O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)
O’QITUVCHILIK BURCHI
Umuminsony va milliy axloqda burch tushunchasi har bir kishining o’z vazifasini to’liq bajarishi boshqalarga to’g’ri munosabatda bo’lishini ifodalaydi. Burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro’, shon-sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodiqligi jamiyatga, Vatanga, mehnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi. Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash o’qituvchining axloqiy fazilati hisoblanadi. Muallim bolalarga o’rgatadigan g’oyalar uning qalbidan joy olib dunyoqarashning asosi bo’lishi zarur. Har bir ishda, har bir masalada muallim o’z burchiga sodiq, qat‘iy printsipli bo’lishi, har qadamda unga amal qilishi zarur. Muallimning mafkurasi fuqarolik ruhi bilan sug’orilgan bo’lsa, ijtimoiy burchni vijdonan his qilishga, intizomlilik, o’z xatti-harakatlarini nazorat qila bilish; insonparvarlik, o’z qadr-qimmatini to’g’ri baholay olishga imkon beradi. O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berish sohasidagi o’z burchini zo’rlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z hayotining ma‘nosi, ishonch va vijdon da‘vati deb hisoblaydi. Fuqarolik burchini his etish butun xalq va O’zbekiston davlatining buyuk kelajagi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni taqazo etadi. Davlat oldidagi burchni yuksak anglagan, mafkuraviy pok barkamol muallim insonga izzat-hurmatli, yoshlarga g’amxo’r, mehribon, boshqalarga yordam qo’lini cho’zishga doimo tayyor turadigan kishidir. O’qituvchi axloqida burch hissi Vatanni sevish, uning porloq kelajagi uchun g’amxo’rlik qilishni talab etadi. O’qituvchi odobida vatanparvarlik burchi baynalmilalchilik tuyg’usi bilan chambarchas bog’liqdir. O’qituvchilik burchi ta‘lim-tarbiya ishlarini bajarishga va muallimning shaxsiga nisbatan jamiyat qo’yadigan axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlar majmui dir. O’quvchilar, kasbdoshlari, ota- onalar bilan xushmuomala, yaxshi munosabatda bo’lish, tanlagan kasb uchun pedagoglar jamoasi va jamiyat oldidagi ma‘suliyatini his etish shular qatoriga kiradi. Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash o’qituvchilik burchining asosini tashkil etadi. O’qituvchilik burchining mazmuni ta‘lim-tarbiya jarayonining mohiyati bilan belgilanadi. Bu jarayonda o’quvchilar insoniyat asrlar davomida to’plagan bilim, ko’nikma va malakalarni egallab oladilar. Shuningdek, o’qitish jarayonida muallimning bajarayotgan ishiga munosabati ham, uning shaxsiy fazilatlari va qo’yiladigan axloqiy talablari aks etadi. O’qituvchilik kasbini tanlagan kishi bu axloqiy talablar va yo’l-yo’riqlarni albatta bajarishi zarur. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling