O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
partiyalar

      Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyo siy 

partiyalar, jamoat tash kilotlarining vu jud ga keli-

shi va faoliyat yuritishi uchun huqu qiy asos lar 

yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan: «Jamoat 

tashkilotlari to‘g‘ri sida»gi (1991-yil 15-fevral), «Kasa  ba uyushmalari, 

ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida»gi (1992-yil 2-iyul), 

«Siyosiy partiyalar to‘g‘ ri sida»gi (1996-yil, dekabr) «Vijdon erkinligi 

va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998-yil, yangi tahriri), qonunlar 

shular jumlasi dandir. Bugungi kunda O‘zbekis tonda 4 ta siyosiy par-



tiya faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabr da Tosh-

kentda bo‘lib o‘tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quril-

toyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDPning 

«O‘zbekiston ovozi», «Гoлoс Узбекистaнa» gazetalari va «Muloqot» 

jurnali nashr etilmoqda.

1995-yil 18-fevralda O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik 

par tiyasi tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo‘lgan I ta’sis qu rul  to yida 

uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. «Adolat» sotsial-demokratik 

partiyasining «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr 

etilmoqda.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri – 

Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3- 

iyun da Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va par-

tiyaning Das turi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston MTD Pning 

«Milliy tiklanish» haftalik gazetasi nashr etilmoqda.

2003-yil oxirida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tash-

kil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaati-

ni himoya qilishdan iborat. O‘zLDPning «XXI asr» haftalik gazeta-

si nashr etilmoqda.



380

«Kamolot» yoshlar

ijtimoiy harakati

      O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 

17- ap rel dagi Farmoniga muvofiq, respub-

lika yosh    lar i ning «Kamolot» jamg‘armasi 

nodav lat xayriya-jamoat birlashmasi sifatida tash 

kil topgan edi. 

«Kamo lot» jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyoj-

larini o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan das tur lar tuzish va davlat 

ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo «Kamolot» 

yosh lar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning 

haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi.

Prezident Islom Karimov 2001-yil 24-yanvar kuni Toshkentda 

yoshlar masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam 

suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish g‘oyasini ilgari surdi. 

2001-yil 25-aprel kuni Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zi-

ni-o‘zi boshqaradigan no 

dav  lat notijorat tashkilot – O‘zbekiston 

Res  pub likasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning 

Das  turi, Nizomi tasdiqlandi. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati-

ning aso siy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talabla-

ri asosi da tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘mak-

lashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning 



381

o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la namoyon etishi uchun za rur 

shart-sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyan chi 

bo‘lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpogiston Respublikasi, vilo-

yatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo‘limlari, ta’lim muassa-

salari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang‘ich tash-

kilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo‘l gan O‘zbe kis t on 

fuqarolarini o‘z saflarida ixtiyoriy ravishda bir lash tirgan holda fao-

liyat ko‘rsatmoqda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati muassisligi-

da «Turkiston», «Мoлoдёжь Узбекистaнa» gazetalari, «Yosh kuch», 

«Sirli olam», «Sinfdosh», «G‘uncha», «Yoshlik», «Qalb ko‘zgusi» 

jur nallari nashr etilmoqda. 



Nodavlat notijorat 

tashkilotlari

    O‘zbe kist on Respublikasi Konstitut siya-

si, 1999-yilda qabul qilingan «Nodav 

lat 


noti jo rat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun-

ga binoan O‘zbekistonda turli jamoat tashki lot lari shakllandi va fao-

liyat ko‘rsatmoqda. Jumla dan, O‘z be      kis  ton kasaba uyushmalari turli 

kasb ega   lari bo‘lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va mil-

liy mu  no   sabatlaridan qat’iy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi musta qil 

nodav lat notijorat tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni har to mon -

lama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijod-

kor ayollarning bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq muammolarini hal 

etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada ken-

gaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahka-

masining 1991-yil 1-martdagi O‘zbekiston Respublikasi «Xotin-qizlar 



qo‘mitasi to‘g‘risida»gi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzil-

di. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mita sining asosiy maq-

sadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va 

madaniy talablarini qondirish, ayollar ga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy 

va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, 

tinch lik va ijtimoiy taraq qiyot uchun ayollarning ishtirok etish larini 

ta’minlashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tarkibida Qora-

qal  pog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mitala-

ri, Tosh  kent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 

14 ming  dan ortiq mehnat jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan 

xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqda. Qo‘mita qoshida xotin-

qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va 

boshqa uyushmalar ishlamoqda.


382

1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 

bilan Faxriylar Kengashi – «Nuroniy» jamg‘armasiga

 aylantirildi.

2014-yilda O‘zbekistonda aholining keng qatlamlarini bir lash ti-

ruvchi 300 dan ortiq nodavlat noti jorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsat-

moqda. Bular jumlasiga «Sog‘lom avlod uchun» va «Ekosan» xal-

qaro jamg‘arma lari, «Mahalla» va «Navro‘z» xayriya jamg‘armala-

ri, iste’ 

dodli yosh 

lar ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Ulug‘bek», 

«Is te’ dod», «Mehr-shaf qat va salomatlik», «Bolalar», «Amir Temur», 

«Alisher Navoiy», «Abdulla Qodiriy» jamg‘armalari va boshqalar kira-

di. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda fuqa-

rolik jamiyati asoslari shakllantirildi va faoliyat ko‘rsatmoqda.



Nazorat savollari

1. 1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining qanday far-

moni e’lon qilindi?

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 31-av-

gust  da bo‘l gan sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi?

3. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi 

Oliy Ken gash Bayonoti» haqida so‘zlab bering.

4. Oliy Kengashning «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mus-

taqil ligini e’lon qilish to‘g‘risida»gi qarorining mazmunini bila siz-

mi?


5. «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 

to‘g‘ risida»gi qonunni kutubxonadan toping va daftaringizga yozib 

oling.

6. Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bila-



sizmi?

7. O‘zbekiston Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy 

aha mi yati nimalardan iborat?

8. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tavsiflab be -

ring, u qanday hollarda ko‘tariladi?

9. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang, undan 

qan day payitlarda foydalaniladi?

10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamo-

yillarini bilasizmi?

11. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqish-

da nimalar asos qilib olindi?

12. O‘zbekistonda milliy huquqiy davlat qurilishida qanday tamo-

yillarga asos landi?


383

13. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisning tash-

kil to pishi va faoliyati haqida so‘lab bering.

14. Vazirlar Mahkamasining tuzilishi, tarkibi, vazifalari haqida 

nima larni bilasiz?

15. O‘zbekistonda qanday sud organlari faoliyat yuritmoqda?

16. Mahalliy davlat hokimiyatining tuzilishi va uning vazifalari 

haqida so‘rab bering.

17. O‘zbekistonda qanday vazirliklar va davlat qo‘mitalari mav-

jud?


18. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari, erkinliklari, burchla-

rini bila siz mi?

19. Ombudsman nima va qachon ta’sis etilgan?

20. O‘zbekistonning saylov tizimi haqida so‘zlab bering.

21. O‘zbekistonda qachon va qanday siyosiy partiyalar tuzilgan, 

ularning maqsadlari nimalardan iborat?

22. O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati qachon tu -

zilgan, uning maqsadi nima?

23. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qanday nodavlat notijo-

rat tashkilotlarni bilasiz?



384

XVII bob. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING 

IQTISODIY, MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI

Tayanch so‘z va iboralar: Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar.

Xusu siylashtirish. Kichik va o‘rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratu-

zil masi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg‘i mustaqilligi. G‘alla mus taqil -

ligi. Ma’ na viy islohotlar. Ma’naviy merosni tiklash. Diniy qatriyatlar. 

Ma da niyat ravnaqi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy istiqlol 

g‘oyasi. 

1. Iqtisodiy islohotlar.

Bozor munosabatlarining shakllanishi

Mustabid tuzumdan 

qolgan iqtisodiy meros

      Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayoti-

miz da ro‘y ber gan yangilanish, tub o‘zga-

rishni yori tish    ga kirishar ekanmiz, avvalo, 

eski musta bid tuzum dan bizga qanday iqtisodiyot meros qol gan ligini 

eslaylik. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boy liklariga, yer-

suv, o‘r mon va boshqa resurslariga o‘zi egalik qila ol mas di, iqtisodiy 

taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi. Res pub lika hu dudida quril-

gan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaat-

lariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rah bariyati, xal  qi o‘z hududi-

da qancha mahsulot ishlab chiqarilayot gani, ular qa yer   da realizatsiya 

qilinayotgani va qancha daromad keltira 

yot gani dan bexabar edi. 

Moliya-kredit, bank siyosati yuritish da qaram edi, o‘zi ning milliy 

va  lutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emas edi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miq- 

yo si da eng oxirgi o‘rinlardan biri meros bo‘lib qolgan edi. Mamla-

katimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho‘rla nishi, havo va suv 

zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv iflos la nish, Orol dengizining 

qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qol-

gan edi.

«Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘l -

sak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taq qos-

lay di gan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O‘zbe kiston 

bir yoq la ma iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiq-


385

qan iqtiso diyotga ega bo‘lgan yarim mustamlaka mamlakat qa toriga 

aylan gan edi»

43

.

Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulm, mutelikdan ozod qildi, o‘z 

yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik, hayvonot dunyosi va boshqa 

tabiiy zaxiralariga to‘la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, 

korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyo sat 

yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkin li gi qo‘lga 

kiritildi.

Bozor iqtisodiyotiga 

o‘tish yo‘li

      Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, 

O‘z bekiston bozor mu no sabatlarini shakl-

lan tirish ni, milliy an’analarga asoslangan 

o‘z yo‘li ni tanlab oldi. Bu yo‘lning asosiy qoidalari Prezident Islom 

Karimov ning «O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga 

xos yo‘li» nomli asarida asoslab berildi (besh tamoyil). 

Birinchidan, iqti so  diyot ni mafkuradan batamom xoli qilish, iqti-

so diyotning siyosat dan ustunligi. Bu yo‘lda xalqaro tajriba asos qilib 

olindi, xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros 

bo‘lib qolgan muam  molar hisobga olindi.



Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish 

dav ri da bosh islohotchi bo‘lishi zarur.



Uchincidan, qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot 

jara yoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur.



To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyo-

satni amalga oshirish.



Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllan tirish-

ni puxta oylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish.

O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakl- 

lantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, 

iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:

• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’-

minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

• ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish;

• xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’min-

lash;


• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobat bar-

dosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

43

 Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: «O‘zbekiston». 



1999. 6-bet.

386

• jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;

• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish.

Islohotlarning

huquqiy asoslari

      Iqtisodiy islohotni amalga oshi rish ning 

asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyoti-

ning huquqiy negizini yaratishdan iborat. 

Shuning uchun islohotlarning huquqiy asoslarini yara tish ga alohida 

e’tibor berildi.

Iqtisodiy sohaga tegishli bo‘lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qi -

lin  di. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo‘na-

lish  larga bo‘lish mumkin.

1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakl- 

lan tiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish doirasida mulkchilik to‘g‘risida, 

mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida, 

ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida va 

boshqa qonunlar qabul qilindi.

2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy-

lash  tirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo‘jaligi, 

deh qon xo‘jaligi, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. 

Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib 

turuv chi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug‘ur-

ta, birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond 

birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan 

davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘-

yuv chi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxona lar-

ning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo‘ja lik protses-

sual kodeksi ishlab chiqildi, xo‘jalik sudi tuzildi.

3.  O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beru-

vchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘ri-

sida, chet el investitsiyalari to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublika-

sining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar 

mamlakatimiz tash qi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahi-

fa ochdi.



Xususiylashtirish

      1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan 

mulk  ni davlat tasarrufidan chiqarish va 

xu su  siylash tirish to‘g‘risidagi qonunga muvo fiq, davlat mol-mulkni 

xususiylashtirish masalalari bo‘yicha 20 dan ortiq max sus dasturlar 

ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat bosh chilik qildi. 

Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy 

sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini, qishloq xo‘jalik mahsulotla-



387

rini tayyorlovchi xo‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan bosh-



landi. Bu jarayon «kichik xususiy lashtirish», deb nom oldi.

Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyo-

rida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondi-

ning 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qol-

di. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan 

yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot xodim lari, 

ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-

yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiy-

lashtirildi.

Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga dav-

latning o‘zi tashabbuskor bo‘ldi va boshchilik qildi. Davlat mulki-

ni xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994-yil oxirigacha 54 

mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shu-

larning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiya dorlik, 8,7 

mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylanti rildi.

1994-yil 21-yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yana da 

chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1994-yil 16-mart-

da e’lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xu susiy-

lashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘na lishlari 

to‘g‘risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayoni ga yan-

gi turtki bo‘ldi. O‘rta va yirik korxonalar aksiya dorlik jamiyatlariga, 

ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet 

ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo‘yi-

cha kimoshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2000–2005-yillar-

da jami 4660 ta davlat korxona va obyektlari xususiy mulkdorlar-

ga sotildi. 2004-yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aksiyadorlik 

ja miyatlari faoliyat yuritdi. 1,2 mln dan ortiq fuqaro aksiyalarga ega 

bo‘ldi va ulardan daromad olmoqda.



Kichik biznes

      Kichik biznez mustaqil mulk egalariga, 

xo‘jalik faoliyatini mustaqil tashkil etishga 

asoslangan biznesdir. Respublikada kichik biznes va xususiy tad bir-

kor likni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvat lash uchun tadbirkor likni 

rivojlantirish fondi, kichik biznesni rivojlantirishga ko‘makla 

shish 

fondi tuzildi, dunyo da gi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. 



Tad birkorlar va biznes 

men larga maslahatlar bilan ko‘maklashish 

maq sadida nemis tex nikaviy ko‘maklashuv jamiyati O‘zbe kis tonda 

kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi ni, Yev ropa hamjamiyati 

komissiyasi  ama liy aloqalar markazi 



ni ochdilar

. Buyuk Britaniya 

388

investitsiya fondi tadbirkor larga zarur maslahatlar bilan ko‘maklash-

dilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa Tiklanish 

va Taraq qiyot banki, Osiyo Taraqqiyot banki, Germaniya Tiklanish 

bankining 200 mln AQSH dollaridan ortiq kredit mablag‘lari jalb 

etildi va o‘z 

lash tirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 

mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i 1991-yilda 1,5 foizni, 

2000-yilda 31 foizni tashkil etdi. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlan-

tirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2014-yilda fermer 

va dehqon xo‘jaliklarini hisobga olmaganda ularning umumiy soni 

195 mingdan ziyotni tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan ikki bara-

var ko‘pdir.

2014-yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 56 foizi, ish 

bi lan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes, xususiy tadbir-

korlik sohasiga to‘g‘ri keldi

44

. Kichik biznes va xususiy tadbirkor-



lik sohasi aholi bandligini ta’min laydigan va uning asosiy daromad 

manbayi bo‘lgan muhim bo‘gin ga aylandi.



Agrar islohotlar

      Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. 

Chun    ki, respublika aholisining 62 foizi 

qish  loq da yashay di, qishloq xo‘jaligida YaIMning 30 foizi, mamlakat 

valuta tushumlarining 55 foizi shakl lanardi. Agrar islohotlar natijasi-

da qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. 

Qish loq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni 

tash kil qilmoqda.

Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shim-

cha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shax-

siy to mor  qa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 

mil  lion  dan ortiq odam ana shu yer hosilidan foydalanmoqda.

Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alo -

hida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va 

kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo‘jalik 

yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari 

asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta 

qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylan tiril di. Ularning umu-

miy soni 2002-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 

1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida 

mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi. 

44

 I.A. Karimov. Bizning miqsadimiz – erkin va farovon, demokratik hayot 



qurish. – Toshkent. «O‘zbekiston». 2015. 16-b.

389

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martda-

gi «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhum 

yo‘nalishlari to‘grisida»gi Farmonida agrar islohotlarining yangi 

yo‘ nalishlari belgilab berildi. Farmonga binoan 2003–2007-yillar-

da shir kat xo‘jaliklari tugatildi, ularning negizida fermer xo‘jalikla-

ri tash 

kil etildi

45

. 2007–2008-yillarda paxtachilik, sabzavotchilik, 



chorvachilik ka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari 

qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘ja-

li gi ishlab chi qaruvchining asosiy shakliga aylandi.

Qishloqlarda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari 

si fatida qayta shakllantirildi. Dehqon xo‘jaligi – bu oilaviy mayda 

to var xo‘ja li gi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila boshlig‘iga umr-

bod meros qilib berildi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnat 

asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakati miz-

da 3,5 millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs 

maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli 

kishilar mehnat bilan band bo‘ldi. 

Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqa-

rish subektlariga aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab 

chiqarilayotgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fer-

mer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida 

qish loq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosa-

bati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z meh-

nati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling