O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.98 Mb.
bet60/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

6 martda Xiva shahrida qizil askarlar tomonidan namoyish uyushtirilib, inqilobiy qo`mita tuzildi va Polvonniyoz Hoji Yusupov boshliq hukumat a'zolari qamoqqa olindi. Polvonniyoz Hoji Yusupov va Nazir Sholikorovlar qochib yashirinishga ulgurishdi.

XXSR da kommunistlar olib borgan siyosat mahalliy kadrlarni, ziyolilarni, mustaqil fikrga ega bо`lgan insonlarni yo’qotishga qaratilgan edi. Xorazm respublikasi mavjud bо`lgan atigi 5 yilga yaqin muddat ichida respublika hukumati-Xalq Nozirlar Sho`rosi va Xorazm MIK raislari o`n martadan o’zgartirilganligi fikrimizning yaqqol isbotidir.

1920-1921-yillarda agrar sohada dastlabki o’zgarishlar amalga oshirilib, 10000 desyatina yer dehqonlarga bo`iib berildi. Bundan tashqari, ularga urug`, dehqonchilik asboblari hamda ssuda (qarz) ajratildi. Dehqonlarga kredit hisobidan 5000 chorva mol sotildi. Eski sug`orish inshootlarini qayta tiklash bilan birga yangilari ham qurildi. Masalan, 1922 yil oxirigacha Xorazm dehqonlari Hazoraspdan Xo’jayligacha bо`lgan hududda 12 ta damba qurdilar. 1922 yilda chorakor va kambag`allarga yer bo`lib berish uchun davlat yer fondi tuzishga hamda dehqonlarga uzoq muddatli va qaytarib olinmaydigan ssudalar berish uchun davlat dehqonlar bankini ta'sis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. so`m mablag` ajratilgan. Xullas, 1921-1922 yillarda 400000 ta dan ortiqroq yer kambag`al dehqonlarga berildi.

XX asrda iqtisodiy siyosat va xo’jalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining ta'siri kuchliroq bо`lganligi uchun sinfiy yondoshuv yaqqol nomoyon bo’ldi. Soltqning og`ir yuki savdogarlar, sudxvrlar va yirik yer egalari zimmasiga to’g’ri keldi. Qishloq xo’jaligida yagona soliq tizimi (1922 y. dekabr) joriy qilindi. Soliq to`lashni to’g’ri yo`lga qo`yish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning e'lon qilinishi bilan karvonsaroylar, korxonalar, kullar va to`qaylar ijaraga berila boshlandi. Simlari tortilib, daryo kemachiligini tiklashga kirishildi. Bir qancha yirik ko’priklar qurildi. Paxta : maydonlarining hududi 1921-yildagi 10000 tanobdan 1924-yilda 85000 tanobga, hosildorlik 100000 puddan 800000 pudga ko`tarildi. Umumiy ekin maydonlari 1913-yildagi darajaning 62 %ni, hosildorlik 70-75 %ni tashkil qildi. 1924-yilga kelib, 6 ta paxta tozalash zavodi, 10 ta g`isht zavodi, yog` zavodi, bosmaxona, elektrostansiya tiklandi. Qog`oz va shisha zavodlari qurildi. Sanoatda davlat sektori ustivor mavqeni egalladi. Hukumat madaniy-ma'rifiy va sog`liqni saqlash ishlariga ham katta e'tibor qaratdi. 1920-yil bahorida Respublikada yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi. 1921-yil sentabrida Xivada ochilgan xalq dorulfununi respublika madaniy hayotida katta voqea bo’ldi.

Xorazm respublikasi tuzilgan davtlabki oylardan boshlab g`oyaviy-siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Yosh xivaliklar hukumati, deraokratik kuchlar mahalliy sharoitni tushungan holda aholining urf-odatlari va qadriyatlarim e'zozlab ish olib bordilar. Atnmo Xivani bosib olish jarayonida kirib kelgan qizil armiya, uning qo`mondonlari, yevropalik bolsheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta'sir ko’rsatdilar. Ular mahalliy sharoitni, xalq ommasi kayftyati va qarashlarini nazar-pisand qilmay tezkorlik bilan inqilobiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda Xorazm Kompartiyasi (1921-yil dekabrda tuzilgan) ularning eng yaqin yordamchisiga aylandi.

Xorazm respublikasida keyingi yillarda ham g`oyaviy-siyosiy kurash davom etdi. Respublikaning ko’plab rahbarlari mustaqillik uchun, adotatsizlikka qarshi kurashni to`xtatmadilar. 1923-yil bahorida savdo-sanoat noziri Nurullayev Moskvada RSFSR bilan bo`layotgan muzokaralarda qafiylik ko’rsatgani uchun Xorazmga chaqirilib, qamoqqa olindi. Sovet Rossiyasining ko’rsatmalari asosida 1923-yil yoz-kuzida Xorazm respublikasida tub siyosiy to`ntarish amalga oshirildi. 1923-yil oktyabrda XXSR Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirildi. XSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Afsuski, bu Konstitutsiya mamiakatni sotsialistik qurilish yo`liga o`tishini qonun yo`li bilan mustahkamladi.

Xulosa qilib aytganda, 1923-yil kuzidan boshlab Xorazm respublikasidagi demokratik o’zgarishlarga butunlay chek qo`yildi. Xorazmni sovetlashtirish jarayoni o’zining yuqori bosqichiga ko`tarildi. Bu holat 1924 yilning oxirigacha davom etdi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling