O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49

Jizzax cho‘lida 70 ming gektardan ko‘proq yangi yerlar o‘zlash-

tirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‘l  (1967),  Do‘stlik (1970), 



Zafarobod  (1973),  Arnasoy  (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat 

kor xonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyol 

kalar 

bazasida  Paxtakor(1974),  Do‘stlik



  (1974),  Gagarin  (1974),  Ulya-

novsk (1974), Ilich

  (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho‘ li-

da 1454 ming kv · metr turar joy binolari, 21,9 ming o‘rinli maktab-

lar, 6800 o‘rinli bolalar bog‘chalari, klublar, shifoxonalar, oshxona-

lar qurildi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi.

Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sa -

mar  qand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston ASSRda ham suv 

xo‘ja ligi, yangi yerlar o‘zlashtirish ishlari keng miqyosda olib boril-

di. 70-yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo‘yin, Kam-

pirrovot daryosi bo‘yida Andijon, Namangan viloyatida Chor toq va 

Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloya tida Deh-

qonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va 

boshqa kanallar qurildi.

Shunday qilib, O‘zbekiston hududida 1946–65-yillarda qariyb 

600 ming gektar yangi sug‘oriladigan yerlar ishga tushirilgan bo‘lsa, 

1966–85-yillarda 1,6 million gektar yangi yerlar o‘zlashtirilib foyda-

lanish ga topshirildi. 1985-yilda 10 milliard kubometr suvni to‘p lov-

chi 23 suv ombori, 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug‘o-

rish tarmog‘i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O‘zlashtirilgan qo‘riq 

yerlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv · metr turar joy, 37 ming 

o‘rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muas sasalari, 102 ming o‘rinli 

umumta’lim maktablari barpo etildi.

Qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. 

Xo‘ jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va 

bosh qa qishloq xo‘jalik mashinalari, mineral o‘g‘itlar yetkazib be rish 

ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985-yilda kolxoz va sov xozlarda 

189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va bosh qa turdagi 

texnika vositalari bor edi.


326

Cho‘llarni o‘zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar 

etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko‘pay-

tirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so‘ lim 

maskanlarini tashlab, majburan ko‘chirildi. Qanchadan qancha yosh-

lar, yigit-qizlar komsomol yo‘l lanmasi bilan bu dasht-biyobonli yer-

larga kelib, og‘ir mehnat mashaqqatini chekib, dav latga ko‘proq «oq 

oltin» yetkazib berish uchun ter to‘kdilar. Res pub likada paxta yakka-

hokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko‘rish mumkinki, 

agar 1950-yilda 1,1 mln gektar yerga g‘o‘za ekilgan bo‘lsa, 1985-yil-

ga kelib bu ko‘rsatkich 2 mln gektar ga cha yetdi. Paxta xomashyosi 

shu yillarda 2,3 mln tonnadan 5,4 mln tonnaga ko‘paydi. Hosildorlik 

har gektar hisobiga 20,1 sentnerdan 27,0 sentnerga ko‘tarildi.

Respublika qishloq xo‘jaligida paxta yetishtirish salmog‘ining or -

tib borishi davomida, o‘zbek xalqi nomini zamonlar osha dun yo ga 

mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, 

poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar yetish-

tirish asta-sekin kamayib, qisqariyb bordi. Eng achinarlisi shuki, xal-

qimizning azaliy mashg‘uloti samarasi bo‘lgan bu xil mahsulotlar-

ning ko‘pi bora-bora respublikamizga chetdan keltirila di gan bo‘lib 

qoldi. Masalan, bug‘doy, arpa yetishtirish imkoniyati katta bo‘lga-

ni holda, uni ekish uchun sug‘oriladigan yerlar ajratil mas, shu bois, 

bu ekin turlari, asosan, lalmikor yerlarda yetishtirilardi. Hosildorlik 

ham gektar boshiga atigi 5–8 sentnerni tashkil etardi, xolos. 1985-

yilda respublika bo‘yicha atigi 387,9 ming tonna g‘alla yetishtirilgan. 

Bu uning ehtiyojini mutlaqo qan o at  lan tirmas edi, albatta. Chorva-

chilik, parrandachilik, baliqchilik sohalarini rivoj lan tirish da respubli-

kaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va katta bo‘lmasin, biroq 

bular ham sovetlar davri da yetarli foyda va daromad bilan ishlaydi-

gan xo‘jalik tarmoqlariga aylana olmadi. 

Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshi-

lash, obi-hayot bilan ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar 

kelib chiqib, ularning yillar davomida hal etilmay keli shi esa ko‘p-

lab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Atrof-muhit ning 

buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, 

yerlarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat lar vujud-

ga keldi.

Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o‘g‘itlar, aralash 

birikmalar bilan ishlanishi, nafaqat, yerlarni yaroqsiz ho latga, tup-

roq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda, ming-ming-



327

lab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo‘ldi, son-sanoqsiz 

kasalliklar vujudga kelib, keng tarqalishiga olib kel di.

Sanoat. Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda sanoatni tik lash 

va rivojlantirish masalasiga hukmron markaz «sotsializm va kommu-

nizm jamiyati» qurishdan iborat dasturiy rejalariga asos lan gan hol-

da, mamlakatimizning boy xomashyo va mineral re sur s lari dan mak-

simum foyda olishni ko‘zlab bu sohaga e’tibor qara tib bor di.

O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim bo‘g‘i 

ni sanalgan sanoat 

urushdan keyingi 1946–1950-yillarda tiklandi va rivojlanib bor-

di. 150 dan ziyod yangi sanoat korxonalari quri lib ishga tushirildi. 

Quv vatiga ko‘ra SSSRda uchinchi o‘rinda turuv chi Farhod GES-

ning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1-Oqqovoq, 

1-Bo‘zsuv, 2-Bo‘zsuv va boshqa gidroelektr stansiyalari qurildi. Qora 

me tallurgiya sanoati rivojlandi. O‘zbek metallurgiya kom binatining 

«300» prokat stani va yupqa listli «700» prokat stani quril di, marten 

va prokat sexlari loyihada belgilangan quvvatga yetdi. «Tashselmash», 

«O‘zbekselmash», «Chirchiqsel mash», Sa mar     qanddagi «Krasniy dvi-

gatel» va boshqa zavodlar paxta chi lik bi lan bog‘liq mashinalar ishlab 

chiqarishni yo‘lga qo‘ydi lar. 1950-yil   da 4803 ta chigit seyalkalari, 

7784 ta traktor kultiva torlari tayyor landi. 1950-yilda 4641 ta SX-40 

paxta terish mashi na lari tay yor lan di. Paxta tozalovchi mashinalar 

ishlab chiqarish 1946-yilda 363 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1950-yilga kelib 

ularning soni 1251 taga yetdi.

Shuningdek, yoqilg‘i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg‘ona vo -

diy  sida Moylisoy, Shahrixon, Surxondaryoda Kakaydi va Lalmikor 

neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni ishlash 

zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950-yilda respublika-

da 1,3 mln tonnadan oshib ketdi. Polvontosh–Asaka gaz quvuri 

qu rildi.



Yengil sanoat o‘sib bordi. Farg‘ona va Qo‘qonda yangi to‘qi ma -

chilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samar-

qand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tu shi rildi. 

Agar 1941-yilda 107 mln metr ip-gazlama ishlab chiqaril gan bo‘lsa, 

1950-yilda 161 mln metr ip-gazlama tayyorlandi.

1950–1985-yillar O‘zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan 

bi r i  dir. Bir tomondan, O‘zbekiston xalqining fidokorona, bunyod-

kor  lik mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti anchagina rivoj landi. 

Ikkinchi tomondan, sobiq Ittifoqda hukmron bo‘lgan totalitar tuzum, 

ma’muriy-buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijtimoiy, iqtisodiy 



328

va ma’naviy hayotda bir qator muammolar, noxush holatlar to‘pla-

nib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.

Energetika va yoqilg‘i sanoati. 50–80-yilarda elektr energiyasi 

tar  mog‘i kengaytirildi. 7-Shahrixon GESi, ikkita Namangan GES-

lari, ikkita Bo‘zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xo‘jakent GESi qu ri lib 

ishga tushirildi. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, 

Sir daryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda 

O‘z bekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln kvt   dan 

ortdi. Shu yili 47,9 milliard kvt · soat, ya’ni 1940-yilga nisbatan 100 

baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko‘p elektr ener giyasi ishlab 

chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respub lika-

ning barcha elektr stansiyalari O‘zbekiston yago na energosistemasi-

ga ulandi. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozo g‘is ton, Qirg‘iziston, Toji-

kiston va Turkmaniston Respublikalarining yirik elektr stansiyalari 

Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, 

qurilish, transport, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish ancha ke ngaydi, 

xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.

Yoqilg‘i sanoati o‘sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Shar -

g‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi va yuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir 

qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm vi lo   yat-

laridagi Gazli, Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi neft konlari o‘zlash ti -

rildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushiril-

di. 1959-yili qurilib foydalanishga topshirilgan Far g‘ona neft  ni qayta 

ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda tex nika moylari, benzin, 

dizel yoqilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mah su lot lar ishlab chiqarish 

yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyat larida 

yirik gaz konlarining izlab topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq 

ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida «O‘zbek-nef-

tegazrazvedka» tresti amalga oshirgan geologik-qidiruv ishlari natija-

sida 1956-yili 500 milliard kubometrga teng bo‘lgan, foydala nishga 

eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O‘rta bu loq, 

Qultog‘, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Qoravulbozor, jami 100 dan ortiq 



neft va gaz konlari topildi. Ularda 2 trillion kubo metr gaz, 250 mln 

tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi.

1958–1960-yillarda 767 km uzunlikdagi «Jarqoq–Buxoro–Samar   -

qand–Toshkent» gaz quvuri qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 

mlrd kubmetr gazga teng edi. 1964–1966-yillarda Muborak–Tosh-

kent–Chimkent–Almati gaz quvuri qurilib foyda lanishga topshi ril di. 



329

Uzunligi 1317 km, diametri 720 mm po‘lat qu vur lari orqali Qash-

qadaryo gazidan O‘zbekistonning ko‘pgina sha har lari, shuning dek, 

Qozog‘iston va Qirg‘iziston xalqlari bah ramand bo‘l dilar. Keyingi 

yillarda Toshkent–Bishkek–Almati oralig‘ida ikkinchi gaz quvu 

ri 


qu rildi. Shunday qilib, 1958–1980-yillarda Buxoro va Qar shi, Gaz-

li rayonlaridan Toshkent–Bishkek–Almati yo‘nalishida yotqizilgan 

gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5 686 km (uning 3 618 km O‘zbe-

kistonda yotqizilgan), yillik quvvati 23 mlrd kub metr gaz yoqilg‘isi-

ni tashkil etdi. 70 yillarda Mubo rakda qurilgan eng yirik gazni qayta 

ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni to za  lab berib turdi va 

yiliga 160 ming tonna oltingugurt ish lab chi qa rilishini ta’minladi.

1974–1978-yillarda Xovos–Farg‘ona quvuri yotqizildi. Uzun li-

gi 677,8 km dan iborat bo‘lgan bu gaz yo‘lining 425,8 kilo metri O‘z-

be kistondan, qolgan qismi Tojikiston hududidan o‘tkazil di. Qash qa-

daryo va Buxoro «zangori olov»idan qardosh Tojikis ton xalqi ham 

bahramand bo‘ldi.

O‘zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko‘plab boy tabiiy 

gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirila boshlanishidan behad xur-

sand bo‘ldilar. Har bir oila o‘z xonadonida «zangori olov»dan foyda-

lanishni orzu qilardi. Ammo o‘zbek xalqi respublikamiz hu du di da 

topilgan gaz konlariga xo‘jayin emas edi, ularning xo‘ jayini uzoq-

da – Moskvada edi. O‘zbekiston gazidan qanday foy 

dalanishni 

Mar kaziy hokimiyatda o‘tirganlar belgilar edi. Markaziy hokimiyat 

O‘zbekiston gazidan, avvalo, Uraldagi, SSSRning Yevro pa qismi da-

gi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni gazlashtirishda 

foydalanishga kirishdi.

 1961–63-yillarda zudlik bilan Buxoro–Ural o‘rtasida gaz 

quvu ri yo‘lining 1-, 2- va 3-navbatlari qurildi. Umumiy uzun ligi 

6 100 km dan uzun bo‘lgan Buxoro–Ural gaz tran sport sistema si ning 

yil lik o‘tkazuvchanlik quvvati 21 mlrd kub metr o‘zbek zangori olo-

viga teng edi.

• Markaziy hokimiyat bu bilan cheklanib qolmadi, O‘zbe kis ton 

va Turkmaniston gazini bir yo‘la katta miqdorda G‘arbiy viloyat lar-

ga uzatish rejalarini tuzdi. Bu reja O‘rta Osiyo–Markaz gaz quvuri 

nomini oldi. 1965–75-yillarda 2 750 km uzunlikdagi O‘rta Osiyo– 

Markaz gaz yo‘li qurildi. Ikki yo‘nalishdan iborat O‘rta Osiyo–Mar-

kaz gaz quvurining umumiy uzunligi 5500 km bo‘lib, bu yo‘llar yili-

ga 80 mlrd kub · metr yoqilg‘i uzatish quvvatiga ega edi.

Shunday qilib, o‘zbek «zangori olovi» uzoq-uzoq joylar dagi kor-


330

xonalar va xonadonlarni isitdi, o‘zbekistonliklar, asosan, qishloq 

aho lisi yonginasidan o‘tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarab 

qolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi, albatta. 1985-

yilga kelib respublikada atigi 2,8 mln kvartira, jumladan, qishloqlar-

dagi 1,3 mln xonadon gazlashtirilgan edi, xolos.



Kimyo sanoati. Kimyo sanoatini rivojlantirishda gaz, neft, oltin-

gugurt, ozokrit, osh tuzi, ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqin-

dilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo‘ladigan chiqin di-

lar boy xomashyo bo‘lib xizmat qildi. 50-yillarda mineral o‘g‘itlar 

ishlab chiqaaivchi Samarqand superfosfat zavodi, 1962-yil  da Far-

g‘o na azot o‘g‘iti zavodi, 1965-yilda Navoiy kimyo kom bi na ti, 1969-

yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda res-

publika kimyo korxonalarida 7,8 mln tonna mineral o‘g‘it lar ishlab 



chiqarildi, bu 1960-yildagidan 7 marta, 1950-yil da gi ga nis batan 15 

marta ortiq edi. Respublika qishloq xo‘jaligi mineral o‘g‘it  lar bilan 

ta’minlandi va boshqa respublika, viloyat lar ga o‘g‘it lar chiqarildi.

O‘zbekistonda kimyo tolalari (Farg‘ona kimyo tolalari zavodi), 

plast  massalar (Ohangaron «Santexnik» zavodi, Jizzax plastmassa tur-

balari zavodi), maishiy kimyo mahsulotlari (1971-yilda barpo etilgan 

Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangan kimyo zavod-

lari, 1971-yilda Toshkent yog‘-moy zavodi tarkibida qurilgan sintetik 

yuvish vositalari zavodi) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab 

chiqarish katta o‘rin tutardi. Andijon gidroliz zavodi, Farg‘ona furan 

birikmalari zavodi, Yangiyo‘l biokimyo zavodi paxta, sholi, paxta 

chiqindilaridan spirt, oqsil drojjilari, furan va boshqa mahsulotlar 

tayyorladilar. Farg‘onada sellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda 

kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1960-yilda 235,4 ming 

tonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 2,3 mln 

tonna tayyorlandi.

Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo vositalari ishlab 

chiqarish respublikaga tiqishtirildi. 1985-yilda 47,9 ming tonna turli 

zaharli ximikatlar ishlab chiqarildi.

Zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan tas-

hqari keng qo‘llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzil-

di, odamlar turli-tuman kasalliklarga chalindi. Odamlarning sog‘-

lig‘i hisobiga paxta xomashyosiga ko‘rsatilgan «g‘amxo‘rlik» xalq qa 

qim matga tushdi.



Metallurgiya sanoati. 1962-yilda O‘zbekiston metallurgiya sa -

331

noa  ti kombinatida uzluksiz po‘lat quyish qurilmasi ishga tushiril-

di. 1970–1980-yillarda elektr yordamida po‘lat eritish kompleksi va 

uning ikkita pechi qurib ishga tushirildi. Kombinatda po‘lat idishlar 

ish lab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Po‘lat eritish 1985-yilda 1,2 mil li-

on tonnaga yetdi.

50-yillarda Olmaliq–Angren tog‘ sanoati rayonida mis, qo‘r g‘o-

shin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topil di, 

ularni o‘zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq kon-metal lur giya kombi-



nati bunyod etildi.

 O‘zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati 

bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin kon 

lari, Far-

g‘o na vodiysidagi daryo o‘zanlaridan sochma oltin, Nurota, Qu ra-

ma, Zarafshon, Hisor, Pomir tog‘larida oltin tarkibli kvars tomir-

lari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta  oltin 



koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog‘ boyitish kom binati 

Marjonbuloq kombinati qurildi. «O‘zbek oltin» birlash masi tuzilgach, 

uning tarkibida Chodak oltin boyitish kombinati (1965), Angrenda 

oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi.

O‘zbekiston hududidagi rangli metall konlari, jumladan (oltin 

kon lariga), ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respubli-

ka emas, Ittifoq hukumati xo‘jayinlik qilardi. O‘zbekiston hukumati 

bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo‘rg‘oshin, rux, vol-

fram, molibden va boshqa nodir me tal  lar qazib olinayotganini, ularni 

kimlar qayerga olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayot-

ganini bilmas edi. Bu haqda gapi rish va yozish ham taqiqlangan edi. 



Bu

 holat o‘sha pa yt lar da «O‘zbe kiston suveren Respublika» de gan ibo-

raning

 na qa dar yolg‘on, quruq gap ekanligini yaqqol isboti edi.

Mashinasozlik sanoati. 50–80-yillarda O‘zbekiston mashina soz-

lik industriyasi ko‘p tarmoqli sohaga aylandi. 1985-yilda respubli-

ka sanoatida faoliyat ko‘rsatgan 1 549 ta ishlab chiqarish birlashma-

lari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig‘i mashinasozlik 

tarmog‘iga tegishli bo‘lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog‘i 

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan butun sanoat mahsulotining 16 foi-

zini tashkil etardi.

Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi 

mashinasozlik tarmog‘ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. 

Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi (Tashselmash) qish-

loq xo‘jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi. «Tash-

selmash» zavodida 1960-yilda 3 184 ta paxta terish mashinasi ishlab 

chiqarilgan bo‘lsa, 1985-yilda 9 425 ta shunday mashina tayyorlandi.



332

1957-yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqa-

ruvchi  «Tashxlopkomash» zavodi bazasida yirik «Tashavto mash» 

zavodi barpo etild. Zavodda paxtani qop-qanorsiz tashuvchi trans-

port vositalari va GAZ-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar 

ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu zavod 1967–1971-yillarda qayta 

jihozlanib,

 traktor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi va unga Toshkent 

traktor zavodi nomi berildi.

1948-yildan boshlab O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi (Uzbeksel- 

mash) zavodi o‘rish mashinalari, diskli boronalar, charxlash stanok-

lari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashi-

nalari ishlab chiqarar edi. 1960-yilda bu zavodda ko‘rak chuvish 

mashinasi, 1965-yilda yerga to‘kilgan paxtani teradigan, g‘o‘zapoya 

yuladigan mashinalar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1956-yilda qurilib 

ishga tushirilgan Andijon irrjgatsiya mashinasozligi zavodida yangi 

yerlarni o‘zlashtirish, kanallar va suv omborlari quri lishi bilan bog‘-

liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtoben zo sis ter na-

lar, yer tekislaydigan buldozerlar va skreperlar, greyder lar va kanal-

lar tozalaydigan mashinalar, yuk ortib, tushira di gan murak kab mexa-

nizm va uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 50–60-yil lar da 

qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodiAn dijon «Kom munar» zavo-

dida paxta tozalash mashinalari, 

paxta toy larini qabul qilish, saqlash, 

xillashning ko‘p mehnat talab qila di gan jarayonlarini mexanizatsiya-

lashtirish mashinalari, quritish-toza lash asboblari, yuk tashish mashi-

nalari ishlab chiqarish o‘z lash tiril di.

O‘zbekiston aviatsiya sanoati ham o‘sib bordi. Toshkentda 1941-

yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavo di bar-

po etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samolyotlarini ish lab chiqa-

ra boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953-yilda IL-14, 1958-yil-

da turli tipdagi transport samolyotlari, 1966-yilda esa AN-22 samo-

lyotlari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 1972-yilda V.P. Chka  lov nomidagi 

Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish bir lash    masi tashkil etildi. Uyush-

maga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh kor xo na), Andijon mexanika 

zavodi, Farg‘ona mexanika zavo di va Toshkent kislorod zavodi bir-

lashtirildi. Birlashmada samolyot yig‘ilgan, uning turli detal va uzel-

lari, xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqarilgan.

Qurilish sanoati. 50–80-yillarda O‘zbekistonda qurilish material-

lari sanoati rivojlandi. 1985-yilda qurilish materiallari sanoatining 



1851 korxonasi, 11 ta yirik panelli uysozlik kombinatlarida turli xil 

qurilish materiallari sement, shifer, asbosement quvurlar, par doz-



333

lash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizo lyat sion 

ma terial lar, keramik quvurlar, emallangan cho‘yan van nalar, rakovi-

na lar, cho‘yan kanalizatsiya quvurlar, keramik buyum 

lar, sopol 

qu vur lar ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida aleba ster, 

ganch, ohak, cherepitsa ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling