda qo`riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish choralari ko`rildi.

1951-1954-yy. - Toshkent botanika bog`i yaratildi.

1956-y.5 noyabr - O’rta Osiyoda birinchi Toshkent telemarkazi ishga tushdi.

1958-1960-yy. - Jarqoq - Buxoro - Samarqand - Toshkent magistral gaz quvuri qurildi.

1959-1965-yy. - 450 dan ziyod sanoat korxonalari ishga tushirildi.

1963-y, - Buxoro-Ural gaz quvuri ishga tushirildi.

1965-y. - Amu-Buxoro kanali qurildi.

1966-y.26-aprel - Toshkent shahrida kuchli zilzila bo’ldi.

1967-y. - Dunyodagi eng uzun O’rta Osiyo-Markaz gaz quvuri qurildi.

1969-y. - "Tashavtomash" zavodi bazasida Toshkent traktor zavodi barpo etildi.

1977-y.6-noyabr - Toshkent metropolitenining birinchi navbati ishga tushdi.

1984-1989-yy. - "Paxta ishi" natijasida O’zbekistonda o`n minlab kishilar qatag`on qilindi.

1985-1990-yy. - Qayta qurish yillari

1989-y.21-oktyabr - "O’zbekiston SSRning davlati tili haqida"gi qonun qabul qilindi.

1990-y.24-mart - I.A.Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

1990-y.20-iyun - O’zbekiston SSR Oliy Soveti Mustaqillik Dekloratsiyasini qabul qildi.

1991-y.31-avgust O’zbekiston Oliy Kengashi O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to'g’risida “Qonun qabul qilindi”.

1991-y.l-sentyabr - O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb e'lon qilindi.

1991 -y. 1-noyabr - O’zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.

1991 -y. 18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i tasdiqlandi,

1991-y.29-dekabr – I.Karimov muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi.

1992-y.l4-yarivar - O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etildi.

1992-y.2-mart - O’zbekistonBMT a'zoligiga qabul qilindi.

1992-y.may - "Vatan taraqqiyoti" partiyasi tashkil topdi.

1992-y.2-iyul - O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi.

1992-y.28-noyabr - O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining a'zosi bo’ldi.

1992-y.8-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1992-y.lO-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Daviat madhiyasi qabul qilindi.

1993-y. - O’zbekiston-AQSh hamkorligida oltin qazib olish bo’yicha "Zarafshon-Nyumont" qo`shma korxonasi tashkil etildi,

1993-y.7-may -1 va 11 darajali "Sog`lom avlod uchun" ordeni ta'sis etildi.

1994-y.5-may - "O’zbekiston Qahramoni" unvoni va "Oltin yulduz" medali ta'sis etildi. 1994-y.5-may - "Mustaqillik ordeni", "Do`stlik" ordeni harada "Jasorat" va "Shuhrat" medallari ta'sis etildi.

1994-y.l-iyul - O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-So`m muomalaga kiritildi.

1995-y. 18-fevral - "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi tashkil topdi.

1995-y.29-mart - O’zbekiston Respublikasi referendumini o`tkazuvchi Markaziy komissiya referendum yakunlari to’g’risida qaror qabul qilib, unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning vakolat rauddati umumxalq ovoz berishi natijasida 1997-yildan 2000-yilgacha uzaytirildi.

1995-y.6-may - "Mehnat shuhrati", I va II darajali "Shon sharaf' ordenlari ta'sis etildi.

1995-y.3- iyun - O’zbekiston "Xalq birligi" harakati tashkil topdi.

1996-y. - Amir Temur yili.

1996-y.26-aprel - "Amir Temur" ordeni ta'sis etildi.

1996-y. 19-iyul - Asakada "O’z DEU avto" zavodining rasmiy ochiiishi bo`idi.

1996-y.28-avgust - Samarqand va Shahrisabz shaharlari "Amir Temur" ordenlari bilan mukofotlandi.

1996-y.21-oktyabr - Toshkentda Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya, Turkmaniston va O’zbekiston Respublikalari Prezidentiari oliy darajadagi uchrashuvida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.

1997-y.oktyabr - Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi nishonlandi.

1997-y. - Prezident I.A.Karimovning "O’zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyol kafolatlari" asari nashr etildi.

1998-y,28-dekabr - Fidokorlar partiyasi tashkil topdi.

1998-y. - I.A.Karimovni ''Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q" nomli kitobi nashrdan chiqdi.

1998-y.24-oktyabr - Ahmad al-Farg`oniyning 1200 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi.

1998-y.23-oktyabr - Imom al-Buxoriyni 1225 yilligi nishonlandi.

1999-y.l5-mart - O’zbekiston va Turkiya hamkorligida "Sam Koch avto" korxonasi ishga tushdi.

1999-y.24-aprel - O’zbekiston Gruziya, Ozarbayjon, Ukrayina, Moldoviya a'zo bо`lgan, hozirda "Guuam" deb yuritiladigan iqtisodiy tasbkilotga a'zo bo’ldi.

1999-y.5-noyabr - Vatandoshimiz, mo`g`ullarga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining Xiva tuprog`ida 800 yillik yubileyi nishonlandi.

1999-y. - l.A.Karimovning "O’zbekiston buyuk kelajak sari" nomli kitobi nashrdan chiqdi.

2000-y.9-fevral - Shahrisabzda Amir Temurning tavalludi nishonlandi.

2000-y.l4- aprel - "Vatan taraqqiyoti" va "Milliy tiklanish" partiyasini qo`shma qurultoyi bo`lib o’tdi. Ikki partiya birlashib, "Fidokorlar milliy demokratik partiyasi" tuzildi.

2000-y.12-may - Toshkentning Yunusobod mavzeida istiqlol kurashchilariga atab "Shahidlar maydoni" ochildi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling