Aralash usulda mahsulot sifatini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Sifatning birlik ko‘rsatkichlarini bir qator guruhlarga birlashtiriladi. Guruhlar bo‘yicha sifatning kompleks ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Mahsulot sifatini baholashda quyidagi tushunchalarni bir-biridan farqlash muhim ahamiyatga ega:
• Mahsulotning sifati ko‘rsatkichi deb uning sifatini belgilovchi bir yoki bir necha xossa-xususiyatlarning miqdoriy tavsifiga aytiladi.
• Mahsulotning belgisi - uning barcha xususiyat va holatlarining sifat va miqdoriy tavsifidir.
• Mahsulotning parametri - uning belgisi bo‘lib, barcha miqdoriy xususiyat va holatlarni ifodalaydi.
• Mahsulot sifatining birlik ko‘rsatkichi deb, uning biror xossa yoki xususiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichga aytiladi. Mahsulot sifatining birlik ko‘rsatkichiga misol qilib, gazlamalarning havo o‘tkazuvchanligi, cho‘ziluvchanligi, chidamliligi kabi xususiyatlarini keltirishimiz mumkin.
Mahsulot sifatining kompleks ko‘rsatkichi deb, uning bir necha xossa xususiyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga aytiladi.
Guruhlar bo‘yicha aniqlangan kompleks ko‘rsatkichlar hamda alohida ajratib ko‘rsatilgan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan birlik ko‘rsatkichlar taqqoslash asosi qilib qabul qilingan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Odatda, o‘lchash yo‘li bilan mahsulot sifatining birlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Huquqiy-patent va iqtisodiy ko‘rsatkichlar, mahsulotning bir tekisdaligi ko‘rsatkichi, standartlash va unifikatsiyalash hisoblash orqali amalga oshiriladi. Hisoblash yo‘li bilan, yuqorida aytib o‘tganimizdek, sifatning kompleks ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin.
15-AMALIY MASHG‘ULOT:
QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINING SIFAT KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH USULLARINI O‘RGANISH
Mahsulot sifatini texnikaviy darajasini baholash.
Sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslashni intervallar shkalasi yoki nisbatlar shkalasi orqali ham ifodalash mumkin. Sifat ko‘rsatkichlarini taqqoslashda ko‘rsatkichlar dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi. Masalan, sifat ko‘rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo‘yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi ham e’tiborga olinadi. Masalan, sifat ko‘rsatkichlarini nisbatlar shkalasi bo‘yicha taqqoslaganda ularning dinamikasining tavsifi quyidagicha hisobga olinadi: sifat ko‘rsatkichlari nisbatining miqdoriy qiymati sifat ko‘rsatkichlari boshlang‘ich ko‘rsatkichga nisbatan ortsa, birdan katta, kamaysa birdan kichik bo‘ladigan qilib tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |