O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49

Nazorat savollari

1. Mustabid sovet tuzumidan bizga qanday iqtisodiy meros qol-

gan edi?

2. Mustaqillik iqtisodiyot bobida qanday imkoniyatlar yaratdi?

3. O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishda qanday yo‘lni tan-

ladi?


4. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul 

qilindi?


5. Kichik xususiylashtirish qachon o‘tkazildi va u qanday natija-

lar ber di?

6. O‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish haqida so‘lab 

be ring.


7. Kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi haqida nimalarni bila-

siz?


8. Agrar islohotlar qanday natija berdi?

9. Bozor infratuzilmasi nima?

10. Chet el sarmoyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb eti-

lishi ha qi da nimalarni bilasiz?

11. O‘zbekistonning yoqilg‘i mustaqilligiga erishishini tushunti-

rib be ring.

12. To‘qimachilik va yengil sanoatda qanday yangi korxonalar 

bar po etildi?

13. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida qanday tadbirlar 

amalga oshirildi?

14. Aholini ijtimoiy himoyalash siyosati va amaliyoti qanday 

na tija berdi?



419

15. Jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish borasida qanday tad-

bir lar ko‘rildi?

16. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi 

qan day natija berdi?

17. Milliy istiqlol g‘oyasining mazmun-mohiyati nimalardan ibo-

rat?

18. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi?



420

XVIII bob. O‘ZBEKISTONNING

JAHON HAMJAMIYATIGA QO‘SHILISHI

Tayanch so‘z iboralar:  Xalqaro ahvol. Tinchlikka xavf soluvchi 

tah did lar. O‘zbekistonning geosiyosiy o‘rni. Tashqi siyosat tamoyillari. 

O‘zbe kiston va BMT. O‘zbekiston va YeXHT. O‘zbekiston va Yevropa 

Ittifoqi. O‘zbekiston va MDH. МОIH. МОН.

 O‘zbekiston va Osiyo 

mam  la katlari. O‘zbekiston va AQSH. O‘zbekiston va Yevropa mam la-

kat lari hamkorligi.

1. Xalqaro ahvol. О‘zbekistonning tinchliksevar

tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi

Xalqaro vaziyatning o‘zgarishi. XXI asr bo‘sag‘asida jahon tara-

qqiyotining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-qar-

shi bo‘lgan – SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy 

tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoda «sovuq urush» 

siyo sati hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi osti-

da yashar di.

XX asrning 90-yillariga kelib, sotsialistik dunyoning yetakchi-

si bo‘l  gan ulkan imperiya – SSSR parokanda bo‘ldi, sotsialistik sis-

tema ha  lo katga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. 

Dunyo  da yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina SSSR-

ning parchalanishi natijasida 15 ta mustaqil davlat, jumladan, musta-

qil O‘z  be  kiston davlati tashkil etildi. «Sovuq urush» siyosati barham 

topdi.

Xavfsizlikka tahdidning 

kuchayishi

    Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar so -

dir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tah 

   did 


soluv chi xavf-xatarlar, zid di yat      lar saq la -

nib qol di. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘lmoqda:

• turli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iq-

tisodiy notenglik va ziddiyatlar yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasi-

da il miy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or texnologiya, erkin sarmoyalarni 

to‘p   lash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning kat-

ta qis  mi  da iqtisodi zaif, aholisi qashshoq yashayotgan mamlakatlar 

mav jud;


421

• bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat fuqarolari o‘rta-

sida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli 

urush larga aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 milliondan 

ortiq odam o‘zi yashaydigan joylarni tashlab, boshqa mamlakatlarga 

qo choq sifatida ketishga majbur bo‘lgan;

• umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirma-

chi lik va diniy ekstremizm tahdid qilmoqda. Xalqaro terroristlar, 

dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelgan ekstremistlar, shu 

jumladan, islom fundamentalistlari odamlar o‘rtasida «haqiqiy» va 

«sox ta» dindorlik belgilari bo‘yicha qarama-qarshilik chiqarishga, 

mil lat larni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa siviliza-

tsiyalar o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqa-

rish ga urinmoqdalar; 

• «sovuq urush» siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida yalpi yad-

ro urushi xavfi kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in 

qu rollar ning ko‘p miqdorda saqlanayotganligi, yadro quroliga ega 

bo‘l gan dav latlar sonining ko‘payib borayotganligi dunyo uzra umu-

miy xavf siz likka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda;

• jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanayotganligi, nosog‘lom 

ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyoda Orol dengizining qu -

rib borishi bilan bog‘liq ekologik tanglik in soni yat boshiga xavf solib 

turibdi;

 • tobora kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jinoyatchi-

lik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi insoniyatni tashvishlan-

tirmoqda.

Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib tur-

gan ligidan dalolat beradi. Bizni qurshab tugran olam g‘oyat mu rak -

kab va muammoli bo‘lib keldi, hozir ham shunday bo‘lib qol-

moqda.


Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot 

istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro may-

dondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalq-

lar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto, ayrim olingan mamlakat 

ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon 

hamjamiyatining vazifasiga aylandi.

Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining g‘oyat 

darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat 

resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini to‘liq qondirib 

bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamla-



422

katlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish 

obyektiv zaruriyat bo‘lib qoldi.

Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston 

Respublikasi ham boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz 

yaxlit va bo‘linmasdir. Shu bois, barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri 

bilan bog‘langan, o‘zaro aloqadadir.

O‘zbekistonning

geografik o‘rni

      O‘zbekiston xalqaro aloqalarni yo‘lga 

qo‘  yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraq-

qiyot isti q bol    lari jihatidan qulay geografik-

stra te  gik imko  niyatlarga ega.

Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk 

Ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘lla-

ri tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlar tutashib bir- 

birini boyitgan.

Bugungi kunda ham Yevropa va Osiyoni bog‘lay di gan yo‘llar Mar-

kaziy Osiyodan, uning o‘rtasida joylashgan O‘zbe kistondan o‘tmoqda:

• Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy jihatdan markaziy o‘rin 

tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozana-

tini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash 

imkon iyat lariga ega.

• O‘zbekiston Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv 

ti zimi markazida joylashgan.

• Aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan 

mintaqada yetakchi o‘rinda turadi.

• Tabiiy iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral xomashyo zaxiralari 

va strategik materiallarga ega, dehqonchilik madaniyati rivojlangan

oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir.

• O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoqlariga 

ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar bilan ta’minlabgina qolmay, 

ularni eksport qilish imkoniyatiga ega.

• Yurtimizning jahonga mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu 

tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab, dunyoning 

ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega.



O‘zbekistonda qulay imkoniyatlar bilan bir qatorda geografik-siyo-

siy jihatdan qiyinchiliklar tug‘diruvchi omillar ham mavjud. Jumla-

dan:

• O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Qrim 

hav  za sining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqa-

ning strategik markazida joylashgan. Shu bois, bu hududda butun 



423

dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina yirik davlatlarning 

bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda.

• Yana bir noqulaylik shundan iboratki, O‘zbekiston etnik,

de   mo kratik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida qolgan

mam  lakatlar bilan chegaradoshdir.

• Sovetlar davrida Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda 

kom munikatsiyalar nomaqbul ravishda shakllantirilgan. Janubiy yo‘-

na  lishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. O‘z-

bekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga den-

giz bandargohlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat. Bir necha 

davlatlar hududidan o‘tadigan olis yo‘llar, O‘zbekis ton ning iqti so  diy 

aloqalarini chegaralaydi, yuk tashishni qimmat lash tirib, mahsulot-

larning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi.

• Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muammolar, Orol

fojia  si ham mamlakatimiz uchun noqulay omildir.



O‘zbekiston tashqi 

siyosatining huquqiy 

asoslari va tamoyillari

      Mustaqillikning dastlabki kunlari 

da-

yoq O‘zbekistonning milliy manfaat la ri-



ga mos keladigan puxta tashqi siyosiy 

yo‘lni belgilash, jahon hamjamiyatiga 

qo‘  shi  lish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy diplo matik, iqtisodiy, 

ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish masalalari dolzarb 

vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Bu oson gi na yechiladigan 

vazifalar emas edi. Masalaning murakkabligi shun dan iborat ediki

Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa 

qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy ho ki miyat 

tomonidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jumladan, O‘z be-

kiston ham tashqi dunyodan aj ral gan, to‘g‘ridan to‘g‘ ri aloqa qilol-

maydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tash qi siyo sat 

yuritish tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy 

faoliyatni biladigan kadrlarga ham ega emas edi. Respub 

lika da 


bun day kadrlar tayyorlovchi birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. 

Vaziyat zud lik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni 

shakl lan ti rish ni talab qilmoqda edi.

Prezident Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 

taraqqiyot yo‘li» va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuri-

tish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berildi. O‘zbe-

kis ton Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida tashqi siyosat 

qoi dalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan 

ham korlik jarayonlari ortga qaytmasligining huquqiy kafolati bo‘lib 


424

xizmat qilmoqda. O‘zbekistonni xalqaro huquq subyekti sifatida bel-

gi laydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqa-

larini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O‘zbekiston Res-

pub likasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘ri si da»gi, 

«Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafo lat-

la ri to‘g‘risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi va bosh qa 

qo nun lar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular 

faol va keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafo-

lat yaratib berdi.

Tashqi aloqalarni ta’minlaydigan vazirliklar va muassasalar tash-

kil etildi. Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, inves-

titsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, 

ixti sos lash tirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon 

iqti sodiyoti va diplomatiyasi universiteti, O‘zbekiston Respub 

li-


kasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish aka de mi  yasi 

va bosh qa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat 

soha si uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo‘li asos qilib 

olindi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 



quyidagilardan iborat:

– mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiq- 

lik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga 

sodiqlik;

– davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hur-

mat qilish;

– boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

– nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

– kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

– inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish;

– ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquq-

ning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvor ligi;

– davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsiz-

ligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish 

va ular   dan ajralib chiqish;

– tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

– davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdor-

lik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

– tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama 


425

keli  shuv  lar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hi sobi -

ga boshqasidan uzoqlashmaslik.

Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos 

bo‘ lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uni jahonda mustaqil 

davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respub-

li ka sining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, 

ularning 130 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texni-

ka viy va mada niy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 45 mam lakat ning 

elchi xonasi, yigirmaga yaqin xalqaro tashkilot va moliyaviy muassa sa 

vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, xorijiy mam la-

katlar va xalqaro tashkilotlar huzurida O‘zbekistonning 46 diplo matik 

va konsullik vakolatxonalari ochilgan va faoliyat ko‘rsat moqda.

O‘zbekistonning

BMTga a’zo bo‘lishi

va faoliyati

      O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xo -

hish-irodasi va taklifiga ko‘ra 1992-yil 

2-mart  da jahondagi eng nufuzli xalqaro 

tash  ki lot – Birlashgan Millatlar Tashkilo-

tiga a’zo bo‘ldi. 1993-yil 24-avgustda Toshkentda BMTning vakolat-

xonasi ochil di va ish boshladi. Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov-

ning BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilda bo‘lgan 48-sessiya sida 

ishtirok etishi va unda 27-sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘z be kistonni 

jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O‘z-

bekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqa-

rorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Tosh kentda doi-

miy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni 

kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yi-

cha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi.

O‘zbekiston rahbariyati va BMT rahbar 

lari ning sa’y-harakat-

lari natijasida O‘zbekiston BMTning Xal qaro telekommu nikatsiya 

uyush masi, Xalqaro Taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yi-

cha Oliy qo‘mitasi, Jahon Sog‘ 

liqni Saqlash Tashkiloti, Xalqaro 

fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aho-

li joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dastu-

ri, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tash-

kiloti singari ixtisoslashgan muassa salarga a’zo bo‘ldi.

O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995-

yil 15–16-sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik 

masalalariga bag‘ishlangan Toshkent kengash-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan 

kel gan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligini ta’minlash, mojaro-



426

larning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlash tirishning 

ishonchli tizi mi ni barpo etish masalalari yuzasidan o‘z fikrlarini, 

takliflarini aytdilar. Kengash yakunida qabul qilingan Bayonot jahon 

xalq lari ni, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlar-

ni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik 

hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.

O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan 

yana biri Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zona-

ga aylantirish masalasida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Prezidenti 

Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbari-

dan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli 

zonaga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekistonning bu 

tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

1997-yil 15–16-sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo-

yadro qurolidan xoli zona»  mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib 

o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishti-

rok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tash-

qi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. BMTga a’zo davlatlar 

mazkur taklifini ko‘p bor muhokama qilib, 2006-yilda ushbu masa-

la bo‘yicha shartnoma imzolashdi. 2009-yilning mart oyidan bosh-



lab mazkur shartnoma kuchga kirdi.

 Markaziy Osiyo mintaqasining 

yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini 

mustahkamladi.

2000-yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va 

barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan 

jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaro konfe-

rensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-

yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yi-

cha maxsus Qo‘mitasi ta’sis etildi. 2002-yil 18–20-oktabr kunlari 

BMT Bosh kotibi Kofe Annanning, 2010-yil aprel oyi da BMT Bosh 

kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakatimizning 

xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib 

borayotganining dalilidir.

UNESCO bilan

hamkorlik

      О‘zbekistonning BMT homiyligidagi 

Ta’ lim, fan va madaniyat bilan shug‘ulla-

nuvchi xalqaro tashkilot – UNESCO bilan 

aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 23-oktabrda 

UNESCOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni UNESCOga 

a’zo likka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek taval-


427

ludining 600 yilligini nishonlash UNESCO dasturiga kiritildi. 1994-

yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Samar-

qand, Xiva va Buxoro UNESCOning jahon madaniy qadriyat 

lar 

ro‘y xatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda 411 ta obyekt bor.



UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va 

omma lashtirishga katta ahamiyat bermoqda. «Ipak yo‘li – muloqot



 

yo‘li»

 deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi 

da ra jali ahamiyat berildi. 1995-yil iyulda UNESCO qaroriga bi noan 

Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tash-

kil etildi. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayorning 1995-yil 

iyul oyida O‘zbe kistonga rasmiy tashrifi chog‘ida mazkur institut 

ochildi. UNESCO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilli-

gini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabr-

da Parij da Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anju-

man bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri 

UNESCOning madaniy qadriyatlar ro‘yhatiga kiritildi.

1997-yilda jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan Bu xoro 

va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng 

ni shonlandi. Xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bu O‘zbe-

kiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifo-

dasi bo‘ldi. 1997-yil 19–20-oktabr kunlari Buxoro va Xiva shahar-

larining 2500 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va 

Shahri sabz shahrining 2700 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan 

ulkan tantanalarda BMT, UNESCO va boshqa ko‘plab xalqaro tash-

kilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator 

mehmonlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Jahon 

Sog‘ liqni Saqlash Tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon Intel-

lektual mulk tashkiloti, Xalqaro Bolalar jamg‘armasi (UNISEF), Xal-

qaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon 

meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi, Xalqaro 

Avto mobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilot 

larning a’zosi sifatida 

ular bilan hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning 

jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, 

iqti sodiy tashkilotlar – Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro 

Moliya korporatsiyasi, Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki ham 

ko‘maklashmoqda. Xalqaro Savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va 

savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.



428

YXHT bilan

hamkorlik

        O‘zbekiston 1992-yil fevral oyida 

dun yo da tinchlikni mustahkamlash, in son 

hu quqlarini himoya qilish bo‘yicha katta 

tad birlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot – Yevropa-

da Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti – YeXHTga a’zo bo‘lib kirdi. 

I. Karimovning 1992-yil 9–10-iyulda bo‘lgan Yevropada Xavfsizlik 

va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq 

so‘z  lashi va Kengashning 10-iyulda bo‘lgan majlisiga raislik qilishi 

O‘z bekistonning jahon hamjamiyatida muno sib o‘rin egallaganligi-

ning dalilidir. I. Karimov o‘z nutqida u yoki bu minta qa da tinchlik 

va barqarorlikni buzishi mumkin bo‘lgan mojarolar yaqin la shuvining 

oldini olish, mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik muam mo lari bilan shug‘ul-

lanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan 

hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojaro 

lar ni oldini 

olish, yo‘l qo‘ymaslik ruhida bo‘lishini ta’minlash taklif lari ni ilgari 

surdi. 1999-yil noyabr oyida bo‘lgan YeXHTning Istanbul sammitida 

Islom Karimovning xalqaro terror chilikka qarshi kurashuvchi xal-

qaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi.

1996-yil fevral oyida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rta-

sida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Shu yil iyul 

oyida Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasi-

da she rikchilik va hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolandi. Bu hujjat 

O‘zbe kistonning Yevropa Ittifoqi va unga a’zo bo‘lgan mam lakat lar 

bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo‘lib siyosiy, iqti-

sodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat-

lar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O‘zbekistonning xavfsiz-

ligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo‘lib xiz-

mat qilmoqda.

O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlami-

ni muhofaza qilish bo‘yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlarnini 

kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal Protokoliga, atrof-mu-

hitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maq-

sadi da qo‘llashni taqiqlovchi Konvensiyaga, Yadro qurolini tar qat-

maslik haqidagi shartnomaga qo‘shilgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston jahon hamjamiyatiga qo‘shildi, xal-

qaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va minta-

qaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli 

davlat darajasiga ko‘tarildi.



429

Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling