“Kasbga yo’naltirish” fani sillabusi
Fan (modul) kodi
NGI 60721800
O‘quv yili
2022-2023
Semestr
3
ECTSkrediti
4
Fan (modul) turi
Ta’lim tili
o‘zbek
Haftalik dars soati
4
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil ta’lim
Jami yuklama
Kasbga
yo’naltirish
60
60
120
Kirish
Ushbu “Kasbga yo’naltirish” fani neft va gazning energetikada tutgan o‘rni, paydo
bo‘lishi, konlarni izlash usullar, ularni burg‘ulash, ishga tushirish, mahsulotlarni tashish,
qayta ishlash shuningdek, respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanish an’anasi,
hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va neft va gaz sanoati istiqboliga ta’siri
masalalarini qamrab olgan.
O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘rganishdan maqsad - talabalarni neft va gaz konlarini ishlash va ishlatish
sohasiga mos ta’lim standartlarida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalarni
o‘zlashtirishni boshlashda mazkur yo‘nalishga, mutaxassislikka kirish, talabalarni
qiziqtirishni ta’minlashdan iborat.
Fanning vazifasi - neft va gaz sanoatida neft va gaz konlarini ishlash va ishlatish
sohasining o‘rni va vazifalarini o‘rgatishdan iboratdir.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talabalar
- neft va gazning insonlar hayotidagi o‘rni;
- neft va gazning paydo bo‘lishi;
- respublikamizdagi neft va gazli hududlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- neft va gaz konlaridagi tog‘ jinslarining tavsifi va asosiy xususiyatlarini bilishi
va ulardan foydalana olishi;
- qatlam sharoitida gaz, neft va suvning yotish holati va xususiyatlarini;
- kon to‘g‘risidagi geologik ma’lumotlarni yig‘ish va ularni tahlil qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |