Saqlash usullari. Saralangan sabzilar o‗ralarga solinadi. Tajribakorlar sabzi tashiladigan idishlarning toza bo‗lishiga va sabzi o‗raga to‗kilganida uni chiritadigan barg va boshqa narsalar aralashmasligiga alohida qarab borishadi.
Nam qum qavatlab sabzi saqlanadigan zonalarda o‗raning tubiga 2–3 sm qalinlikda tashlanib, so‗ngra 20 sm qalinlikda sabzi joylanadida yana qum sepiladi va hokazo. Bunda mahsulot bahorgacha turaveradi. Bahorda, ob-havoga qarab, ildizmevalar o‗sib ketishi oldidan o‗ralar ochiladi. Sabzi takror saralanadi, o‗siqlari tozalanib, o‗suv nuqtalarining barglari kesiladi va zarur bo‗lganida uzoq saqlash uchun yana joylab qo‗yiladi.
Bahor kezlarida sabzi aksari hollarda salqin podvallarda va yerto‗lalarda yoki hech bo‗lmaganda yer betidagi binolarda saqlanadi. Bahorda o‗radan ochib olingan sabzilar Farg‗ona viloyatining ba‘zi tumanidagina yana o‗ralarda qum qavatlari orasida saqlanadi. Bahor mavsumida sabzini yerto‗la yoki podvallarda saqlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Bunda sabzi 30–40 sm qalinlikda joylanib, usti nam qum yoki tuproq bilan yopiladi.
Sabzavotkorlar mazkur usulni qo‗llab sabzini kelgusi yil yangi hosil yetilguncha yetkazib borishadi.
SABZIGA TOVAR ISHLOV BERISH UCHUN USKUNALAR HISOBI.
Inspeksion rolikli konveyyer KTO
Markasi
|
KTO
|
Harakatlanish tezligi, m/sek
|
0,12
|
Lentaning eni, mm
|
550
|
Uzatish quvvati, kVt
|
0,6
|
Gabaritlari, mm
|
|
Uzunligi
|
4250
|
Eni
|
1212
|
Balandligi
|
1700
|
Bir dona o‗rnatamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |