O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Respublika ma’naviy-madaniy hayoti. Mafkuraviy cheklashlar


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49

2. Respublika ma’naviy-madaniy hayoti. Mafkuraviy cheklashlar

Xalq ta’limi. Maktab qurilishi, bolalarni maktabga jalb qilish an -

chagina kengaydi. 1956-yilda yetti yillik, 1975-yilda o‘n



 yillik umu-

miy majburiy ta’lim to‘liq amalga oshirildi. Biroq xalq ta’limi da jid-

diy nuqsonlar mavjud edi. Ta’limning mazmuni hayotdan orqa-

da qolgan ligi yaqqol ko‘rinadi. Birinchidan, maktab o‘quvchilari-

ning bilim saviyasi past edi. Ikkinchidan, o‘n yil o‘qib, maktabni 

ta momlab chiquv chilar biro‘rta kasb-hunarni egallamagan, mehnat 

malakalariga ega emas edilar. 

1965–1985 o‘quv yillari orasida o‘tgan 20-yil davomida bar-

cha turdagi umumta’lim maktablari 8716 tadan 9 188 taga ko‘pay-

di, o‘quvchilar soni esa 3 055,8 ming boladan 6 519,6 ming bolaga 

ko‘ paydi. 1965–1985-yillarda respublika maktablarida o‘rta ma’lu-

mot olganlar soni 5,7 million kishidan oshdi. Biroq ta’limda jiddiy 

muam molar hal etilmadi. Maktab sinf xonalarining soni qanchalik 

oshmasin, bolalar sonining tabiiy o‘sishidan orqada qolaverdi. Mak -

tab binolarining yetishmasligi, moddiy-texnik jihatdan zaif li gi surun-

kali kasallikka o‘xshardi. 

1984-yilda Sovet hokimiyati yoshlarga ta’lim va tarbiya berish 

maz munini yaxshilash maqsadida maktab va hunar-texnika bilim 

yurtlarini isloh qilishga qaror qildi. Maktablarda «Informatika va 

hisob lash texnikasi asoslari» kursini o‘qitish, barcha maktablarni 

mikrokalkulyator, elektr hisoblash mashinalari, kompyuterlar bilan 

ta’minlash kabi vazifalar qo‘yildi. Ammo respublikaning ijtimoiy-

iqtisodiy ahvoli bu vazifaning bajarilishini ta’minlay olmadi. Mak-

tab islohoti iqtisodiy va ijtimoiy tanglik tufayli orqada qolib ketdi. 

Ta’lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish tomon 

qilingan yana bir urinish samarasiz tugadi.



Oliy va o‘rta maxsus ta’lim. Urushdan keyingi yillarda oliy va 

o‘rta maxsus ta’lim ancha o‘sdi. 50-yillarda 3 ta oliy o‘quv yurti-

Andijon meditsina instituti, Toshkentda Elektrotexnika-aloqa, Fiz-

kultura institutlari, 60-yillarda 6 ta yangi oliy o‘quv yurti – Andijon 

Paxtachilik instituti, Farg‘ona Politexnika instituti, Samarqand Arxi-

tektura-qurilish instituti, Termiz, Sirdaryo, Toshkent viloyat Pe da  -



316

go gika institutlari kabi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. 70- yillarda 

yana 5 ta oliy o‘quv yurtlari – Nukus Davlat universiteti, Toshkent 

Avtomobil-yo‘llar instituti, Pediatriya instituti va bosh qalar ochildi. 

1960-yilda 30 ta oliy o‘quv yurtida mutaxassislar tayyorlangan 

bo‘lsa, 1985-yilda ularning soni 42 tani tashkil etdi. 1961–1985-yil-

lar da respublika oliy o‘quv yurtlari 828 mingga yaqin muhandis lar, 

iqtisodchilar, agronomlar, huquqshunoslar, o‘qituvchilar, mada ni yat 

va san’at xodimlarini yetishtirib berdi

Shuningdek, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tarmog‘i ham kengay-

di. 1960-yilda 75 ta o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsat gan 

bo‘lsa, 1965-yilda ularning soni 249 taga yetdi. 1961–1985-yillarda 

1 mln 135 mingga yaqin o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyor lan-

di. Ayni chog‘da, bu tizim faoliyatida ham jiddiy nuqsonlar mavjud 

edi. Muta xassislar tayyorlashda son jihatidan ko‘p kadrlar tayyorlash 

birinchi o‘rinda turdi. Kadrlar tayyorlash sifatini ko‘ta rish soha si da-

gi sa’y-harakatlar kutilgan natija bermadi.

Fan. Urush yillarida tashkil etilgan O‘zbekiston fanlar Akade-

miyasi respublikada ilm-fan markazi bo‘lib qoldi. 1945–85-yillarda 

ko‘plab yangi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, ilmiy stan-

siyalar tashkil etildi. 80-yillarning boshlariga kelib fanlar Akade-

miyasi tarkibida Qoraqalpog‘iston ASSR filiali va 35 ilmiy tadqiqot 

muassasalari faoliyat ko‘rsatdi. 38 ming ilmiy xodim, shu jum ladan, 

1215 fan doktori, 15664 fan nomzodi fanning turli so ha lari da tadqi-

qot ishlari olib bordi.

Akademik O.S. Sodiqov g‘o‘zadan o‘stiruvchi moddalar va bosh -

qa preparatlar sintez qildi. H.A. Rahmatullin, U.O. Oripovlar aniq 

ekish maqsadida chigitni tuksizlantirishning mexanik va aerokimyo-

viy usullarini ishlab chiqdilar. Seleksioner olim S.M. Mirah medov 

va boshqalar paxtaning «Toshkent-1», «Toshkent-2», «Toshkent-3», 

«Toshkent-4» singari hosildor, tezpishar, tolasi sifatli yangi navla-

rini yetishtirdilar. Sholining 20 dan, sabzavot va poliz ekinlarining 

50 dan, meva, rezavor-meva va uzumning 60 dan ortiq navlari yetish-

tirildi.

O‘zbekistonda geologiya fani katta yutuqlarga erishdi. H. Abdul-

layev, I. 

Hamiraboyev, I. 

Isomuhammedov, X.N. 

Boymuhame 

dov, 

K. Boboyev,  A. Akramxo‘jayev,  Х. Тo‘laganov, G‘. Mav  lo  nov singa-



ri mashhur olimlar dunyo rudal petrografik pro vin  si ya lari klassifika-

tsiyasi, elementlarning geokimyoviy klas 

sifi ka tsiyasi, O‘rta Osiyo 

litosferasining geologik-geofizik model larini ishlab chiqdilar. Oltin, 



317

gaz va neft qazib chiqaruvchi sanoat, shi sha, keramika, abraziv mate-

riallar sanoati tarmoqlarini barpo eti shga, aholi manzil lari da yer osti 

suvlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘ yish ga ko‘maklashdilar.

O‘zbekistonda mashina va mexanizmlar nazariyasining rivojla-

nishi M.T. O‘rozboyev, H.A. Rahmatullin, V.Q. Qobulov, H.H. Us-  

mo  n   xo‘jayev, G.A. Koshevnikovlar nomlari bilan bog‘liq. Ular ma -

shi na va mexanizmlar nazariyasi bo‘yicha ilmiy maktabga asos sol-

di lar.

Respublikada 1966-yilda Kibernetika instituti tashkil etilgach, 



aka de mik V.Q. Qobulov yetakchiligida sanoat va boshqa ishlab chi-

qa rish korxonalarida kibernetika va hisoblash texnikasi vositalari aso-

sida boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemalari yaratildi va joriy 

qilindi.


Aniq va fundamental fanlarning boshqa yo‘nalishlarida ham 

mu him kashfiyotlar, jiddiy yutuqlarga erishildi. Ijtimoiy-gumanitar 

fanlar sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Arxeolog, 

etnograf, antropolog olimlarning izlanishlari natijasida o‘zbek xal-

qi ning etnik tarkibi, etnogenezi shakllanishi tarixiga bag‘ishlangan 

asarlar yaratildi. Biroq ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi tadqiqot 

ishlari marksizm-leninizm doirasida qolib ketdi. Sotsializm g‘ala basi, 

O‘zbekistonning nokapitalistik taraqqiyot yo‘li, rivojlan gan sotsiali zm 

qurilganligini asoslash, millatlar va sinflarning yaqin lashuvi natijasi-

da kishilarning yangi tarixiy birligi – sovet xalqining vujudga kelishi 

kabi behuda, samarasiz masalalar bilan o‘ralashib qoldi.

Adabiyot.  50–80-yillarda adabiyotda roman va povest janrla-

ri ri 


voj landi. O‘tmish voqealari, mehnatkashlarning front orqasi-

da gi mehnati Oybekning «Nur qidirib» va «Quyosh qoraymas», 

Sh. Ra shi dovning «Qudratli to‘lqin», Shuhratning «Shinelli yillar», 

Said Ah mad  ning «Ufq», O. Yoqubovning «Er boshiga ish tushsa», 

H. G‘u lom  ning «Toshkentliklar» romanlarida aks ettirildi.

Urushdan keyingi tiklash va tinch qurilish davri hayotini tasvir-

lovchi «Oltin vodiydan shabadalar» (Oybek), «Qo‘shchinor chi roq-

lari» va «Sinchalak» (A. Qahhor), «G‘oliblar» va «Bo‘rondan kuchli» 

(Sh. Rashidov), «Ixlos» (I. Rahim) kabi romanlar va povest lar yara-

tildi. Yozuvchi Parda Tursunning «O‘qituvchi» romani qish loq ziyo-

lilari faoliyatini ochib berdi.

Primqul Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Uch ildiz», O. Yoqu-

bovning «Diyonat», Mirmuhsinning «Umid» asarlarida yosh zamon- 

doshlarimizning ma’naviy qiyofasi, hayoti va mehnati aks ettiril-



318

di. Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» O‘. Umarbekovning «Odam 

bo‘lish qiyin», O‘. Hoshimovning «Nur borki, soya bor» romanlarida 

odob-axloq masalalari yoritildi.

O‘zbek she’riyatining 60–80-yillardagi taraqqiyoti A. 

Oripov, 


E. 

Vohidov, Sayyor, N. 

Narzullayev, B. 

Boyqobilov, E. 

Oxunova, 

O. Hojiyeva, H. Xudoyberdiyeva, O. Matjon va boshqa ko‘plab shoir-

lar ning ijodiy kamoloti bilan bog‘liq holda kechdi. Uyg‘unning «Abu 

Rayhon Beruniy», O. Yoqubovning «Ulug‘bek xazinasi», M. Shayh-

zoda  ning «Mirzo Ulug‘bek» kabi tarixiy mavzudagi asar lari yara-

tildi.


San’at. O‘zbekistonda teatr va musiqa san’ati birmuncha rivoj-

lan di. Hamza nomidagi teatr jamoasi Shekspirning «Otello» va 

«Yuliy Sezar», Uyg‘unning «Navbahor», Abdulla Qahhorning «Sho-

hi so‘zana», N. Hikmatning «Sevgi afsonasi», Uyg‘un va I. Sul ton-

ning «Alisher Navoiy» asarlarini sahnalashtirdi. 

O‘zbek Davlat filarmoniyasining musiqiy jamoalari samarali 

fao liyat ko‘rsatdi. Faqat T. Jalilov nomidagi O‘zbek Davlat orkes-

tri repertuaridan 1 300 ga yaqin asarlar o‘rin oldi. «Lazgi», «Shod-

lik», «Go‘zal» xoreografik ansambllari ham o‘zbek va boshqa qar-

dosh xalq lar ashula va raqslarini namoyish etdilar. «Bahor» Xalq raqs 

ansambli, «Yalla» vokal-cholg‘u ansambli jamoalarining konsertlari 

xalqqa manzur bo‘ldi.

O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissorlardan M. Uyg‘ur, Ye. Bo -

bojonov, A. 

Ginzburg, T. 

Xo‘jayevlar, aktyorlardan A. 

Hidoya 

  tov, 


O. Xo‘jayev,  A. Bakirov,  S. Eshonto‘rayeva,  Sh. Burhonov,  N. Ra hi-

mov, R. Hamroyev, Z. Muhammadjonov, B. Qoriyeva, Ya. Ab 

 dul -

layeva, G‘. A’zamov, Yo. Ahmedov va boshqa san’atkorlar sal  moq li 



hissa qo‘shdilar. Xalqimiz O‘zbek san’ati dovrug‘ini baland ko‘tar-

gan H. Nosirova, M. Turg‘unboyeva, Tamaraxonim, G .Izmai 

lova, 

S. Qobulova nomlarini hurmat bilan e’zozlab kelmoqda.



1946–1985-yillar O‘zbekiston kino san’atining yuksalish yil-

lari bo‘ldi. N. G‘aniyev yaratgan «Tohir va Zuhra» (1945), «Xo‘ja 

Nasriddinning sarguzashtlari», «Farg‘ona qizi» kabi kinofilmlar xalq 

olqishiga sazovor bo‘ldi.

60–70-yillarda O‘zbek kino san’atiga yosh talantli rejissorlar, 

ak tyor lar kirib keldi. Sh. Abbosov, A. Hamroyev, R. Botirov, E. Esh-

mu  hammedov, H. Ahmarov shular jumlasidandir. Sh. Abbosovning 

«Mahallada duv-duv gap» (1961), «Sen yetim emassan» (1963), 

«Toshkent – non shahri» (1970), «Abu Rayhon Beruniy» (1974), 


319

A. Hamroyevning «Shiddat» (1971), R. Botirovning «Seni kutamiz, 

yigit» (1972), E. Eshmuhammedovning «Nafosat» (1967) va «Umid 

qushi» (1975) kabi filmlarida davr farzandlarining hayoti, iste’dodu 

izlanishlari tasvirlangan.

Tasviriy san’atda Ch. 

Ahmarov va O‘. 

Tansiqboyevlar devo-

riy rasm 

 lar, mozaika va manzara janri bo‘yicha, V.E. Kaydalov 

va M. Na biyevlar portret janri bo‘yicha muhim asarlar yaratdilar. 

Ras somlar, haykaltaroshlar va arxitektorlar birlashib, yirik monu-

mental binolarni, maydonlarni ta’mirlash, naqshlar, rassomlik va 

haykal taroshlik asarlari bilan bezatish an’anaga aylandi. Poytaxtning 

yirik jamoat binolari M. Usmonov rahbarligida ganch o‘ymakorli-

gi, Q. Haydarov va O. Fayzullayev rahbarligida yog‘och o‘ymakorli-

gi bi lan bezatildi.

O‘zbek sirk ustalari – Toshkenboyevlar, Zaripovlar, Xo‘jayevlar 

Madaliyevlar va masxaraboz-qiziqchi Akrom Yusupov va boshqa-

larning chiqishlari, nafaqat O‘zbekistonda, shuningdek, bosh 

qa 

mam lakatlarda ham muvaffaqiyat qozondi va tomoshabinlarga man-



zur bo‘ldi.

Shunday qilib, Respublika madaniy-ma’naviy hayotida 1945–

1985-yillarda muayyan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va 

o‘rta maxsus ta’lim tarmog‘i, aholining umumiy savodxonlik dara jasi 

o‘sdi. Fan, adabiyot, san’at rivojlandi. Ma’naviy hayotda iste’ dodli 

yoshlar o‘rin olib bordi.



Mafkuraviy cheklashlar. Ikkinchi jahon urushidan keyingi O‘zbe-

kistonning ma’naviy-madaniy hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bun da 

hukmron tuzum siyosati va mafkurasining bosimi tobora kucha yib 

borganligiga amin bo‘lamiz. Negaki, kommunistik maf kura jamiyat 

ma’naviy hayotini o‘z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, dunyo-

qarashini o‘z g‘oyalari, qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga 

harakat qildi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan soha sida yoxud 

adabiyot va san’atda birdek namoyon bo‘ldi.



Kompartiya va Sovet hukumati O‘zbekistonda go‘yo xalq ta’li-

mi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, ama-

liyot bilan bog‘lash bahonasi bilan haqiqatda, bu sohaning asl maz-

mun, mohiyatini mafkuraviylashtirish yo‘lini tutdi. O‘sha davrda 

xalq ta’limi tizimining hukmron markaz inon-ixtiyorida bo‘lganligini 

Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o‘quv jarayonining barcha bo‘ g‘in-

lariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo‘llanmalar va bosh-

qa o‘quv jihozlari ham to‘liq tasdiqlaydi. Sovet mutasaddilari nima 

320

sa babdan bu muhim sohani o‘z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko‘z -

la gan maqsadlari ma’lum. 

Shu bois, Prezidentimiz Islom Karimov 

ta’kidlab o‘tganidek, «Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan dars-

liklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo‘lmasdan bolalari-

mizni yangicha fikr 

lash ga o‘rgatol 

maymiz, axir». O‘sha yillarda, 

ayniqsa, kadrlar tayyor lash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan 

aytganda, ko‘pchilik haqiqiy bilim olish yoki malaka orttirish maq-

sadida emas, amal-ta qal qilib diplomli bo‘lib olish ilinjida oliy o‘quv 

yurtlariga kirardi.

Buning ustiga o‘quv yurtlariga kirgan talabalar chinakam mil-

liy ruhda chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etil-

gandi. Negaki, bu ta’lim tizimi o‘z mohiyat-e’tibori bilan hukmron 

tuzum siyosati va mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan edi. U davrda yaratil-

gan barcha o‘quv dasturlari, ta’lim andozalari, qo‘llan malar, dars-

liklar va boshqa o‘quv jihozlari mana shu ruhda tayyorlanardi.

Markazda bir guruh «bilag‘on» mutaxassislar tayyorlagan, mil-

liy hududlar, u yerda yashovchi odamlarning o‘ziga xos xusu siyat-

lari, milliy o‘zliklari, hayotiy tajribalari, an’analarini mutlaqo in kor 

et gan o‘quv dasturlari, ta’lim hujjatlari butun SSSRdagi maktablar, 

o‘quv yurtlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri majbur etilardi. Shuningdek, o‘quv 

yurtlarining o‘quv rejalari va dasturlari turli sabablar ko‘ra 60–70-

yillarda uch marta o‘zgartirildi. Har safar o‘qitiladigan fanlar yan-

gilari hisobiga ko‘payib, o‘quv materiallari hajmi oshib bordi, tala-

balarning mustaqil o‘qib-o‘rganishlariga ajratiladigan vaqt esa tobora 

kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo‘jalik ishla-

riga surunkali jalb etilishi ham o‘quv jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsat-

may qolmadi.

O‘quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilik, osh-

na-og‘aynigarchilik, poraxo‘rlik, ta’magirlik singari xavfli illat 

lar-


ning ildiz otishi hollari ham bu tizim obro‘siga jiddiy putur yetkazdi. 

Ayniqsa, bundan kadrlar tayyorlash sifati sezilarli zarar ko‘r di.

Ayni chog‘da, hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chet-

lab o‘tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida fao-

liyat ko‘rsatuvchi ilmiy muassasalar, ilmiy tadqiqot institutlari, ko‘p 

sonli iqtidorli, salohiyatli ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va 

uning keng tarmoq otgan ilmiy markazi tasarrufiga bo‘y sun dirilgandi. 

Bu kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari buyurt ma sini bajarib, ko‘p 

zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravna qi ga, uning zahmat-

kash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga to‘sqinlik 



321

qilardilar. Buning natijasida olim larimizning ko‘p yillik izlanishlari 

mahsuli bo‘lgan qancha-qancha noyob kash fiyot lar, ixtirolar hayot 

yuzini ko‘rmay, amaliyotga tatbiq etilmay qolaverdi. Buning ustiga 

ilm-fanda katta kashfiyotlar qil gan, o‘z maktabini yaratgan respubli-

kaning ne-ne mashhur allomalari ham sovet fanining bosh marka-

zi – SSSR Fanlari akademiyasi nazar-e’tiboridan chetda qolaverdi. 

Sovet hukmron ligining butun 70 yillik davri davomida sobiq SSSR 

FA tarkibiga O. Sodiqov, H. Abdullayev, S. Yunusov, E. Yusupov sin-

gari barmoq bilan sanarli o‘zbek olimlar a’zo bo‘lib saylanganligi 

fakti ham bunga jonli misol bo‘la oladi.

Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta’sirida respub-

lika ning  adabiy va madaniy jarayoni jabhasi ham chetda qolma-

gan, albatta. O‘zbek adabiyoti o‘zining buyuk istiqlol sari asta-se-

kin ilgarilab borishi davomida tez o‘zgaruvchan tarixiy jarayonlar-

ning kutilmagan ne-ne sinovlariga, hukmron tuzumning zarbalariga 

duch kelgan ligi shubhasiz. Shu nuqtayi nazardan o‘zbek ijodkorlari 

fao li yatiga baho beradigan bo‘lsak, so‘z san’atkorlari vaziyat taqozosi 

bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi talablari va yo‘l-yo‘riq-

larini bajarishga majbur etildilar. Shu bois, ular sinfiylik, partiyaviy-

likka, marksizm-leninizm aqidalariga asoslangan holda ijod qildi-

lar. Ijod erkinligining bunday cheklanganligi, tabiiyki, ijod ahlining 

emin-erkin faoliyat yuritishiga xalaqit berar, ko‘plab muhim ijtimoiy 

masalalarni haqqoniy, to‘laqonli yoritishdan mahrum etardi. 



Hukmron tuzum mafkurasining kuchli bosimi san’at asarlari va 

ular ning ijodkorlari faoliyatida ham o‘z ifodasini topmay qolmadi.

Sovet davrida yaratilgan asarlarning ko‘pchi ligida sobiq tuzum-

ni ulug‘lash, sotsialistik jamiyat afzalliklarini, uning «yangi zamon 

kishi lari» uchun ochib bergan «mislsiz» imkoniyatlarini ko‘klarga 

ko‘tarib maqtash ohanglari «ufurib» turardi. Bu hol amaliy, tasviriy 

san’at yoxud monumental san’at asarlariga ham birdek xos edi.

Chunonchi, Sovet hokimiyati davrida, O‘zbekistonda yaratil-

gan maho batli haykallarning asosiy qismi «Inqilob yo‘lboshchisi» – 

Le ninga bag‘ishlanganligi aniq. Shuningdek, Lenin va kompartiya 

mav zularini keng rejada yoritish va ulug‘lash respublikada ishlan gan 

va ekranlarga chiqarilgan behisob kinofilmlarning bosh maz muni, 

mohiyatini tashkil etgani buning isbotidir. Bunday filmlar sirasiga 

«Inqilob tongi», «Inqilob chavandozlari», «Yo‘lchi yulduz», «Lenin 

yo‘llanmasi bilan», «Olovli yo‘llar» singari kino mahsulot larini nisbat 

berish mumkin. Ularning bosh qahramonlari, «harakat lantiruvchi» 


322

kuchlari hamishagidek Lenin va uning yaqin safdosh lari, kompartiya 

rahnamolari edi. Bordi-yu bu asarlarga asosiy qahra mon etib mahalliy 

inqilobchi yoxud ilg‘or mehnat kishisi olingan taqdirda ham voqea-

larning o‘sishi, rivoji davomida uning faoliyati «ulug‘ og‘alar» g‘oya-

viy-tarbiyaviy ta’sirida ularga qorishib, sin 

gishib, sezilarsiz holga 

ke lib qolardi. Sovetlar mamlakatida shakl lan tirilgan qudratli mafku-

raviy vositalar – radio, televideniye, mat bu ot va boshqa ommaviy 

ax borot kanallari to‘lig‘icha hukmron tuzum minbariga aylantirilib, 

ular vositasida xalq ommasining ongi, tafakkuri va dunyoqarashini 

zabt etish uchun tom ma’noda infor matsion kurash olib borilgan.

Tuzum mafkurachilari va maddohlarining o‘zbek zaminida qil-

gan qabohati, qoldirgan asorati yana shunda namoyon bo‘ladiki, ular 

xalqimizning ming yilliklar qa’riga borib tutashuvchi bebaho ma’na-

viy qadriyatlari, umrboqiy udumlari va an’analarini yo‘q qilish, uning 

imoni, e’tiqodini sustlashtirish va barham toptirishga zo‘r be rib hara-

kat qildilar. Bu bilan ular yurtimiz fuqarolarini hukmron tuzumning 

har qanday topshirig‘ini so‘zsiz bajaradigan passiv, lo qayd, manqurt 

kishilarga aylantirishga umid bog‘lagan edilar. Ayniqsa, bunday xat-

ti-harakatlar totalitar tuzum o‘zining so‘nggi nafasini kechirayotgan 

80-yillarning ikkinchi yarmida avj oldirilgan. Ma’na vi yatimiz dush-

manlari hatto xalqimiz asrlar davomida e’zozlab, qadrlab kelgan mil-

liy bayramimiz – Navro‘z bayramini ham tortib olish pa yi da bo‘ldi-

lar. Shu maqsadda uni taqiqlash darajasiga borib yetdilar. Shun-

ga qaramay, iymon-e’tiqodi but, buyuk ajdodlar udumlariga sodiq 

o‘zbek xalqi o‘z Navro‘zini xoh oshkora, xoh pinhona bo‘lsin, ba ho-

li qudrat nishonlash, u bilan bog‘liq xayrli marosimlarni o‘tkazishda 

davom et di va bu orqali yorug‘, dorilamon zamonlar kelishiga umid-

vorlik tuyg‘usi bilan intiqib yashadi.

 Nihoyat, Mustaqillik davri kelib, boshqa bebaho milliy qadriyat- 

larimiz qatorida Navro‘z ham o‘z munosib maqomiga ega bo‘ldi va 

xalqimizning eng sevimli bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.

Xullas, o‘zbek xalqi totalitar tuzumning barcha makkorona nay-

ranglari, zug‘umiga dosh berib, o‘z boshiga tushgan og‘ir sinov- 

si noatlarni mardonavor yengib, oxir-oqibatda g‘olib chiqdi. Uning 

ta bia tan bardoshliligi, e’tiqodida sobitligi, ma’naviy, islomiy qadriyat   -

larga sodiqligi, tarixiy xotirasining butunligi, qola versa, buyuk bobo-

bokalonlarimizning ma’naviy sarchashmalaridan to‘yingan ligi – bu lar 

hukmron tuzum zolimlarining har qanday nay rang va urinishlari dan 

ustun keldi.


323

3. O‘zbekistonning iqtisodiy hayoti 

Qishloq xo‘jaligi. Garchi Ikkinchi jahon urushining sovetlar 

mamlakati foydasiga hal bo‘lib, bundan keyin uning xalqlari oldi-

da ijtimoiy

  taraqqiyotning yangi marralari ochil 

gan dek ko‘rinsa-

da, biroq tez orada totalitar tuzumning ularga zug‘u mi, zo‘ravonli-

gi, ta’sir-tazyiqi yangidan kuchaya bor di. O‘zbekiston iqtisodiyoti ni 

bir tomonlama rivojlantirish, uni mamlakatning asosiy paxta bazasi-

ga aylantirish, bu hududda paxta yakkahokimligini kuchaytirish – 

Ittifoq hukmdorlarining bosh maqsadiga aylandi. SSSR XKS va 

VKP(b) MQning 1945-yil 15-iyuldagi «O‘zbekistonda paxta chi likni 

qay ta tik lash va yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi va SSSR 

XKSning 1946-yil 2-fevraldagi «1946–1953-yillarda O‘zbe kis t onda 

paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish reja si va tadbirlari 

to‘g‘ risida» qabul qilgan qarorlari ham shu maq sad ga qaratilgan edi. 

Tub aholi manfaatlariga hamohang bo‘lmagan, paxta yakkahokimli-

gini kuchaytirishga yo‘nalgan bu qarorlar O‘zKP MQning 1945-yil 

sen tabri da bo‘lgan XII plenumida mu ho ka ma etilib, ijro etish uchun 

qabul qilindi.

O‘zbekiston xalq xo‘jaligini rivojlantirishga mo‘ljallangan mab-

lag‘lar ning katta qismi paxtachilikka ajratildi va u bilan bog‘liq bo‘l-

gan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parklari sezilarli ko‘-

paydi, kol xozlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi MTSlar soni 245 ta ga 

yetdi, ulardagi traktorlar soni 1950-yilda 29,5 mingtani, paxta terish 

mashinalari soni 3 617 tani tashkil etdi. Respublika qishloq xo‘jaligi-

ning yuk avtomobillar parki 1950-yilda 7 934 ta yuk avto mo  billari va 

avtosisternalarni tashkil qildi.

1950-yilga kelib amalga oshirilgan muhim tadbirlardan yana biri, 

bu mavjud kolxozlar (jamoa xo‘jaliklari)ning yirik lash tirilishi bo‘ldi. 

O‘zbekiston SSRda 1 777 ta mayda kolxoz larni yirik lash tirish natija-

sida 752 ta yirik kolxozlar tashkil etildi.

Hukmron sovet mafkurasining zo‘r berib yurt odamlari o‘rta si-

da soxta vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik g‘oyalarini yoyishi, 

doimiy mehnat safarbarligining o‘tkazilishi va shu singari zo‘rma-

zo‘raki tadbirlar natijasida, respublikada paxtachilik va bosh qa soha-

lar butun choralar bilan rivojlantirib borildi. Agar 1940-yil da gek-

taridan 14,9 sentner paxta hosili olingan bo‘lsa, 1950-yilda respub-

lika paxtakor lari 2 282,4 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirdilar, 

ho sil  dorlik gektariga 20,1 sentnerni tashkil etdi.



324

50-yillardan boshlab Markaz amri bilan respublika mehnat ahli-

ning butun e’tibori taqir va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish va u yer lar -

da paxtachilik xo‘jaliklarini yangidan tashkil etishga qaratildi. Sobiq 

KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi «Paxta yetish-

tirishni ko‘paytirish uchun O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR-

dagi Mirzacho‘l qo‘riq yerlarini sug‘orish to‘g‘risida»gi, 1958-yilgi 

«O‘zbekiston SSR, Qozog‘iston SSR va Tojikiston SSRdagi Mirza-

cho‘lni sug‘orish va o‘zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va 

jadallashtirish to‘g‘risida»gi qarorlariga asosan Mirzacho‘lda katta 

maydonlarda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish ishlari olib borildi.

Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning 

xo‘jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan 

birga olib borildi. 1956–65-yillarda Mirzacho‘lda 84 ming gektar 

yangi yer o‘zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog‘-

dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o‘z lash-

tirilgan joylarda 456 ming kv · metr turar joy binolari, o‘nlab maktab-

lar, bolalar bog‘chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy maishiy 

muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km avto mo bil yo‘llari 

qurildi, 637 km elektr liniyalari o‘tkazildi, xo‘jaliklar, turar joy bino-

lari gazlashtirildi. Mirzacho‘l yerlarini sug‘orish, meliora tiv holati-

ni yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho‘l kanali 

qurildi. 1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Gulis ton shahar lari vujud-

ga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo‘lgan Sir-



daryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydon-

lari 1956-yildagi 120 ming gektardan 1965-yilda 211 ming gektarga, 

paxta xomashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming ton-

naga ko‘paydi.

Markaziy Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston ASSR, Surxondaryo, Bu -

xoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug‘oriladigan yerlarni ken-

gay tirish, irrigatsiya qurilishi ishlari keng ko‘lamda olib borildi. 

Qo ra qalpog‘istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro 

viloyatida 1963-yilda Amu-Qorako‘l mashina kanali, 1965-yilda 

Amu-Buxoro mashina kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Nati-

jada, Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jum la dan, 26 ming gek-

tar yangi yer maydonlari sug‘oriladigan, Qizilqum sahrosida maydo-

ni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv bora di gan bo‘ldi.

1953–1963-yillarda  Markaziy Farg‘ona cho‘llarida 72,4 ming 

gektar yer o‘zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz tash-

kil etildi.


325

50–60-yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg‘ona, Pachkamar, Chor-

voq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on, Toshkent, Ohan-

garon  suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km 



beton ariqlar qurildi.

Sobiq KPSS MQning 1966-yil may plenumining meliorativ ish-

larni kengaytirish haqidagi qarori O‘zbekistonda yangi yerlarni o‘z-

lashtirsh va sug‘orish ishlarini yanada kengaytirshga asos bo‘ldi.



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling