JURNALLARGA MAQOLANI TAQDIM ETISH VA UNI CHOP
ETISH TARTIBI
I. JURNALGA MAQOLANI TAQDIM ETISH TARTIBI
1. Ilmiy maqola qo‘yidagi umumiy talablarga javob berishi:
- mavzu jurnal ruknlaridan biriga mos kelishi;
- empirik tadqiqot, nazariy-amaliy-uslubiy tavsiflar, ilmiy adabiyotlar tahlili
va sharhini o‘zida tizimlashgan holda mujassam etishi;
- himoya qilingan doktorlik (PhD va DSc) tadqiqotlaridan iqtibos keltirilishi:
- xalqaro yirik nashriyotlar yoki ma’lumotlar bazasi, shuningdek jahonning
1000 (bir ming) ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi (OTM) ro‘yxatidagi
OTMlar tomonidan chop etilgan to‘plam materiallaridan iqtiboslar berilishi;
- xalqaro ma’lumotlar bazasida impakt-faktorga ega jurnallarda chop etilgan
maqolalardan iqtiboslar keltirilishi;
2. Maqola xalqaro andozalar talabi doirasidagi quyidagi bandlarga ega
bo‘lishi:
- maqola mavzusi (title) qisqa va lo‘nda shakllantirilgan bo‘lib, tadqiq
etilayotgan yo‘nalish muammolari va ularning yechimlarini o‘zida aniq ifoda
etishi;
- maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot(author information)da muallif va
ilmiy rahbarining familiyasi, ismi-sharifi (to‘liq), ish joyi va lavozimi, ilmiy
darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va telefon raqami kiritilishi.
Shu jumladan, maqola tarkibi xalqaro andozalar talabi doirasidagi
quyidagi yaxlit tizimlashgan aniq bandlarga bo‘lingan bo‘lishi:
-maqola annotatsiyaci (abstract) 6-8 qatordan oshmagan holda o‘zbek, rus
va ingliz tillarida berilishi, unda mavzuning dolzarbligi, tadqiqot muammosi va
yechimini topishda muallifning ilmiy-amaliy hissasi, qo‘llanilgan metodologiya,
tadqiqot natijalari yoritilishi;
- tayanch so‘zlar (key words) har biri maqola matnida o‘rtacha 4 va undan
ko‘p marta takrorlanganligidan va ular mantiqan qisqa mazmunda maqola
mohiyatini ochib berishga xizmat qilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |