O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash


-rasm. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi


Download 197.26 Kb.
bet30/50
Sana30.10.2023
Hajmi197.26 Kb.
#1734591
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-www.fayllar.org

9.1-rasm. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi


O‘lchash usuli — texnik o‘lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan. O‘lchash usuli yordamida mahsulotning og‘irligi, bo‘yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli — nazariy yoki empirik bog‘lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og‘irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi.
Organoleptik usul — sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, ko‘zga tashlanuvchanligini baholashda qo‘llaniladi.
Qayd etish usuli — ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o‘tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo‘li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko‘rsatkichi, huquqiy patent ko‘rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma’lumot manbalariga qarab sifat ko‘rsatkichlari an’anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo‘linadi.
An’anaviy usul — muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo‘liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Ekspert usulida — mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini baholash mutaxassis ekspertlar guruhi, ya’ni dizaynerlar, degustatorlar, tovarshunoslar va shu kabilar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspert usuli yordamida boshqa usullarda aniqlab bo‘lmaydigan ba’zi sifat ko‘rsatkichlarini baholash mumkin. Bu usul ba’zi ergonometrik va estetik ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi.

Download 197.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling