O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash


Download 197.26 Kb.
bet22/50
Sana30.10.2023
Hajmi197.26 Kb.
#1734591
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-www.fayllar.org

Namlikni past namlik — choy, qahva, tuz, shakar, quritilgan mevalar, sut kukuni o‘z ichiga olishi mumkin; yog‘ga boy yoki namligi yuqori bo‘lgan ovqatlar uni o‘zlashtirmaydi.
Kimyoviy birikmalar hosil bo‘lgan mahsulotning bug‘ yoki gazlarni yutishi xemosorbtsiya deyiladi.
Elektrofizik xususiyatlar elektromagnit maydonidagi mahsulotlarning xatti-harakatini aniqlaydi. Bu xususiyatlarning asosiy ko‘rsatkichi elektr o‘tkazuvchanlikdir. Bu ko‘rsatkich titrlangan kislota va ayrim mahsulotlarning namligini aniqlashga asoslangan.
Don, un, yorma va omixta yemning fizik xususiyatlari ularni transpotirovkalashda, oqimda ishlov berishni avtomatlashtirishda hamda saqlashni usul va rejimlarini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Fizik hususiyatlarga oquvchanlik o‘z-o‘zidan saralanish, g‘ovaklik, sorbsion va teplofizik xususiyatlar kiradi. Donning qiya ustida o‘z og‘irligi ta’sirida harakatlanishi qobiliyatiga oquvchanlik xususiyati deb ataladi. Don massasi o‘zida turli xil komponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari oquvchanlikka donning shakli, o‘lchami, donlar va aralashmalarning ustki qismini holatiga, aralashmalar tarkibi, sirpanuvchi yuza materiali hamda donning namligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Don massasining oquvchanligini e’tiborga olgan holda o‘zi oqizar quvurlarning minimal qiyalik burchagi hamda elevator, un, yorma va omixta yem ishlab chiqarish zavodlarida bunker va siloslarning haqiqiy hajmlari aniqlanadi.
Oquvchanlik ko‘rsatkichi donning tabiiy qiyalik va ishqalanish burchaklaribilan baholanadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb don massasining gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi.
Tabiiy qiyalik burchagi qanchalik kichik bo‘lsa, to‘kiluvchanlik qiymati shunchalik katta bo‘ladi.
Ishqalanish burchagi deb, don massasining qiya yuza bo‘ylab harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi. Donlarni bunkerlarga joylashtirishda va o‘zi oqizar quvirlar yordamida ulardan chiqaribolishda ushbu xususiyat asqotadi.
Un, kepak va to‘kiluvchan omixta yem turli o‘lcham va shakldagi maydalangan zarrarlardan tarkib topganligi tufayli yuqori ishqalanish burchagiga ega, shuning uchun ularning oquvchanlik qiymati donnikidan past bo‘ladi. Mahsulotlarning namligi ortgan sari ularning oquvchanlik keskin kamayadi.
O‘z-o‘zidan saralanish deb, don massasining transportirovkalash, tushirish, yuklash va don saqlash omborlarida zichligi va ishqalanish burchagi bo‘yicha qatlamlanishiga aytiladi. Omborlarga va siloslarga donlar tushirilayotganda og‘ir donlar va og‘ir aralashmalar yuqori zichlikka ega bo‘lganliklari tufayli markazga yaqinlashadi, aksincha yengil donlar va yengil aralashmalar markazdan uzoqlashadi. O‘z o‘zidan saralanish mikroorganizmlar va zararkunandalar rivojlanishi uchun qulay muxitlarni yuzaga keltiradi. Bu esa omborxona va silos devorlari yaqinida vertikal holatda o‘z-o‘zidan qizish jarayoni boshlanishiga turtki bo‘ladi, chunki aynan shu joylarga yuqori namlikka ega bo‘lgan mayda donlar va organik aralashmalar tushib qoladi. O‘z-o‘zidan saralanish jarayoni omixta yemda ham kuzatiladi, bu esa uning oziqaviylik qiymatini pasaytiradi. Un va yorma mahsulotlarida saralanish jarayoni kuzatilmaydi, chunki ular asosan o‘lchami va zichligi bo‘yicha bir xil bo‘lgan zarrachalardan tashkil topadilar.
G‘ovaklik. Saqlashga qo‘yilgan don massasi zich joylashmaydi. Donlar va uning aralashmalari orasida doimo erkin bo‘shliqlar qolib, ular havo bilan to‘lgan hajmiy qism – joylashuv zichligi deb ataladi, havo bilan to‘lgan hajmiy qism - g‘ovaklik deb ataladi.
Don massasining g‘ovakligi urug‘larni saqlashda ularning hayot faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Don massasining joylashuv zichligi va g‘ovakligi uning tarkibidagi qattiq komponentlarning shaklidan, o‘lchamidan, yuzasining holatidan, don massasining namligidan, omborning shakli va o‘lchamlaridan to‘ldirish usulidan hamda saqlash muddatidan bog‘liq bo‘ladi.
Sorbsion xususiyat deb, don massasining atrof-muxitdan turli moddalarning bug‘lari va gazlarni yutib olish xususiyatiga aytiladi. Don massasiga teskari jarayon – desorbsiya jarayoni ham xos, ya’ni sharoit o‘zgarganda yutib olingan moddalar tashqariga ajratiladi. Don massasining yaxshi sorbsion xususiyati uning qismida kapilyar g‘ovaklar mavjudligi hamda namlikni yutib oluvchi kolloid moddalar borligi bilan tushuntiriladi. Un, yorma va omixta yem ham yaxshi sorbsion xususiyatga ega. Shuning uchun ularni saqlash va transportirovkalashda sorbsion xususiyatni e’tiborga olish lozim.
Teplofizik xususiyatlar don massasini saqlash davomida e’tiborga olinadi va ular quyidagilardan iboratdir: issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, harorat o‘tkazuvchanlik, issiqlik - namlik o‘tkazuvchanlik.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik deb don massasining issiqlik donlararo yoki havo bo‘shlig‘i hisobga o‘tkazishga aytiladi. Harorat o‘tkazuvchanlik deb don massasining qizish yoki sovush tezligiga aytiladi. Issiqlik-namlik o‘tkazuvchanlik don massasida namlik va issiqlik harakat yo‘nalishlari mos tushganda kuzatiladi.
Teplofizik xususiyatlar un, yorma va omixta yem mahsulotlarida ham kuzatiladi.

Download 197.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling