NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Refraktometriya so‘zi qaysi so‘zdan va qanday ma’noni anglatadi.
2. Refraktometriya ishlash prinsipi haqida tushuntirib bering.
3. Refraktometrik usulda ur sindirish ko‘rsatgichining mohiyati nimada?
4. Quruq moddalar miqdorini refraktometrda aniqlash aytib bering.
5. Refraktometni tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
19-AMALIY MASHG‘ULOT
POLYARIMETRIK TAHLILLASH PRIBORLARINI O‘RGANISH
Ishning maqsadi: Polyarimetrik tahlillash priborlarini o‘rganish.
Polyarimetriya usuli ba’zi optik faol moddalar eritmalarining nur tebranishlari yo‘nalishlarini o‘zgartirish qobiliyatiga asoslangan. Masalan, bu usul bilan saxarimetr asbobi yordamida shakar eritmalari tarkibidagi saxarozaning foiz miqdorini va ularning tarkibida qanday shakar miqdori borligini aniqlash mumkin.
Polyarimetriya usuli ayrim moddalarning yorug‘lik nuri tebranishlarini ma’lum yo‘nalishga o‘zgartirish xossasiga asoslangan.
Turli tekislikda harakat qilayotgan oddiy yorug‘lik nuri maxsus Niko prizmadan o‘tkazilganda qutblanib, muayyan tekislikda yo‘nalsa, bunday nur qutblangan nur deyiladi. Qutblangan nurning harakat tekisligi perpendikulyar bo‘lgan tekislik qutblanish tezligi deyiladi. Organik birikmalardan qutblangan nur o‘tkazilganda ulardagi qutblanish tekisligi o‘ngga yoki chapga burish xususiyati moddaning optik aktivligi deb ataladi. Optik aktivlik moddaning kristall panjarasi tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlariga (agar optik aktiv modda kristall holatda bo‘lganda nomoyn bo‘lsa) yoki molekulaning tuzilish xususiyatlariga (agar eritma hosil bo‘lganda optik aktivlik nomoyon bo‘lsa) asoslangan. Masalan, saxaroza, fruktoza, glyukoza va vino kislotalari eritma holida ham optik aktivlik nomoyon qiladi.
Organik moddalarning optik aktivligini aniqlash uchun ham polyarimetrdan foydalaniladi. Polyarimetr yordamida biror moddaning optik aktivligini ifodalovchi solishtirma buruvchanlik aniqlanadi. Moddaning optik aktivligini taqqoslash uchun solishtirma buruvchanlik [α]_D hisoblab topiladi. Optik aktiv moddaning konsentratsiyasi 1 g\ml bo‘lganda 1 dm qalinlikdagi qatlamda kuzatilgan burish burchagi solishtirma buruvchanlik deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
[α]_D^20=(α*100)/(C*L)
Bunda α – burish burchagi, С – konsentratsiya, L – eritma qavatining qalinligi.
Yuqoridagi formulaga asosan 100 ml eritmadagi modda miqdorini gramm hisobida quyidagicha formula orqali topish mumkin:
С=(α*100)/(L*[α]D)
Saxarimetr polyarimetrning bir turi bo‘lib, u eritmalar tarkibidagi saxaroza miqdorini aniqlashga mo‘ljallangan. Saxarimetr (2.4-rasm)ni polyarimetrdan farqi shundagi, uning to‘g‘ri chiziqli shkalasi saxaroza miqdori bo‘ylab taqsimlangan.
Bu to‘g‘ri shkalaning 100 gradusi polyarimetrning 34,62 aylanma gradusi shkalasiga to‘g‘ri keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |