*O`zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish savollari
Download 1.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Педагогик маҳорат мажмуа 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-MAVZU. ZAMONAVIY DARS KOMBINATSIYALARI. Reja
- Bashoratlash
Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish savollari 1. O‘qituvchi ijodkorligi, ijodiy holati haqida tushuncha. 2. O'qituvchining darsdagi holati. 3. O'qituvchining darsdan keyingi faoliyati. Adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g‘risida»gi Qonun. Barkamol avlod- O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997. 3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O‘zbekiston, 1993. 4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 5.Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 5.Mahmudov N. O‘qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 6.Musurmonova O. Ma‘naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996. 14-MAVZU. ZAMONAVIY DARS KOMBINATSIYALARI. Reja: 1.O‘qituvchining darsga tayyorgarligida ko‘zga tashlanadigan uch maqsad. 2.Ta‘limning yordamchi shakllari. Zamonaviy ta‘lim jarayonida o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar mazmuni va vazifalari. 3.Ijodiy kayfiyat - o‘qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning bir qirrasi sifatida. Ijodiy kayfiyatni ta‘lim jarayonida shakllantirishning ba‘zi vositalari. 4. Ta‘lim jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahorati omilkorligini ta‘minlovchi xususiyatlar. 5.O‘qituvchi tomonidan pedagogik mahorat nuqtai nazaridan ushbu tashkillashtiriladigan ta‘lim jarayonini boshqarish bosqichlari. Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog`liq. Yaxshi rejalashtirilmagan , yetarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). Shu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi bog`liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma`qulini tanlab olish. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling