O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
bu vaziyatni tushunib yetdi va Musul-
Download 3,12 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuyovi
- Musulmonqul
- X bob. O‘ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI MILLIY OZODLIK HARAKATI.
- 1. O‘zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi
- «Sharqni egalla» siyosati.
- Angliya–Rossiya raqobati.
- Konollini
- O‘rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining bosh
- Rossiya imperiyasi bosqini.
- Verevkin
- Iqon qish
- Chernyayevning yangi hujumi boshlandi.
- Amirlashkar Alimqul katta qo‘shin bilan Qo‘qondan Tosh
bu vaziyatni tushunib yetdi va Musul- mon quldan qutulish payiga tushdi. Musulmonqul xonning niyati- ni sezib qoladi va unga qarshi fitna uyushtiradi . Bu fitnani amal- ga oshirish uchun qulay fursat ham yetgan edi. Fitna rejasiga ko‘ra, Musulmonqul soliqlarning haddan tashqari og‘irligidan norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘targan O‘sh aholisining qo‘zg‘olonini bostirish uchun qo‘shin bilan jo‘nab ketishi, ayrim siyosiy kuchlarning vaziyatdan foydalanib, Samarqandda yashayotgan marhum Qo‘qon xoni Olim- xon ning o‘g‘li Murodxonni olib kelib Qo‘qon taxtiga o‘tkazilishi nazar da tutiladi. Qipchoqlardan norozi bo‘lgan mahalliy aholining Murodxonni qo‘llab-quvvatlashiga Musulmonqul ishonar edi. Musul- monqul O‘shdan qaytgach, «davlat to‘ntarishida» ishtirok etgan- larning barchasini jazolashi, shu yo‘l bilan o‘zining barcha raqib lari- dan qutul moqchi, qipchoqlarning to‘la hukmronligini o‘rnat moq chi 196 edi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Bu mash’um niyatdan xaba- ri yo‘q Murodxon Isfara hokimining taklifiga ko‘ra Qo‘qonga kela- di va taxtga da’vo qiladi. Bu bo‘la yot gan katta «siyosiy o‘yin»ning tagida nima yotganini tushunib yetgan Sheralixon Murod xon foyda- siga taxtdan voz kechadi. Tez ora da Murodxon buyrug‘i bilan She- rali xon o‘ldiriladi. Musulmonqulga esa o‘z lavo zi mi da qolganligi haqidagi far mon jo‘natiladi. Mash’um niyati amalga osha boshlagan Musulmonqul o‘z qo‘ shin lari bilan Namanganga keladi. Avval o‘zi- ning 12 yashar qizini mar hum She rali xonning o‘g‘li Xudoyor xonga nikoh lab beradi. 13 yoshli Xudo yor xon bu davrda Namangan hoki- mi edi. Musulmonqul Qo‘qonga kelib Mu rod xon va uni qo‘llab- quv vatlaganlarni fitnachi sifatida ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni taxtga o‘tqazadi. Xudo yorxon yosh bo‘l gan ligi tufayli amalda xonlikni qaynotasi Musul monqul boshqaradi. Shunday qilib, xonlikda amalda qipchoqlar hukmronligi davri boshlanadi. Endilikda qipchoqlar Qo‘qonga yoppasiga ko‘chib kelaboshla- dilar, mahalliy aholini shahardan haydab chiqaradilar. Ularning uy-joy lariga egalik qilib oladilar. Sug‘orish inshootlarini qo‘lga kiri- tdilar, aholi endi suv uchun qipchoqlarga soliq to‘laydigan bo‘ldi. Bularning bari o‘z navbatida xonlikda hukmronlarga qarshi qo‘z g‘o- lon ko‘tarish xavfini tug‘dirdi. Bunday vaziyat da Musulmonqul o‘z mavqeyini yo‘qotmaslik uchun ruslar bilan aloqa o‘r na tish ga intila- di va rus qo‘ mon donligi vakili V.V. Velyaminov-Zernov bil an maxfiy
yo‘l – qaynotasi Musulmonqul va qipchoqlar hukmronligiga xo tima berish edi. U shunday yo‘l tutdi ham. Biroq bu niyat juda shafqatsiz- lik bilan amal ga oshirildi. 1852-yil 9-oktabr – Qurbon hayiti kuni u Tosh kentdan chaqi ril gan qo‘shin bilan qipchoqlar qirg‘inini uyush- tirdi. Uning bu harakatini mahalliy aholi qo‘llab-quvvatladi. Qay- notasi Musulmonqul asir olinib, Qo‘qonga keltirildi va qatl etildi. Qip choqlarning mol-mulklari musodara qi lin di va ma hal liy aholi- ga sotildi. 1854-yilda qipchoqlar Andijon va Marg‘i lon da qo‘zg‘olon ko‘ tar di, Buxoro amiri qo‘z g‘olon chilarga madad beradi. 1855-yilda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Toshkent, Chimkent, Turkiston sha har - larida ham qo‘zg‘olonlar bo‘ladi. Musul monqul hukmronligiga xotima berilgan, qo‘zg‘olonlar bos- tirilgan bo‘l sa-da, ichki nizolar bu bilan barham topmadi. Xudoyorxon aholidan soliq yig‘ishni kuchaytiradi, aholining no -
197 ro zi ligi oshib boradi. Xalqning noroziligidan foydalanib, xonning ukasi Mallaxon qo‘shin to‘plab, 1858-yilda xon tarafdorlarini tor- mor keltirdi va Qo‘qonni ega lladi. Xudoyorxon Buxoroga qochib ket di. Mallaxonga ham fitna tay yorlandi va 1862-yilda Mallaxon o‘ldirildi. Shohmurod xon deb e’lon qilindi. Mallaxonning tarafdor- lari qatl etildi. Alg‘ov-dalg‘ov avj olgan bir paytda Toshkent hokimi Qanoat o‘z jo nini saqlab qolish maqsadida Xudoyorxonni Toshkentga taklif qila- di. Xudoyorxon Toshkentga keladi va Buxoro amiri yordamida 1862- yil da Qo‘qon taxtini egallaydi. Biroq lashkarboshi Alimqul Xudoyor- xonga qarshi urush boshladi, Xudoyorxon yana Buxoroga qochish- ga majbur bo‘ldi. Alimqul Mallaxonning o‘g‘li Sulton Sayyid xonni Qo‘qon xoni deb e’lon qildi. Ammo bu bilan Qo‘qon xonli gida siyo- siy barqarorlik tarkib topmadi. Xudoyorxon 1865-yilda uchinchi marta taxtni egallaydi. Taxt uchun o‘zaro ichki kurash lar avj oldi. Buxoro amirligida ham zoda gonlar va beklarning mol-mulk, taxt, amal talashib o‘zaro zid diyatlari kuchaydi, qirg‘in-barot urush- lar bo‘ldi. 1827–1860-yillarda amirlik qil gan Nasrullo shafqatsiz hukmdor edi. U taxtga chiqqach, o‘z yo‘lida to‘siq bo‘lmasin deb akalari Husaynni zaharlab o‘ldirdi, Umarni qatl ettirdi. Nasrullo taxt ni egallashda, o‘ziga yordam lash gan larni ham ti rik qoldirmadi. Taxtga o‘tirgan kunidan boshlab, bir oy davomida har kuni 50–100 kishini qatl qilib turdi. Shu bois, amir Nasrul loga «qassob amir» deb laqab qo‘yilgan edi. Amir Nasrullo amirlikdagi parokandalikni to‘xtatish uchun shaf qatsiz urushlar qildi, bo‘ysunmagan shahar va qishloq aholisi- ni qi lich dan o‘tkazardi. Bunga o‘zlarini mustaqil deb hisoblovchi Shah risabz bekligiga qarshi olib borilgan qonli urushlar misol bo‘la oladi. Amir Nasrullo Shahrisabzga 32 marta hujum qilib, oxiri 1856- yilda uni zabt etdi. O‘zbek xonliklari o‘za ro urushlar girdobiga botib, katta kuch lar ni behuda qurbon qil di lar, mamlakat boyligini besamar ishlarga sovur- dilar. Vaqtini aysh-ishrat, kayf-u safoda o‘tkazdilar. Natijada, Tur- kiston jahon taraqqiyoti ja ra yo nidan tobora chetda qola boshladi, ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Prezident Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tash lar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan muro- jaat qiladi: «Nega jahonga Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xoraz- miy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Te mur, 198 Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII–XIX asrlarga kelib, to shu choqqacha erishgan yuk sa lish darajalaridan tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobaynida boshi- miz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshi li giga qaramay, chor Rossiyasining o‘lkamizni nisbatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o‘rni bo‘lmaganmikan?» 33 Darhaqiqat, XVII–XIX asr jahon tarixiga moddiy va madaniy yuksa lish davri bo‘lib kirganligi ma’lum. Xususan, Yevropadagi bir qa tor mamlakatlarda ishlab chiqarish sezilarli darajada o‘sdi, zavod- fab rikalar qu ri lib, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi, temi- ryo‘llar qurildi, qit’a lar aro dengiz yo‘llari ochildi, mehnat unumdor- ligi oshdi, odamlarning mod diy va madaniy turmush darajasi ko‘ta- rildi. O‘rta Osiyo xonliklari ana shunday ijobiy jarayondan chetda qoldi, qoloqlikka yuz tutdi. O‘z bek xonliklari hayotidagi qoloq likka bir qator omillar sabab bo‘l di. Xonliklarning asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat idora usuli, tor doiradagi hukmdorlar zulmi taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi. Asrlar davomida bir butun bo‘lib kelgan mamlakatning, bir iqti- so diy va madaniy makonda yashab kelgan aholining uchga bo‘linib ke ti shi, xonliklar o‘rtasidagi urushlar, har bir xonlik ichidagi paro- kandalik, boshboshdoqlik va o‘zaro hokimiyat uchun tinimsiz da vom etgan ichki kurash, ig‘vo-fasodning avj olishi, o‘zaro nizo-jan jallar, urushlar viloyat va tumanlarni, qolaversa, butun mamlakatni xona- vayron qildi. Xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar, etnik nizolar qabilalar ko‘ chi shini keltirib chiqarar yoki ular zo‘rlik bilan yashab turgan joy lari dan ko‘chiri lar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqa rardi, qabilalarning etnik aralashuviga, bir butun xalq bo‘lib qo vushishiga, jipslashishiga xalaqit berar di. Davlat darajasida ham, viloyatlar dara ja sida ham yagona xalq, yagona Vatan tushunchasi- ning qadri anglab olinmadi. Xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyush- tira oladigan yo‘l bosh chi topilmadi. Aholi xon va beklarning, lavozimdagi amaldorlarning zo‘ra- von ligidan, o‘zboshimchaligidan, suiiste’mollaridan, g‘ayriqonuniy soliq va to‘lovlar dan azob chekardi. Turmush darajasi past bo‘lib, aholi is te’ mol uchun eng zarur bo‘lgan tor doiradagi oddiy buyum- lar va mahsulotlar bilan qa noat lanardi. Ishlab chiqarishning faqat 33 Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 7-jild. 136–137-betlar. 199 iste’molga yo‘naltirilganligi iqtiso diyotning o‘sishi uchun turtki bera olmasdi. Xonlar va saroy amaldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivoji- ga xalaqit berayotgan ishlab chiqarish usulini himoya qilardi. Aso- siy boylik bo‘lgan yer ga mulkchilikning eski usuli bir necha asrlar- dan beri o‘zgarmasdan kelar di. Xonliklarda hukmdor yerning birdan bir egasi bo‘lib, yer ishlovchilarga – dehqonlarga xatlab, ijara tarzi- da bi rik tirilgan edi. Dehqon yer egasi emas, yer dan olingan hosilning egasi edi. Shu bois, dehqon yerni asrab-avaylashga, uning unum- dorligini oshirishga intilmasdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo‘l ma ga ni uchun boshqa joylarga ketaverardi. Dehqonchilik nochor ah volda edi. Yerga ishlov berish o‘sha-o‘sha bir juft ho‘kiz, so‘qa- omoch darajasida qolib ketgan edi. Irrigatsiya inshootlariga ahamiyat pa sa yib, sug‘oriladigan yer maydonlari qisqarib borardi. Xonliklarda sanoat ishlari rivojlanmadi. Oltingugurt, rangli me - tal lar, marmar, toshko‘mir, neft, gaz kabi tabiiy boyliklar to‘la bo‘l- gan konlar bo‘lsa-da, ularni izlab topish, qazib olish, kon-tog‘ ishla- rini yo‘l ga qo‘yishga befarqlik qilindi. O‘lkada yetarli darajada yirik daryo lar bo‘lsa-da, ularda baliqchilikni rivojlantirish, kemasozlik yo‘lga qo‘yilmadi. Tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Daromad iste’mol va qo‘ shin xarajatlarini zo‘rg‘a qoplardi, pul, oltin-kumush xon va amal dorlarning xazina to‘plash manbayi bo‘lib qolgan edi, iqtiso- diyot rivoji uchun sarflanmasdi, o‘lik mol sifatida saqlanardi, kapi- tal ga aylan masdi. Xonliklarning savdo munosabatlarida hamon ayirboshlash tar- zi da vom etardi. O‘rta Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga, ya gona ichki bo zor ham tashkil topmagan edi. O‘zbek xonliklaridagi ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, iqtisodiy va har biy nochorlik, paro kan dalik, o‘zaro nizo va urushlar, oxir-oqibat, ularning mustamlakaga aylanishiga olib keldi. Nazorat savollari 1. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nis ba tan oson egallashiga nimalar sabab bo‘ldi? 2. Shayboniylar qachon va qanday shaharlarni zabt etdi? 3. Nima sababdan shayboniylar Xurosonni qo‘lda ushlab turolma- dilar?
200 4. Nima uchun Turkiston uch xonlikka bo‘linib ketdi? 5. Buxoro xonligining tashkil topishi haqida so‘zlab bering, bu haqda referat yozing. 6. Xiva xonligi qanday muhitda, qachon tashkil topdi? 7. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, iq ti so diy, madaniy hayotida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 8. Ashtarxoniylar kim, ular Buxoro xonligida hokimiyatni qa chon qo‘lga kiritdilar? 9. Qachon va nima uchun Buxoro xonligi amirlik deb ataladi- gan bo‘ldi? 10. Qo‘qon xonligining tashkil topish tarixini, hokimiyatni qan- day su lo la boshqarganini bilasizmi? 11. Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari tarixiga doir qanday asar- lar yozil gan? 12. XVI–XIX asrlarda barpo etilgan qanday tarixiy me’moriy yodgorliklarni bila siz ? 13. Nima sababdan xonliklarda o‘zaro va ichki kurashlar uzoq yillar da vom etdi? 14. Xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi qoloqlikning sa - bab larini bilasizmi? 15. Xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro kurash qanday oqibatlarga olib keldi?
201 X bob. O‘ZBEK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI MILLIY OZODLIK HARAKATI. JADIDCHILIK T
biy ekspeditsiyalari. Angliya–Rossiya raqobati. Harbiy istehkomlar. Oq mas jid qal’asi. Toshkentga hujum. Mulla Alimqul. Turkiston ge ne- ral-gubernatorligi. Fon Kaufman. Zirabuloq jangi. Samarqand qo‘z- g‘o loni. Xivaga yurish. Gandimiyon shartnomasi. Qo‘qon xonligi- ning tugatilishi. Bosh qaruv tizimi. Mustamlakachilik siyosati. Tosh- kent qo‘z g‘oloni. Dukchi eshon. 1916-yilgi qo‘zg‘olon. Jadidchilik. Mahmud xo‘ja Behbudiy. 1. O‘zbek xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik idora usulining joriy etilishi Turkiy xalqlar yashaydigan bepoyon hududlarni bosib olish Ros- siya podshohlarining azaliy orzusi bo‘lib, bu boradagi amaliy hara- kat Ivan Grozniy zamonidan boshlangan edi. U Qozon (1552), Ash- tarxon (1556), Sibir (1581–1590) xonliklarini bosib oladi va endi o‘zbek xon liklari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga kirishadi. Shu maq sad da, 1558–1559-yillarda Antoni Jenkinson boshliq elchilar- ni Buxo roga yuborilib, josuslik ma’lumotlari to‘plangani tarixdan ma’lum. Rossiya hukumati XVII asr davomida 9 marta elchi yubo- rib, Buxoro va Xiva xon liklarining iqtisodiy va harbiy ahvolini o‘rga- nadi.
«Sharqni egalla» siyosati yuritiladi. Bu siyosatning tarkibiy qismla- ridan biri o‘zbek xonliklarini egallash edi. Xiva, Buxoro, Qo‘qon xonliklarining g‘arbiy, shimoliy va sharqiy chegaralarida harbiy isteh- komlar qurish, xonliklarni Rossiya tobeligiga olish maqsadida kat- ta harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. 1715-yilda sharqiy chegaralar- da Buxgolts rahbarligida, 1716–1717-yillarda Xiva xonligida Beko- vich-Cherkasskiy rahbarligida harbiy ekspeditsiyalar tajovuzkorona harakat qildilar. 1721–1724-yillarda Florio Beneveni boshliq elchi-
202 lar Buxoroda josuslik faoliyatini yuritdi. XVIII asr davomida Rossiya davlati qozoqlarning Kichik Juz, O‘rta Juz, Katta Juz hududlarini o‘ziga bo‘ysundirib, ularning hududida o‘zbek xonliklariga bostirib borishda foydalanish maqsadida 46 ta katta va 96 ta kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurdiradi, ularga qo‘shinlarini joylashtiradi. Angliya–Rossiya raqobati. XIX asrda yirik mustamlakachi dav- lat lar tomonidan Afrika, Osiyo, Amerika va Okeaniya mamlakat- larini bo‘lib olish uchun kurash yanada kuchaydi. XVIII asr o‘rtalarida ikki yirik mustamlakachi imperiya – Buyuk Brita ni ya va Rossiya davlatlari manfaatlari Turkistonda to‘q nash di. Ik ki davlat bir-biridan yashirin ravishda O‘rta Osiyoga kirish, xon- liklardagi hukmron sulolalar bilan til topishish yo‘llarini qidiradi, shu maqsadda harbiy missiyalar yubordi. Angliya Hindiston tomon dan, Rossiya qozoq cho‘llari va Sibir tomondan harakat qiladi, o‘zbek xonliklarini o‘z ta’sir doirasiga olish, o‘z manfaatlari yo‘lida xon- liklarning boyliklari, tabiiy resurslaridan foydala nish, o‘z mus tam- la ka siga aylantirishga intiladi. Shu bois, ingliz–rus raqoba ti kun dan kunga kuchayib boradi. Hindiston va Afg‘oniston orqali o‘zbek xonliklari bilan savdo- sotiq, dip lo ma tik aloqalar olib borayotgan Buyuk Britaniya Ros- siyaning o‘zbek xon liklariga kirib kelayotganidan xavfsiramoqda edi. Rossiyaning Qo‘qon, Bu xo ro, Xiva xonliklarini bosib olish reja- laridan xabardor bo‘lgan Angliya hukumati Rossiya rejalarini barbod qilish choralarini ko‘rdi. Ost-Indiya kom paniyasi tomonidan josuslik ma’lu motlari to‘plash maqsadida yubo rilgan E.K.
Meyendorf 1824- yil dayoq Buxoroda bo‘lgan, ammo maqsadiga erisha olmay, shu yer- da halok bo‘lgan edi. 1831–1833-yillarda mazkur kom paniya leyte- nanti Aleksandr Berns Hindistondan Afg‘onistonga, undan Buxo- roga go‘yo sayyoh sifatida keladi. U yig‘ilgan dalillar va shaxsiy kuza tuvlar aso si da uch jildlik «Buxoroga sayohat» nomli kitob yozib, unda, jum ladan: «O‘zbeklar... mening kim ekanimni bilmaganlari- dan barcha narsalar xususida, hukmdorlari siyosatidan tortib bozor- dagi ahvol ha qi da ham tortinmay so‘zlashdilar», – deb yozadi. Angliya hukumati Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarini Ros siya- ga qarshi ittifoqqa uyushtirishga harakat qiladi. 1841–1842-yil larda Angliya hukumati mayor Konollini Xivaga, polkovnik Stoddart ni Buxoroga maxsus missiya bilan yubordi. Ular Xiva xoni va Buxoro amiri huzurida bo‘lib, Rossiya tajovuzidan saqlanish uchun uchala xonlik bir-birlariga yordamlashishini, kuchlarni birlash tirishni, itti- 203 foq tuzishni taklif qilib, rus qo‘shinlariga qarshi kurashish uchun qo‘shin bilan yordam berishga va’da qiladilar. Biroq ularning ras miy hujjatlari bo‘lmagani sababli Amir Nasrullo ularni zin donga tash- latdi. Bularni qutqarish uchun Angliya tomonidan Tur kiya homiy- li gida mayor Volf Buxoroga yuboriladi, ammo uning 1843–1845- yillarda Buxorodagi urinishidan ham natija chiqmadi, zindon dagilar qatl etildi, Volfning o‘zi zo‘rg‘a qochib qutiladi. Shuningdek, 1843- yilda Xi va ga kelgan kapitan Ebbot ham Angliya manfa atlari yo‘lida ishlagani ma’lum. Buyuk Britaniyaning O‘rta Osiyoga kirish va uni egallashga inti- li shi Rossiyani tashvishga soldi. U xonliklarga bevosita chegaradosh bo‘l ganidan foydalanib, harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xonliklarning shimoli-g‘arbiy hududida Orenburg general-guber- natori V.A. Perovskiy katta qo‘shin bilan hujumga shaylanib tu rar- di. U 1834-yilda Kaspiy dengizi qirg‘og‘idagi Mang‘ishloqda harbiy istehkom qurib, unga Novo-Aleksandrovskaya deb nom berdi. 1845- yilda Orenburg va Yoyiq, 1847-yilda Sirdaryoning Orol den gizi ga quyilish joyidagi Raim qal’asi bosib olinadi. Perovskiy qo‘shinlari 1853-yilda Qo‘qon xonligining strategik ahamiyatga molik bo‘lgan Oq masjid qal’asini bosib oladi va u yerda mustahkam o‘rna shadi. Xonliklarning shimoli-sharqiy tomonida esa G‘arbiy Sibir ge ne- ral-gubernatori G. Gosford hujumga tayyorlanish uchun 1847-yil- da Yetti suvdagi Ulutov yaqinida ikkita harbiy istehkom, 1848-yilda Qorabuloq qal’asini, 1854-yilda Olmati ovuli yonida Verny istehko- mini qurib, harbiy kuchlarni joy lashtiradi. 1860-yilda Qo‘qon xon ligi hududiga qarashli harbiy isteh komlarga hujum qilib, To‘q moq, Pish- pak va boshqa qal’alarni birin-ketin bosib ola boshladi. Perovskiy va Gosfordlarning harbiy harakatlari amalda Rossiya- ning O‘rta Osiyoga e’lon qilinmagan bosqinchilik yurishining bosh- lanishi edi. O‘zbek xonliklarini bosib olish masalasi podshoh Aleksandr II to mo ni dan 1859- va 1861-yillarda o‘tkazilgan saroy kengashida mu - ho kama qilinadi. Birinchi navbatda, Qo‘qon xonligini bir yoqlik qi lish, un ga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga qaror qilinadi O‘rta Osiyo uchun kechgan o‘zaro raqobatda Rossiya ustunlik qildi. Angliya Ros siyaning O‘rta Osiyoni egal lashga qaratilgan harbiy hara- katlarini to‘xtatib qololmadi. Rossiya imperiyasi bosqini. 1864-yil may oyida Qo‘qon xonligi hududiga sharq tomondan polkovnik Chernyayev qo‘mondonligida- 204 gi Rossiya qo‘ shinlari, g‘arbdan polkovnik Verevkin qo‘shinlari bos- tirib kirdi. Ular tomonidan Qo‘qon xonligining muhim va tayanch shaharlari Avliyoota, So‘zoq, Turkiston shaharlari egallandi . Bosqin- chilar 1864-yil 14-iyulda Chimkentga yurish boshladilar. Bu orada, Qo‘qon xoni Sayyidxon va lashkarboshi Mulla Alimqul bor kuchlari- ni to‘p lab, Chimkent atrofida jangga tayyorlandilar. Mulla Alimqul o‘z qo‘shinlarini bosqinchilar egallagan shahar- larni ozod qilish uchun jangga tayyorlayotgan bir paytda Buxoro amiri Muzaf farning Qo‘qon xonligi hududlariga bostirib kirganligi to‘g‘ r isida xabar olindi. Mulla Alimqul o‘z qo‘shinlari bilan Qo‘qon himoyasiga otlanishga maj bur bo‘ladi. Vaziyat Chernyayevga qo‘l kel di, uning qo‘shinlari Oren burg otryadlari bilan Sayramda qo‘shi- lib, 1864-yil 14-sentabrda Chimkentga yangidan yurish uyushtirib, 22-sentabrda shaharni bosib oladi. Chernyayev 1864-yil 2-oktabr kuni
Toshkentga hujum boshladi. Tosh kent Qo‘qon xonligining eng yirik, muhim strategik ahamiyatga mo lik shahari bo‘lib, uzunligi 25 chaqirim, eni 2–3 metr, balandli- gi 5–7 metr bo‘l gan devor bilan o‘rab olingan edi. Devor tepasining keng
ligi 2 m bo‘lib, mudofaa minoralari, o‘q otadigan shinaklari bo‘l gan, devor atrofi suv to‘ldirilgan zovur bilan o‘rab olingan edi. Toshkent mudofaachilarining mardona harakati tufayli Chernya- yev qattiq mag‘lubiyatga uchradi, u 72 zobit va askarini yo‘qot ib, Chimkentga qay tishga majbur bo‘ldi. Mag‘lubiyatga uchrab Chim- kent tomon chekingan dushman kuchlaridan mayor Serov boshchili- gidagi harbiy qismni Alimqul qo‘shini 1864-yil noyabrda Iqon qish- log‘i atrofida qurshovga oladi. Serovga 170 dushman as kari ikki zam- barak bilan kelib qo‘shilsa-da, dushman ustidan sarkarda Alim qul g‘alaba qozonadi. Bu g‘alaba Iqon jangi nomi bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan. Chernyayev 1864–1865-yil qishini harbiy tayyorgarlik bilan o‘t- kazdi, uning qo‘shinlari Sibir va Orenburgdan yetib kelgan qurol- yarog‘, yangi batalyonlar, sapyorlar rotalari bilan to‘ldirildi. 1865- yil bahoridan Chernyayevning yangi hujumi boshlandi. 28-ap rel kuni Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi Niyozbek qal’asini egal lab, Tosh kent ni suv bilan ta’minlab turuvchi Kaykovuz anhoriga Chirchiq dar yosidan suv chiqarib beruvchi to‘g‘onni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradi. Amirlashkar Alimqul katta qo‘shin bilan Qo‘qondan Tosh- kentga yetib keladi. Toshkent uchun shiddatli jang lar bo‘ldi. 9-may kuni Salar arig‘i bo‘yida katta jang bo‘ldi. Alimqul og‘ir yaralanib |
ma'muriyatiga murojaat qiling