O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49

Shanxay Hamkorlik 

Tashkiloti

    1996-yilda Shanxayda, 1997-yilda Mos-

 kvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qo zo-

g‘is ton, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rah-

barlari ning sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida 

o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘-

risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» 

yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.

2001-yil 14–15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sam-

mi ti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Preziden-

ti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga 

to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi.



O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan 

uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti – SHHT, deb o‘zgartiril-

di. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi.

2001-yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida «Shanxay Hamkorlik 

Tash kilotini tuzish to‘g‘risida Deklaratsiya» hamda terrorchilik, ayir-

machilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay Kon ven-



siyasi

 imzolandi.

2002-yil 6–7-iyun kunlari SHHTga a’zo mamlakatlar davlat 

boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib 

o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga  a’zo davlatlar rahbarlari-

ning 

Dek la ratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati – SHHT Xartiya-

siSHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi 

haqi dagi bitim imzolandi.

2003-yil 29-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT 

ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Tosh-



kent da  Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT)

  Ijroiya Qo‘ mi ta-

sini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004-yil yanvardan 

bosh lab ish boshladilar.

2004-yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHTga a’zo davlatlar rah-

barlari ning sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsiz-

lik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sam-

mitda 2004-yil mart oyida O‘zbekistonning Toshkent shahri, Buxoro 

va Toshkent viloyatlarida sodir etilgan terrorchilik harakati nafa-

qat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyat-

ni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda ter-

rorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terror-

chilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilar ning bazalarini yo‘qotish, 

odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradi-


430

gan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlan-

di. Shu bois, Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axbo-

rot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmat-

larning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik ning 

oldini olish vazifasi yuklangan.

SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni ri -

voj  lan tirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHTga 

a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan 

tash kilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning 

quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga kelishib olindi:

• transport infratuzilmasini rivojlantirish;

• tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;

• suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;

• ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolari-

ni hal qilish;

• fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida inte-

gratsiyalashish;

• investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor 

yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Tszintao Xitoy hukumati 

SHHT doirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln 

AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi.

Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vako lat-

lari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar 

va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda 

ham korlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga 

doir hujjatlar – jami o‘nta hujjat imzolandi. 

2010-yil 11-iyun kuni Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari Ken-

gashining navbatdagi 10-majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari ko‘p 

tomonlama va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb minta qaviy 

va xalqaro masalalar, muammolar bo‘yicha fikr almashdilar. Sam-

mitda iqdisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavf siz   lik-

ni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor berildi. Muzokara-

lar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining Deklaratsiyasi, SHHTga 

a’zolarni qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom, SHHTning Toshkent-

da faoliyat yurtuvchi Mintaqaviy aksilteror tuzulmasi Kengashi-

ning 2009-yildagi faoliyatiga doir hisobot tasdiqlandi, SHHTga a’zo 

davlatlar hukumatlari orasida qishloq xo‘jaligi sohasi da va jinoyat-

chilikka qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.



431

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo 

hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar-

ga a’zo bo‘ldi.



2. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari 

bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari

MDHning tashkil 

topishi

      1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slav-

yan respublikasi – Rossiya, Ukraina, Belo-

rus rahbarlari – B. Yelsin, L. Krav 

chuk, 

S. Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belove 



js koe-

Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi 

(MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shaitnoma imzoladilar. Shartnomada 

yago na iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo‘-

la di, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda ham korlik qilinadi, 

tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, 

deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konsti-

tutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorus siya, Rossiya 

parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qil-

dilar va 1922-yil 30-dekabrdagi SSSRni tuzish to‘g‘risi dagi shart-

nomani bekor qildilar.

Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkma-

nis  ton Prezidentlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tay-

yor ekanligini bildirdilar.

1991-yil 21-dekabrda Almati shahrida Rossiya (B. Yelsin), Ukrai-

na (L. Kravchuk), Belorus (S. Shushkevich), Qozog‘iston (N. Na zar -

boyev), O‘zbekiston (I. Karimov), Qirg‘iziston (A. Akayev), Toji ki-

ston (R. Nabiyev), Turkmaniston (S. Niyazov), Ozarbayjon (A. Muta-

libov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M. Snegur) davlat 

bosh liqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat boshliq 

lari 


Be lo vejskoye-Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, 

«Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar» maqomida MDH 

muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilin di. 

Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi:

• Hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rtasida-

gi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan 

tar tib lar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassa-

salar orqali amalga oshiriladi.

• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas.


432

• Xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash 

maqsa dida harbiy strategik kuchlarning birlashgan qo‘mondonligi va 

yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi.

• MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR 

ning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo‘shilishi mumkin.

• Umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga kel ti-

rish da va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiq la nadi.

• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to‘xtatiladi.

• Hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitutsiyalaridagi tartib, 

qoi  da larga binoan sobiq SSSRning shartnomalari va bitimlaridan 

kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarining bajarilishiga kafolat 

be radilar.

• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og‘ish-

may rioya etish majburiyatini oladilar.

• MDH kengashlarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish 

to‘g‘risida protokol imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Ham-

do‘stligi tashkil topdi.

1993-yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining 

navbatdagi kengashi bo‘ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va 

MDH ning huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi.

1991–1999-yillarda MDH Davlat boshliqlarining 25-mart ken-

gashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy

tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhoka-

ma etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.

Hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari 

katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul 

qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab 

tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksin-

cha, o‘zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning 

milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganli-

gi bilan bog‘liq edi. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni 

amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o‘zaro hisob-

kitoblar muvofiqlashtirilmadi.

2001-yil 29–30-noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan

kunning 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammiti bo‘lib o‘tdi. Sam-

mit qatnashchilari Afg‘onistondagi voqealar to‘g‘risida Bayonot qabul 

qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi.

Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH tuzilganining 10 yilli-

gi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida 


433

rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlan-

di. Hamdo‘stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshi-

rish yo‘lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’ti-

rof etildi.

MDHning faoliyati guvohlik beradiki, Hamdo‘stlikning tash          kil 

etilishi foydali bo‘ldi. Hamdo‘stlik SSSR parchalangan paytda qan-

day kerakli tashkilot bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ham shunday 

xizmat qilmoqda. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan musta-

qil davlatlarning bir-biriga bog‘langan iqtisodiyotini to‘ldirib turish 

zarur edi. Hamdo‘stlik mana shunday to‘ldiruvchilik rolini bajardi, 

nizo, janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. O‘zbekiston 2013-yil 31-may 

kuni MDH doira sida Erkin savdo zonasini tashkil etish shartnoma-

siga qo‘shildi. Bu biz nesni yuritish, tovarlar sotish imkoniyatini ken-

gaytirmoqda. O‘zbe 

kis ton Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 

2013-yil oktabrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari Kengashi-

da so‘zlagan nut qida ta’kidla ganidek, bugungi kunda ham Hamdo‘st-

lik, unga a’zo dav latlar ning izchil rivojlanishi, barqarorligi va xavf-

sizligiga rahna solish mumkin bo‘lgan tahdid va xatarlarga o‘z vaq-

tida, munosib javob qaytarish, sobiq ittifoq hududida fuqarolarning 

muloqot qilish ushun maqbul yondashuv va muvofiq lashtirilgan ama-

liy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida keng imkoniyatlar yara-

tilmoqda

51

.

O‘zbekistonning__Rossiya_bilan__hamkorligi'>O‘zbekistonning

Rossiya bilan 

hamkorligi

      O‘zbekiston Respublikasi tashqi si 

yo satida 

Hamdo‘stlik mamlakatlari bi  lan ikki tomonlama 

hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alo-

hi da o‘rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik 

de ganda, ikki davlat o‘r ta si da gi, ya’ni O‘zbekistonning boshqa bir 

mamlakat bilan davlat lararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish va chuqurlash-

tirish jarayoni tushuniladi. 

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabat-

lar o‘rnatish va uni rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kel-

moqda.


1992-yil 30-mayda I. Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasi-

ning Rossiyaga Davlat tashrifi paytida O‘zbekiston Respublikasi bilan 



Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asos-

lari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartno-

ma ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish 

51

 «Xalq so‘zi» gazetasi. 2013-yil 29-oktabr soni.



434

va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o‘rtasida diploma-

tik aloqalar o‘rnatildi, elchixonalar ochildi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Yelsinning 1993-yil mart 

oyida O‘zbekistonga tashrifi paytida O‘zbekiston va RF o‘rtasida 

ma daniyat, fan va texnika, ta’ lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport 

va tu rizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

V. Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O‘z-

be kiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. V. Putin 

qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta – 1999-yil 10–11-de-

kabrda va 2000-yil 18–19-may kunlarida Davlat tashrifi bilan kel-

di. Tash rif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy dele-

gat siyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengayti-

rish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, 

Afg‘o nis   tondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilik-

ka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama 

qilindi.

Dekabrdagi uchrashuvda «O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasi-

da harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada chiiqurlashtirish 

to‘g‘ri sida shartnoma» imzolangan bo‘lsa, may oyidagi muzokaralar 

nihoya sida ikki mamlakat hukamatlari o‘rtasida «O‘zbekiston Res-

publikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari bilan Rossiya Federatsiyasi 

subyektlari o‘rtasida ham kor lik ni kengaytirish to‘g‘risida», «Xalqaro 

avto mobil qatnovi to‘g‘risida» bitimlar imzolandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro man faat-

li aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasida 

turli maqsadlarga yo‘naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan. 

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash haj-

mi 2000-yilda 1 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekistonda 

527 ta O‘zbe ki s ton–Rossiya qo‘shma korxonasi, shuningdek, Ros-

siya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro‘yxatga olingan. Ros-

siyada esa O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 293 ta qo‘sh-

ma korxona mavjud. O‘zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihoz-

lar, kimyo mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovar-

lar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, oziq- 

ovqat mollarini eksport qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2001-yil 3–5-may, 2004-

yil aprel oylarida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federat siyasi Prezi-

den ti V. Putinning 2004-yil iyun oyida O‘zbekistonga tash ri fi ikki 

mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tardi.



435

2004-yil 16-iyunda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Fede-

rat siyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi. 

Mazkur bitim o‘zaro xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va gumanitar 

sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2005-yil 14-noyabrda imzolangan ittifoqchilik munosabatlari 

to‘g‘ ri  sida shartnoma hujjatlari o‘zaro xavfsizlikni ta’minlash, glo-

bal tah did larga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar 

sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan mustahkam poy-

devor bo‘lib xizmat qiladi. «O‘zbekneft-gaz» milliy xolding kompa-

niyasi bilan «Lukoil» neft kompaniyasi OAJ hamda «Gaz prom» ochiq 

aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzo-

landi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O‘zbekiston yoqil g‘i-energetikasi 

sohasiga qariyb 2,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya kiri-

tishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayribosh-

lash hajmi 2004-yilda 1 mlrd 642 mln AQSH dollarini tashkil etgan 

bo‘lsa, 2013-yilda 7 mild AQSH dollardan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-

yil 19-20 aprel kunlari Rossiyaga tashrifi jarayonida harbiy-texnik

bojxona, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha 

hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasida turli sohalardagi munosa-

batlar 276 hujjat asosida amalga oshirilmoqda. 2010-yilda O‘zbekis-

tonda 843 ta O‘zbek–Rossiya qo‘shma korxonasi, Rossiyada esa 

o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 ta qo‘shma korxonalar fao-

liyat ko‘rsatdi. 2013-yilda O‘zbekiston rossiyalik ishbilarmonlar bilan 

hamkorlikda 900 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritdi, ularning 

150 dan ortig‘i to‘la Rossiya sarmoyasi asosida tuzilgan.

Rossiyaning 2000–2014-yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 

ki ritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollarni tashkil etadi. O‘zbe-

kiston–Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquq-

lilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yax-

lit ligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib 

bormoqda.

O‘zbekiston va

Ukraina hamkorligi

      O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida 

dav   lat  lar aro munosabatlarga asos solish-

da I. Karimovning 1992-yil avgust oyida 

Kiyev ga rasmiy Davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Tash-

rif cho g‘ida 25-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Kari mov 

va Ukraina Prezidenti L. Kravchuk «O‘z be kis ton bilan Ukraina o‘rta-

sida davlatlararo munosabatlarning asos la ri, do‘stlik va hamkorlik 


436

to‘g‘risidagi shartnoma»ni imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o‘rta-

sida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida proto kol va savdo-

iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi.

1995-yil 20–21-iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma 

O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan «O‘z be-

kis ton–Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo‘lla-

ri to‘g‘risida Deklaratsiya», «O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi 

iqti  so diy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘risida shartnoma» imzo-

landi. Safar chog‘ida O‘zbekiston va Ukraina hukumat  lari o‘rtasida 

jinoyat chi likka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida 

bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar fa o li-

ya ti haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999-yil oktabri da 

Ukrainaga safari chog‘ida «O‘zbekis ton va Ukraina o‘rtasida 1999–

2008-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida» bitim 

imzo langan.

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 1992–2002-yillarda neftni qay-

ta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot alma-

shish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo‘yicha 130 dan 

ortiq hujjatlar imzolandi. O‘zaro savdo hajmi 1992-yildagi 20 mln 

AQSH dollaridan 2003-yilda 280 mln AQSH dollariga yetdi. O‘zbe-

kistondan Ukrainaga aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta 

tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilingan bo‘lsa, Ukrainadan gaz va 

neft konlarini o‘zlashtirishda zarur bo‘lgan texnika uskunalari, qora 

metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog‘i import qilin-

gan. O‘zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali 

Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. 

O‘zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta 

qo‘shma korxona faoliyat yuritadi. 

O‘zbekistonning

Belorus va Moldova 

bilan aloqalari

    Belorus Respublikasi Oliy Kengashi ning 

raisi S. Sushkevichning 1991-yil 6-no ya br-

da O‘zbekistonga rasmiy Davlat tashrifi 

O‘zbekiston bilan Belorus o‘rtasida davlat-

  lararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida, Toshkentda I. Karimov 

va S. Shushkevich «O‘zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respub-

likasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida 

shartnoma» imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o‘rta-

sida 1992-yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida bitim 

imzolangan. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik tobora rivojlanib bor-

moqda.


437

1994-yil 21–22-dekabr kunlari Belorus Respublikasi Preziden-

ti A. Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo‘ldi. Tashrif 

paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muas-

sasalari o‘rtasida 18 ta hujjat imzolandi. «O‘zbekiston bilan Belo-

rus o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida-

gi Deklaratsiya»ni, «Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish 

to‘g‘risida shartnoma»ni I. Karimov va A. Lukashenko imzoladi-

lar. Hukumatlar o‘rtasida daromad va mulklardan ikki tomonla-

ma o‘zaro soliq olmaslik, avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘li va poch-

ta aloqasi bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi 

ishlar vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda 

tarmoq lararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasigagi hamkorlik 

tobora rivoj lanib bormoqda.

1995-yil 30–31-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezi-

denti I. Karimov Moldova Respublikasida rasmiy safarda bo‘ldi. 

I. Karimov va Mol dova Prezidenti M. Snegur o‘rtasidagi muzoka-

ralar nihoya sida O‘zbekiston Respublikasi va Moldova Respubli-

kasi o‘rtasida do‘s tona hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolan-

di. Hukumatlar o‘rtasida erkin sav do munosabatlarini rivojlantirish, 

fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank soha-

larida hamkor lik, samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yish, ikki tomon-

lama soliq olmaslik to‘g‘risidagi o‘ndan ziyod bitimlar imzolandi. 

Bu huj jat lar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy 

zamin yaratdi.

O‘zbekiston uchun Moldovada ishlab chiqilayotgan shakar, dori-

darmon, qishloq xo‘jalik texnikasi, elektrotexnika asbob-usku nalari, 

sug‘orishda foydalaniladigan nasoslar kerak, Moldova sanoati uchun 

esa, O‘zbekiston paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu 

zaruriyat tufayli ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik rivoj lanib bor-

moqda.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling