O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


O‘zbekiston sanoati va qisbloq xo‘jaligi front xizmatida


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49

2. O‘zbekiston sanoati va qisbloq xo‘jaligi front xizmatida

Sanoat. Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan 

holda jadal rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941-yil oxirlari-

da O‘zbekistonning 300 sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera 

boshladi.

Respublika sanoat korxonalari quvvatining kengayishi, yangidan 

qurilgan zavodlarning ishga tushirilishi elektr energiyasi va yoqilg‘i 

ish lab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O‘zbekiston partiya 

va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo‘llab bu muammoni hal etish-

da ko‘mak so‘radi. Tez orada 1942-yil 10-noyabrda VKP(b) MQ va 

SSSR Xalq Komissarlari Soveti «O‘zbekiston SSRda beshta gidro-

elektrostansiya qurilishi to‘g‘risida» qaror qabul qildi. O‘zbekistonda 

meta l lur giya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish 

tadbirlari ham belgilandi.

1943-yilda O‘zbekistonda eng yirik gidroelektrostansiya – Beko-

bodda Far hod GESi

  qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar 

va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farhod GESi qurilishi umumxalq 

qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari hashar yo‘li bilan bajarildi. 10 

oylik fidoko rona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.

Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, 

Sa lar, Quyi Bo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, shaharlar va yirik 

korxonalar yonida kichik GESlar ishga tushirildi. O‘zbekistonda 

elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravariga, ya’ni 1940-

yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945-yilda 1187 mln kilovatt soat-

ga ko‘ pay di. Urush davrida «Angrenugol» ko‘mir konida yana uchta 



295

shaxta va ochiq usulda ko‘mir qazib olinadigan karyer bunyod etildi. 

O‘z be kis ton va Qirg‘iziston chegarasida Qizilqiya ko‘mir koni foyda-

lanishga topshirildi.

1940-yilda O‘zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko‘mir qazib olin-

gan bo‘lsa, 1945-yili 103 mln tonna, ya’ni 30 marta ko‘proq ko‘mir 

qa  zib olindi.

Neft mahsulotlari ishlab chiqarishni keskin ko‘paytirish tadbirla-

ri ko‘rildi. Neft-geologiya qidiruv tresti, neft tarmog‘i qurilish-mon-

taj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, neft qazib chiqarish asbob- 

uskunalarini ta’mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi barpo 

etildi. Farg‘ona vodiysida ishlab turgan «Andijon», «Polvontosh», 

«Changartosh», «Chimyon» neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish 

kuchaytirildi. Yangi neft konlari, neftni haydash zavodi ishga tushi-

rildi. Urush yillarida respublikada neft ishlab chiqarish 4 marta ko‘ -

pa ydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi.

G‘arbdan ko‘chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta  stanok-



sozlik, to‘qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Res-

publikamizdagi urushdan oldin qurilgan ko‘pgina zavodlar ham turli 

harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqa-

rishga moslab qayta qurildi.

O‘z SSR XKS 1942-yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavo-

di qurish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Metallurgiya zavodini qurish 

butun respublika mehnatkashlarining zarbdor ishiga aylandi. Sanoat 

korxonalari zarur mutaxassislar bilan, kolxoz va sovxozlar ishchi 

kuchi bilan ta’minlandi. Zavod qurilishida 30 mingdan ko‘proq 



ki shilar ishtirok etdilar. O‘zbekistonning birinchi metal lurgiya zavo-

di 1944-yil 5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera bosh-

la di va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevraldan 

ikkinchi navbati ishga tushirildi.

Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko‘plab qora va rangli metall 

kon lari ochildi. Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo‘ytosh, 

Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit koni o‘z-

lash tirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyu-

min va bosh qa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq korxona-

lar qurildi. Kimyo, qurilish materiallari sanoati, to‘qimachilik va 

poyabzal sanoa ti, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini 

rivoj lan tirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog‘ 



za vo di, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva za vod-

lari qurilib ishga tushirildi.

296

 Shu yillarida, O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 280 ta yangi sanoat 



kor xonalari qurilib ishga tushirildi.

 Sanoatning yangi tarmoqlari – 

aviatsiya, stanoksozlik, og‘ir mashinasozlik, qora va rangli metallur-

giya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi.

Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O‘zbekis-

ton So vet Armiyasining qurol-aslahaxonasiga aylandi. O‘zbekiston 

front ga 2 090 samolyot, 17 342 aviamotor, 2 318 ming aviabomba, 1,7 

ming    dan ortiq minomyot, 22 mln mina, 560 ming snaryad, million-

ta cha granata, 330 ming parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming 

km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va bosh-

qa mahsulotlar yetkazib berdi. Bu o‘zbekistonliklarning fashist bos-

qinchilarini tor-mor etishga qo‘shgan ulkan hissasi sifatida jahon 

tarixidan munosib o‘rin oldi.



Transport va aloqa. Respublikamizda transport va aloqa vosita-

larining to‘xtovsiz va samarali ishlashini ta’minlashga e’tibor berildi. 

1943-yil 25-yanvarda «Toshkent temiryo‘li ishi to‘g‘risida» maxsus 

qaror qabul qilindi. Temiryo‘l harbiy holatga o‘tkazildi, unda ishlov-

chilar safarbar etilgan, deb hisoblandi, harbiy xizmatchilar kabi qat-

tiq intizomga rioya etish majbur qilib qo‘yildi.

1941–1945-yillarda temiryo‘llar 2 barobar uzaydi. Toshkent– 

Angrenugol, Boysun–Otquloq–Turangli, Toshkent tovar stansiya-

si temir yo‘llari qurilib ishga tushirildi. Respublika avtotransportida 

tashilgan yuklar hajmi 1945-yilda 1940-yilga nisbatan 2,5 barobar 

o‘sib, 2 116 ming km tonnadan 5 139 ming km tonnaga yetdi.

Aloqa, telefon, telegraf xodimlari ham urush talablariga mos la shib 

ishladilar. Aloqa xodimlari O‘zbekistonni Markaz bilan, Res publika 

rah bariyatini viloyat, shahar, tumanlar, yuzlab sanoat korxonalari 

bilan aloqasini yo‘lga qo‘ydilar. Toshkent–Samarqand–Ashxabod, 

Toshkent–Samarqand–Boku, Toshkent–Samarqand–Krasno vodsk, 

Tosh kent–Samarqand–Buxoro telefon aloqa yo‘llari qurildi. 1943-

yilda qu rib ishga tushirilgan 500 kilometrlik telefon yo‘li Res pub  lika 

poy taxti ni Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston bilan bog‘ladi.

Yirik korxonalarning o‘zlarida ham 50–100 o‘rinli telefon stan-

siyalari qurildi. Natijada xo‘jaliklarga rahbarlik qilish, ularga o‘z vaq-

ti da ko‘maklashish ishlari yaxshilandi.



Qishloq xo ‘jaligi. Urush respublika qishloq xo‘jalik xodimlarini 

qattiq sinovdan o‘tkazdi. Ular oldida sanoatni xomashyo bilan, aho-

lini oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan uzluksiz ta’minlashdek ulkan, 

mu rak kab vazifa turar edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat 



297

ediki, 


birinchidan, respublika qishloq xo‘jaligi asosan paxta yetish-

tirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari Ittifoq fondi-

dan keltirilar edi. Urush boshlangach, oziq-ovqat keltirish to‘xtadi, 

aholini boqish uchun ichki imkoniyatlar topish zarur bo‘lib qoldi. 



Ikkin chidan, ko‘ chi rilib keltirilgan aholi hisobiga shaharlar aholisi-

ning ko‘payishi, oziq-ovqatga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. 



Uchin-

chidan, kuch-quv vatga to‘lgan dehqonlar frontga va harbiy sanoatda 

ishlashga safarbar etilgan, dehqonchilikning mashaqqatli ishlari kek-

salar, ayollar, o‘smirlar zimmasiga tushgan edi. 

To‘rtinchidan, MTS 

va sov xoz lar ga G‘arbdan yangi traktorlar, qishloq xo‘jalik mashina-

lari va ularga ehtiyot qismlar keltirish to‘xtab qoldi. Bugina emas, 

xo‘jaliklardagi traktorlar, otlarning bir qismi Qizil Armiya ehtiyojlari 

uchun frontga olib ketildi.

Urush yillarida respublika dehqonchiligining tarkibiy tuzilishi 

kes kin o‘zgardi. Paxtachilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan 

holda, don, qand lavlagi, kanop, pilla, sabzavot-poliz mahsulotlari 

yetish tirishni ko‘paytirish tadbirlari ko‘rildi. Birinchi navbatda, ekin 

ekiladigan maydonlarni kengaytirish, irrigatsiya quvvatlarini oshirish 

tadbirlari ko‘rildi.

O‘zKP(b) MQning birinchi kotibi Usmon Yusupov 1941-yil de kabr-

da bo‘lgan MQning V plenumida O‘zbekistonda g‘alla masa la si ni hal 

qilish, o‘zimizni-o‘zimiz un-non bilan ta’minlashimiz kerak, degan 

vazi fani ilgari surdi. Don ekiladigan, sug‘oriladigan yer may donlari 

kengaytirildi. Zarang yerlar, qo‘riqlar, lalmikor yerlardan ham foy-

dalanildi. 1942-yilda 1408,1 ming gektar, 1943-yilda 2090,2 ming 

gektar yerga g‘alla va dukkakli ekinlar ekildi. Natijada, don mah-

su   lotlarini yetishtirish ko‘payib, 1941-yilgi 4,8 mln sentner o‘rniga 

1943-yilda 5,3 mln sentner don olindi.

Qishloq xo‘jaligida O‘zbekiston uchun yangi tarmoq – qand lav-

la  gi yetish 

tirish yo‘lga qo‘yildi. Samarqand, Farg‘ona, Toshkent, 

Qash qa  daryo viloyatlari lavlagi yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtiri-

lib, 1942-yil dayoq 65 ming gektarga, keyingi yillarda 70 ming gektar-

dan ortiqroq hosildor yerlarga qand lavlagi ekildi. Respublika bo‘yi-

cha 1944-yilda davlatga 1 mln 373 ming sentner, 1945-yilda esa 

1 mln 646 ming sentner qand lavlagi topshirildi. Qand lavlagini qayta 

ish lash, shakar-qand ishlab chiqarish uchun Zirabuloq, Krasnogvar-

deysk, Qo‘qon,  Yangiyo‘l  qand zavodlari qurildi. Urush yillarida 

O‘zbekiston butun Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning to‘rtdan bir 

qismini berdi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi xodimlari urush yil-


298

larida davlatga 4 mln 806 ming tonna paxta xomashyosi, 1282 ming 

tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 482 ming tonna kartoshka va sab-

zavot, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna quruq meva, 

159 ming tonna go‘sht, 22,3 ming tonna jun yetkazib berdilar.

Urush yillarida ishchi va dehqonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, 

yor dam yanada mustahkamlandi. Ular mustahkam jipslashib, front ni 

moddiy jihatdan ta’minlash orqali dushman ustidan qozonilgan g‘ala-

baga salmoqli hissa qo‘shdilar. O‘zbekiston qishloq xo‘jalik xodimla-

ri urush yillarida dushmandan ozod etilgan viloyat, shahar, tuman, 

xo‘ja liklarini qayta tiklashga ham ko‘maklashdilar. Rossiya G‘arbiy 

vilo yatlari, Ukraina, Belorussiyada ko‘plab korxonalar, temiryo‘llar, 

kol xoz va sovxozlarni tiklashga moddiy jihatdan ham, mutaxassislar-

ni safarbar etish yo‘li bilan ham yordam berildi. 



3. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat

Fan.  Urushning dastlabki kunlaridayoq SSSR fanlar Akade-

miyasining O‘zbekiston filiali, respublikada ishlab turgan 75 ta ilmiy 

muas sa sa lar, shu jumladan, 25 ta ilmiy tadqiqot institutlari, 23 ta 

ilmiy stansiya va boshqalar, barcha olimlar xo‘jalikni harbiy izga 

so lish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb etildi. Ularning 

zavodlar, fabrikalar, temiryo‘l va avtomobil yo‘llari, transport kor-

xona lari bilan bevosita aloqalari o‘rnatildi.

O‘zbekistonlik olimlar Rossiyadan ko‘chib kelgan yirik olimlar 

bilan yaqin alo qa bog‘ladilar. Respublikamizda mavjud bo‘lgan va 

ko‘chirilib keltirilgan ilmiy muassasalarning tadqiqot yo‘nalishi qay-

ta ko‘rib chiqildi, urush talablariga moslab o‘zgartirildi.

Geolog olimlar tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molib-

den, o‘tga chidamli metal lar, nodir metallar va boshqa turdagi xom-

ashyo kon  lari topildi va o‘z lash tirildi. A.S. Uklonskiy boshchiligidagi 

geolog    lar guruhining Turangli temir konini topish, o‘zbek metallur-

giya kombinati quruli shini loyihalashtirish va ularni foydalanishga 

top shirishdagi xizmatlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

D.M. Bogdanov va muhandis G.S. Chikrizovlar Angrenda qidiruv 

ishlariga boshchilik qildilar va ko‘mir konining boy resurslarini topib 

yangi shaxtalar qurishga ko‘maklashdilar.

Dori-darmonlar tayyorlash borasidagi tadqiqotlar natijasida aholi 

ehtiyoj lari uchun zarur bo‘lgan turli xil dori-darmonlar ishlab chiqa-

rish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda farmatsevtika zavodi qurilib ishga 

tushirildi.



299

Urush yillarida gumanitar fanlar ham ancha rivojlandi. Tosh kent-

ga ko‘ chib kelgan yirik tarixchi, arxeolog, huquqshunos, sharqshu-

nos, adabiyotshunos olimlar o‘zbekistonlik hamkasblari bilan O‘zbe-

kiston xalqlari tarixi, madaniyati va adabiyotining muhim masala-

larini ishlab chiqdilar. V.V. Struve, V.A. Shishkin, I.K. Dodonov, 

V.Yu. Zohidov,  X.Sh. Inoyatov,  A.Yu. Yakubovskiy,  M.E. Masson, 

S.P. Tolstov, Ya.G‘. G‘ulomov va boshqalar O‘zbekistonning eng 

qa dimgi va o‘rta asr lar tarixi, moddiy madaniyati va ma’naviyati, 

O‘rta Osiyo xalq larining etnogenezi bo‘yicha qator asarlar tayyorla-

dilar. Ikki tomlik «O‘zbekis ton SSR tarixi»ning yaratilishi tarix fani-

ning katta yutug‘i bo‘ldi.

Yozuvchi Aleksey Tolstoy rahbarligida rus va o‘zbek olimlari bir-

galikda «O‘zbekiston adabiyoti tarixi» asarini yaratdilar.

1942-yil 27-sentabrda SSSR hukumati O‘zbekistonda fanlar Aka-

demiyasini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 1943-yil 4-no yabr-

da O‘zbekiston fanlar Akademiyasi ochildi, uning birinchi prezi denti 

etib taniqli olim T.N.Qoriniyozov saylandi. Mahalliy millat vakillari-

dan fan doktori va nomzodlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1944-yilda 

O‘zFA Prezidiumida aspirantura bo‘limi tashkil etildi.



Ta’lim. Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov, Voronej, Odessa 

va boshqa shaharlardan O‘zbekistonga ko‘chirilib keltirilgan 31 oliy 

o‘quv yurti va 7 har biy akademiya qabul qilib olindi. Ularning ba’zi-

lari o‘zaro yoki O‘zbekis ton oliy o‘quv yurtlari bilan birlashdilar.

1945-yilda oliy o‘quv yurtlari soni 1940-yilga nisbatan 3 taga 

ko‘pa ydi. Ular 33 tani tashkil etdi, talabalar soni esa 19,1 mingdan 

21,2 ming kishiga ortdi. Urush yillarida hammasi bo‘lib 10 mingdan 

ko‘p  roq oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli 

mutaxassis kadrlar tayyorlandi.

Xalq maorifi tizimida jiddiy qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ko‘plab 

maktablarning binolari gospitallar, yotoqxonalar, harbiy o‘quv yurt-

lariga berildi. Maktablar birlashtirildi, ko‘p smenali o‘qish joriy qilin-

di. Respublika maktablarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 74,6 foi-

zini erkaklar tashkil etardi. Ular frontga, ishlab chiqarish ishlariga 

safarbar etildi. Darsliklar, uskunalar, daftarlar yetishmas edi. O‘zbe-

kiston hukumati umumta’lim to‘g‘risidagi qonunni bajarish, yoshlar-

ni o‘qitish va tarbiyalash ishlari bilan muntazam shug‘ullandi. Qisqa 

muddatli o‘qishlar tashkil etilib, boshlang‘ich sinflar uchun o‘qituv-

chilar tayyorlandi.

Maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o‘quv-



300

chilar bilimini baholashning besh balli tartibi, boshlang‘ich va yet-

ti yillik maktablarni tamomlovchilar uchun bitiruv imtihonlari, o‘rta 

maktabni tamomlovchilar uchun yetuklik attestati – guvohnomasi 

uchun imtihonlar topshirish majburiyati, maktab o‘quv dasturlarini 

a’lo o‘z lash tirgan va a’lo xulqli o‘quvchilarni oltin va kumush medal-



lar bilan taqdirlash joriy etildi. Bu dars mashg‘ulotlari saviyasini 

ko‘ ta  rish ga, o‘quvchilar intizomini yaxshilashga olib keldi.

Ko‘chirilib keltirilgan muassasalar o‘z joylariga qaytib keta bosh-

la gach, maktab binolari ham bo‘shatila boshladi, boshqa ishga o‘tgan 

o‘qituvchilar, armiya safidagi o‘qituvchilar maktabga qay 

ta ril di, 

o‘quv   chilar o‘z maktablari bag‘riga qaytib, o‘qishni davom ettir dilar. 

1940–1941-o‘quv yilida 5 

504 umumta’lim maktablarida 1 

368,9 


ming o‘quv  chi o‘qigan bo‘lsa, 1945–46-o‘quv yilida 4 976 umumta’-

lim mak tab larida 989,2 ming o‘qituvchi ta’lim oldi.



Adabiyot va san’at. O‘zbekiston madaniyati va san’ati xodimlari 

o‘zlari ning qaynoq ijodi bilan xalqni mardonavor jang qilishga, fido-

korona mehnatga ruhlantirib g‘alabaga munosib hissa qo‘shdilar.

O‘zbekistonga vaqtincha ko‘chirib keltirilgan rus, ukrain, belo-

rus, mol da van va boshqa millatlarga mansub yozuvchi va shoirlar 

ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O‘zbekistonlik ham-

kasb  lari bilan hamkorlik qildilar. «Biz yengamiz» degan almanaxlar, 

«O‘zbekiston shoirlari frontga!» degan antologiya ana shunday ham-

ko r   lik mevasi bo‘ldi. Hamid Olimjon, Uyg‘un, Sobir Abdulla, Niko-

lay Pogodinlar birgalikda «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramasini 

yarat dilar.

Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug‘ qon» 

ro man lari, Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi jamoatchi- 

likning yuksak bahosiga sazovor bo‘ldi.

She’riyatda ulkan yuksalish bo‘ldi. Hamid Olimjonning «Qo‘ling-

ga qurol ol», «Sharqdan G‘arbga ketayotgan do‘stga», «Jang chi Tur-

sun» va «Roksananing ko‘z yoshlari», G‘afur G‘ulomning «Sen 

yetim emassan», «Men – yahudiyman», «Men seni kutaman, o‘g‘-

lim» va «Biz  ning ko‘chamizda ham bayram bo‘lajak», Uyg‘unning 

«Qa sam», «Bir qadam orqaga chekinilmasin» va «Maktub», Maqsud 

Shayx zodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she’rlari 

fa shizm kirdikorlarini fosh etib, g‘alaba qozonishga chuqur ishonch-

ni kuylab, xalqning jangovar ruhini ko‘tardilar.

Urush yillarida sahna san’ati ham rivojlandi. Toshkentda va An di-

jon da yangi teatrlar ochildi, respublikamizda hammasi bo‘lib 36 ta 


301

teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag‘ishlangan «Davron 

ota», «Shera  li», «O‘zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug‘bek» 

va «Mah 


mud Torobiy» operalari, K. 

Yashinning «Bosqinchilarga 

o‘lim», M. Shayxzodaning «Jaloliddin» pyesalari ko‘rsatildi.

Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko‘chib kelgan yirik 

kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi», «Nasridddin Bu- 

xoroda», «Vatanga sovg‘a» nomli kinofilmlarni yaratdilar.

O‘zbekiston san’ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga

xizmat qilib, ularning ruhini ko‘tarib turdilar. San’atkorlardan tuzil-

gan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovar harbiy qismlarning 

askar va zobitlari uchun 400 martadan ko‘proq konsert berdilar. Res-

publika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 ming marta, gos-

pitallarda 10 ming marta konsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakor-

lar huzurida doimo xiz matda bo‘ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnash-

gan atoqli san’at korlar – Halima Nosirova, Tamaraxonim, Abror 

Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonto‘rayeva, Abbos 

Bakirov va bosh qalar xalq hurmatiga sazovor bo‘ldilar.



O‘zbek xalqining 

badarg‘a qilingan

xalqlarga g‘amxorligi

   Stalin va uning atrofidagi yugur daklari 

tomo ni  dan urush yillarida ham kam sonli 

xalq lar, etnik guruhlarga nisbatan ado lat  -

siz lik qilindi. Urushning dastlabki yil lari-

dayoq Volgabo‘yi nemislari Avto nom respublikasi tugatildi. Uning 

300 mingdan ortiq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi 

mum kin», degan gumon bilan yashab turgan joylaridan Sibir va 

Qozo g‘is ton viloyatlariga ko‘chirib yuborildi.

1943-yil oxiri, 1944-yil boshlarida qalmoqlar, qorachoylar, che-

chen lar, ingushlar, bolqorlar, 1944-yil iyunda qrim-tatarlari, grek-

lar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O‘rta Osiyo 

va Sibirga badarg‘a qilindi. Ular fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda 

ayblanib, ommaviy qatag‘on qilindi, yashirin va shoshilinch ravishda 

ko‘chirildi. Ko‘pchilik odamlar, bolalar yo‘lda halok bo‘ldil ar.

O‘zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingush-

lar, 150 mingdan ortiqroq qrim-tatarlari, 4 500 bolqorlar, o‘n ming-

lab mesxeti turklari, greklar ko‘chirilib keltirildi. O‘zbek xalqi ularni 

beg‘araz kutib oldi, ta’na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq-

ovqat bilan ta’minlashga ko‘maklashdi. O‘zbek xalqi urush yillarida 

Vatanidan badarg‘a qilingan xalqlarga moddiy va ma’naviy madad 

ber di. Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor yerlardan 

to morqa yer, uy qurish va xo‘jalik yuritish uchun kredit mablag‘lari 


302

ajratdi. Ko‘chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joy-

larga asta-sekin moslashdilar.

4. O‘zbekistonlik jangchilarning fashizmni

tor-mor etishdagi jasoratlari

Urushning dastlabki kunlaridayoq G‘arbiy chegaralardagi har-

biy qo‘shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o‘zbekistonliklar fashist 

bos qin chilarga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest

qal’asining 50 dan ortiqroq millatga mansub jangchilari orasida 

o‘z bek lardan Doniyor Abdullayev, Bobo Xalil Kashanov, Ahmad 

Aliyev, Nurum Siddiqov, Uzoq O‘tayev va boshqalar bor edi. Ular 

qal’a hi moyachilari bilan yelkama-yelka turib, dushmanning katta 

kuch  lari ga qarshi qariyb bir oy davomida so‘nggi nafaslarigacha jang 

qildilar.

O‘zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiyev, 

Odes sa, Sevastopol va Leningradning qahramonona himoyasi fashist-

lar Germaniyasining «Yashindek tez urush» qilish rejasiga dastlabki

zarba bo‘ldi.



O‘zbekistonliklar

Moskva uchun janglarda

      1941-yil kuz-qish oylarida Moskva 

osto na larida hayot-mamot janglari bo‘l-

di. Moskva ostonalaridagi ana shu dah-

shatli janglarda o‘zbekistonlik jangchilar ham sabot-mato nat, yuksak 

harbiy mahorat ko‘rsatdilar. Janubi-g‘arbiy front tarkibidagi 353-

tog‘-o‘qchi polki jangchisi Qo‘chqor Turdiyev katta jasorat ko‘rsatdi. 

U 1941-yil 25-oktabrda safdoshlari bilan razvedka ga, so‘ngra «til» 

olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha qurol dosh lari halok bo‘lgan 

Qo‘chqor Turdiyevning bir o‘zi dush man ning bir DZOTini va 9 

as kar va zobitini yo‘q qilib, 3 tasini asirga olib keldi. Bu jasorati 

uchun Qo‘chqor Turdiyev o‘zbekistonlik jang chi  lar orasida birinchi 

bo‘lib Qahramon unvoniga sazovor bo‘ldi.

Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V. Panfilov Almati 

shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarki-

bida Toshkent piyoda bilim yurti va O‘rta Osiyo harbiy okrugi ning 

harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General 

I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo‘na-

lishi da qattiq janglar qildi. Diviziya jang maydonida dushman ning 

114 tankini, 26 ming askar va zobitlarini, 5 samolyot va boshqa ko‘p-

lab texnikasini yo‘q qildi.


303

O‘zbekistonda tuzilgan 258-o‘qchi diviziyasi askarlari Moskva 

ostonalaridagi janglarda 9 000 dan ko‘proq dushmanning askar va 

zo bit  larini yer tishlatib, 137 aholi yashaydigan punktlarni ozod qilib, 

birinchilardan bo‘lib Oka daryosiga chiqib oladi, ko‘plab jangovar 

texnikani qo‘lga tushiradilar.

Moskva himoyachilari orasida o‘zbek qizi Zebo G‘aniyeva ham 

bor edi. 1942-yil 21-may kunigacha 23 fashistni yer tishlatdi. 16 

mar ta razvedkaga borib, dushman to‘g‘risida qimmatli ma’lumot-

lar olib keldi. Zebo G‘aniyeva jasorati uchun «Qizil Bayroq» ordeni 

bilan mukofotlandi.

Moskva ostonalarida o‘zbekistonlik merganlar – Is’hoqov 354 

fa s his tni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar 

va zobit larini yer tishlatdilar. 1753 nafar o‘zbekistonlik jangchilar 

«Moskva mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling