O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49

Ijtimoiy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va mada ni yati ni

o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni ista -

ma gan kelgindilar, mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq-

osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyat  lari 

kamsitildi. Ona tilining qo‘llanilishi yanada cheklab qo‘yildi. Hatto 

milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’ana lar bo‘yicha 

to‘y qilgan, qarindosh-urug‘larini milliy, diniy qadriyatlar asosi-


342

da dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bun-

day vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqayd lik ni 

kuchaytirdi.

Ko‘plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat 

chek di. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlik-

da, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillar-

dan og‘ishlikda, o‘tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo‘rttirib ko‘r-

satish da ayblandilar.

Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘z-

ga ra boshladi. O‘tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida 

munozaralar, turli qarashlar, nuqtayi nazarlar bildiriladigan bo‘ldi. 

Ja moat  chilik paxta yakkahokimligini tugatish, o‘zbek tiliga davlat 

tili maqomini berish, ekologik holatni sog‘lomlashtirish kabi masala-

larni ko‘tara boshladilar. «Norasmiy» guruhlar va tashkilotlar paydo 

bo‘la boshladi. Ular asta-sekin siyosiy tusga kirdi. 1989-yilda tash-

kil topgan «Birlik» harakati (rahbari Abdurahim Po‘latov) respubli-

kadagi dastlabki «norasmiy» harakat edi. Shuningdek, «O‘zbekiston 

erkin yoshlar ittifoqi», xotin-qizlarning «To‘maris» nomli tashkilo-

ti, rusiy za  bon ziyolilarning «Intersoyuz» deb atalgan harakati tuzildi. 

Bu hara kat lar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini 

tiklash, Orol fojiasini oldini olish, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini 

berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish 

kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar. Biroq bu harakatlar g‘oyaviy, 

siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. «Birlik» 

hara kati rahbarlari mamlakat manfaatlaridan kelib chiqadigan das-

turlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida 

siyosiy kurash olib borish o‘rniga, namoyishlar va mitinglar uyushti-

rish, ko‘cha va maydonlarda to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj 

oldirish bilan shug‘ullandi, hokimiyatni egallashga intildi. Oqibatda, 

«Birlik» bo‘linib ketdi.

Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush 

ho disalarni, xalq dardi, armonlarini oshkora yorita boshladi, xalq-

ning o‘zligini anglashiga ko‘maklashdi.

Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda 

iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashti-

rish konsepsiyasining asossizligi ma’lum bo‘lib qoldi. Respublika-

da sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko‘pgina 

kolxoz va sov  xoz larni xo‘jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudra-

tiga o‘tkazish samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni 



343

qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh 

qilish, ma’ mu riy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish tadbirlari 

ham natija bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan 

vazir liklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqardi, iqtiso-

diyot taraq  qiyotiga to‘g‘a noq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-

kon, metallurgiya, mashina 

soz lik, elektrotexnika, kimyo sanoati-

ga qarash li korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib 

qolaverdi. Ijtimoiy va iq ti sodiy ko‘rsatkichlarni, avvalgidek, markaz 

belgilab berardi.

Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O‘sha yillarda muta xas-

sislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, kun kechirish uchun bir kishiga 

oyi da kamida 85 so‘m zarur edi. O‘zbekistonda aholi jon boshi-

ga daromad oyiga 75 so‘mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga 

yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qish-

loq aholi si ning atigi 50 foizi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan 

edi, xolos.

Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo‘q, har 

besh xonadonning birida bir dona ham chorva mol, 37 foiz xona- 

donlarda sigir, yarmisida qo‘y boqilmas edi.

Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus talimni 

qay  ta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Res pub-

lika dagi 9 000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun 

mo‘ljal lab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan bino-

larda joy lash gandi, ko‘plari avariya holatida bo‘lib, o‘quv chi lar ning 

katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o‘qir edi. O‘quvchi-

larning yili ga 2–3 oylab qishloq xo‘jalik ishlariga jalb etilishi o‘quv 

ishlarini iz dan chiqargan edi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida 

ham muta xassislar tayyorlash sifati pasayib ketdi. Kadrlar tayyorlash-

da son keti dan quvishga yo‘l qo‘yildi.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to‘planib bor-

di, ular ni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urunish-

lar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayot-

gan ishon 

ch sizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa 

bosh ladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o‘tkazish, hatto 

noxush voqealar ham sodir bo‘la bordi.



Farg‘ona fojiyasi. 1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada 

buzg‘unchi kuchlar tomonidan uyushtirilgan fojiali voqealar sodir 

bo‘ldi. 1944-yilda o‘z yeridan badarg‘a qilingan, Farg‘ona viloyatiga, 

bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga ko‘chirilgan 



344

mesxeti turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribon-

lik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o‘zaro qardosh-

l ik rishtalarini bog‘lab, inoq yashar dilar. Biroq 1989-yil 23-mayda 

Quvasoyda mahalliy aholi bi lan mes xeti turklari guruhlari o‘rtasida 

mushtlashuv sodir bo‘ldi. Res publika rahbariyatining voqeani to‘g‘ri 

baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko‘rmaganligi 

oqibatida vaziyat murakkablashdi va ommaviy etnik mojaroga ayla-

nib, qon to‘kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun Toshloq da, 

so‘ng Marg‘ilonning mes xeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» 

suv xo‘jaligi quruv chilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, 

qotillik, vahshiylik sodir bo‘ldi. Keyingi kunlarda beboshlik hara-

katlari Farg‘ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan 

sanoat korxona lariga, temiryo‘l stansiya si ga, aloqa uzeliga, militsiya 

binosiga hujum qilindi. Vaziyat tobora partiya va sovetlarga qarshi 

tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda res publika huku-

mat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan boshlab komendantlik soati joriy 

etildi. Farg‘onaga shoshilinch ravishda SSSR Ichki ishlar vazirligi 

Ichki qo‘shinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi keltirildi. Ur-yiqit 

7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga, Rish-

ton, O‘zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tuman lariga tarqaldi. 

8-iyun da Qo‘qonda aholining tinch namoyishi SSSR Ichki ishlar 

vazirligi qo‘shinlari to mo ni dan o‘qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok 

bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsiz-

lik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi, 1011 ki shi jaro-

hatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shin-

larining 137 xiz mat chisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi, mili-

tsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 557 uy, 27 davlat binosi, 275 avto-

transport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.

Farg‘onada sodir bo‘lgan fojia qanday kuchlarga kerak bo‘lgan? 

Birinchidan, mustabit sovet tuzumi aybi bilan Ikkinchi jahon urushi 

davrida o‘z vatanidan majburan O‘zbekistonga ko‘chirilgan mesxeti 

turk lar o‘z vatanlariga qaytib borishlari uchun, ikkin chi dan, ommaviy 

tartibsizlik, millatlararo nizo va to‘qnashuvlarni keltirib chiqarish ga 

uringan ekstremistik kuchlarga kerak bo‘lgan.

Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli ma’-

mu riy organlar tomonidan mesxeti turklari Farg‘onadagi harbiy 

qism poli gonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati 

Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chirildi. 

Ming  lab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shu 


345

bois, 16 282 nafar mesxeti turklari Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, 

Kursk, Belgorod, Voronej viloyatlariga ko‘chirib, olib borib joy-

lash tirildi.

Farg‘ona fojialari sodir bo‘lgan vaqtda O‘zbekiston rahbariyati 

sodir bo‘lgan mudhish hodisalarning mo hiyatini tushunib yetmadi, 

siyosiy jihatdan to‘g‘ri baholay olmadi, zarur chora-tadbirlar ko‘rol-

madi. Natijada, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Parkent tumanlarida 

ham shunday urinishlar bo‘ldi. Aholining, ayniqsa, yoshlarning chi-

qishlari, millatlararo to‘qnashuvlar so dir bo‘ldi.

Farg‘ona fojiyasini keltirib chiqargan sabablar 1989-yil 29-iyun-

da bo‘lgan O‘zKP MQning XV plenumida ochib berildi:

– Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tash kiloti-

ning, hu quqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy 

ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatda-

gi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfini o‘z vaqtida 

anglab yet madi lar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan 

ekstri mist larga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida zarba berolmadilar.

– Farg‘ona viliyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy kes-

kin  lik ortib bordi. Xo‘jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xo mashyo 

yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qol  gan 

edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan 

ta’minlash tadbirlari ko‘rilmasdi.

– Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishlari buzilgan, pora-

xo‘r lik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish avj olgan edi.

– Ana shunday keskinlikda respublikada ijtimoiy-siyosiy beqa-

ror  likni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa chon 

ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rgan reja asosida ig‘vogarona 

hara kat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqat-

dilar.


Farg‘onada sodir bo‘lgan siyosiy ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li Qo ra-

bog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyin cha-

lik 1990-yil fevral-mart oylarida Bo‘ka va Parkent, 1990-yil iyun-

da O‘sh va O‘zgan da ham shunday voqealar bo‘ldi. Yovuz kuch lar 

o‘z maq sadiga erisha olmadilar. O‘zbekistonning yangi rahbariyati 

tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bu holat keskin bar-

taraf etildi.


346

Nazorat savollari

1. Sovet hokimyati tomonidan O‘zbekiston ziyolilaridan kimlar 

va ni ma uchun qatag‘on qilindi?

2. Qaysi hududlarda gaz va neft konlari topildi?

3. O‘zbekiston gazidan qaysi respublikalar foydalandi?

4. O‘zbekistonda qanday sanoat korxonalari qurildi?

5. Paxta yakka hokimligi nima?

6. Nima sababban turg‘unlik holati yuz berdi?

7. «Qayta qurish», «paxta ishi» nima?

8. «Kadrlar desanti» nima?

9. Farg‘ona fojiyasi, uning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?

 


347

XV bob. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHISH 

OSTONASIDA

Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbek tili – davlat tili. Ish bilan ta’-

min  lash. Prezident lavozimi. Butunittifoq referendumi. MDHi tuzish-

ga intilish. 1991-yil avgust voqealari. 9+1 hujjati. FHDQ. 1991-yil 

25-avgustdagi farmon.

 

1. Yangi yo‘l

O‘zbekiston Kompartiyasi MQning



 1989-yil 23-iyun kuni bo‘lib 

o‘tgan XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston 

Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib tayinlandi. 

Islom Karimov ishga kirishgan kunning ertasigayoq – 24-iyun 

ku ni O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida katta majlis o‘tkazdi va 

un da ma’ruza qildi. Islom Karimov O‘zbekistonda vujudga kelgan 

o‘ta murak kab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyantni va uning sabablarini chu-

qur tah lil qilib achchiq va haqqoniy bir xulosaga keladi. «Biz bun dan 

bu yon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi 

yo‘l qo‘y maydi»

42

, – deb yangi lavozimga qanday ulug‘ maqsad va 



mas’ uli  yat bilan kirishayotganini, o‘z faoliyatida el-yurtning dardu 

tash vish lari eng oliy mezon bo‘lib qolishini ochiq bayon qiladi. 

Islom Karimov 25-iyun kuni janjal-to‘polonlar alangasi ichida 

qolib ketgan Farg‘ona viloyatiga yo‘l olib, lovullab yonayotgan uylar, 

qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning orasiga dadil kirib boradi. Ular 

bilan chin dildan ochiq gaplashadi, fojia oqibatlarini bartaraf etish-

ning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil amalga oshiradi.

I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o‘zbek xalqi-

ning milliy o‘zligini anglash kuchayib borayotganligi birinchi bor 

etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, 

milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l boshladi. 

Kadrlar siyosatidagi 

o‘zgarishlar

      Respublikada kadrlarni tanlash, joy-jo-

yi ga qo‘yish va tarbiyalash masalalarida mil-

liy manfaatdorlik ustuvorligi ta’min



 lan di. 

42

 Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: «O‘zbe-



kiston». 2011. 32-bet.

348

Mar kazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o‘z mavqeyini yo‘qot di. 

Ani shev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respub 

likadan 


chi qa riyb yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimilariga ko‘ta-

ril di.


Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o‘zgarish shundan iborat bo‘l-

diki, endi O‘zbekiston partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish 

organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgi-

lagan xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo‘yildi. Bu masa la lar ni 

hal qilishni Respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi.

Oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan talantli yoshlar uchun max-

sus stipen diyalar belgilash, xorijiy davlatlarda o‘qish uchun davlat 

hi sobi dan yordam berish masalalarni ilgari surdi. Bu vazuyatni teran 

ang lagan rahbarning jasorati bo‘lib, siyosiy mutelik dan qutilish, mus-

ta qillik tomon tashlangan muhim qadam bo‘ldi.

To‘qib chiqa ril gan «o‘zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila shar-

mandasi chiqdi. Bu bilan bog‘liq ishlar qayta ko‘rilib, aybsiz qamal-

gan minglab odamlar oq lan di, o‘z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.

O‘zbek till – davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan 

alla   qa  chon o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko‘ta-

rilgan edi. O‘zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga millatchi-

lik, mahal liychilik deb qarardi. O‘zbekistonning yangi rahbari ja -

moat chilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish 

yo‘ lini tanladi. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabr-

da bo‘l gan o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSRning davlat tili 

haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O‘zbekistonning davlat 

tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtiso-

diy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi»,  – 

deb bel gi lab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda «O‘zbekiston SSRning 



davlat tili haqida»gi Qo nunni amalga oshirish davlat dasturi qabul 

qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan, mehnat jamoalari, o‘quv 

yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan 

o‘zbek tiliga o‘tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va 

uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida kat-

ta tarixiy voqea bo‘lib, mus taqillik sari tashlangan yana bir muhim 



qadam bo‘ldi.

Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish,

ba holash va ko‘tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi.

Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj

381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o‘z tomor-


349

qa lari ni kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gek-

tar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab 

chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan 

yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismi ni ijti-

moiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda budjetdan va korxo na lar 

hisobi dan 142 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

Prezident lavozimining 

ta’sis etilishi

      1990-yil 18-fevralda O‘zbekiston Oliy 

So ve ti ga saylov bo‘ldi. Bu saylov ning yan-

giligi shundan iborat bo‘ldiki, oldingi say-

liovlarda bir deputatlik o‘rniga bitta nomzod ko‘rsatilgan bo‘l 

 sa, 


mazkur saylovda 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom zod-

lar ko‘rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi tur da-

yoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi 

turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrug da 

qayta saylovlar bo‘lib o‘tdi.

1990-yil 24–31-mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq 

O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart 

kuni sessiya SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo‘ lib 



«O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida» Qo nun 

qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin 

ovoz be rish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston 



Prezidenti etib saylandi.

Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so‘zlab, O‘zbekistonning siyo-

siy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bi lan 

ta’ min lashga o‘tishni ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi ekanini 

ta’kid ladi. SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoit-

dayoq O‘zbekistonda Prezident saylanishi muhim voqea bo‘ldi, 



mam la ka ti miz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil 

qadam bo‘ldi.

Mustaqillik 

Deklaratsiyasi

      O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining II ses siyasi 

1990-yil 20-iyun kuni «Mus ta qillik Dek laratsiya-

si»ni qabul qildi. Dekla rat  siyada har bir millat-

ning o‘z taq di ri  ni o‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xal-

qaro huquq qoida  lariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya 

tamoyil lariga asoslanib O‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon 

qilindi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, quyidagilar

bayon etilgan:

• O‘zbekiston SSR davlat suvereniteti;



350

• O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida barcha

tar kibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;

• O‘zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud 

xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib o‘zgartirilishi mumkin 

emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR 

Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan 

tasdiq langandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘-

ladi;

• O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR



ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hoka-

zolar.


O‘zbekiston mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy 

hujjat bo‘lib, mamlakatimizning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiri-



tish yo‘lida yana bir yangi qadam bo‘ldi.

 

2. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi



Ittifoq shartnomasini 

yangilash talabi

      Sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar 

ras  man teng va suveren deb yuritilsa-da, 

amal      da qaram edi. Ular o‘z yerlari, suvla-

ri, o‘r mon  lari va yer osti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p korxonalariga 

o‘z    lari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning

bosh larida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish 

talab   larini ilgari sura boshladilar.



O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. Karimov 1989-yil 20-sen-

tabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQning plienumida so‘z la gan 

nutqida, respublikalar bilan SSSR o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-rav-

shan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi federativ shartnoma 

ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va 

respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatla-

rini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har 

jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz», – degan edi.

Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqi-

da gi talab-takliflarni e’tiborga olmadi, to‘g‘rirog‘i ularga erkinlik 

berish ni xohladi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-

chi ligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bor-

di. 1990-yil bahorida Boltiqbo‘yi respub lika lari Latviya, Litva, Esto-

niya, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqan ligi-

ni e’lon qildilar.



351

Markazda va joylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustun-

mi yoki Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?» – de gan 

ma sala da bahs-munozaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli Mar-

kaz – kuchli Respublikalar», – desa; joylardagilar: «Kuchli Respub-

likalar – ku ch  li Markaz», – der edilar.

Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq Shart-

no masini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR 

Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya 

tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990-yil iyulda Moskvada Markaz 

vakil lari bilan Respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini 

tayyorlashga kirishdi. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash das-

turi ishiab chiqildi.

Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklar-

ga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. 

Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqma-

di. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy 

So veti respub 

likalarning istak va manfaatlarini batamom inkor 

et gan yan gi cha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqa-

tdi. Respub likalar, shu jumladan, O‘zbekiston Markaz loyihasini 

qabul qilmadi.

1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq Shartnomasi loyihasi usti-

da qay  ta ish olib borildi. Unda Boltiqbo‘yi respublikalari, Gruziya, 

Ar  ma  nis  ton, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuv-

chi bo‘ lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab 

qo‘ yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolat-

lari bel 

gilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilin-

di. Respub li ka larda mazkur loyiha muhokama qilindi. O‘zbekiston 

rah bariyati res  pub likalarga to‘la mustaqillik berishni ko‘zlamaydi-

gan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Pre-

zidenti I.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi-

ning 1991-yil 12-mart  da bo‘lgan IV plenumida so‘zlagan nutqida: 

«Ittifoq Shartno ma sini imzo lash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy 

berib qo‘yildi. Ikki yil mu qad dam bu masalani ko‘targan kishilarning 

ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922-yildagi shartnomaga 

mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysal-

ga soldi», – degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling