O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
etika n.r.ochilova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 5.1.Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari.
Tayanch tushunchalar:
Mohiyat, erkinlik, Ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlov, mas‘uliyat, axloqiy taraqqiyot, axloq tuzilmasi, axloqiy ong (anglash), axloqiy hissiyot, axloqiy munosabatlar, maqsad va vosita, ma‘naviyat, , axloq, huquq, san‘at, fan. Takrorlash uchun savollar: 1. Erkinlik tushunchasini tushuntirib bering? 2. Ixtiyor erkinligi deganda nimani tushunasiz? 3. Axloq tuzilmasining omillari nimalardan iborat? 4. Axloqning ma’naviy tizimdagi o’ziga xos xususiyatilari? 34 Adabiyotlar: 1. Axloqshunoslik. A.Sher.Yangi asr avlodi. Toshkent. 2003. 87-125 – betlar. 2. Falsafa qomusiy lug’at jamiyati. Toshkent. 2004 . 255-464- betlar. 3. Jamiyatni erkinlashtirish va ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot masalalari. Toshkent. 2007. 4-14- betlar. 4. Ma’naviyat millat nishoni. Toshkent. 2007. 5. Ma’naviyat gulshani.Qarshi. 2001. 3-10- betlar. 6. Ma’naviyat va yoshlar. G. Shodiev. Toshkent. 2008. 9-39- betlar. 5-Mavzu: Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyilari, me‘yorlari. Reja: 35 1. Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. 2. Axloqiy tamoyillar, me’yorlar va ularning amaliy ahamiyati 3. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob mummosi. 4. Shaxs axloqiy tarbiyasi. 5.1.Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. Axloqshunoslikdagi tushunchalar (kategoriya) ning shaklari xilma-xil bo’lib, mazmunida axloqshunoslik talab qiladigan jarayonlar ifoda etiladi. Kategoriya – yunoncha so’z bo’lib, ta‘rif berish, fikr aytish ma‘nolarni anglatadi. Muhabbat va nafrat- axloqshunoslikda juft kategoriya (tushuncha) bo’lib hisoblanadi. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha bo’lib, barcha asosiy tushuncha va tamoyillarga ta‘sir qiladi. Muhabbat me‘yorlar, an‘analar, qonunlarga buysunmaydi. Lekin, yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga o’lkan mas‘uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi. Muhabbat – insonni tashqi va transtsendental olam bilan bog’laydigan, uni yolgizlikdan olib chiqadigan buyuk kuch. Muhabbatning obe`kti go’zallikdir. Insonning ona tabiatga, yoriga, ota-onasiga, Vataniga … bo’lgan muhabbatni… Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zganio’ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Muhabbat inson axloqiy hayotining cho’qqisi, komillik belgisidir. Haqiqiy muhabbat g’oyalari yoshlar tomonida doimiy axloqiy ideal tarzida qabul qilanadi: Farxod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va Kumush va hokazolar. Demak, muhabbatni shaxs erkinligining axloqiy zarurat sifatidagi o’ziga xos ko’rinishi, baxtga erishuvning asosiy omili deyish mumkin. Muhabbat-oliy tuyg’u, shu ma‘noda u oliy tushuncha. Muhabbatning ziddi-nafrat bo’lib, u ham muhabbat singari keng qamrovli tushuncha emas. Nafratning aksi muhabbat tarzda namoyon bo’ladi, obe`ktdan chetlashishni, undan begonalashishni taqozo qiladi. Hazar, jirkanch hissi nafratning kundalik turmushdagi tor, «mayda» ko’rinishdir . Nafrat g’azabdan keskin farq qiladi. U g’azabga o’xshab, o’z obe`ktini yo’hotishga intilmaydi, undan faqat yuz beradi. U muhabbatga zid holda noinsoniy, adolatsiz, noinsoflarcha munosabati tufayli ko’zg’aladigan hissiyot deyish mumkin. Ko’rinishidan nafrat kishida yoqimsiz taassurot o’ygotsa-da, ko’p hollarda u illat emas, axloqiy fazilat sifatida insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir. Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi mavjud bo’lib, u ijtimoiy hodisa emas, ko’p hollarda jinsiy munosabat bilan yonma-yon keladi. Muhabbat egasi o’z sevgisini va sevgilisini qizg’anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg’anish hissi me‘yordan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashkning mohiyati xudbinlikka borib taqaladi. Ba‘zi hollarda rashk fojiaga olib kelishi mumkin. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling