O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)
Xisrav Dehlaviy
O'qituvchi ovozining gigienasi ustida bir necha so'z aytamiz. Mutaxassislarning o'tkazgan maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, doimo nutq bilan bog'liq bo'lgan kasb egalari orasida tovush organlarining kasallanishi juda ko'pdir. O'qituvchilar orasida bunday kasallanganlar 40,2% tashkil etadi. Ovoz buzilishining sabablari xilma-xildir. Asosan to'rttasi juda ko'p uchraydi: -har kuni ovozga beriladigan ortiqcha harakat, nagruzka; -ovozdan to'g'ri foydalanmaslik; -ovoz gigienasiga amal qilmaslik; -ovoz organlari kuchining tug'ma pastligi. Professional kasallikning oldini oldish uchun tovush gigienasi bilan shug'ullanish va maktabda ba'zi shartlarga rioya qilish kerak. O'qituvchi har kuni ishdan so'ng 2-3 soatga uzoq gapirishdan o'zini tiyishi kerak. Shuning bilan bir qatorda o'qituvchilar nafas olish yo'li, nerv sistemasi, ovqatlanish tartibiga ham e'tibor berishi kerak. Juda ham sovuq yoki issiq, achchiq, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish: chekish og'iz bo'shlig'i va tovush organlariga salbiy ta'sir etadi. Og'iz bo'shlig'i va tovush organlarining zararlanishi oldini olish uchun osh sodasi va yodni aralashtirib hosil bo'lgan suyuqlik bilan og'izni vaqti-vaqti bilan chayqab turish kerak. Shu borada yana bir necha maslahat: - bir ohangdagi nutq ovoz berish apparatlarini tez charchatadi, chunki bu vaqtda tovush organlaridan faqat bir guruh muskullar ishlaydi. Nutq, qancha ifodali bo'lsa, ovoz shuncha sog'lom bo'ladi: - bo'rning har kuni changini yutish zararli, shuning uchun doska artadigan mato nam bo'lishi kerak; - Darsdan so'ng o'qituvchi sovuq havoda tez yurishi mumkin emas, chunki sovuq havo nafas olish va tovush organlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchi ovozi ravon, jirangdor, aniq va o'ziga jalb etadigan bo'lishi kerak. O'quv materialining qiyin joylarini o'qituvchi ovozini sekinlatgan holda tushuntirib, qolgan vaqtda tezroq gapirishi mumkin. Ayniqsa mavzu asosida xulosa vaqtida, ya'ni qoida, qonun, aqidalarni ifodalashda ovoz tezligini kamaytirish kerak. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling