O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Islom Karimov: «Bu yurt tengsiz allomalar, aziz-avliyolar, podshohu


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49

Islom Karimov: «Bu yurt tengsiz allomalar, aziz-avliyolar, podshohu 

sarkardalar, botir va pahlavonlarni ko‘p ko‘rgan. Ular orasida milliy 

qahramonimiz Jaloliddin Manguberdining betakror nomi yulduzdek 

charaqlab turadi». (I.A.Karimov. Asarlar

 

to‘plami. 8-jild, 75-bet)

 

 



Shahobiddin an-Nasaviy: U bug‘doyrang, o‘rta bo‘ylik, turkiy qiyofalik va 

turkiyda gapiradigan odam edi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, «... u sherlar 

orasida eng zo‘r sher edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. 

U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi.



 

 

Chingizxon: «Otadan dunyoda hali bunday o‘g‘il tug‘ilmagan. U sahroda sher 



kabi g‘olib jangchi, daryoda esa nahang (akula) kabi botir. 

«Otaga shunday o‘g‘il zarurki, u ikkl girdob – olov va suv girdobidan ozodlik 

maydoniga chiqa oldi!» 

(Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. – T.: «Cho‘lpon». 1994. 183–184-betlar.



 

Sarkarda yubileyi 

munosabati bilan 

Urganchda Jaloliddin 

Manguberdiga

 

bag‘ishlab me’moriy 



majmua va bog‘ tashkil 

qilindi 

 

Bahodir, 



sarkarda, davlat 

arbobi Jaloliddin 

Manguberdi 

qiyofasida 

chizilgan 

 

2000-yilda Jaloliddin 



tavalludining 800- 

yilligi nishonlandi 

«Jaloliddin 

Manguberdi» ordeni 

tasis etildi 

 

Buyuk Ipak yo‘lining shuhrati so‘ndi, shaharlar hayoti fayzsiz 



bo‘lib qoldi. Xalqning ko‘p asrlik ma’naviy bisoti, noyob osori atiqa-

lari, qadriyat lari oyoqosti qilindi.



2. Chig‘atoy ulusining tashkil etilishi,

uning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti

Chingizxon o‘z hukmronligining so‘nggi davrlariga kelib, 1224-

yil  da o‘z qo‘l ostiga kiritgan barcha hududlarni avlodlari o‘rtasi-

da taqsim qiladi. Chunonchi, Irtish daryosi sohillaridan G‘arbga 

tomon to «mo‘g‘ullar otining tuyog‘i yetgan joygacha» bo‘lgan yer-

lar, Sir daryo  ning quyi oqimi va Xorazmning shimoli-g‘arbiy qism-

lari to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jiga, Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Mova-

rounnahr yer lari uning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga berildi. Uchinchi 

o‘g‘il Q‘qtoyga esa G‘arbiy Mo‘g‘uliston va Tarbag‘atov yerlari ajra-


142

til  di. Kenja o g‘il va voris Tuliga Mo‘g‘uliston, Xitoy va Qirg‘izis-

ton yerlari meros qilib berildi. Keyinchalik, Chingizxonning jahon-

girlik yurishlarini davom ettirib, Sharqiy Yevropaning katta qismini 

bo  sib olib, Oltin O‘rdaga asos solgan nabirasi Botuxon hukmronligi 

davrida (1227–1256) Movarounnahrning qator hududlari ham uning 

ta’sirida bo‘lgan.

Shunday qilib, Chingizxon avlodlari o‘rtasidagi meros taqsim-

lanishi natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv o‘l-

ka  lari Chig‘atoy va uning vorislariga o‘tib, u Chig‘atoy ulusi nomi 

bilan atala boshlandi. Endilikda mo‘g‘ul hukmdorlari Movarounnahr 

o‘lka sini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo‘lmasin, 

uning xalqini yanada itoatda tutish, bu yerdan mo‘g‘ul zodagonlari 

uchun ko‘proq soliq va o‘lponlar undirish, qo‘shimcha majburiyatlar 

yuk  lash harakatida bo‘ladilar.

Mo‘g‘ullar Movarounnahrni idora etishda mahalliy amaldorlar 

xiz  mati  dan ustomonlik bilan foyda landilar. Bular Mahmud Yala-

voch, Badriddin Amid, Hasan Xoja, Ali Xoja, Yusuf O‘troriy, Qut-

biddin Habash Amid singari mo‘ g‘ul hukmdorlari bilan yaqindan 

ham  korlik qilgan mahalliy amaldorlar edilar. Shu boisdan ham 

Chig‘atoy ulusi hukmdori Chig‘atoy (1224–1242) da vri da Mova-

rounnahrni bosh qarish mahalliy yirik savdogar, dip lomat, sotqin-

lik evaziga mo‘g‘ullar ishon chi ni qozongan Mahmud Yalavochga 

berilgani tasodifiy emas. U xoqon nomidan raiyatni bosh qaradi. 

Uning qaror gohi (poytaxti) Xo‘jand edi. Harbiy hokimiyat, aho lini 

ro‘yxat dan o‘tkazish, soliq yig‘ish ishlari dorug‘achi va tamg‘ach, 

deb ataluvchi mo‘g‘ul amal dor lari qo‘lida bo‘ladi. Mo‘g‘ul bos-

qoqlari ixtiyo ridagi ko‘p sonli jang chi lar Mahmud izmiga bo‘ysun-

dirilgan. Aholidan markaziy hokimiyat xazinasi uchun ko‘p lab so -

liqlar undirilgan.

Bundan tashqari, aholi turli-tuman to‘lovlar berishga majbur 

etil   gan. Masalan, aholi savdo yo‘llaridagi bekatlar (yomlar) uchun 

go‘sht, un, guruch, ot-ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olin -

gan mamlakat hunarmandlari «din tugun», deb atalgan maxsus o‘l-

pon to‘ lab turganlar.

Mo‘g‘ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, ship-shiy-

dam etib, talon-taroj qilishi, so‘ngra mahalliy aholini haddan ziyod 

soliq, o‘lpon va to‘lovlar to‘latish yo‘li bilan zulm-asoratga duchor 

yetishi, pirovard oqi bat da xalqning ko‘tarilishiga, o‘z erki, musta-

qilligi uchun qo‘zg‘olonga sabab bo‘ladi. 1238-yilda Buxoro yaqini



143

 

dagi Torob qish log‘i da boshlangan oddiy g‘alvir yasovchi hunar-



mand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo‘zg‘oloni shu tariqa 

yuz bergan edi. Kelgindi mo‘ g‘ul zodagonlarining mahalliy yuqo-

ri tabaqa vakillari bilan til birik tirib, bechorahol xalqni talab, boy-

lik orttirayotganligi, shohona aysh-u ishrat qurayotganligi, oddiy 

fuqaroning turmushi to 

bo ra no 

chor lashib borayotganligi Mah-

mud va uning maslakdosh larini g‘a zab ga keltiradi va qo‘lga qurol 

olib, mo‘g‘ullar zulmini ag‘darib tash lash uchun kurashga undaydi. 

Uning tevaragiga ming-minglab alam zada oddiy mehnat kishilari 

to‘planadi. Buxoro atrofidagi qish loqlar aho lisi bilan ko‘payib bor-

gan qo‘zg‘o lon chilar Buxoroga kelib, mo‘ g‘ul amaldorlarini, shu-

ningdek, mahalliy zoda gon lar, sadrlarni yen gib, shaharni egallay-

dilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy hokimi yatini tan olib, uni 

xalifa, deb e’lon qilishga majbur bo‘ladilar.


144

Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hoki-

miyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko‘zlaydigan bir qator 

tadbirlar o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan 

mo‘g‘ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo‘zg‘olonni bostirish 

uchun yangidan katta kuch to‘playdilar va Buxoroga yurish boshlay-

dilar. Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo‘zg‘olon-

chilar ning qo‘li baland keladi 10 mingdan ziyod mo‘g‘ul askarlari 

qirib ta sh la nadi. Qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullarni Karmanagacha quvib 

bora dilar. Biroq ma na shu hal qiluvchi olishuvda qo‘zg‘olon rahna-

molari – Mah mud To ro biy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo‘la-

di. Tez ora  da qo‘zg‘olonga qarshi yuborilgan Eldiz No‘yon va Che-

kan Qur chi boshchil igidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Karmana yaqinida-

gi Malik rabotida qo‘zg‘olonni bostiradi. Bu jang-u jadal to‘qna-

shuvda 20 ming dan zi yod qo‘zg‘olonchilar halok bo‘ladi. Garchi bu 

xalq qo‘zg‘oloni mag‘ lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erkse-

var xal q i   ning ozodlik va mustaqillik yo‘lidagi mardonavor kurashi, 

qat’iyati ni to‘la namo yon et di. Ayni chog‘da, Torobiy qo‘zg‘oloni 

mo‘g‘ul hu km  dorlariga mahal liy xalq bilan munosabatlarini qayta 

ko‘rib chiqish, siyosiy va taktik yo‘llarni o‘zgartirish uchun muhim 

saboq bo‘l di. Mahalliy xalq orasi da ancha obro‘sizlanib qolgan Mah-

mud Yalavoch ning mo‘g‘ul hukmdorlari tomonidan Movaroun nahr-

dan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o‘rni katta o‘g‘li 

Mas’udbekka berilishi ham qo‘zg‘olonning muhim saboq lari dan biri 

bo‘ldi.

Mas’udbek (1238–1289 yil.) bir tomondan, hukmron mo‘g‘ul 

xon lari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat qilib, ularning 

manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yuritgan bo‘lsa, 

ikkinchi tomondan, mo‘g‘ul xonlari o‘rtasidagi toj-u taxt, hukmron-

lik uchun yuz bergan o‘zaro ixtiloflardan ustalik bilan foy dalanib, 

o‘lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbir larni amalga oshi-

rishga intildi.

Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o‘zga-

rish larda Chig‘atoy ulusi xoni Kaydu tashabbusi bilan mo‘g‘ul 

no‘yonlari va shahzodalarining 1269-yilda Talas vodiysida bo‘lib 

o‘tgan qurultoyi

 va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta’siri kat-

ta bo‘l di.


145

Mas’udbek

yuritgan

siyosat va 

uning

natijalari 

♦ Mo‘g‘ul zodagonlarining yurtda qilgan o‘zboshimcha 

xatti-harakatlariga chek qo‘yildi.

♦ O‘lkada nisbiy tinchlik, yaratuvchilik jarayoni hukm 

surdi.

♦ 1271-yilda o‘tkazilgan pul islohoti va bir xil vazndagi 



sof kumush tangalarning zarb etilishi o‘lkaning iqtisodiy-

moliyaviy ahvolini, savdo-tijorat ishlarining ancha yaxshi-

lanishiga turtki berdi.

♦ Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Farg‘ona shahar-

lari ning yangi 

dan tiklanishi, ularning savdo-sotiq va 

hunar mandchilik markazlari sifatidagi mavqeyi ko‘tarildi.

♦ Islom dini va uning peshvolari nufuzi tiklandi. Islom-

ning Movarounnahrning rasmiy dini sifatidagi mavqeyi 

ortib bordi.

♦ Mo‘g‘ullar va bir qator turkiy qavm, elatlarning Mova-

roun nahr ga kelib o‘troqlashuvi va muqim yashashga mos-

lashuvi jarayoni faollashdi.

Mazkur qurultoy barcha mo‘g‘ul xonlari, aslzodalariga qayer da 

yashashlaridan qat’iy nazar mahalliy aholi hayoti, turmush tarzi ga 

aralashmaslik, belgilab qo‘yilgan soliq, to‘lovlar bilan qanoatlanish, 

ekin maydonlarini payhon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ular-

ni Movaroun nahr yerlariga ko‘chib, asta-sekin o‘troq hayot ga o‘tib 

bo rish ga da’vat etdi.

XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo‘g‘ullarning mahalliy 

aholi ga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari 

ham keskin o‘zgarib bordi. Mo‘g‘ul hukmron doiralarining bir qismi 

yerlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-sotiq, hunar-

mand ta baqa  lari bilan umumiy til topib, o‘z qarashlarini o‘zgartirib, 

musul mon ruhoniylariga xayrixohlik va hurmat bilan munosabatda 

bo‘la bosh ladilar.

Chig‘atoy ulusida islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo‘l di. 

Shuningdek, mo‘g‘ul qabilalari, elatlari bilan birga XIII asrning ikkin-

chi yarmidan boshlab ko‘plab turkiy urug‘-qavmlar ham Movaroun  -

nahrga kelib o‘rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qash qadar  yoda, 

jaloyirlar Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg‘oniston shi mo  lida, qav-

chinlar Tojikiston janubida, turkiylashgan mo‘g‘ullar urug‘i so‘fiylar 

Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa tur    kiy xalqlar, 

elatlarning o‘lkadagi mavqeyining yanada mustah kamlanishiga, tur-

kiy til va uning shevalari ta’sirining ortib borishiga sabab bo‘ldi.


146

XIV asrdan boshlab Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ul xonlari bosh qa-

ru vi so ha   si da ham muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar, 

dastavval, Chig‘atoy xonlaridan Duvaxon (1274–1306), uning o‘g‘il-

lari Kebekxon (1318–1326), Tarmashirin (1326–1334) nomlari bilan 

bog‘ liq. Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo‘lgan 

Mas’udbekning sa’y-harakatlari bilan shaharsozlik rivojlanganligi, 

savdo-sotiq ahli katta naf ko‘rganligi, qishloq xo‘jaligi ancha yuk-

salganligi ko‘z ga tashlanadi. Kebekxon esa o‘z qarargohini mo‘g‘ul 

hukm dor lari orasida birinchi bo‘lib Movarounnahrga ko‘chir-



di. Qashqa daryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq bo‘lma-

gan joyda uning buyru g‘i bilan saroy (mo‘g‘ulcha ma’nosi «qarshi») 

bunyod etilib, Qarshi nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o‘sha davri-

ning muhim voqealaridan bo‘lgan.

Kebekxonning muhim xizmatlaridan yana biri – bu uning pul 

va ma’ 


muriy-hududiy sohalarda o‘tkazgan islohotlardir. Xususan, 

1321-yilda o‘tkazilgan pul islohotida Xuroson, Eron va Oltin O‘rda-

dagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og‘irligi 8 grammlik 

katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etildi. Kat-

ta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirham» deb atalgan. Yangi pul 

birligi «Kepa ki» nomi bilan mashhur bo‘lgan. lslohotning dastlabki 

yillarida Ke bek nomi bilan mashhur bo‘lgan bu tangalar ko‘p miq-

dorda Samar qand va Buxoroda zarb qilinib, muomalaga chiqaril-

gan. Bu ikki xil qimmatga ega bo‘lgan kumush tangalar keyincha-

lik bosh qa hukm dorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tar-

mashirin davrida O‘tror da ko‘plab kumush tangalar chiqaradigan 

zarbxona mun tazam ish lab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va 

ichki savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xiz-

mat qildi.

Ma’ mu riy islohotga ko‘ra, Movarounnahr hududlari viloyat larga, 

viloyatlar tumanlar (mo‘g‘ullar tartib qilgan 10 ming askar beradi-

gan, aholisi 40–50 ming nafar bo‘lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos 

etsa bo‘ladi – izoh)ga bo‘lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7  ta, 

Farg‘ona viloyatida 9  ta tuman tarkib topgan. Kebekxonning o‘l-

ka da tinchlik, osoyishtalik va totuvlik o‘rnatish borasidagi siyosa-

tini. Tarma shirin izchil davom ettirdi. U islom dinini qabul qi lib, 

uni dav lat ning rasmiy dini darajasiga ko‘tardi. Kebekxon yo‘na li-

shida siyosat yurgiz gan mo‘g‘ul xonlarining navbatdagi vakili Qo zon-



xon (1334–1346) ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, 

147

tub joy aholi manfa atlarini himoya qilish uchun mahalliy mo‘g‘ul va 

turk amir lari, no‘yonlarining olib borayotgan bir yoqlama kurashla-

rini bartaraf etishga intildi. U o‘zi uchun qarorgoh sifatida Qarshi 

bilan Buxoro oralig‘ida (hozirgi Muborak tumani hududida) mas-

hhur  Zanjirsaroy qal’ 



asini qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi 

kuchlarning, dast av val, ko‘chmanchi mo‘g‘ul amirlarining kuchayib 

borayotgan ta’siri va fitnasi oqibatida 1346-yilda Qozonxon qatl 

etiladi. Shundan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan Amir Qazog‘on 

(1347–1358) mo‘g‘ul zo da gon  lari manfa atlarini yoqlab siyosat yur-

gizdi. Uning o‘zi ham bir joy da muqim yashamasdan ko‘p vaqtini 

bosqinchilik yurishlarida o‘tka zar di. Buning oqibatida uning davrida 

mahalliy aholi tub manfaatlari bilan mo‘g‘ul hukmdorlari manfaat-

lari bir-biriga tobora zid kela bor di. Bu esa Movarounnahrda yana 

siyosiy vaziyatning kes kin la shuvi ga, hokimiyatga intiluvchi kuchlar-

ning faol harakatga keli shi ga sabab bo‘ldi.

XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusi ikki qismga: Yetti suv, 

Shar qiy Turkistondan iborat Mo‘g‘ulistonga va Movaroun 

nahr ga 


bo‘ linib ketdi. 1348-yilda Chig‘atoy naslidan bo‘lgan Tug‘luq Temur 

Mo‘g‘uliston hokimi etib ko‘tarildi. Movarounnahrda hokimi yatni 

egal lagan Amir Qazog‘on 1358-yilda o‘ldiriladi.

Bunday sharoitda Movarounnahr yurtini birlashtirish, mahal-

liy hukm 

 dorlarning o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik harakatlari-

ga chek qo‘yish, jafokash xalqni mo‘g‘ullar zulmi va istibdodidan 

butkul xa los etish va unda qudratli markazlashgan davlat barpo etish-

dan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqozosi bilan kun tartibiga 

qo‘yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug‘ bobokalonimiz Amir 



Temurga nasib etdi.

3. XIII–XIV asrning birinchi yarmida

O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti

Bosqinchi yovlar azaldan yuqori sivilizatsiya o‘chog‘i sa nalgan, 

ulug‘ ajdodlarimiz aql-zakovati va donishmandligi bilan yaratilgan 

yuk sak moddiy va ma’naviy-madaniyat, betakror obidalar, osori-

atiqalar makoni bo‘lgan bu azim yurtni qanchalik xonavayron etma-

sinlar, biroq xalq irodasini, uning buyuk bunyodkorlik, ijodkorlik 

sa lo hiyatini so‘ndira olmadi. Aksincha, bu yurtning mag‘rur va erk-

sevar kishilari, bir tomondan, muqaddas Vatan tuyg‘usini dil lariga 



148

mus  tah  kam jo aylab, ozodlik va mustaqillik yo‘lida jonbozlik bilan 

ku  rash olib borgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan esa, ular asriy xalq 

an’ana lari, udumlariga sodiq qolib, yaratuvchilik ishlari bilan 

mash g‘ul bo‘lganlar. Zero, o‘lmas xalq dahosi bu davrda ham 

yangi-yangi salohiyatli ijodkorlar avlodini yetishtira bordi. Shu bois-

dan sah royi mo‘g‘ullar xarobazorga aylantirgan kultepalar o‘rnida 

ko‘p o‘tmay, yangidan ko‘rkam shaharlar, me’morchilik obidala-

ri qad rostlab, ha yot yana yangidan izga tushib bordi. Mahalliy 

xalq orasidan yetishib chiqqan ajoyib me’morlar, naqqosh-u hunar-

mandlar sa’y-hara kati, mahorati bilan betakror moddiy madaniyat 

namunalari yaratilib, bundan o‘lka hayoti o‘zgacha fayzu man-

zara kasb etib bor di. Bu davrda bunyod etilib, gavjum savdo-so-

tiq, hunarmandchilik markaz lari ga aylana borgan Andijon, Qarshi,



 

Urganch, qaytadan ta’mirlanib, chiroy ochgan, oldingi mavqeyi-

ni tiklagan Samarqand, Buxoro, Shosh, Termiz



  singari shaharlar, 

ularning o‘ziga xos me’ morchilik qiyofasi shundan dalolat bera-

di. Ko‘hna Urganchda qad ko‘targan, balandligi 62 metrni tashkil 

etagan ulug‘vor minora XIII asr arxitek turasining noyob yodgor-

ligi hisoblanadi. Samarqanddagi Shohizinda majmuyi Buxoroda-

gi Bayonqulixon, Ko‘hna Urganchdagi Najmiddin Ku bro, To‘ra-

bekxonim, Muhammad Ba shar maqbaralari Xo‘janddagi Tubaxon 

maqbarasi va boshqalar XIV asrning nodir me’moriy yodgorliklari 

sirasiga kiradi.

Xalq amaliy san’ati, kulolchilik namunalari, sirli naqshinkor 

so pol  li idishlar, shu jumladan, ko‘zalar, chinni buyumlar, uy-ro‘z-

g‘or ash yolari, binolar peshtoqiga bitilgan, san‘at darajasidagi nas-

taliq bitiklari – bular O‘rta Osiyo moddiy madaniyatining XIII–

XIV asrlar da ham rivojlanishda davom etganligidan darak beradi. 

Bu davrda ilm-fan, ayniqsa, tarixshunos lik rivojida ham muayyan 

yutuq lar qo‘lga kiritildi.



XIII–XIV asrlarda

yetishib chiqqan 

badiiy adabiyot 

namoyandalari

♦ Jaloliddin Rumiy (1207–1273) («Masnaviyi 

ma’naviy»)

♦ Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (1219–1293) 

(«Guliston», «Boston»)

♦ Qutb («Xusrav va Shirin»)

♦ Xorazmiy («Muhabbatnoma»)

♦ Sayfi Saroyi («Suhayl va Guldursin»), 

♦ Xusrav Dehlaviy (1253–1325) («Xamsa»)


149

O‘lkada badiiy adabiyot ham sezilarli taraqqiy etdi. Jum ladan, 

XIII asrning ikkinchi yarmi hamda XIV asrning birinchi yarmida 

yashab, ijod etgan yurtdosh daho shoirimiz Pahlavon Mahmud ijo-

di bu jihatdan ibratlidir. Uning tug‘ilgan yili noma’lum bo‘lib, vafot 

etgan davri manbalarda 1322-yil deb ko‘rsatiladi. U hunarmand oila-

da dunyoga kelgan. O‘zi ham po‘stin do‘zlik bilan shu g‘ul langan, 

o‘z zamonasining ilg‘or, ma’rifat parvar kishilaridan bo‘lgan. Pahla-

von Mahmud nomi bilan zikr qilingan bar cha tazkira lar da u g‘azal, 

ruboiy janrlarida samarali ijod qilgan shoir sifatida tilga olinadi. 

Biroq Mahmudni elga mashhur etgan, avlodlar ehti ro mi ga sazovor 

qilgan omil, bu, eng avvalo, uning otashnafas ruboiy laridir



. Shoir-

ning ijtimoiy, falsafiy qarashlari ham uning ruboiylari mazmunida 

aks etgan.

Umuman, Pahlavon Mahmud she’ri yati da keng ma’nodagi hayo-

tiy voqealar, insoniy kechinmalar, chuqur axloqiy, falsafiy qarash-

lar ifodalanganki, bu hol shoirning o‘z dav rining ijti moiy-siyosiy 

jarayonlariga faol munosabatda bo‘lganidan dalolat beradi.

XIII asr oxiri va XIV asrning birinchi choragida Turkistonda 

kech  gan ada  biy jarayonni Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy 

ijodisiz tasav vur etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub 

«Qissasi Rabg‘uziy» asari adib nomini asrlar osha sarbaland etib kel-

moqda. Bu asar ilk o‘zbek nasrining dastlabki namunasi sifatida qim-

matlidir. Rab g‘uziy asaridagi dunyoviy ruh bilan sug‘orilgan ko‘plab 

she’riy par chalar g‘azalchilik janrining keyingi rivoji uchun ham kat-

ta ahamiyat kasb etadi.

Bu davrda tarixnavislik ham taraqqiy topdi. Juzjoniyning «Taba-

qoti Nosiriy» («Nosir turkumlari»), Juvayniyning «Tarixi jahon-

kushoy» («Jahon fotihi tarixi»), Rashididdin Fazlullohning «Jome 

at-tavorix» («Tarixlar to‘plarni») kabi asarlari o‘sha davr tarixiga doir 

qimmatli man balar hisoblanadi.

Shunday qilib, XIII–XIV asrlar davomida Movarounnahr hudu-

di mo‘g‘ul 

 lar hukmronligi bilan bog‘liq tarzda qanday ziddiyat-

li, murak kab jarayonlarni o‘z boshidan kechirmasin, uning ko‘hna 

ma dani yati, ilm-urfoni an’anaviy ravishda o‘ziga yo‘l topib, rivoj-

lanishda davom etadi. Xalq dahosi, ijodkorligi, uning salohiyatli 

namo  yandalari sa’y-harakat lari, tashabbuslari ila sayqal topib, yan-

gi-yangi qirralar kashf etib boradi. Bu esa, shubhasiz, o‘lka xalqla-

ri ma’naviy merosi, qadri yatlarining mazmunan boyib, yuksalishiga 

ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 



150

Nazorat savollari

1. Chingizxon shaxsi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

2. Chingizxon 1219-yilgacha qanday hududlarni istilo etgan edi? 

Xaritada belgilab ko‘rsating.

3. Muhammad Xorazmshoh davlatining ichki ahvoli qanday 

edi?


4. Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi?

5. Jaloliddin Manguberdning mo‘g‘ullarga qarshi kurash lardagi 

beqiyos jasorati haqida so‘zlab bering.

6. Jaloliddin Manguberdi yubileyi yurtimizda qachon nishon-

langan?

7. Chig‘atoy ulusi qanday vujudga keldi, u qanday tarzda bosh-



qarildi?

8. Mo‘g‘ullar mahalliy aholiga qanday soliq va to‘lovlar soldi?

9. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni to‘g‘risida tushuncha bering.

10. Torobiy qo‘zg‘oloni nima uchun mag‘lubiyatga uchradi?

11. Mas’udbek Movarounnahrda qanday islohotlar o‘tkazdi?

12. Kebekxon o‘lkada qanday o‘zgarishlarni amalga oshirdi?

13. Nima sababdan XIV asrning 40–60-yillariga kelib Chig‘atoy 

ulusi iqtisodiy tushkunlik, hududiy parchalanishga yuz tutdi?



151

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling