O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Mustaqillik yillarida ma’naviy taraqqiyot


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49

3. Mustaqillik yillarida ma’naviy taraqqiyot

Ma’naviy merosning 

tiklanishi va

rivojlanishi

        Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqa-

ror ligi va taraqqiyotinig muhim sharti va 

ka fo  lati dir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’na-

viy im ko ni yat larini, odamlar ongida ma’-

na viy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini 

uy g‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga 

ko‘tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksal-

tirish O‘zbekiston ta raq qiyotining ustuvor yo‘nalishi, deb belgilandi. 

Tarixdan ma’lumki, mamla katimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchi-

lar hujumiga duchor bo‘l gan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning 

oqibatida, xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizla-

nishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Ros siya imperiyasi mustamlaka-

chiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatla-

rimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’ naviy merosimiz qadrsiz-

lantirildi, ko‘plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yod-

gorliklar buzildi, qarovsiz qoldi.

O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshla-

boq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlan-

tirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga 

ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlov-

chi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi



«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o‘z yo‘liga. Ularni hal 

qi  lish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. 

Ammo, ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod 

bo‘ lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, 

399

ularga munosib voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan sharafli-

roq vazifa yo‘q bu dun yoda»

48

.

Mustaqilik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbir-

lari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi 

ta raq qiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom al-Buxo-

riy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassa-

viy, Al-Xora z miy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mir zo Ulug‘bek, Alisher 

Navoiy, Za hiriddin Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning mil-

liy va ma’na viy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kun-

lari butun mam la kat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asar-

lari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimiz-

ga yangi ja miyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, 

jamiya timizni ma’ na viy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



Tarixiy xotiraning 

tiklanishi

      Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda 

ta ri xiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, mil-

liy-axlo qiy qadriyatlar hamda an’analar va 

muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z 

tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va 

uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta ol may di. 

Shu bois, mustabid tuzum davrida xalqimizning soxtalashtirilgan ta -

rixi  ni xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv mas kan lari da Vatan 

tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 

O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning bosh-

qa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident 

I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida 

bo‘l gan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul 

qilin gan «O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi tarix instituti 

faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish 

masa lalari partiyaviy, sinfly yondashuvlardan, hukmron kommunis-

tik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib 

ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, 

tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritgan qator ilmiy asar-

lar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi, nashr etildi.

Prezident farmoni bilan 1996-yil «Amir Temur» yili, deb e’lon 

qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag‘ish-

lan gan tadbirlar O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakat- 

48

 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asar-



lar to‘plami. 1-jild. – T.: «O‘zbe kis ton». 1996. 202-bet.

400

larida o‘tkazildi. UNESCO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon 

miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan ma da-

ni yat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorif ning 

gullab-yashnashi» mavzuyida xalqaro konferensiya va ko‘rga 

z ma-


lar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yil-

di, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan 

bog‘liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi.

1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Man-



gu berdi tavalludining 800 yilligi, o‘zbek xalqi dahosi yaratgan Alpo-

mish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termiz-

da ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’na-

viyati ni yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarish ga xiz-

mat qilmoqda.

Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla QodiriyCho‘l-

pon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining no mi, 

hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom 

Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qur-

bonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2000-yilda «Shahid lar 

xotirasi» yodgorlik majmuyi, 2002-yilda «Qatag‘on qurbonlari xoti-

rasi» muzeyi, xalqimiz ning fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan 

farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999-yil da Tosh-

kentda «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Har yili 9-may kuni 

mamlakatimizda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishon lan moqda. 

1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002-yil da 

Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahri sabz shahrining 2700 yil-

ligi, 2006-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007-yil -

da Samarqand shahrining 2750 yil ligi va Marg‘i lon shahri ning 2000 

yilligi, 2009-yilda Toshkent shahri  ning 2200 yilligi nishon lan di.

Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xoti-

ra ning tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiya-

lash ga xizmat qilmoqda.

Diniy va milliy 

qadryatlarning

tiklanishi

      Mustaqillik sharofati bilan diniy qad-

riyatlar tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon 

hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qay-

ta tiklan di, bu kunlar Prezident Farmoni-

ga asosan dam olish, bayram kuni maqomida nishonlanmoqda. Mu -

sul  mon lar O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hu ku-

mat homiy ligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish im koni-

yat lariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni asosida tashkil etilgan 


401

«Ma’na viyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xal-

qaro xayriya jam g‘armasi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo‘-

li da xizmat qil moqda.

Respublikada 17 diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman 

fao liyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turib-

di va ularda O‘zbekistonda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat 

vakillari o‘z lari ning diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan 

ortiq mas j idlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy 

markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassa-

sasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom universite-

ti ochildi.

O‘zbekiston hududida xalqimizning ulug‘vor va shonli tarixiga 

oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi.

O‘zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamla-

kachilik davrida oyoq-osti qilingan urf-odatlari va an’analari, mada-

niy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bi lan 

boyitildi. Maqomchilar, to‘y-marosim qo‘shiqlari, shoir-baxshilar 

va folklor-etnografik dastalarining o‘nlab ko‘rik-tanlovlari o‘tka zil-

di. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqala-

ri, za mo na viy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo‘lib o‘t-

moqda.


Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‘rni 

va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tili 

o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llani-

lishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yil-

di. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organ-

larida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan, 

o‘zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma’muriy-hududiy 

birliklari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona mil-

liy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xal-

qining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkam landi. Shu-

ningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat-

larning tillari, qadr-qimmati ham o‘z o‘rniga qo‘yilgan.



Ta’lim ravnaqi

      Ma’naviv-ma’rifiv sohadagi yutuq lari -

miz ta’ 

lim tizimidagi tub o‘zgarish 

larda 

yaq qol namo yon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadr lar tay-



yorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar 

amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning 

yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy 


402

ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tash-

kil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar 

bo‘yicha o‘nlab yangi oliy o‘quv yurt lari, Mudofaa vazirligi qoshida 

Harbiy aka demiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akade-

miyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya 

universiteti, Toshkent Islom universiteti, Navoiy tog‘-konchilik ins-

tituti, Toshkent Moliya insti tuti va boshqalar tashkil etildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan 

isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. 1997-yil 27-avgustda Oliy Majlis-

ning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘ri-

sida» qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. 

Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni 

o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos 

etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’ na viy 

va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyor-

lash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturida ta’lim islo-

hotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutildi.

Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyor-

lash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni 

isloh qilish va rivojlanishi uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-

moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yob  ga chiqarildi.

Ikkinchi bosqich (2001–2005-yillar)da milliy dastur to‘liq ro‘yob-

ga chiqarildi, mehnat bozorining rivojlanishi va mavjud ijtimoiy-iqti-

sodiy sharoitlarni hisobga olgan holda dasturga aniq lik lar kiritildi.

Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan 

taj ribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizi-

mi takomillashtirildi va rivojlantirildi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni baja-

rish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001-yilda Kadrlar tay-

yor lash Milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakun-

landi.

2001-yilda respublikamizda 6 742 ta maktabgacha ta’lim muas sa-



sa larida 608 500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65 862 nafar 

pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umum-

ta’  lim maktablarida 440 762 nafar o‘qituvchi 6,3 mln o‘quvchi 

ga 


ta’lim berdi.

Umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha barcha o‘quv fanlaridan Davlat 

ta’ lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan 


403

o‘tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga 

mos o‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi.

2004-yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004-yil 9-iyul dagi 

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida maktab ta’limini rivojlan tirish 

Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqarildi. Dasturga binoan 2004-

2013-yillarda 9 765 maktabning 4 147 tasida qurilish-ta’mir lash ish-

lari amalga oshirildi va 3 225 ta maktab rekonstruksiya qilin di. 424 

yan gi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda, maktablarni o‘quv 

laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’mir-

lash ga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar darslik va o‘quv 

qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. 1-sinfga qabul qilingan o‘quv-

chi lar ga Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari va 

o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda. 

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim, O‘zbe kis ton ga 

xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 

tizimini yaratishdir. 1997–2012-yillar davomida zamonaviy o‘quv-

laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 1 537 ta akademik litsey va 

kasb-hunar kolleji barpo etildi. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv das-

turlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 



KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI

 

 



SHAXS 

 

DAVLAT VA 

JAMIYAT 

 

UZLIKSIZ 

TA’LIM 

 

FAN 

 

ISHLAB  

CHIQARISH 

Maktabgacha ta’lim 

Umumiy o‘rta ta’lim 

O‘rta maxsus kasb-hunar 

ta’limi 

Oliy ta’lim 

Oliy o‘quv yurtlarida 

keyingi ta’lim 

Kadrlar malakasini oshirish 

va ularni qayta tayyorlash 

Maktabdan tashqari ta’lim 

I–IV sinflar 

V–IX sinflar 

Akademik litsey 

Kasb-hunar kolleji 

Bakalavriat 

Magistratura 

Doktorantura 

Mustaqil  

tadqiqotchilik 

404

O‘zbekistonda 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik 

o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz 

ta’lim tizimi yaratildi. 

Oliy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki 

bos qich dan bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tash-

kil etil di. 62 ta oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo‘lajak baka-

lavr va magistrlar soni 2003–2004-o‘quv yilida 254 400 nafarni tash-

kil etdi.

Bakalavr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida 

mu jas samlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari yara-

til di. Oliy ta’lim uchun darslik va o‘quv adabiyotlari nashr etildi va 

oliy o‘quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi.

Mamlakatimizda 1990–1991-o‘quv yilida 37 oliy o‘quv yurtla-

ri faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2013–2014-o‘quv yilida ularning soni 

xal qaro oliy o‘quv yurtlari filiallarini qo‘shib hisoblaganda 67 taga 

yetdi.

Mamlakatimizda Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur 



Menej   mentni rivojlantirish instituti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya 

Davlat neft va gaz instituti, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtiso-

diyot akademiyasi, Turin Politexnika universiteti, M.V. Lomo no  sov 

nomidagi Moskva Davlat universiteti filiallari faoliyat yurit moq  da. 

Mustaqillik yillarida oliy ta’limning 150 dan ziyod bakalavr yo‘na-

lishi va 650 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha davlat ta’lim stan-

dartlari joriy etildi. 2014-yilda Toshkent Davlat stomatolo giya ins-

tituti, uning Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus filiallari tash-

kil etildi. 2014-yilda Toshkent shahrida janubiy koreya lik sheriklar 

bilan hamkorlikda axborot-kommunikatsiya texnolo giyalari bo‘yicha 

malakali mutaxassislarni tayyorlovchi INHA universiteti tashkil etil-

di va faoliyat ko‘rsatmoqda. Talabalarni test sinovlari asosida o‘qish-

ga qabul qilishga to‘liq o‘tildi. 

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘mak-

la shish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobitqadamlik 

bi lan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy 

rag‘batlan tirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadi-

da «Respublika bolalar fondi», «Sog‘lom avlod uchun», «Iste’dod» 

jamg‘armalari tashkil topdi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofo-

ti ta’sis etildi. Ta’lim sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkor-

lik yo‘lga qo‘yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda 

o‘qib keldi.



405

O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘ot- 

moqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro fanlar Akademiyasi prezi-

denti V. Shukshunov O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy das-

turni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. 

O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim tizimi «Ta’limning o‘zbek modeli», 

deb e’tirof etildi.

4. Madaniyat ravnaqi

Badiiy adabiyot

      Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda 

mil liy lik, ming yillik tarixiy ijodiy an’ana-

lar, umum  insoniy qadriyat lar, erkin fikr yuritish ta moyillari tiklandi. 

Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik 

kabi aqidalar hukmron ligi illatlaridan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda 

mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol 

insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu 

bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xur-

shid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida 

ulug‘ boboka lonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Z.M. Bobur 

va boshqalar ning siymolari umuminsoniy va milliy qad riyat larga mos 

tarzda yangicha talqinda yoritildi.

Sholoxov nomidagi Xalqaro mukofot laureati To‘lepbergen 

Qayip  berge novning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrullo-

ning «Kafansiz ko‘milganlar» romani, Nazar Eshonqulovning «Qora 

kitob» povesti, O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», 

Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarida 

mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g‘am-

alamlar haqqoniy tasvirlangan.

Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning 

«Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, 

razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyo-

si, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat 

tuyg‘ulari tarannum etiladi.

Omon Muxtorning «To‘rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, 

Barot Boyqobulovning «O‘zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, 

Abduqah hor Ibrohimovning «Biz kim, o‘zbeklar» badiiy-tarixiy 

asari, Azim Suyunning «Oq va qora», Abduvali Qutbiddinning 

«Izoh siz lug‘at» she’riy asarlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining 

yorqin ifodasidir.


406

Me’morchilik,

haykaltaroshlik va 

amaliy sa’nat

      O‘zbek xalqi me’morchiligi mohiyat 

e’ti  bo ri jihatidan buyuk bunyodkorlik san’-

ati dir. Mustaqillik yillarida me’morchilik 

san’ati yanada rivojlanib, takomillashib 

bo rmoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko‘zga tash lanadi. 

Ular  dan biri sharqona me’morchilikning an’anaviy uslubiga rioya 

etishdir. Bu tamoyil Prezident qarorgohi – Oqsaroy, Temuriylar 

tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, «O‘zbekis-

ton» xalqaro anjumanlar saroyi, Ma’rifat markazi kabi binolari tim-

solida o‘z aksini topgan.

Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O‘zbekistonning jahon 

hamjamiyatidan munosib o‘rin olish sari intilishini namoyish etu-

vchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda 

namoyon bo‘lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian», «Afro- 

siyob» (Samarqand), «Buxoro», «Interkontinental» mehmon 

xona-

lari, «O‘zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentpla-



za» savdo markazi, Respublika Birja markazi, Banklar aro moliyaviy 

xizmatlar Markazi, O‘zbekiston Davlat konserva toriyasi va boshqa 

binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko‘rki ga-ko‘rk qo‘shib 

turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunu s obod», «Mirobod», 

«Qo‘yliq» va boshqa bozor binolar, shuning  dek, «Yunusobod» ten-

nis markazi, «Jar» sport markazi, «Bun yodkor» futbol stadioni sin-

gari zamonaviy inshootlar barpo etildi.

O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni ta’mir-

lash ish lari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, 

Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o‘nlab bino-

lar, obidalar misol bo‘la oladi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayo-

nida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli bino-

lar bunyod etildi.

Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o‘sdi. Haykal-

tarosh I. Jabborov va K. Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir 

Te mur ning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur 

hay kallari, Farg‘ona va Quvada Al-Farg‘oniy (1998), Xorazm da Jalo-

liddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R. Mir-

boshiyev ijodiga mansub «Z.M. Bobur» (1993, Andijon), «Abdul-

la Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho‘lpon» (1997, Andijon), «Ona» 

(1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar ya ra til di. 



407

1999-yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua-kompozitsiyasi 

(A. Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.

O‘zbekistonda qadimdan xalq amaliy san’ati o‘ziga xos tarzda 

ri  vojla nib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoq-

chilik, zar 

gar   lik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik, 

kash tachilik, zardo‘zlik, gilamdo‘zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at 

turlari tik landi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. 

Musta qil lik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. 

Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997-yilda tashkil 

etilgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» Respubli-

ka ijodiy uyushmasi muhim ro‘l o‘ynadi. O‘zbekiston xalq rassomlari 

Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy 

g‘urur, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asar-

lari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo portret-

lari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san’ati yangi ma’no-

maz mun bilan boyidi. 



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling