O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov
Download 3,12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sho‘royi Islomiya Turkiston jadidlari faqat targ‘i bot-tashviqot- chi lik ishlari bilan chekla nib qolmasdan, shu bilan birga, siyosiy tash kilotlar, partiyalar tuzish, ularning faoliyatini islohotchilik maq sadlari sari yo‘naltirish bilan ham jiddiy shug‘ullanib bordilar. Chunonchi, 1917-yil 14-martda
233 Tosh kentda «Sho‘royi Islomiya» tash kiloti tuzildi. Hur va demok- ratik Turkiston uchun kurash, uning asosiy g‘oya si va bosh maqsadi edi. 15 kishidan iborat rayosat tar kibi dan Munavvar qori Abdu rashid- xonov (ye takchi), Abduvohid qori, Mirkomilboy Mo‘minboyev, Ubay dulla xo‘ja Asadulla xo‘ja yev, Salimxon Tillaxonov singari yurt rah namo lari o‘rin olgan edilar. O‘lkaning turli joylarida «Sho‘royi Islomiya»ning quyi sho‘ba- la ri tuzilib, ular aholi orasida qizg‘in faoliyat yuritdilar. Shuning- dek, «Sho‘royi Islomiya» ta’sirida joylarda turli nomda tashkilotlar tuzildi. Toshkentda «Turon», «Ittihodi taraqqiy», Andijonda «Ozod xalq», «Hurriyat», «Ma’ri fat», Samarqandda «Mirvaj ul-Islom», «Klub Islomiya», Kattaqo‘rg‘onda «Rav naq ul-Islom», «Guliston» va bosh qalar shular jumlasidandir. M. Beh budiyning «Haq olinur, beril mas!», Munavvar Qorining «Hurriyat beril mas, olinur!» shiorlari ular ning chinakam kurash bayrog‘iga aylangan edi. Turkiston istiqloli uchun kurashga bel bog‘lagan va «Sho‘royi Islomi ya» ta’sirida faoliyat yuritgan jadidlarning bir qismi «Qadim- chilar» nomi bilan atalardi. 1917-yil iyuniga kelib «Qadim chilar» «Sho‘ royi Islomiya» taraf dor lari bilan uzil-kesil aloqani uzib, «Sho‘- royi Ulamo» tashki lotini tuzdilar (uning rahbar lari: Sherali La pin, Abdumalik hoji Nabiyev va boshqalar). Bo‘linishning asosiy sabablari Turkistonning milliy mustaqil ligi- ga eri shish yo‘lidagi ikki xil qarama-qarshi taktik kurash masa lasi edi. Mutaassib qarashlar nuqtayi nazaridan yondashgan «Qadim chi- lar» o‘lka mustaqilligini hukmron mustamlakachilarga qar shi fa qat g‘azovot, ya’ni qurolli kurash yo‘li bilan qo‘lga kiritishni yoq lardilar. Jadidlarning ilg‘or namoyandalari esa Rossiyada yuzaga kel gan qu lay inqilobiy shart-sharoitlardan foydalanib, yurt musta qil ligi ni siyosiy vositalar orqali, behuda qon to‘kmasdan, bosqichma-bosqich qo‘lga kiritishni istardilar. Ularning demokratik Rossiya Federat siyasi tar- kibida Turkiston Muxtoriyati tuzish talabi ham shu maq sadni ko‘zda tutardi.
O‘lkaning milliy kuchlari o‘rtasida yuz bergan bu ajralish va g‘oya viy ixtiloflar, shubhasiz, ularning harakat birligiga jiddiy putur yetkazardi. Ayniqsa, «Sho‘royi Ulamo»ning nashri – «Al-Izoh» jur- na li sahi falarida millatning ilg‘or kuchlariga, vatanparvar milliy ziyo- li larga nisbatan adovat urug‘ini yoyishga alohida urg‘u berildi. Bu esa aslida shovinistik kuchlar tegirmoniga suv quyish edi. Chun ki 234 bun dan o‘lkada faoliyat yuritayotgan yot-begona siyosiy kuchlar o‘z maq sadlari yo‘lida foydalandilar.
Turkistonda demokratik harakat lar ning o‘sib borishida, turli ijti moiy qatla mlar va tabaqalarni istiqlol uchun kurash bayrog‘i osti da birlashtirishda 1917-yilda bo‘lib o‘tgan Umumturkiston musul- mon lari qurultoylari va ular ishlab chiqqan dasturiy hujjatlar, tash- kiliy tadbirlarning roli katta bo‘ldi. «Sho‘royi Islomiya» tash kiloti ta shabbusi bilan 1917-yil 16- aprel- da Tosh kentda Umum turkiston musul mon larining I qurultoyi cha qi- rildi. Qu rul toy ancha vako latli anjuman bo‘lib, unda Turkiston ning ko‘plab atoqli kishilari qatnashadilar. Ular orasida M. Cho‘ qayev, M. Abdurashid xonov, M. Behbudiy, U. Asadullaxo‘jayev, Sh. La pin, T. Nor bo‘ta be kov, A.Z. Vali diy, S. Yusu pov, I. Sho ah me dov va bosh - qalar bor edi. Qurul toy kun tartibiga 16 ta ma sa la qo‘ yilishining o‘zi ham uning katta aha mi yati dan darak berardi. Qurultoyda o‘lka- ning bo‘lajak davlat qurilishiga alohida to‘xtalib, Turkis tonga keng muxtoriyat huquqini beradigan demokratik Rossiya Federatsiyasi tu zish g‘oyasi ilgari surildi. Qurul toyda – Turkiston o‘lka Musul- mon lari Sho‘rosini tuzish to‘g‘risida qa ror qabul qilindi. Turkiston o‘lka musul monlar sho‘rosining birinchi yig‘ili shida uning marka- ziy organi – Mar kaziy Sho‘ro tuzildi. Mus tafo Cho‘qayev Mar- kaz Raisi, Munavvar qori rais muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U. Asadul la xo‘ ja yev va boshqa lar a’zolar etib say landilar. Markaziy sho‘ro zim masiga o‘l ka dagi barcha tarqoq, o‘z ho li cha ish yuritayotgan, nizom va das turlariga ega bo‘lmagan uyush ma va tashkilotlarni birlashtirish, faoliyatini muvofiqlash tirish vazi fasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy sho‘roning joylarda
xonov, Samar qand sho‘basini M. Behbudiy, Farg‘ona sho‘basini esa Nosirxonto‘ra Kamol xonto‘ra o‘g‘li boshqardi. Shu tariqa, Turkistonda uchta hokimiyat or ga ni vujudga keldi: ♦ Rossiya Muvaqqat hukumatining Turkiston Qo‘mitasi; ♦ Ishchi, askar deputatlari Soveti; ♦ Turkiston o‘lka Musulmonlari Sho‘rosi, uning markaziy organi. – Markaziy sho‘ro. O‘lka xalqlarining rahnamolari bo‘lgan jadidlar, ruhoniyat ar bob - lari o‘z sa’y-harakatlarida mahalliy, hududiy manfaatlar, qizi qish lar
235 bilan cheklanib qolmay, boshqa mintaqalardagi musulmonlar omma- si, ularning ilg‘or vakillari bilan ham yaqindan hamjihat bo‘lish- ga in til dilar. Shu maqsadda ular 1917-yilning 1–2 mayida Mos kva- da bo‘lib o‘tgan Butun Rossiya Musulmonlari I Qurultoyida ish- tirok etdilar. Unda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurili shi shaklan milliy-hududiy, Federatsiya asosidagi demok ratik res pub lika bo‘lishi ta’kidlandi. Qurultoyda Butun Rossiya Musulmon- lari Sho‘rosi, uning Ijroiya Qo‘mitasi ta’sis etildi. Ijroiya qo‘mitasiga o‘lkamiz vakillaridan U. Asadullaxo‘jayev va I. Sho ah me dovlar a’zo etib saylandilar. Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917-yilning 21–31-iyul kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Butun Rossiya Musulmonlari- ning II qurul toyi ham Rossiya musulmon aholisining ozodlik va mus ta qillik sari hara katlanish yo‘lini aniqlashtirish va mu vofiq lash- ti rish da muhim qadam bo‘l di. Unda Turkiston, Kavkaz va Qrimda davlat boshqaruvini mehnat kashlarning o‘zlari hal etishi, mu sul mon- lar kurashini tashkil etish uchun Butun Rossiya Harbiy Sho‘rosi ta’sis etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 1917-yilning 17–20-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan
lari hayotida muhim rol o‘ynadi. Unda 500 nafar vakil ishtirok etdi. Qurultoyda tarkibi 12 kishilik Turkiston o‘lka Qo‘mitasi, 24 kishilik
sus qarorida ularning Rossiya davlati Konstitutsiyasiga muvofiq kela- digan shariat qonunlari asosida faoliyat yuritishi ta’kidlangan edi. Qurultoyda «Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», «Turon», «It ti- hod» va shu kabi boshqa mahalliy milliy tashkilotlarni bir lash ti rib, ular negizida yagona «Ittifoqi Muslimin» («Musulmonlar Ittifoqi») siyosiy partiyasini tuzish g‘oyasi ilgari suril di. Qurultoyda M. Beh- budiy otashin nutq so‘zlab, ham ma ni birlikka, jipslashishga da’vat etdi. «Ulug‘ Turkiston» gazetasi
tonning o‘z ichki ishlarini mustaqil hal etishga qodir bo‘lgan o‘lka- ning mahalliy va milliy muxtoriyatini tuzish g‘o ya sini asosiy o‘ringa qo‘ygan edi. Shunday qilib, Turkistonning ilg‘or ziyolilari milliy istiqlolga eri - sh ish yo‘lida o‘lkadagi barcha sog‘lom, vatanparvar kuchlarni bir- la shib, jipslashib harakat qilishga da’vat etgandilar. Biroq af su s ki, Turkistonda ay richa faoliyat yuritgan, o‘z nafsiga berilgan ham da muxolifatchilik ustuvor bo‘lgan ayrim mahalliy, milliy tash kilotlar
236 mana shu yuzaga kelgan imkoniyatlardan foydalana olma dilar. Bu esa, shubhasiz, vaziyatni ustomon lik bilan o‘z izmiga burib yuborish- ga intilayotgan bolsheviklarga qo‘l keldi. 2. Turkistonda Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi, uning shovinistik siyosati Rossiya Muvaqqat hukumatining mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar va milliy masalalarni hal etol ma - yot ganligidan bolsheviklar ustomonlik bilan foydalandilar. Bol she- viklar ilgari surgan «Butun hokimiyat sovetlarga!», «Yer deh qon- larga», «Xalqlarga tinchlik» shiorlari ularning hokimiyatga kelish lari- da, asqotdi. Rossiya poytaxti Petrogradda 1917-yil 24–25-oktabrda davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Uni Lenin bosh chiligida bolsheviklar partiyasi zo‘rlik bilan amalga oshirdi. 1917-yil 25-oktabrda bolshe- viklar tomonidan Petrogradda Butun Ros siya Sovet larining II Qurul- toyi chaqirilib, unda Lenin boshliq Sovet hukumati –
qilindi. Sovet hukumati nafaqat markazda, balki chor Rossiya impe- riyasi tasarrufidagi barcha hududlarda ham o‘z hoki mi ya tini o‘rna- tish hara katida bo‘ldilar. Turkistonda Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi Bolsheviklar Markazda siyosiy ho kimiyat- ni qo‘lga kiritgach, Turkis tonda ham Sovet hokimiyatini qaror toptirishga intildilar. Tur- kis tonda So vet hokimiyatini o‘rnatish g‘o- yat da murakkab jarayonda kechdi. Negaki, bu zamin aholisi bolshe- viklar partiyasi dasturida nazarda tutilgan sotsialistik o‘zgarishlar orqali hamma nar sani umum lashtirish va milliylashtirishni yoqtir- masdi. Mahalliy xalq o‘zining tarixan tarkib topgan, asrlar davomida shakllangan o‘ziga xos tur mush tarzini, yashash sharoitini, xo‘jalik yuritish, idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o‘zgartirish- ni xohlamasdi. Ayniqsa, bol sheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yo‘nalishi islom qadriyatlari doimo e’zozlanib kelin- gan bu yurt odam larining ruhiyati va dunyoqarashi bilan singisha ol masdi. Biroq begona maslak va g‘oyalar bolsheviklar partiyasi hamda uning Turkis tondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo‘rlik bilan o‘lka xalq lariga majbur qilindi. Toshkentda faoliyat ko‘rsatayotgan, asosiy tarkibi yevropalik aho li vakillaridan iborat harbiy qismlar, ishchi otryadlari mahalliy
237 bol shevistik tashkilotlar boshchiligida qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan Sovet hokimiyatini qaror toptirishga kirishdilar. Bolshevik V.S. Lya- pin boshchiligida inqilobiy qo‘mita tuzildi va qo‘zg‘olon bosh landi. 1917-yil 27-oktabr oqshomida Toshkentda boshlangan qo‘zg‘o lon na ti jasida 1-noyabrga kelib Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo‘mi- tasi ag‘darildi. General Korovichenko va Muvaq qat hukumatning Turkiston qo‘mitasi a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet hoki- miyati o‘rnatildi. Turkiston o‘lkasida Sovet hokimiyatini o‘rnatish jarayoni qonli, fojiali voqealar bilan bog‘liq holda kech di. Jumladan, Farg‘ona viloyatida Sovet hokimiyatini o‘r na tish jarayonida Marg‘i- londa 7 ming, Andijonda 6 ming, Naman gan da 2 ming begunoh ki shi lar qirg‘in qilindi. Samarqand, Katta qo‘rg‘on, Yangi Buxoro, Termiz va boshqa shaharlarda ham Sovet hokimiyati o‘rnatildi. Turkistonda Sovet hokimiyati organlarini tuzish vaqtida ham bol shevik yo‘lboshchilarning ulug‘ davlatchilik va shovinistik siyo- sati to‘la kuch bilan namoyon bo‘ldi. 1917-yil 15–22-noyabr kunla- ri Tosh kentda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovet- lari ning III o‘lka qurultoyi hokimiyat masalasini o‘zboshim chalik va biryoqlamalik bilan hal etdi. Unda bolshevik Kolesov bosh chi- ligida Turkiston Xalq Komissarlari Soveti tuziladi. Uning tarkibi- ga 7 bolshevik va 8 ta so‘l eser vakillar kiritildi, butun o‘lka aholisi- ning 95 foizini tashkil etuvchi yerli millat aho lisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi. Vaholanki, oktabr o‘zgarishi rahnamosi Lenin imzo chekkan «Ros siya xalqlari huquqlari Deklaratsiyasi», «Ezilgan va ekspluata- tsiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklaratsiyasi», «Rossiya va Sharq mu sul monlariga» xitobnomasi hamda boshqa hujjatlarda millat lar- ning ozodligi, erki, huquqlari rasman e’tirof etilgan edi. Amal da esa ulug‘ davlatchilik siyosati yuritildi. So vetlar mahalliy aholining asriy orzularini ro‘yobga chiqa rishni emas, balki aksincha, uni har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyat larini tahqirlash yo‘lidan bordilar. Sovet hokimiyati ning
ma halliy aholining xususiy mulklarini tortib olish, hamma narsani so vet lar manfaatlari yo‘lida umumlashtirib, amalga oshirgan g‘ayri- tabiiy faoliyati pirovard-oqibatda, o‘lka xalqlarining keskin norozilik harakatlarining kuchayishiga sabab bo‘ldi. 238 3. Turkiston Muxtoriyati Turkiston Muxtoriyati Sovet hokimiyati Turkiston jilo vi ni qo‘l ga olib, o‘zining avval e’lon qil gan baland par voz va’da- laridan voz kechib, o‘l ka xalq lariga nisbatan olib borgan ikkiyuzlamachilik va muno fiqlik siyosatiga javoban yurt ning millatparvar rahnamolari faol harakatga keldilar. 1917-yil 26-noya- brida Qo‘qonda O‘lka musulmon
chaqirildi. Unda Tur kis ton o‘lkasining 5 vilo yatidan 200 nafar dan ziyodroq vakillar ishtirok etdi. Qurultoy ishida «Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo», Musul mon Harbiylari Sho‘ rosi, o‘lka yahu diy lari jamiya ti namoyan dalari ham qat nashdilar. Qurultoyda Turkiston
ladi:
«Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya in qilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xusu sidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respub likasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’ion qiladi, shu bilan birga, muxtori yat ning qaror topish shakllarini Ta’sis majlisiga havola etadi». Shundan so‘ng qurultoy «Turkistonda yashab turgan mil liy ozchilik aholi huquqlarining muttasil himoya qilinishini tan- tanali ravishda e’ion qiladi». Yangidan tarkib topayotgan davlat Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo‘ldi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyatining hokimiyat organi – Muvaqqat Kengash tuzildi. Muvaqqat Kengash tarkibi 12 kishi dan iborat etib belgilandi. Dastlab unga quyidagi nomzodlar kiritildi: M. Tinishpayev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri 37 ;
Mustafo Cho‘qayev – Tashqi ishlar vaziri (keyinroq Bosh vazir); Ubaydulla Xo‘jayev – Harbiy vazir; Yurali Agayev – Yer va suv boyliklari vaziri; Obidjon Mahmudov – Oziq-ovqat vaziri; Abdurahmon O‘razayev – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari; Solomon Gersfeld – Moliya vaziri. 37 Qozoq taraqqiyparvarlari 1917-yil dekabrda Orenburgda syezd o‘tka- zib «Alash-O‘rda» Avtonom Res publikasini tuzdilar, uning hukumati tarki- biga M. Tinishpayev saylanadi. Shu munosabat bilan M. Tinishpayev «Alash O‘rda» poytaxti Semipalatinskka ketadi.
239 Hukumat tarkibiga yevropalik aholi orasidan yana to‘rtta vakil kiri tili shi belgilab qo‘yilgan edi. Qurultoyning yana bir katta xizmati, bu uning tomonidan Tur- kis ton Milliy Majlisi (parlamenti) tuzilganligi bo‘ldi. Unga «Sho‘- royi Ulamo» tash ki loti rahbari Sherali Lapin Rais etib say lan di. Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o‘sha davrning atoqli arboblari: T. Norbo‘tabekov, S. Sharifxo‘ja yev, Nosirxon to‘ra Kamolxonto‘ra o‘g‘li, M. Behbudiy, Alixonto‘ra Sho- kir xonto‘ra o‘g‘li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari yurt peshvolari ham saylangan edilar. Shunday qilib, o‘lkaning mo‘tabar millatparvar zotlaridan ibo- rat milliy hokimiyat tashkil etilib, uning zimmasiga ulug‘vor vazifa lar yuklandi. Eng muhimi, Turkiston xalqining erki, mus ta qil ligi ni asta- sekin tiklash – bu xalqchil hukumatning bosh vazifasi edi. Shu bois- dan ham o‘lkaning millionlab fuqarolari Turkiston Muxto riyati e’lon qilinganligini katta qoniqish ruhi bilan qarshi oldilar. 1917-yil de kabr oyi boshlarida Toshkent, Namangan, Jalol obod, Qo‘qon, Samar qand shaharlari aholisi mi ting lar, namoyishlar uyush tirib, muxtoriyat ni
qizg‘in qo‘llab-quvvatlab chiq dilar. Biroq o‘lkada o‘rnashib olgan va asosiy boshqaruv jilovini qo‘lda ushlab turgan Turkiston Sovet huku- mati va uning joylardagi hoki miyat mahkamalari Turkis ton Muxto- riyati va uning taraf dorlarini tezroq yo‘q qilish payiga tush dilar. 1917-yil 13-dekabrida Toshkentda Muxtori yatni yoqlab o‘t ka zilgan katta mitingni zo‘rlik bilan tarqatib yuborilishi, bugina emas, unda sovet kuchlari otgan miltiq va pulemyotlar sadosi ostida ko‘plab qur- bonlar berilishi (eski shaharlik 16 kishi otib o‘ldirilgan edi) – bu Tur- kiston Muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suyiqasd edi. 1917-yil 25-dekabr kuni Qo‘qonda o‘lka musulmon ishchi, as -
ga yaqin kishi ishtirok etdi. Qurultoy muxtoriyatni har tomon lama quvvatlash, unga moddiy va ma’naviy madad ko‘rsatish shiori osti- da o‘tdi. Qurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi tarki bini musul- mon ishchi, askar va dehqon deputatlari Qurultoyi vakil lari hisobiga to‘ldirish to‘g‘risida qaror qilindi. Qurultoy o‘zining so‘nggi ish kuni 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komi ssar lari Soveti Raisi V.I. Lenin nomiga telegramma yo‘lladi. Unda Tur kis ton Muxtoriyatini e’tirof etish, Toshkent Xalq Komissarlari Sove tiga hokimiyatni Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashiga top shirish to‘g‘ ri sida farmoyish berish so‘ralgan edi.
240 Lenin va uning safdoshlari esa ochiq va yashirin tarzda Tosh- kent da faoliyat yuritayotgan Turkistondagi Sovet hukumati oldiga
gi
Sovet hokimiyati o‘lka muxtoriyati faoliyatini cheklash, uni bu tun- lay barham toptirishga qaratilgan xoinona yo‘l tutdi. 1918-yil 19–26- yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lka Sovetlarining IV syezdi Tur- kiston Muxtoriyati hukumatini, uning a’zolarini qonundan tash qari holatda deb hisobladi va ularning boshliqlarini qamoq qa olish ga qaror qildi. Buning ustiga, Turkiston Muxtoriyati o‘zini-o‘zi yetarli daraja- da himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lolmadi. Mux toriyatchilar ora- sida ko‘pgina muhim hayotiy masalalarda birlik, hamjihatlik, jipslik mavjud emasdi. Unga moddiy, ma’naviy hamda harbiy, moliyaviy madad ko‘rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo‘q edi. 1918- yil 18-fevralda «Ulamo» jamiyati ta shab busi bilan Mux to riyatda to‘ntarish sodir etildi. Mustafo Cho‘qayev boshchili gidagi hukumat ag‘darildi. Hukumat bosh qaruvi Qo‘qon shahar militsiyasi boshlig‘i Kichik Ergashga o‘tadi. Turkiston Sovet hukumati 1918-yil 14-fevralida Farg‘ona vi lo- ya ti hududida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo‘qon- dagi mah alliy hokimiyati – ishchi va askar deputatlari Sove- ti 17-fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo‘lishga da’vat qil- di. Ayni vaqtda, Tosh kentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko‘p sonli qizil qo‘ shin olib kelindi va ular darhol ishga solindi. Qo‘qondagi ashad diy millatchi arman dashnoqlari 38 ham bu bos- qinga jalb qilindi. 19–21-fevral kunlari Qo‘qon xalqi ustiga balo-qazo yog‘ildi. Sha har o‘t ichida yondi. Shu tariqa Turkiston Muxtoriyati mag‘lu- bi yat ga uchradi. Eng dahshatlisi shuki, bu xunrezlik tagida hech bir gunohi bo‘l- ma gan ming-minglab Qo‘qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo‘qonda sovetlar sodir etgan qonli fojiani Sovet dav lati arboblaridan biri D. Manjara keyinroq shunday e’tirof etgan- di: «Milliy siyosatda yo‘l qo‘yilgan xatolarimiz tufayli Qo‘qon Mux- toriyati vujudga keldi. Uni yo‘qotish paytida yana bir xatoga yo‘l qo‘ydik. Qurol-yarog‘i deyarli bo‘lmagan muxtoriyatchilar joylash- gan Eski shaharni qamal qilish o‘rniga, biz to‘plardan o‘qqa tutdik, keyin dashnoqlarning qurolli to‘da larini ishga soldik. Natijada, talon- 38 Dashnoq – 1890-yilda Tifilisda tashkil etilgan «Dashnak sutyun» («Itti- foq») arman millatchilari partiyasi a’zosi. 241 taroj, nomusga tegish, qirg‘in bosh landi. Bundan muxtoriyatchilarga aloqasi bo‘lmagan tinch aholi katta zarar ko‘rdi». Sovet hokimiyati o‘zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik yo‘ - na li shdagi iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo‘lini izchil amalga oshi rishga kirishdi. Chunonchi, yer to‘g‘risidagi dekret asosi da yer- ga bo‘lgan xususiy mulkchilikni tugatish boshlandi. Shu maqsadda, joylarda yer qo‘mitalari tuzildi. Jumladan, 1918-yil kuzi da Sirdaryo viloyatida 51 ta, Samarqand viloyatida 50 ta, Yettisuvda 25 ta shunday qo‘mitalar tashkil etildi. Biroq dehqonlar Sovet ma’murlarining yer qo‘mitalarini tuzish harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan, bolsheviklar bu yo‘lni qat’iy amalga oshirish- da davom etdilar. Buning natijasida, o‘lkadagi ko‘p lab yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va davlat tasarrufiga o‘tkazildi. Download 3,12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling