O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi
Download 1.88 Mb.
|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o
diniy tomondan ham uzviy bog`liq bo’ldi. Bu harakatlar natijasida savdo sotiq, turizmni rivojlantirish va kadrlarni o`qitish imkoniyatlariga yo'l ochdi.
O’zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi bilati aloqalari kengayib bu ikki davlat o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlik bir-birining ishiga aralashmaslik tamoyiliga asoslandi. Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo`lib, 1991-yil 27-dekabrda tan oldi va 1992-yili 2-yanvarda diplomatik aloqalar o`rnatdi. 1992-yilda ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari o`rnatilgandan keyin iqtisodiyot, savdo, fan va texnika, madaniyat va san'at sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanishi uchun ko’pdan ko"p imkoniyatlar vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining XXR ga qilgan bir necha bor davlat tashriflari xususan, 1992-yilning may oyida, 1994-yilning oktabrdagi, 1999-yilning noyabr oyidagi maxsus tashriflari, XXR Davlat Kengashi rayisi Li Peninng 1994-yil apreldagi, XXR hukumati raisining muovini Xu Szin Taoning 1995-il oktabrdagi XXR raisi Szyan Sze Minning 1996-yil iyunidagi Toshkentga qilgan maxsus tashriflari natijasida ikki mamlakat o’rtasida siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi hamkorliklar Kengashdan Xitoy investitsiyasi bilan ishlayotgan korxonalar, shu jumladan qo`shimcha korxonaiar ko’payib bormoqda. Ikki davlat o’rtasida tashrif, oliy ta'lim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda. Xususan, 1977-yiIi O’zbekiston Jahon tiliari Universitetida 1977 yili Xitoy tili bo`limi ochilgan edi. 2004-yili ikki davlat Toshkentda institut ochishga kelishgan edi. Bu 2005-yili Konfutsiy nomida Xitoy Instituti ochildi. O’zaro madaniy aloqalarda ham fan, madaniyat, san'at ahlining o’zaro foydali hamkorligini kuchaytirish borasida ham turli-tuman tadbirlar amalga oshirildi. Toshkent va Samarqandda olkaziladigan xalqaro kino hamda musiqa anjumanlarida ikki davlat madaniyat arboblarining ishtirok etib borishi ham fikrimizning dalilidir. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning XXRga 2005-yilning iyun oyidagi tashrifi ikki davlat o’rtasida munosabatlarning yangi, yuqori bosqichini ochdi. I.Karimov va XXR raisi Xu Szin Tao o’rtasida O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekistonda energetika-yoqilg`i sanoatini rivojlantirish, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida tuzilgan bitimlar alohida ahamiyat kasb etadi. I.A.Karimov aytib o’tganidek, "O’zbekistonning railliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish-davlatimizning mustaqiiligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshiiashning zarur sharti va g`oyat muhim vositasidir. Prezidentimizning jahondagi turli mamlakatlarga tashrifi O’zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Yaponiya, AQShga tashrifi davomida bu mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik maslalalari hal etildi Bu o’rinda AQSh bilan bo`layotgan o’zaro aloqalarga to`xtab o`tmoq joiz dunyoning yetakchi davlati, juda katta siyosiy, iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, intelektual salohiyatga ega bо`lgan AQSh bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham ikki davlat uchun muhim bcflgan yo`nalishlardagi munosabatlar izchillik bilan rivojlandi. O’zbekiston rahbariyatining 1995-yil AQSh vitse-prezidenti Albert Gor bilan uchrashuvi davomida O’zbekiston va AQSh o’rtasida teng huquqli va cfzaro manfaatli aloqalar rivojiga hamda MDHdagi xavfsizlikka daxldor masalalar hal etildi. Ayni paytda AQSh O’zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashdagi yetakchilik rolini tan olib, respublikamiz bilan terrorizm, narkobiznesga qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik va I.Karimovning AQShga tashrifi chog`ida muhokama etilgan boshqa masalalar sohasida teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini ma'Ium qildi. O’zbekiston rahbarining 1996-iyun oyida yil AQShga qilgan yetti kunlik tashrifi O’zbekiston tashqi siyosatida o’ziga xos o’rin tutadi. Mazkur tashrif davomida O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish, Markaziy Osiyqda barqarorlik va xavfsizlik masalalarida fikr yuritildi. Siyosiy jihatdan ushbu tashrifning ahamiyati shundan iborat bo’ldiki, O’zbekiston rahbariyati AQShda kamdan kam qo’llaniladigan udum mukammal askariy tashrifot bilan kutib olindi. O’zbekistonning AQSh bilan munosabatlari yildan yilga mustahkamlanmoqda. O`tgan bir necha oy ichida yurtimizga Vashingtondan bir qancha davlat va jamoat rahbarlari, harbiy mutaxassislar, chunonchi 16 nafar senator va 8 nafar kongressmen kelib ketdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 2002-yil 11-14 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Amerika qo’shma shtatlarida bo’ldi. Tashrif kunlari yurtboshimiz AQSh Prezidenti Jorj Bush va bir qancha davlat rahbarlari bilan uchrashdi. Jorj Bush O’zbekiston qafiyat bilan aksilterror koalisiyatsini qo'llab-quvvatlaganini AQSh hukumati va xalqi unutmasligini, bu minnatdorlik va ehtirom kelgusida juda ko’p bor namoyon bo’lishini ta'kidladi. U Islom Karimovni, bundan buyon AQSh strategik sherik sifatida doim O’zbekiston bilan birdam bo’lishiga ishontirdi. Vashingtonda AQSh hukumati 2002-yilga O’zbekistonga yordam tariqasida 160 mln. dollar ajratishini ma']um qildi. O’zbekiston qurolli kuchlari islohotga ko`maklashish uchun 43 mln. dollar ajratilish ma'lum qilindi. O`tgan yili bu raqam 15,5 mln. dollar edi. Hech bir mamlakat iqtisodiy hamkorliksiz rivojlana olmasligini hozirgi kun voqeligi isbotlab turibdi. O’zbekiston rahbariyatining bu vaziyatga chuqur yondashishi orqali tashqi iqtisodiy aloqalarda Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga katta ahamiyat berildi. Iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etishda O’zbekiston quyidagi tamoyillarga amal qiladi: -Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish; -O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyadorlarni keng jalb qilishni ta'minlaydigan huquqiy ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, tashkilotlar va muassasalar tuzish; -Ilg`or texnologiyaning kirib kelishiga, xo`jalik tarkibini zamonaviylashiga ko`maklashadigan xorijiy sarmoyalarga nisbatan "ochiq eshiklar" siyosatini o`tkazish; -Respublika mustaqilligini ta'minlaydigan o`ta muhim sohalarni ishlab chiqarish vositalar bilan ta'minlash harada raqobat - bardosh mahsulot ishlab chiqarishga qaratish; O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishi va bu aloqalarni erkinlashtirishida huquqiy jihatdan ta'minlovchi qonunlarning ahamiyati katta bo’ldi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida", "Chet el investitsiyalari to'g`risida"gi va "Xorijiy investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to'g`risida"gi, "Bankrotlik to'g`risida"gi qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Shu qatorda respublika chet el investisiyalarini ishonchli sug`urta bilan himoyalashni ham ta'minladi. Bu huquqiy hujjatlar tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Amaldagi qonunlar chet ellik investorlar uchun kafolatlar bilan bir qatorda soliq sobasida keng imtiyozlar berdi. Birinchi navbatda O’zbekiston iqtisodiga umumiy hajmi 50 million dollardan ortiq miqdorda qilinadigan investitsiyalar boj to’lashdan ozod qilindi. Bu investitsiyalarning davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarda ishtiroki natijasida yetti yil mobaynida foydadan soliq to’lashdan korxonalar daromadlarining ishiab chiqarishni kengaytirishga Va texnologiya bilan qayta jihozlashga sarflanadigan qismi ham soliq to’lashdan ozod qilindi. Ishlab chiqarilgan tovarlarni import va eksport qilish uchun bojxona to`lovlari anchakamaytirildi. Bu o’rinda shuni aytib o`tmoq lozimki, chet ellik investorlarga yordam ko`rsatish maqsadida O’zbekistonda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va muassasalar tarmog`i tashkil etildi. Bular qatorida "O’zbekinvest" Milliy eksport-import sug`urta kompaniyasi, chet el investitsiyalari bo’yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ana shunday yaratilgan qulay shart-sharoitlar imkoniyatlar natijasida O’zbekiston hukumati jahondagi nufuzli davlatlar Germaniya, XXR, Turkiya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlar bilan O’zaro manfaatli aloqalar cTrnatdi. Mustaqilikning dastlabki kunlaridan boshlab O’zbekistonga 12 milliard Amerika dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. O’zbekistonga kiritilgan chet el kapitali yordamida respublika hududida qayd qilingan qcTshma korxonalarning soni esa shu kunlargacha 1810 taga yetdi. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarda cf z mavqeiga ega bo`lib borishi quvonarli holdir. Bu cTrinda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab AQSh bilan o’zaro hamkorlik aloqalari bu ikki davlat o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarni keng miqyosda olib borilishi xususida takidlab o`tmoq lozim. O’zbekistonda mustaqillik dastlabki yillaridan AQSh bilan O’zbekiston o’rtasida imzolangan o’zaro manfaatli shartnomalar asosida O’zbekistonga AQShning sarmoyalari kirib keldi. Bu sarmoyalar ishtirokida respublikada qo’shma korxonalar tashkil topib faoliyat kcfrsatib turibdi. o’zaro tuzilgan shartnomalarga ko’ra, AQSh O’zbekistondagi bepoyon yer osti va yer usti boyliklarini o’zlashtirish uchun katta sarmoya mablag`larni ajratishni o’z zimmasiga oldi, natijada respublikaga Amerikaning zamonaviy texnikasi kirib keldi. O’zbekislonda Amerikaning "Nyumont-Mayning" kompaniyasi bilan hamkorlikda oltin qazib oladigan "Zarafshon-Nyumont" qo`shma korxonasi qurib ishga tushirildi. Shuningdek, xorjiy sarmoyalar natijasida O’zbekistonda "SamKuchavto", "UzDEUavto", ko’kdumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va boshqalar qurildi. Janubiy Koreya sarmoyadorlari bilan "O’zDEUavto", "O’zDEU elektroniks" hissadorlik birlashmalari keng faoliyat natijasi o’laroq O’zbekiston jahondagi avtomobil ishlah qatoridan o’rin egallab" va yuqori baholarga sotish bilan hamkorlikda telefon tarmoqlari yangilandi.
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling