O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.88 Mb.
bet6/41
Sana16.11.2020
Hajmi1.88 Mb.
#146675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o


Dastlabki davlatlar

Bosbqaruv -jamiyatning ichki jabhasiga xos xususiyat hisobianadi. Tarixga nazar tashJaydigan bo`lsak, insoniyat o`z rivojlanish jarayoni davomida eng oddiy boshqaruv shakllarini barpo etib uni rivojlantirib va takomillashtirib borganligi kuzatiladi. Dunyo tarixidagi dastlabki davJatJar I mii.avv. III ming yillikdayoq Misrda (nom davlatlarning birlashuvi), Mesopotamiyada (Akkadning kuchayuvi) paydo bo`ladi va Sharqdagi boshqa hududlarga ham (Hindiston, Xett davlati, Elam va b.) o`z ta'sirini o`tkazib sifatiy yangi xususiyatlar kasb eta beradi.

Ta'kidlash joizki, boshqaruv tizimi, umuman, davlatchilik abadiy mavjudlik emas. Davlat boshqaruvi deganda biz bosh siyosiy hokimiyat va unga bo`ysinuvchi boshqaruv tizimini tushunamiz. Boshqaruv tizimi jamiyatning barcha jabhalarini - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqalarni o`z ichiga oladi. Binobarin, boshqaruv tizirnini har I tomonlama va jiddiy o`rganmasdan turib jahon xalqlari tarixiy madaniy rivojlanishi, ularning o`zaro aloqalari va ta'siri, mahalliy va umumbashariy madaniyatlar integratsiyasining o`ziga xos tomonlari va qonuniyatlariga aniqliklar kiritish mumkin emas. Davlat boshqaruvining paydo bo`lishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi bosqich bo`ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bo`lishi va takomillasbuvida O`rta Osiyo va unga qo`shni hududlarda yashagan xalqlarning ham hissasi katta bo`ldi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, davlatning paydo bo`lishi uzoq davom etgan jarayondir. Bu jarayon turli xalqlarda turli yo`llar bilan bo`lib o`tgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, birinchidan, davlatlar paydo bo`lishining osiyocha isblab chiqarish usuliga asoslangan «Sharq yo'li» bo`lib, unda iqtisodiyotning asosini irrigatsiya deliqonchiligi tasbkil etgan; yer va irrigatsiya insbootlari davlatning mulki bо`lgan; dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi edi; ahoiining katta qismini safarbar etish zaruriyati prinsipaJ boshqaruvchilar tabaqasini taqozo etgan. Ishlab chiqarishning osiyocba usuli mil.avv. V ming yiilikdan miJodiy I asrgacha daryoJar vodiylarida joylashgan Misr, Bobil, Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo kabi hududlarda yoyilgan.

Davlat tuzilmasining ikkinchi, «Yevropacha yo'li» Yevropa hududida mil.avv. V asrdan boshlab milodiy III asrgacha qadimgi yunon polisarida mavjud bо`lgan. Ularda xususiy mulkchilik shakllanishi tufayli kelib chiqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tabaqalanishuvi jarayoni (tabaqalar shakllanish jarayoni) asosiy omil bo`ldi.

Ma'lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan rivojlanisb bosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mos tushmaydi. Shunga qaramay, Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi ko`pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini ta'kidlash joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O`rta Osiyoda ilk davlatlaming paydo bo`lishi Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog`liqdir.

Qadimgi Sharqning turli hududlaridagi tabiiy sharoit o`ziga xos bo`lib, ko`pgina davlatlarning paydo bo`lishi ushbu holat bilan bevosita bog`liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi Sharq xalqlari tarixiy taqdirida juda katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar mavjudligi Qadimgi Sbarq ijtimoiy tuzilmasining muhim o`ziga xos tomoni edi. Barcha Qadimgi Sharq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda ko`plab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bo`lib, ularning har birida boshqaruv tartibi bilan bog`liq ishlar amalga oshirilganda ko`pgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini ta'minlar edi.

Ko`p hollarda tadqiqotchtlar jamoaiarning birlashuvi natijasida paydo bо`lgan davlatchilik tizimini murakkab sug`orish tartibi tashkil etilishi, yerlarni sun'iy sug`orilishi, daryo vohalari va tog` oldi hududlarining o`ziashtirilishi hamda to`g`onlarning qurilishi bilan bog`laydilar. Yuqoridagi omillarning mavjud bо`lganligi aniq. Lekin, ularni tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisob-kitobchilar va hukmdorlar zarurati tug`ilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat ko`rsatgan. Ushbu murakkab tizim xavfsizligini ta'min]ash uchun qurolli guruhlar tuzish, hamda ma'lum hududlarni mudofaa inshootlari bilan o`rab olish kerak bо`lgan. Shu tariqajamiyatda ikkitayangi tuzilma-shahar va davlat paydo bo`la boshlaydi.

Davlat yoki shahar-davlat ma'lum hududlarni o`z nazoratiga olishi va bu hududlarni kengaytirib borishi natijasida chegaralar paydo bо`lgan. Hududlarning kengayishi va chegaralarning o`zgarishi natijasida davlatlar o`rtasida urushlar kelib chiqadi. Chegaralar masalasida ta'kidlash joizki. qadimgi davrlarda ular ko`p hollarda tog`lar va dasht hududlar orqali, ayrim hollarda esa daryolar orqali o`tgan. Shuning uchun ham tarixiy yondashuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari o`zgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo mos tushmaydi.

Turh' xalqlar va ularning ajdodlari o`z davlatchiligining shakllanish boqichini ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatJarga bog`liq hoida turli tarixiy davrlai-da bosib o`tdilar. Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manbalar - "Avesto", ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, qadimgi yunon-rim manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo`lib, O`rta Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning nomlarini, alohida joylar, tog`lar, daryolar va ko`llarning nomlarini, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to`g`risidagi ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Ushbu yozma manbalar ma'lumotlarini arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirganimizda ilk davlatlarning paydo bo`lishi masalalariga ko`pgina aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo`ladi.

Bronza davriga keiib aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o`zgarishlar sodir bo`ldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning ma'lum bir sohalariga - dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandcbilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishi va ularning bir yerga to`planishi uchun zamin yaratdi.

Qadimgi xo`jaliklarning ixtisoslashuvi, sug`orra dehqonchilikning rivojlanishi, metallning hayotga jadallik biian kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlarning rivojlanishi, o`zaro ayirboshlash va savdo-sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish kuzatiladiki, bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Ahmoniylargacha bо`lgan davrda ba'zi bir vohalar, asosiy o`troq aholi joyiashuvi o`lkalari edi. Ularning hududlarida manzilgohlar, sug`orish inshootlari, o`zlashtirilgan yer maydonlari bor edi. Bir qancha shunga o`xshash, daryolar vohalarida joylashgan va umumiy aholi joylashuv hududlari bilan bog`liq bо`lgan yerlar Baqtriya, So`g`diyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan.

E.V. Rtveladzening so`nggi yillardagi (2001) xulosalariga ko`ra, O`rta Osiyodagi ikki daryo oralig`ida qadimgi davr davlatchilik evolyutsiyasining mil.avv. II ming yillik va milodiy IV asri oralig`idagi vaqtnj qararab olgan bir necha davrlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Bular quyidagi davrlardir:

Birinchi davr — mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi O`zbekiston janubida embrional shakldagi davlatga o`xshash tuzilmaning qaror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo`tonda o`z aksini topgan deyish mumkin.

Ikkinchi davr - mi1.avv. I ming yillikning boshi — mil.avv. 539 yil Baqtriya, So`g`d, Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlarning shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat to`lishining shaxobchali tizimiga ega bо`lgan davlatning ilk shakllarini ko`rish mumkin. Avesto ma'lumotlari bunga misol bo`la oladi.

Uchinchi davr - milavv. 539-yii - mihavv. 330-yil - Ahmoniyiar bosqini va O`rta Osiyoning ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy daviatchilik rivojlanishidagi tanaffus.

To`rtinchi davr - milavv. IV asr oxiri - miLavv. II asr ikkinchi yarmining boshi - Aleksandr Makedonskiy bosib olishdan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha. Bu davrda mahalliy davlatchilikning tiklanish jarayoni yuz beradi. MiLavv. IV asr so`nggi choragida Xorazmda podsholik paydo bо`lgan bo`lsa, III asr oxiri - II asrda Buxoroda, Dovonda (Farg`ona), So`g`dda alohida mulklar shakllanadi. Keyinchalik butun mulklarni birlashtirgan Qang` davlati shakllana boshlaydi.

Beshinchi davr - milavv. II asrning ikkinchi yarmi - yangi eraning I asri boshi - mahalliy davlatlar: Qang`, Xorazm podsholigi, Buxoro, So`g`d, Dovonning mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuyechji davlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxargacha yoyilishi. Ushbu mulklarda kumush va mis tangalar zarb qilinishi, mahalliy so`g`d, xorazm yozuvlarining paydo bo`lishi rivpjlangan daviatchilikning asosiy belgilari hisoblanar edi.

Oltinchi davr - yangi eraning I asri boshi - III asri birinchi yarmi -antik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O`zbekiston janubining konfederativ Yuyechji davlati asosida paydo bо`lgan Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi. Chochda yangi mulkchilikning paydo bo`lishi. Xorazmda Afrig`iylar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi va bu yerda sulolaviy boshqaruvning an'anaviylashuvi,

O`tgan asrning oxiriaridan boshlab hozirgi kunga qadar "Avesto" ma`lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo`yicha birlashishi). Gerodot va Gekatey asarlari ("Katta Xorazm"), shuningdek, Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma'luraotlari va nihoyat, arxeologik tadqiqotlar natijalari O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining paydo bo`lishi muammolarini o`rganish uchun asos bо`lgan bo`lishiga laramasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari, boshqaruv tizimi va sanasi bilan bog`liq bo`lgani mavzularning ko`pgina yo`nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo`lmoqda.

Ko`pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini ahmoniylargacha bо`lgan davrda deb hisoblaydilar va mil. avv. IX-VII asrlar bilan belgilaydilar (M.Dunker, VTomashek, F.Altxaym, S.P.Tolstov, M.M.Dyakonov. I.M.Dyakonov, V.M.Masson, MDandamayev, YA.G'ulomov, B.A.Litvinskiy, . E.V.Rtveladze, I.V.Pyankov, A.S.Sagdullayev va boshqalar). Ilmiyj adablyotlar O`rta Osiyoda ahmoniylargacha bо`lgan davrda mavjud bо`lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so`z yuritadi: 1.Aryoshayona - O`rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning "dahiyosasti" uyushmasi; 2. Aryonam Vayjo - bu ham Aryoshayonadek yoki uning markazi Ariya va Marg`iyonada bo`lgan "Katta Xorazm", yoki Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati; 3. Qadimgi Baqtriya davlati. 4. Ko`chmanchi qabilalar konfederatsiyasi.

So`nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar va masalaga yangicha yondoshuv asosida ushbu ro`yxatga qadimgi So`g`diyonani ham kiritish imkoniyati paydo bo`ldi. Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, davlatchilikning asosiy omillari bо`lgan jarayonlar so`nggi bronza va ilk temir davriga kelib yanada jadallashadi. So`g`diyona hududlariga odamlar eng qadimgi davrlardayoq kirib kelib, tog`, daryo vohalari, keyinchalik esa dasht hududlariga tarqaladilar. Bu hududlarda mavjud bо`lgan qulay tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, chetdan bо`lgan tashqi ta'sirni (iqtisodiy, madaniy-siyosiy va harbiy) ham e'tirof etish lozim bo`ladi. Mil. avv. IX-VII asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar (ayniqsa qo`hna shahar xarobalari) So`g`diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi.

Ilk davlatchilik masalasida juda ko`plab ilmiy bahslar bo`lib o`tgan bo`lishiga qaramay, bu masala hanuz o`z yechimini topgan deb hisoblanmaydi. Xususan, "Katta Xorazm" (Avesto tilida Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya) davlatining hududiy joylashuvi va paydo bо`lgan davri masalalari ham ancha munozarali mavzu. Arxeologik tadqiqotlar ayrim hollarda yozma manbalar ma'lumotlarini tasdiqlamaydi. Mil. avv. IX-VIII asrlar Xorazm madaniyati Amirobod nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatning me'morchilik yodgorliklari, asosan, chayla va yarim yerto`lalardan iborat bo`lib mustahkam turar joylar uchramaydi. Xorazmdagi dehqonchilikning rivojidan darak beruvchi yirik sug`orish inshootlari, mustahkam tnudofaaga ega bо`lgan turar joylar (KO`zaliqir, Ding`alja) mil. avv VI-V asrlarga oiddir.

Qadimgi Xorazmning joylashuv hududlari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar (Tarn, Altxaym) ahmoniylargacha xorazmiylar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo`nalishda Kopetdog` yonbag`irlarida joylashgan desalar, ayrimlari (Xenning, Gershevich) bu davlatning markazi Marv va Hirot atrofida bo`lib, Kir II bosib olganidan so`ng Quyi Amudaryoga - hozirgi Xorazm hududiariga ko`chib o`tgan deydilar, Ayrim tadqiqotchilar fikricha (STolstov, M.Vorobyeva) qadimgi Xorazmning chegaralari hozirgi Xorazm hududlaridan ancha keng bo`lib, O`rta Amudaryodagi Qo'shqal'adan boshlab, Orol dengizigacha bо`lgan hududlarni o`z ichiga olgan.

Umuman, mil. avv. VII asrning oxiri - VI asrda Xorazm davlati mavjud bо`lganligi aniq, Bu davr Xorazrnda qurilish va hunarmandchilik ancha rivojlangan. Tadqiqotlar natijasida bu hududlardan bronza va temirdan yasalgan mehnat hamda harbiy qurollar, sopol urchuqlar, bronza igna, bigizlar, sopol idishlar topilgan. Bu topilmalar qo`shni Marg`iyona, Baqtriya va So`g`diyona topilmalariga o`xshab ketadi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaragatida, O`rta Osiyodagi ilk davlat uyushmalaridan biri Qadiragi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib, turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan.

Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo`ton, Oltintepa va b.) keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivqjlanadi. Natijada mil. avv. IX-VIII asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bо`lgan siyosiy birlashmaiar tashkil topadi. Mil. avv, VIII-VII asrlarga kelib

Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar rna'lumotlari ham to`la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Marg`iyona va So`g`diyona ham (tarixty-madaniy birlik sifatida) kirgan bo`lishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, Baqtriyaning tabiiy boyliklari qadim davrlardayoq Sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk ipak yo`lidan ancha ilgariyoq qadimgi yo`llarning Baqtriya orqali o`tganligi bejiz emas. So`nggi yillarda oSib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi Baqtriya hududlaridagi manzilgohlar va ko`hna shaharlar soni anchagina ko`paydi. Davlatning poytaxti Baqtra va Qiziltepa, Bandixon kabi ko`plab yodgorliklardan topilgan ko`p sonli turli-tuman topilmalar bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, o`troq va ko`chmanchi aholi o`rtasida hamda Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan o`zaro iqtisodiy, madaniy aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi.

Turli manbalardagi So`g`da, So`g`uda, So`g`diyona nomlari bilan mashhur bо`lgan qadimgi tarixiy-madaniy o`lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o`z ichiga olgan. Ilk temir davri So`g`diyona hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin. Bu rivojlanish jarayoni miLavv. IX-V asrlarga oid ko`p sonli manzilgohlar va ko`hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va me'rnorchilik tuzilish bilan izohlanadi.

Ilk daviatchiiikning eng asosiy belgilaridan bо`lgan ko`hna shahar xarobalari So`g`diyonadan to`rtta (Yerqo`rg`on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko`ktepa) topib o`rganilgan bo`lib, ular hozircha O`zbekistondagi eng qadiragi rivojlangan shahar madaniyatini o`zida aks ettiradi.

So`nggi 10-15 yil ichida Baqtriya, Xorazm, So`g`diyona va Marg`iyona hududlaridan olingan yangi arxeologik ma'lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo`lishini yanada kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma'lumotlarga qaraganda ilk temir davri Baqtriya, Marg`iyona, Xorazm va So`g`diyona umumiy jamoaiaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Makonlar joylashuvining tashqi belgilari katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy xo`jayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo`rg`onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o`rin tutgan. Har bir katta oila murnkin bо`lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bo`lishgan, o`zining qishloq xo`jalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bо`lgan yoki o`zini iqtisodiy jihatdan ta'minlay oladigan xo`jalikni aks ettirgan.

Mil. avv. VII-VI asrlarda ancha yirik bо`lgan Qadiragi Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona davlatlarining aholisi qon-qarindosh bo`lib, bir-biriga o`xshash tilda gaplashganlar va juda yaqin madaniy an'analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo`linishi ko`zga tashlanib, o`troqlashuv jarayoni kuchaydi. Muhim savdo yo`llari bo`yida tayanch istehkomlar qurildi. Turli qurilishlar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati birinchi o`ringa chiqdi.

O`rni kelganda shuni alohida ta'kidlash lozimki, o`zbek xalqining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma'noda nafaqat O`zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki butun O`rta Osiyoda qadimda yuz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog`tiq holda talqin etilmog`i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joyiari orasida aniq ma'muriy chegaralar yo`q edi. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, So`g`d chegaralari tabiiy bo`lib, yaqin hududlardagi joylarning geografik bo`luvchisi sifatida dashtlar, cho'1 va tog`lardan foydalanilgan.

Hozirgi kunga qadar to`plangan arxeologik ma'lumotlar asosida O'zbekistonda ilk davlatlarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni quyidagi davrlar bilan sanalanishi aniqlandi:

Bronza davri. Mil. avv. II ming yillikning o`rtalari va ikkinchi yarrai. Unchalik katta bo`lmagan dehqonchilik vohalari asosida (misol uchun Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o`tish davri. 2. Bronza asridan temir asriga o`tish davri. Mil. avv. IX-VIII asrlar. Mayda davlat tashkilotlarining rivojlanishi va harbiy siyosiy uyushmalarning vujudga kelishi.

3.Ilk temir davri. Mil. avv. VII-VI asrlar. Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So`g`diyona misolidagi davlat uyushmalarining paydo bo`lishi.

O`zbek xalqi va uning ajdodlari ilk davlatchiltgi taraqqiyoti o`troq dehqonchilik xo`jaligi va qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog`liq bо`lgan. Ilk davlatlar tashkil bo`lishida, jamiyat rivojlanishining ichki qommiyatlaridan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi- hunarmandchilik, almashinuv va savdoning kuchayib borishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to`qnashuvlar ham ta'sir qildi,

Miloddan avvalgi VI-TV asrlarda O`rta Osiyo Mil. avv. 555-540-330-yillar O`rta Osiyoning tarixiy-madaniy viloyatlari ulkan Ahmoniylar davlati tarkibiga kirar edi. O`rta Osiyo viloyatlari va unga qo`shni bо`lgan hududlarning bosib olinishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixi haqida ko`pchilik. olimlar turli yillarda tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu tadqiqotlarning aksariyati ahmoniylar Eron hududlari tarixi bilan bog`liqdir. Mavjud ilmiy tadqiqotlar ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va ayrim yunon-rim tarixchilarining asarlari hamda arxeologik tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.

Mil. avv. IX-VII asrlarda G`arbiy Eronning ko`pgina hududlari Ossuriya va Urartu davlatlari tarkibiga kirar edi. Mil. avv. VII asrning ikkinchi choragiga kelib Eron hududidagi eroniy qabilalar asosida markazi Hamadonda bо`lgan Midiya podsholigi tashkil topadi. Bu davlatning Sharqdagi hududlari O`rta Osiyo chegaralarigacha chcrzilgan edi.

Mil. avv. VI asrning O`rtalarida Midiya podsholigi o`rnida Ahmoniylar davlati paydo bo`ladi. Ko`pchilik tarixiy adabiyotlarda Kir II ahmoniylar davlatining asoschisi sifatida e'tirof etiladi. Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi fors podsholari qadimgi Sharqdagi juda ko`plab mamlakatlar ustidan o`z hokimiyatini o`rnatishni rejalashtirganlar va shunday siyosat olib borganlar.

Mil. avv. VI asrning o`rtalarida Kir II o`zining sodiq lashkarboshlaridan biri bо`lgan Garpagga Kichik Osiyodagi shahar-davlatlarni bosib olishni buyuradi. o`zi esa O`rta Osiyo hududidagi viloyatlarni (Baqtriya, Xorazm, So`g`diyona, Marg`iyona va boshq.) bosib olishiga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. Gerodot Kir II ning massagetlarga qarshi yurishi haqida so`zlar ekan, bu yurishlarning ko`pchiligi haqida to`xtalmasdan, faqat forslarni tashvishga solgan yurishlar haqida eslatib o`tadi. Tarixchining ma`lumot berishicha, Garpag Kichik Osiyo shaharlarini birin-ketin bosib olguncha Kir II butun Osiyo xalqlarini bo`ysundiradi va shundan keyingina Bobilga yurish boshlaydi.

Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Yustin kabilarning ma'lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, Kir II mil. avv. 545-539 yillarda Sharqiy Eron va O`rta Osiyo viioyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (rail. aw. 522-486-yy.) Ahmoniylar sulolasi Hind vodiysidan O`rta Yer derigiziga qadar bо`lgan keng hududda o`z hukmronligini o`rnatgan. Juda ko`p sonli davlatlar. viloyatlar, shaharlar va | xalqlarni birlashtirgan ahmoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.

Tarixiy manbalarning ma'lumot berishicha, O`rta Osiyo xalqlari ahmoniylar bosqiniga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Xususan, massaget qabilalari malika To`maris (Tomiris) boshchiligida forslarning turli hiyia-nayranglar ishlatishiga qaramasdan ularning katta qo`shinini tor-mor etadilar. Malika To`maris va massagetlarning harbiy mahorati tufayli bu jangda ahmoniylar hukmdori Kir II ham halok bo`ladi. Gerodot xabar berishicha, "Bu jang varvarlar (massagetlar) ishtirok etgan janglar orasida eng dahshatlisi edi... Kamon o`qlari tugagach, qo'l jangi boshlanib nayza va qilich bikn kurashdilar. QO`shinlar jangi uzoq vaqt davom etdi. Nihoyat massagetiar g`alaba qozondilar." Kir II qo`shinlarining massagetlar tomonidan tor-mor etilishi mil. avv. 530 yilga to`g`ri keladi.

Tarixchi Poliyen forslarga qarshi kurashgan Shiroq qahramonligi haqidagi afsona to`g`risida xabar beradi. Uning xabariga ko`ra, sak qabilalarining vakili bо`lgan Shiroq ismli cho`pon hiyla yo`li bilan forslarning katta qo`shinlarini suvsiz sahro ichkarisiga adashtirib qo`yadi. Shiroq ham, fors qo`shinlari ham ochlik va tashnalikdan halok bo`ladilar.

Mil. avv. 522-yilda ahmoniylar taxtiga Doro I o`tiradi. U taxtga o`tirishi bilanoq Parfiya, Marg`iyona va "saklar o`lkasi"da forslarga qarshi qo`zg`olonlar ko`tariladi. Behistun yozuvlariga qaraganda, 522-yilning oxirida Marg`iyonada ko`tarilgan qo`zg`olonga Frada ismSi kishi boshchilik qiladi. Doro I Baqtriya satrapi Dadarshish boshchiligidagi qo`shinlarni qo`zg`olonchilarga qarshi jo`natadi. Qo`zg`olon shavqatsizlarcha bostirilib 55 ming marg`iyonalik halok bo`ladi. Frada ham qo`lga olinib qatl ettiriladi.

"Saklar o`lkasi"dagi forslarga qarshi kurashga Skunha boshchilik qiladi. 519-518-yillarda bo`lib o`tgan bu kurashda saklar forslar tomonidan mag`lubiyatga uchraydi. Saklarning ko`pchiligi o`ldirilib, ko`pchiligi asir olinadi. Ularning yo`lboshchisi Skunha asir olinib, o`rniga boshqa yo`lboshchi tayinlanadi. Xullas, forslar O`rta Osiyodagi mahalliy aholining qahramonona qarshiligini qiyinchilik bilan sindirganidan keyingina bu hududlami batamom o`zlarigab bo`ysundirdilar.

Markaziy boshqaruv organlari. Ahmoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma'lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko`pgina imtiyozlarga ega bо`lgan ozod fors jamoalariga hara tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisobiangan.

Hokiraiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo`lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko`rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.

Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs «xazarpat» - mingboshi deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig`i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh ma'muriy markazi Suza shahri edi. Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan bolib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan. Shahanshoh devonxonasi boshlig`i «dapirpat». – mirzaboshi atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling