O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.98 Mb.
bet18/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

Hududiy bo`linish. Qoyatosh bitiklar va Gerodot ma`lumotlarigi ko`ra, ahmoniylar davlati hududi 20 ta qaram-ma'muriy qismlarga satraplarga bo`lingan. Tadqiqotchilarning fikricha, forslar davlat boshqaruvining bu an'analarini midiyaliklardan o`zlashtirganiar. Satraplar yirik hududlarga ega bo`lib, ko`pincha bir necha viloyat va o`lkalarni o`z tarkibiga birlashtirgan. Masalan, Parfiya, Girkaniya, Areya, Xorasmiya va So`g`diyona-bitta satrap tarkibiga kirgan. Satraplarning chegarakri ayrim hollarda o`zgarib turgan.

E'tibor berish lozimki, ahmoniylar davlatida satraplar etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapning ma'muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma'muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya'ni, satrapda ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo`lgan. Bir vaqtning o`zida satrap o`zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan. Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o`ziga bo`ysinuvchi harbiy boshliqlarni jo`natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan. Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.




Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling