O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash
Download 197.26 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-AMALIY MASHG‘ULOT: REFRAKTOMETRIK TAHLIL USULIDAN AMALIY FOYDALANISHNI O‘RGANISH Ishdan maqsad
NAZORAT SAVOLLARI
1. Agar berilgan jism turli to‘lqin uzunlikdagi yorug‘lik nurlarini teng ravishda yutsa va aks ettirsa u qanday rangda ko‘rinadi? 2. Nefelometriya qanday hodisaga asoslangan? 3. Lyuminestsent analiz yordamida nimalar aniqlanadi? 18-AMALIY MASHG‘ULOT: REFRAKTOMETRIK TAHLIL USULIDAN AMALIY FOYDALANISHNI O‘RGANISH Ishdan maqsad: Refraktometrik tahlil usulidan amaliy foydalanishni o‘rganish Refraktometriya (lotincha - “refractus” singan va metriya) — optik texnika boʻlimi. Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yorugʻlik spektrining turli sohalaridagi sindirish koʻrsatkichini oʻlchash asosida ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish usullari bilan shugʻullanadi. Refraktometriya miqdoriy kimyoviy analiz usullarining eng qulay usuli hisoblanib, kam miqdordagi (0,001 g) moddani katta aniqlikda (0,001%) tez analiz qilishga imkon beradi. Nur shaffof bir jinsli moddalaming ajralish chegarasidan o‘tganida yom giik nurining sinishini o‘rganish refraktometriya eng eski optik usulardan hisoblanib, ular I.Nyuton, L.Eyler, M.V.Lomonosov va boshqalaming ishlarida bayon qilingan edi. XIX asrning 80-yillarida refraktometrlardan zavod laboratoyalaridagi amaliy ishlarda foydalanila boshlandi va refraktometrik usullarning ahamiyati juda tez ortib ketdi. Refraktometrik usul murakkab aralashmalarni analiz qilish, moddalarning xossalarini tekshirish va kimyoviy sistemalardagi o‘zaro ta’sirini o‘rganish usuli sifatida hozirgi vaqtda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Sindirish ko‘rsatkichi va to‘liq ichki aks etish qaytishi yorug‘lik nuri ikkita shaffof muhitning ajralish chegarasiga tushganida yorug‘lik ajralish sirtidan qisman qaytadi va qisman boshqa muhitda tarqaladi . Kimyoda murakkab organik birikmalarning tuzilishini aniqlashda foydalaniladi. Refraktometriya shaxtalardagi havoni analiz qilishda, ayniqsa, metanning (portlaydigan gazlarning) konsentratsiyasini bilishda muhimdir. Refraktometriya geologiyada minerallar konsentratsiyasini, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning sifatini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining pishib yetilganlik darajasini aniqlashda, tibbiyotda esa meʼda shirasi va boshqa analizida, texnikada turla texnologik jarayonlarni boshqarish hamda avtomatik nazorat qilishda koʻllaniladi. Yorugʻlikning sindirish koʻrsatkichini aniqlash refraktometrlar yoki maxsus interferometrlar yordamida bajariladi. Refraktometrik analiz usuli analiz qilinadigan moddalarning nur sindirish ko‘rsatgichining o‘lchanishiga asoslangan. Har qanday toza modda ma`lum bir nur sindirish ko‘rsatgichiga ega. Nur sindirish ko‘rsatgichini qiymatiga qarab, moddalarning tozalik darajasi aniqlanadi. Yorug‘lik yo‘nalishining bir muhitdan ikkinchi muhitga o‘tishida o‘zgarishi yorug‘likning sinishi yoki refrakciyasi deyiladi. Moddalarning sindirish ko‘rsatkichini o‘lchaydigan asboblar refraktometrlar deb, analiz usuliga esa refraktometrik analiz usuli deyiladi. Yorug‘lik nuri ikki shaffof muhit sirt fazasida to‘shayotganda bir qismi qaytadi, bir qismi ikkinchi muhitda tarqaladi (sinadi). Yorug‘likning ikkinchi muhitda tarqalishi yorug‘likning sinish qonunlariga bo‘ysunadi (fizika kursidan ma`lum). 1. Tushuvchi nur, singan nur va muhitlar chegarasidagi nurning tushish nuqtasiga tushirilgan perpendikulyar bir tekislikda yotadi. 2. Nurlarning tushish burchagi sinusi (sinα1) ning nurni sinish burchagi sinusi (sinα2) ga bo‘lgan nisbati berilgan muhitlar uchun o‘zgarmas miqdor bo‘lib, ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko‘rsatkichi (n) deyiladi. Standart sharoitda moddalarning vakuumga nisbatan olingan sindirish ko‘rsatkichi, absolyut sindirish ko‘rsatkich deyiladi. Unda nisbiy sindirish ko‘rsatkich absolyut sindirish ko‘rsatkichlarining nisbatiga teng. tenglamadan n1(abc) sin1 = n2(abc) sin2 . Havoga nisbatan olingan sindirish ko‘rsatkich to‘g‘ridan-to‘g‘ri sindirish ko‘rsatkich (n) deyiladi. Nabc = nabc(abo) n Atmosfera bosimi va hona haroratida nabc(havo) = 1,00027 unda nabc = 1,00027 n. Moddaning sindirish ko‘rsatgichi uning tabiatini aniqlaydi. Uning qiymati tushayotgan nurning to‘lqin uzunligiga va haroratga bog‘liq. To‘shayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligini kattalashishi bilan sindirish ko‘rsatkichning qiymati kamayadi. Bir hil natijalarni olish uchun yorug‘lik manbai sifatida ma`lum to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan (natriyli, simobli, vodorodli) lampalar ishlatiladi. Harorat ko‘tarilishi bilan suyuqliklarning sindirish ko‘rsatgichlarini qiymati kamayadi. Shuning uchun sindirish ko‘rsatkichining qiymati simvoli yoniga t0 ni qiymati ko‘rsatiladiLekin to‘g‘ridan to‘g‘ri havo va suyuqlik chegarasida tushish yoki sinish burchagini o‘lchash noqulay. Refraktometrlarda suyuqlik hamda ichki chegarasida tushish va sinish burchaklari — to‘la qaytish usulidan foydalanib oichanadi. Sindirish ko‘rsatkichi bilan moddaning zichligi (d) orasida (simbat) bog‘lanish mavjud. Download 197.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling